Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


 Sifat – XXI asr bo’sag’asida raqobatning umumjahon maydoni



Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/151
Sana15.07.2021
Hajmi5.01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151
1.1. Sifat – XXI asr bo’sag’asida raqobatning umumjahon maydoni. 
Sifat narxdan muhimroq 
 
Raqobatbardoshlikni  ta’minlashda  XX  asrning  80  –  yillarida  sifatga  talablar  hal 
qiluvchi  ahamiyat  kasb  etdi.  Jahon  bozorida  mahsulotlarni  xarid  qilayotgan 
iste’molchilarning  80%  dan  ortig’i  sifatni  narxdan  ustun  qo’ymoqda.  Ma’lumotlar  sifat 
harajatlarining  umumiy  ishlab  chiqarish  harajatlarining  15  –  25%  dan  kam  bo’lmagan 
qismini tashkil qilganini ko’rsatadi.  
Mazkur  sertifikat  mahsulot  sifatining  Xalqaro  standartlashtirish  tashkiloti  –  ISO 
standartlaridagi  talablarga  javob  berishini  tasdiqlaydi.  Boshqa  sertifikatlashtirilmagan 
mahsulotlarning ikki barobar arzonga sotilishi shart qilib qo’yilgan. 
Sifatga  bog’liq  tashkiliy  –  iqtisodiy  va  texnik  muammolar  allaqachon  tadqiqot 
predmetiga, ularni hal qilish yo’llari fan tarmog’iga aylangan. 
Global  iqtisodiyotda  ikkinchi  jahon  urushidan  so’ng  AQSH  ning  yetakchiligi 
mustahkamlandi.  Butun  dunyoda  Amerika  tajribasi  o’rganildi  va  amaliyotda  qo’llanildi. 
1953  yilda  ingliz  mutaxassislari  AQSH  da  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish  yuzasidan 
keng  qamrovli  islohotlarni  o’tkazishgan.  Biroq  sifatni  boshqarish  sohasida  ular  oqilona 
statistik  nazoratdan  foydalanilayotganini  qayd  etdilar,  xolos.  Amerika  korxonalari 
tanlanma kirish nazoratidan foydalanishgan va unga ko’ra mahsulotlarning 98%i yaroqli 
deb  topilgan.  Yaroqsiz  mahsulotlar  iste’molchi  talablariga  ko’ra  bepul  almashtirib 
berilgan. 
Ilmiy  –  texnik  taraqqiyot  va  Yevropa  mamlakatlari  iqtisodiyotining  yuksalishi, 
“yapon  mo’’jizasi”  ning  yuzaga  kelishi  natijasida  ushbu  mamlakatlardagi  ilg’or 
korxonalar  nuqsoni  bor  mahsulotlarni  ro’yxatga  olish  va  almashtirish  bilan  kifoyalanib 
qolmadilar.  Sifatni  boshqarishning  murakkab  tizimlari  shakllantirila  boshlandi.  Bu 
tizimlar  tarqala  boshlaganda  bozor  sifatning  narxdan  muhimligini  angladi.  Natijada 
Amerika biznesi 70 – va 80 – yillarda yuqori sifatli mahsulotlarni past narxlarda bozorga 
taklif qilgan Yaponiya va Yevropa firmalari tomonidan kuchli raqobatga duch keldilar. 
1987 yilda sifat bo’yicha mashhur Amerika mutaxassislaridan D. X. Xarrington bu 
davr haqida yozadi: “80 – yillarning yirik urushi harbiy harakatlardan emas, balki sanoat 
urushidan  iborat  va  butun  dunyodagi  iste’molchilar  bu  urushning  o’ljasi  hisoblanadi. 
Amerika  sanoatiga  nafaqat  Yaponiya,  balki  Osiyo  va  Yevropa  tomonidan  ham  hujum 
uyushtirilmoqda.  Qo’shma  SHtatlarda  ko’plab  mahsulot  turlarining  takomillashuv 
darajasi aniqlanmaydi. 
Prezident  R.  Reygan  “Xьyulett  –  Pakkard”  kompaniyasining  prezidenti  J.  A. 
Yangga  ham  ichki,  ham  tashqi  bozorda  Amerika  sanoatining  raqobatbardoshligini 
oshirish  yo’llarini  izlash  bilan  shug’illanuvchi  guruhni  boshqarishni  taklif  qildi.  Bunga 
Yang  javoban  quyidagicha  ta’kidladi:  “So’nggi  yigirma  yilda  xalqaro  bozorda  Amerika 
sanoatining  raqobatbardoshligi  pasayib  ketgan.  Tashqi  savdo  taqchilligining  rekord 
darajasiga  yetishi,  yuqori  texnologik  sanoat  tarmoqlarida  ishlab  chiqarilayotgan 


 
 

mahsulotlar  savdosida  jahon  bozori  ulushining  qisqarishi,  bizning  ishlab  chiqarish 
sektorimiz  daromadlarining  pasayishi,  mehnat  unumdorligining  sust  o’sishi  va  real  ish 
haqi o’sishining mavjud emasligi tushkunlikdan dalolat beradi
1
”. 
Rossiyada sifat sohasidagi tadqiqotlar va ishlanmalar keng ko’lamda muvaffaqiyatli 
olib  borilgan.  Ular  alohida  yo’nalishlarda  hatto  jahon  darajasidan  bir  necha  o’n  yilga 
ilgarilab ketdi. Lekin amaliyotda sifatni boshqarishning samarali tizimlari faqat harbiy – 
sanoat komplekslarida (HSK) yaratilgan va tatbiq etilgan. 
HSK o’z vaqtida sanoatning asosiy tarmoqlarini o’z ichiga olgan. HSK tarmoqlari, 
korxonalarida  fuqarolik  maqsadlaridagi  mahsulotlar  ham  ishlab  chiqarilgan,  lekin  bu 
ishlar  qoloq  texnik  negizda  amalga  oshirilgan.  Ko’p  hollarda  iste’mol  bozori  uchun 
mahsulotlar harbiy ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash yo’li bilan tayyorlangan. 
HSK  da  sifatni  boshqarish  sohasidagi  yutuqlar  yangi  mahsulotni  yaratish  bo’yicha 
tadqiqotlar  va  ishlanmalar  bosqichida  qo’llaniladigan  sifatni  texnologik  ta’minlash 
usullari,  nazorat  kartalari  orqali  sifatni  statistik  tartibga  solish  (shu  jumladan, 
avtomatlashtirilgan,  maxsus  davlat  va  tarmoq  standartlari)  ni  o’z  ichiga  oladi.  Bunday 
yutuqlarga  mahsulot  sifatini  boshqarishning  birlashgan  tizimlari  –  MSBBT,  korxonalar 
va  alohida  bo’linmalar  faoliyatini  boshqarishning  kompleks  tizimlari  (KABFBKT), 
ta’minotchilar  bilan  ishlashning  shakllari  va  usullarini  kiritish  mumkin.  Ushbu 
ishlanmalarning  katta  qismi  amaliyotda  dastlab  Yaponiya  yoki  AQSH  da  emas,  balki 
Rossiya va MDH davlatlarining HSK tarmoqlarida qo’llanilgan. 
SHubhasizki,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  sifatni  boshqarishning  tashkiliy  – 
iqtisodiy  masalalari  ko’p  hollarda  yangicha  yondashuvlar  asosida  hal  qilinadi.  Biroq 
orttirilgan tajriba va milliy fan salohiyatidan bu sohada foydalanish nihoyatda foydali. 
 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим