Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov



Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/151
Sana15.07.2021
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   151
 
 
3-Mavzu. Sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanish bosqichlari 
 
3.1. Sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanish bosqichlari bo’yicha umumiy 
tushunchalar. 
3.2.Sifat nazoratining Teylor tizimi, statistik  usullar. Sifatni umumiy  nazorat 
qilish 
3.3.Total Quality Management (TQM) kontseptsiyasi. 
3.4.Standartlarni vujudga kelishi 
3.5.Sifatni  boshqarish  tizimi  va  ISO  9000  seriyali  xalqaro  standartlarining 
mohiyati 
 
3.1. Sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanish bosqichlari bo’yicha umumiy 
tushunchalar 
 
Sifatni  boshqarish  taraqqiyotini  muhokama  etish  uchun    A.V.  Glichev  va  V.  Ye. 
SHvets  yondoshuvlari  asosida  tuzilgan  quyidagi  davriy  bo’linishlarga  asoslanish 
mumkin: 


 
 
21 
1.  Sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil qilishning individual shakli. 
2.  Sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil qilishning tsex shakli. 
3.  Sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil qilishning sanoat (industrial) shakli: 
a) Sifat nazorati, Teylor tizimi – (XIX a. oxiri – XX asrning 20 yy.); 
b) Sifatni statistik usullar asosida nazorat qilish – (XX asrning 20–50 yy.);  
v) Sifat boshqaruvi – (XX asrning 50–80 yy.).  
4. Postindustrial davr, Sifatni yalpi boshqarish (TQM) – (XX asrning 80 yillaridan – 
hozirgi kunga qadar).  
Jahonda  sifatni  boshqarish  taraqqiyotining  tarixan  ilk  bosqichi  –  sifat  bo’yicha 
ishlarni  individual  ravishda  tashkil  qilish  shakli  bilan  bog’liq  bo’lgan  davriga  to’g’ri 
kelgan.  Bu  shakl  manufakturaga  qadar  hunarmandchilik  ishlab  chiqarishi  uchun  xos 
bo’lgan. Bunday shaklning mazmuni shundaki, bir ishchi mahsulotni yaratish, tayyorlash 
va  sotish  borasidagi  masalalarni  mustaqil  o’zi  hal  qilib,  sifati  uchun  ham  barcha 
javobgarlikni o’z zimmasiga olgan (boshqalar esa bu javobgarlikka tortilmagan).  
Sifatni  boshqarishning  ilmiy  uslublari  va  tamoyillarining  yaratilishini  asosan  shu 
davr  bilan  bog’laydilar.  Bu  davrga,  yuqorida  aytilganidek,  uch  kontseptsiya  nuqtai 
nazaridan qaraladi:             
1) Sifat nazorati, Teylor tizimi;  
2) Sifatni statistik usullar asosida nazorat qilish, SCQ;  
3) Sifatni umumiy nazorat qilish, TQS. 
 Sifatni  umumiy  boshqarish  kontseptsiyasi  (TQM)  –  yuqorida  ko’rsatilgan  uch 
kontseptsiyaning  taraqqiy  etgan  hosilasi  hamda  jamiyatning  postindustrial  rivojlanish 
davriga  o’tishi  natijasidir.  (1-jadval).    Bu  kontseptsiyalar  to’g’risida  keyingi  paragrafda 
alohida to’xtalib o’tamiz. 
Nazarat savollari: 
1.Sifatni boshqarish taraqqiyotini qanday  shakllarga bo’lish mumkin? 
2.Sifat bo’yicha jarayonlarni  tashkil etishning individual shaklini tavsiflab bering. 
3.Sifat  bo’yicha  jarayonlarni  tashkil  etishning  tsex  shakli  deganda  ni  mani 
tushunasiz? 
4.Sanoat(industrial) shaklining o’ziga xos tomonlarini yoritib bering. 
5.Postindustrial davrda sifat bo’yicha jarayonlarni  tashkil etish? 
 1-jadval 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим