Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov



Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/151
Sana15.07.2021
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   151
2.2. Sifat tushunchasining tarixi 
 
Sifat  tarixi.  Fan,  texnika  va  umuman  jamiyatda  sodir  bo’layotgan  hozirgi 
jarayonlarni anglashda sifatning tarixini bilish muhim ahamiyatga egadir. Arxeologiya va 
unga yaqin fanlar, o’tmishda muhandislik va boshqa faoliyat sohalarida g’aroyib yutuqlar 
qo’lga  kiritilgani  haqida  dalillar  topishmoqda.  Bu  yutuqlarni  yuqori  darajadagi  sifat  va 
sifat boshqaruvisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Eramizdan avvalgi XVIII asrda Bobil shohi 
Xammurapi qonunlar majmuini yozib,(arxeologlar tomonidan 1901-1902 yillarda Suzada 
(qadimgi  Messopotamiya  hududi)  tahminan  tarixi  m.o.  1780  yillarda  yaratilgan 
Xammurapi  qonunlar  qomusi    topilgan.      Qomusda  282ta  qonun  bo’lib,  ular  qora  toshli 
ustunlarga  bitilgan  edi),  mahsulot  sifati  uchun  javobgarlikka  asos  solgan.  Unda  agarda 
usta uy qursa. ammo uy  chidamli bo’lmay, qulab biror odam  halok  bo’lsa, ustaga o’lim 
jazosi belgilangan. Bu qonunlar ishlab chiqaruvchini (qaysi soha bo’lishidan qat’iy nazar) 
o’z  ishlab  chiqargan  mahsulotining  sifati  uchun  javobgarlik    tamoyillarini  ilk  bor 
ifodalagan. Sifatsiz mahsulot ishlab chiqarilganlik uchun nafaqat moddiy, balki jismoniy 
jazolash  amaliyoti  qo’llanilganligi  tarixdan  ma’lum.  Masalan,  Petr  I  ning  1723  yil  11 


 
 
16 
yanvarda imzolagan farmoni yorqin misol bo’la oladi. Jumladan farmonda, Tula fabrikasi 
egasi  Kornil  Beloglazov  davlat  idoralariga  yaroqsiz  qurol-aslahalar  sotganligi  uchun 
cherkovda ishlashga yuborilishi,ishonchli nazoratchi Frol Fuks yaroqsiz mahsulotga sifat 
tamg’asini bosganligi uchun esa Azovga surgun qilinishi ta’kidlangan. 
Asrlar  ketidan  asrlar  o’tgach,  ko’pgina  sifatning  taraqqiyoti  to’g’risidagi  tarixiy 
ma’lumotlar  saqlanib  qolmagan.  sifatni  boshqarish  to’g’risidagi  fanning  aynan  qachon 
paydo bo’lgani haqida ham yagona fikr yo’q.   
Turli  mutaxassislar  va  tashkilotlarning  qarashlaridagi  ko’pgina  o’xshashliklarga 
qaramay, sifatning yagona maqbul yoki to’g’ri talqini mavjud emas. Faqat turli mualliflar 
kontseptsiyalarida mavjud bo’lgan asosiy yondoshuvlarni ajratib ko’rsatish mumkin: 
1. Sifat – bu qadriyat. 
2. Sifat –  bu ustunlikdir. 
3. Sifat – bu spetsifikatsiyalarga muvofiqlikdir. 
4.  Sifat  –  bu  mijozlar  istaklariga  muvofiqlik  va  yoki  shu  istaklarni  oldindan  ko’ra 
bilishdir.  
Sifat bu - qadriyat, degan yondoshuvga A. Feygenbaum quyidagicha fikr bildiradi: 
“Sifat  bu  -“eng  yaxshi”  degan  mutlaq  ma’noni  ifoda  etmaydi.  U,  “iste’molchining 
muayyan shartlariga ko’ra eng yaxshi” degan ma’noni anglatadi. Bu shartlar quyidagicha: 
a)  mahsulotning  haqiqiy  iste’moli;            b)  mahsulotning  sotilish  narxi.  Mahsulotning 
sifatini  uni  ishlab  chiqarish  uchun  ketgan  xarajatdan  ajralgan  holda  tasavvur  qilib 
bo’lmaydi”  sifatli  mahsulot  –  bu  mutanosib  narxda,  ma’lum  ehtiyojlarni  qondiruvchi 
mahsulotdir.  
Sifat  bu  -  ustunlikdir.  Bunday  yondoshuv  D.  Garvinning  ta’rifidan  tashqari, 
“Oxford  University  Press”  (1990)  lug’atida  mavjud.  Unda  sifat  ustunlik    yoki  asllik 
ma’nosida  ta’riflanadi. 
Sifat – bu spetsifikatsiyalarga  muvofiqlikdir:  SHunday  mahsulotni ishlab chiqarish 
yoki  shunday  xizmatlarni  ko’rsatish  kerakki,  ularning  o’lchanadigan  xususiyatlari 
raqamlarda  ifodalangan  aniq  texnik  talablarni  qondirsin.  Bunday  yondoshuv  ikkinchi 
jahon  urushi  davridayoq  keng  tarqalgan  edi,  negaki  o’sha  vaqtda  harbiy  mahsulotlar 
belgilangan talablarga aniq javob berishi kerak edi. Bir tomondan, bunday talqinni ishlab 
chiqarish  xususiyatiga  ega  deyish  mumkin,  chunki  bu  talablarni  muhandislar  belgilaydi, 
buyurtmachilarning  talablari  esa  inobatga  olinmaydi.  Biroq  ko’p  mutaxassislar  
ta’kidlashicha,,  mijozlarning  ehtiyoj  va  talablari  bunday  spetsifikatsiyalar  uchun  asosiy 
harakatlantiruvchi kuch bo’lmog’i kerak.  
Sifat  –  mijozlar  istaklariga  muvofiqlik  va  yoki  shu  istaklarni  oldindan  ko’ra 
bilishdir,  degan  yondoshuv  hozirgi  kunda  keng  tarqalgan.  Yuqorida  keltirilgan 
misollardan  ko’rinib  turibdiki,  taniqli  mutaxassislarning  ko’pchiligi  bu  yondoshuvni  o’z 
ta’riflarida e’tirof etishgan .  
SHunday  qilib,  sifatning  zamonaviy  talqini  qay  darajada  bo’lmasin,  ana  shu 
yondoshuvlarga asoslanishi lozim. ISO 9000:2000 xalqaro standartining so’nggi tahririda 
sifat  ta’rifi  lo’nda  qilib  berilgan  va  unda  yuqorida  keltirilgan  birinchi  va  to’rtinchi 
yondoshuvlarni birlashtirishga harakat qilingan. Sifat mahsulot va xizmatlar xususiyatlari 
yig’indisining  talablarga  muvofiqlik  darajasi  deb,  talab  esa  –  aniqlangan  ehtiyoj  yoki 
istak  deb ifodalanadi. 


 
 
17 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
nomidagi samarqand
bilan ishlash
Darsning maqsadi
fanining predmeti
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanlar fakulteti
o’rta ta’lim
Toshkent axborot
Alisher navoiy
haqida umumiy
fizika matematika
Ishdan maqsad
moliya instituti
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
махсус таълим
respublikasi axborot
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
nazorat savollari