Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov



Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/151
Sana15.07.2021
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   151
Sertifikatlashtirish  guvohlik  berish,  qayd  yoki  shahodat  etish,  ishonch  bildirish 
ma’nolarini  bildiruvchi  certifus  (lotincha)  so’zidan  olingan  bo’lib,  kerakli  ishonchlilik 
bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini uchinchi, 
xolis va tan olingan tomon tarafidan tasdiqlaydigan faoliyatni bildiradi.  
Sanoat  korxonalarida  ishlab  chiqilayotgan  turli  xil  mahsulotlar  muayyan  sifat 
ko’rsatkichlariga  ega  bo’lishi  kerak.  Sifat  ko’rsatkichlari  esa  ma’lum,  belgilangan 
talablarga muvofiq /mos/ kelishi lozim. Muvofiqlik o’z navbatida ma’lum standartga yoki 
boshqa  me’yoriy  hujjatlarga  mos  kelishini  talab  etadi.  Muvofiqlikni  sertifikatlashtirish 
(ya’ni tasdiqlash) mumkin.  
"Sertifikatlashtirish"  tushunchasi  birinchi  marta  Xalqaro  standartlashtirish 
tashkiloti  Kengashining  sertifikatlashtirish  masalalari  bo’yicha  maxsus  qo’mitasi 
tomonidan  ishlab  chiqilib,  uning  "Standartlashtirish,  sertifikatlashtirish  va  sinov 
laboratoriyalarini  akkreditlash  sohalaridagi  asosiy  atamalari  va  ularning  qoidalari" 
qo’llanmasiga kiritilgan.  
Qayta 
ishlangan 
Xalqaro 
standartlashtirish 
tashkilotining 
qo’llanmasida 
"sertifikatlashtirish" atamasining faqatgina izohlari berilgan: 
Sertifikatlashtirish  umumiy  atama  bo’lib,  mahsulot,  texnologik  jarayon  va 
xizmatlarning  sertifikatlashtirishda  /muvofiqlikni  tasdiqlashda/  uchinchi  tomonning 
qatnashishi va unga xolisona baho berishi tushuniladi.  
O’zbekiston  Respublikasi    mustaqillikka  erishgandan  so’ng  sertifikatlashtirish 
sohasida juda katta ishlar amalga oshirildi va hozirgi kunda ham bu sohaning rivojlanishi, 
xalqaro  miqyosda  tan  olinishi  ustida  «O’zstandart»  Agentligi  tomonidan  katta  e’tibor 
berilmoqda.  Binobarin,  1992  yil  mustaqillikning  ilk  yillaridayoq  Vazirlar  Mahkamasi 
huzurida  standartlashtirish,  metrologiya  va  sertifikatlashtirish  Davlat  markazi 
(«O’zdavstandart»)  va  keyinchalik,  2002  yilda,  ushbu  sohani  yanada  rivojlantirish  va 
takomillashtirish  maqsadida  mustaqil  «O’zstandart»  Agentligi  tashkilotiga  aylantirilishi 
Hukumatimiz  tomonidan  bu  sohaga  berilayotgan  ahamiyatning  mahsuli  sifatida  qarash 
mumkin. Davlatimiz tomonidan sertifikatlashtirish ishlarini tashkillashtirish, uni  tartibga 
tushirish  va  bu  sohaning  qonuniy  asosini  yaratish  maqsadida  1993  yil  «Mahsulot  va 
xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida»gi qonunning qabul qilinishi, buning natijasida 
ishlab  chikarilayotgan  va  chetdan  olib  kirilayotgan    mahsulotlarning  xavfsizligi 
to’g’risida  Qarorning  qabul  qilinishi,  uni  amalga  oshirish  maqsadida  qator  chora-
tadbirlarning ishlab chiqilishi ham aytib o’tilgan so’zlarning yaqqol misolidir. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим