Namangan davlat universiteti


Mahalliy  davlat  hokimiyati  organlarining  favqulodda  vaziyatlardan



Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/21
Sana19.09.2019
Hajmi1.9 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21

Mahalliy  davlat  hokimiyati  organlarining  favqulodda  vaziyatlardan 
muhofaza kdlish sohasidagi vakolatlari 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish 
sohasida: 
favqulodda vaziyatlar chogida aholini va hududlarni muhofaza kilish bo’yicha 
harakatlar rejasini ishlab chikadilar; 
aholining  va  hududlarning  muhofazalanishiga  oid  ahborotlar  belgilangan 
tartibda  tuplanishi  va  almashinilishini,  shuningdek  favqulodda  vaziyatlar  tahdidi 
borligi  yoki  ruy  berganligi  tugrisidagi  ahrli  uz  vaqtida  vokif  va  xabardor  etilishini 
amalga oshiradilar; 
moddiy  va  moliyaviy  resurslar  rezervlarini  yaratadilar,  favqulodda 
vaziyatlarning  oldini  olish  va  ularni  bartaraf  etish  tadbirlarini,  moliyalashni  amalga 
oshiradilar; 
idoraviy  mansubligidan  kat’i  nazar,  korxona,  muassasa  va  tashkilotlarning 
favqulodda vaziyatlarda barkaror ishlash imkoniyatini oshirishga yordamlashadilar; 
favqulodda  vaziyatlarning  oldini  olish  va  ularni  bartaraf  etish  bo’yicha 
korxona,  muassasa  va  tashkilotlar  kuchlari  va  vositalarining  shay  holda  turishi 
ustidan nazoratni amalga oshiradilar; 

 
95 
avariya,  halokat,  tabiiy  ofatlar  sodir  bo’lgan  zonalarda  kutkaruv  ishlari  va 
kechiktirib  bulmaydigan  boshka  ishlarni  amalga  oshirish  uchun  avariya-kutkaruv 
kuchlari (shu jumladan tezkor harakat bulinmalari) va maxsus tuzilmalarning doimo 
shay bulib turishini tashkil etadilar; 
avariya-kutkaruv  ishlari  va  kechiktirib  bulmaydigan  boshka  ishlarni  tashkil 
etadilar  hamda  amalga  oshiradilar,  shuningdek  bunday  ishlar  o’tkazilishi  chogida 
jamoat tartibi saklanishiga kumaklashadilar; 
Qonun hujjatlariga muvofik boshka vakolatlarni amalga oshiradilar. 
Korxonalar,  muassasalar  va  tashkil  otlarning  favqulodda  vaziyatlardan 
muhofaza kilish sohasidagi majburiyatlari 
Korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlar  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza 
kilish sohasida: 
hodimlar  hamda  ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy  ob`ektlarni  favqulodda 
vaziyatlardan  muhofaza  kilish  bo’yicha  zarur  choralarni  rejalashtirishlari, 
moliyalashlari va amalga oshirishlari; 
xavf manbai yuqori bo’lgan ob`ektlar xavfsizligi tugrisida belgilangan tartibda 
deklaratsiya takdim etishlari; 
hodimlarni  favqulodda  vaziyatlar  sharoitida  harbiylashtirilmagan  tuzilmalar 
tarkibida muhrfazalanish usullariga va harakat kilishga urgatishlari
xabar  berish  mahalliy  tizimlarini  yaratishlari  va  doimo  shay  holatda  saklab 
turishlari  hamda  favqulodda  vaziyatlar  tahdidi  borligi  yoki  ruy  berganligi  tugrisida 
hodimlarni uz vaqtida xabardor kil ishlari; 
favqulodda  vaziyatlar  sharoitida  ob`ektlar  ishi  hamda  hodimlar  haet  faoliyati 
barkaror kechishini ta`minlashlari; 
muhandislik-himoya  inshootlari,  zaruratga  karab,  oldindan  barpo  etilishini 
ta`minlashlari hamda ularni doimo shay holatda saklab turishlari; 
favqulodda vaziyatlar ruy berish ehtimolini nazarda tutib, belgilangan tartibda 
moddiy va moliyaviy resurslar rezervlarini yaratishlari; 
favqulodda  vaziyatlarning  oldini  olish  va  ularni  bartaraf  etish  kuchlari  va 
vositalari  yaratilishini,  tayyorgarlikdan  o’tkazilishini  hamda  shay  bulib  turishini 
ta`minlashlari; 
favqulodda  vaziyatlarning  oldini  olish  va  ularni  bartaraf  etish  rejalariga 
muvofik.  uz  tasarrufidagi  ob`ektlarda  avariya-kutkaruv  ishlari  o’tkazilishini  ta`-
minlashlari; 
belgilangan tartibda ihtisoslashgan xizmatlar va tuzilmalarni yaratishlari, ularni 
shaxsiy tarkib, texnika va anjom bilan tuldirishlari
belgilangan  tartibda  evakuatsiyaga  oid  tadbirlarni  o’tkazishlari  va  odamlarni 
joylashtirish uchun oldindan bazalar tayyorlab kuyishlari; 
belgilangan  tartibda  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  kilish  sohasida 
ahborotlar takdim etishlari shart. 
Fuqarolar  uzini  uzi  boshqarish  organlarining  favqulodda  vaziyatlarning 
oldini olish va ularni bartaraf etishdagi ishtiroki 
Fuqarolarning  uzini  uzi  boshkarish  organlari:  aholi  punktlari,  suv  ta`minoti 
manbalari,  ijtimoiy  va  madaniy  ob’ektlarning  sanitariya  va  ekologik  holati  ustidan 
nazorat amalga oshirilishiga yordam beradilar

 
96 
fuqarolarni favqulodda  vaziyatlar okibatlarini bartaraf etishga jalb kiladilar; 
qonun hujjatlariga  muvofik boshka choralarni amalga oshiradilar. 
Jamoat birlashmalarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni 
bartaraf etishdagi ishtiroki 
Jamoat  birlashmalari  favqulodda  vaziyatlarning  oldini  olish  va  ularni  bartaraf 
etishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etishlari mumkin. 
Jamoat  birlashmalari  favqulodda  vaziyatlar  manbalari  va  ularni  bartaraf  etish 
choralari  tugrisida  davlat  hokimiyat  va  boshkaruv  organlaridan,  korxonalar, 
muassasalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda ahborot olish huquqiga ega. 
Favqulodda vaziyatlar monitoringi va ularni oldindan bashorat kilish 
Favqulodda  vaziyatlar  monitoringi  va  ularni  oldindan  bashorat  kilish  tabiiy 
ofatlarni,  texnogen  avariyalar  va  halokatlarni  tekshirish  va  nazorat  kilish  maxsus 
xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Favqulodda  vaziyatlar  monitoringini  o’tkazish  va  ularni  oldindan  bashorat 
kilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 
Fuqarolarning  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  kilish  sohasidagi 
huquqlari 
Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega: 
favqulodda vaziyat ruy berganda hayotlari, sogliklari va shaxsiy  mol-mulklari 
muhofazalanishi; 
umumiy    va  yakka    muhofazalanish    vositalaridan,  mahalliy  hokimiyat 
organlarining,  korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlarning  favqulodda  vaziyatlarda.   
aholini muhofaza kilish uchun muljallangan boshka mol-mulkidan foydalanish; 
mamlakat hududining muayyan joylarida bo’lganda ular duch kelishi mumkin 
bo’lgan  xavf-hatar  darajasi  tugrisida  hamda  zarur  xavfsizlik  choralari  hakida 
xabardor bulish; 
aholini  va  hududlarni  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  kilish  masalalari 
yuzasidan davlat hokimiyati va boshkaruv organlariga murojaat etish; 
favqulodda  vaziyatlar  rui  bergan  zonalarda  ishlaganligi  uchun  bepul  tibbiy 
xizmat, kompensatsiyalar va boshka imtiyozlar olish
favqulodda  vaziyatlarni  bartaraf  etish  mobaynida  majburiyatlarini  bajarish 
chogida sogligiga yetkazilgan  zarar uchun kompensatsiyalar hamda imtiyozlar olish; 
aholini  va  hududlarni  favqulodda  vaziyatlardan  :  muhofaza  k.ilish 
majburiyatlarini  bajarish  chogida  orttirgan  kasallygi  munosabati  bilan  mehnat 
kobiliyatini  yukotganda, nogironligi  mehnatda  mayib  bulish okibatida  kelib chikkan 
hodimlarga belgilangan tartibda pensiya olish; 
bokuvchisini  aholi  va  hududlarni  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  kilish 
majburiyatlarini  bajarish  chogida  orttirgan  mayiblik  yoki  kasallikdan  halok 
bo’lganligi yoki vafot etganligi munosabati bilan yukrtganda, mehnatda mayib bulish 
tufayli halok bo’lgan shahsning sila a`zolari uchun belgilangan tartibda pensiya olish. 
Davlat  ijtimoiy  sugurtasi  tartibi  va  shartlari,  kompensatsiyalar  va  imtiyozlar 
turlari va mikdorlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 
Fuqarolarning  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  kilish  sohasidagi 
majburiyatlari 
Fuqarolar: 

 
97 
xavfsizlik choralariga rioya etishlari, ishlab chiqarish va tehnologiya intizomi, 
ekologik  xavfsizlik  talablari  favqulodda  vaziyatlar  ruy  berishiga  olmb  kelishi 
mumkin bo’lgan tarzda tuzilishiga yul kuymasliklari; 
muhofazalanishning asosiy usullarini, jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam 
kursatish  yo`llarini  urganishlari  hamda  uz  bilim  va  amaliy  kunikmalarini 
takomillashtirishlari; 
favqulodda  vaziyatlar  ruy  berishiga  olib  kelishi  mumkin  bo’lgan  avariyalar, 
ofatlar  va  halokatlar  tahdididan  darak  beruvchi  alomatlar  borligi  tugrisida  tegishli 
organlarga xabar berishlari; 
favqulodda  vaziyatlar  tahdid  solgan  va  boshlangan  sharoitlarda  ogohlantirish 
belgilarini,  yurish-turish  koidalari  va  harakat  kilish  tartibini,  umumiy  va  yakka 
muhofazalanish vositalaridan foydalanish usullarini bilishlari; 
zarurat bo’lganda avariya-kutkaruv ishlari va kechiktirib bulmaydigan boshka 
ishlarni o’tkazishda yordamlashishlari shart. 
Chet    el    fuqarolari      va    fuqaroligi      bulmagan shahslarning  favqulodda 
vaziyatlardan muhofaza kilish sohasidagi huquq va majburiyatlari 
O`zbekiston  Respublikasi  hududida  chet  el  davlatlarining  fuqarolari  va 
fuqaroligi  bulmagan  shahslar  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  kilish  sohasida 
O`zbekiston  Respublikasi  fuqarolari  bilan  teng  huquqlarga  ega  buladilar  va 
majburiyatlarni bajaradilar. 
Aholini  va  mutaxasislarni  favqulodda  vaziyatlarda  harakat  kilishga 
tayyorlash 
Umumta`lim  maktablari,  akademik  litseylar,  kasb-hunar  kollejlari  hamda  oliy 
o’quv  yurtlarida,  ishlab  chiqarish  va  turar  joylarda  aholini  favqulodda  vaziyatlarda 
harakat kilishga urgatish umumiy va majburiydir. 
Favqulodda  vaziyatlarning  oldini  olish  va  bunday  vaziyatlarda  harakat  kilish 
davlat  tizimi  rahbarlari  va  mutaxasislarini  tayyorlash  va  kayta  tayyorlash  urta 
maxsus,  kasb-hunar  ta`limi  muassasalari  va  oliy  o’quv  yurtlarida,  malaka  oshirish 
muassasalarida, kurslarda, maxsus o’quv-uslubiyat markazlarida va ish joyida amalga 
oshiriladi. 
Aholini va mutaxasislarni favqulodda vaziyatlarda harakat kilishga tayyorlash 
tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  kilish  sohasidagi  bilimlarni  targib 
etish 
Aholini  va  hududlarni  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  kilish  sohasidagi 
bilimlarni  targ’ib  etish  davlat  organlari,  shuningdek  odamlarni  muhofaza  kilish  va 
kutkarish borasidagi tegishli jamoat birlashmatari tomonidan ta`minlanadi. 
Bilimlarni  targ’ib  etish  uchun  ommaviy  axborot  vositalaridan  foydalanish 
mumkin. 
8.  «Vatanparvar»  mudofaaga  ko’maklashuvchi  tashkiloti.  Bularning  tarkibida 
Respublikamiz  bo’yicha  «Najodkor»,  (RQQM)  —  Respublika  qidiruv-qutqaruv 
markazi  hamda  (SkHT)  —  Suvdan  kutkarish  xizmati  tizimlari  tuzilgan  bo`lib, 
Respublikamiz  mikyosida  buladigan  har  qanday  FVda  fuqarolarni  kutkarish 
vazifalarini bajaradilar. 

 
98 
FVDTning  mablag’i  quyidagilardan  tarkib  topgan:  Davlat  byudjetlari, 
Mahalliy  byudjet,  Vazirlik  va  uning  buginlari,  Muassasa  va tashkilotlarning shaxsiy 
mablaglari,    «kizil  koj»  va  «kizil  yarim  oy»  jamiyatining  birlamchi  zahiralari 
hisobidan va boshkalardan. 
 
Nazorat 
1. 
Texnogen  tusdagi  favqulodda  vaziyatlarning  kelib  chiqishiga  asosan 
nima sabab bo’ladi? 
2. 
Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar qanday turlarga ajratiladi? 
3. 
Fuqaro mahofazasining qanday vazifalari bor? 
4. 
FVDT ni qanday tashkil etilgan? 
5. 
FVDTda qaysi tashkilotning qanday vazifalari bor? 
 
 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 
27 oktyabrdagi “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi 
favqulodda vaziyatlarning tasnifi to`g’risida”gi 455-son 
qarorining mohiyati 
 
O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1998  yil  27  oktyabrdagi 
455-sonli  «Texnogen,  tabiiy  va  ekologik  tusdagi  favqulodda  vaziyatlarning  tasnifi 
to`g’risida»gi  qarorida  mamlakatimiz  hududida  sodir  bo`lishi  mumkin  bo`lgan 
barcha  favqulodda  vaziyatlar  kelib  chiqish  xarakteriga  va  o`lchamlariga  ko`ra 
tasniflab berilgan. 
Quyida qaror keltirilgan: 
 
 
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 
QARORI 
TEXNOGEN, TABIIY VA EKOLOGIK TUSDAGI FAVQULODDA 
VAZIYATLARNING TASNIFI TO`G’RISIDA 
Aholi  va  hududlarni  tabiiy  va  Texnogen  tusdagi  favqulodda  vaziyatlardan 
muhofaza  qilish  tizimini  takomillashtirish  maqsadida  Vazirlar  Mahkamasi  qaror 
qiladi: 
Texnogen, 
tabiiy 
va 
ekologik 
tusdagi 
favqulodda 
vaziyatlarning 
tasnifi 
ilovaga
 muvofiq tasdiqlansin. 
O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O`. SULTONOV 
Toshkent sh., 
1998 yil 27 oktyabr’, 
455-son 
Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 
27 oktyabrdagi 455-son 
qaroriga
 
ILOVA 
Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning 

 
99 
TASNIFI 
Favqulodda  vaziyatlar
*
 ularning  vujudga  kelish  sabablariga  (manbalariga) 
ko`ra tasnif qilinadi va ular ushbu vaziyatlarda zarar ko`rgan odamlar soniga, moddiy 
zararlar miqdoriga va ko`lamlariga (hududlar chegaralariga
**
) qarab lokal, mahalliy, 
respublika va transchegara turlariga bo`linadi. 
*  Favqulodda  vaziyat  —  bu  muayyan  hududda  o`zidan  so`ng  odamlarning 
qurbon  bo`lishi,  odamlar  sog’lig’i  yoki  atrof-muhitga  ziyon  yetkazishi,  kishilarning 
hayot  faoliyatiga  kattagina  moddiy  zarar  hamda  uning  buzilishiga  olib  kelishi 
mumkin  bo`lgan  yoki  olib  kelgan  avariya,  halokat,  stihiyali  ofat,  epidemiyalar, 
epizootiyalar natijasida yuzaga kelgan holatdir. 
** Favqulodda vaziyatlar — hududlar chegaralari, ularni bartaraf etish ishlari, 
rahbarlari  tomonidan  Favqulodda  vaziyatlar  oqibatlari  (shikastlovchi  omillar) 
tarqalishiga qarab belgilanadi. 
I. TEXNOGEN TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR 
1. Transport avariyalari va halokatlari: 
ekipaj  a`zolari  va  yo`lovchilarning  o`limiga,  havo  kemalarining  to`liq 
parchalanishiga  yoki  qattiq  shikastlanishiga  hamda  qidiruv  va  avariya-qidiruv 
ishlarini talab qiladigan aviahalokatlar; 
yong’inga,  portlashga,  harakatlanuvchi  tarkibning  buzilishiga  sabab  bo`lgan 
va  temiryo`l  hodimlarining,  halokat  hududidagi  temiryo`l  platformalarida,  vokzallar 
binolarida va shahar imoratlarida bo`lgan odamlar o`limiga, shuningdek tashilayotgan 
kuchli  ta`sir  ko`rsatuvchi  zaharli  modda  (KTKZM)lar  bilan  halokat  joyiga  tutash 
hududning  zaharlanishiga  olib  kelgan temiryo`l  transportidagi  halokatlar  va 
avariyalar (ag’darilishlar); 
portlashlarga, 
yong’inlarga,  transport  vositalarining  parchalanishiga, 
tashilayotgan KTKZMlarning zararli hossalari namoyon bo`lishiga va odamlar o`limi 
(jarohatlanishi, 
zaharlanishi)ga 
sabab 
bo`ladigan 
avtomobil’  transportining 
halokati va avariyalari, shu jumladan, yo`l-transport hodisalari; 
odamlarning  o`limiga,  shikastlanishiga  va  zaharlanishiga,  metropoliten 
poezdlari  parchalanishiga  olib  kelgan metropoliten  bekatlaridagi  va  tunellaridagi 
halokatlar, avariyalar, yong’inlar; 
gaz, neft’ va neft’ mahsulotlarining (avariya holatida) otilib chiqishiga, ochiq 
neft’  va  gaz  favvoralarining  yonib  ketishiga  sabab  bo`ladigan magistral 
quvurlardagi avariyalar. 
2. Kimyoviy xavfli ob`ektlardagi avariyalar: 
atrof-tabiiy  muhitga  kuchli  ta`sir  qiluvchi  zaharli  moddalarning  (avariya 
holatida)  otilib  chiqishiga  va  shikastlovchi  omillarning  odamlar,  hayvonlar  va 
o`simliklarning  ko`plab  shikastlanishiga  olib  kelishi  mumkin  bo`lgan  yoki  olib 
kelgan  darajada,  yo`l  qo`yiladigan  chegaraviy  kontsentratsiyalardan  ancha  ortiq 
miqdorda sanitariya-himoya hududidan chetga chiqishiga sabab bo`ladigan kimyoviy 
xavfli ob`ektlardagi avariyalar, yong’in va portlashlar. 
3. Yong’in-portlash xavfi mavjud bo`lgan ob`ektlardagi avariyalar: 
Texnologik  jarayonda  portlaydigan,  oson  yonib  ketadigan  hamda  boshqa 
yong’in  uchun  xavfli  moddalar  va  materiallar  ishlatiladigan  yoki  saqlanadigan 
ob`ektlardagi, odamlarning  mehaniq va termik shikastlanishlariga,  zaharlanishiga  va 

 
100 
o`limiga,  asosiy  ishlab  chiqarish  fondlarining  nobud  bo`lishiga,  Favqulodda 
vaziyatlar  hududlarida  ishlab  chiqarish  tsiklining  va  odamlar  hayot  faoliyatining 
buzilishiga olib keladigan avariyalar, yong’inlar va portlashlar; 
odamlarning  shikastlanishiga,  zaharlanishiga  va  o`limiga  olib  kelgan  hamda 
qidirish-qutqarish  ishlarini  o`tkazishni,  nafas  olish  organlarini  muhofaza  qilishning 
maxsus anjomlarini va vositalarini qo`llanishni talab qiluvchi ko`mir shahtalaridagi 
va  kon-ruda  sanoatidagi  gaz  va  chang  portlashi  bilan  bog’liq  avariyalar, 
yong’inlar va jinslar qo`porilishi. 
4. energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar: 
sanoat va qishloq ho`jaligi mas`ul iste`molchilarining avariya tufayli energiya 
ta`minotisiz  qolishiga  hamda  aholi  hayot  faoliyatining  buzilishiga  olib  kelgan GES, 
GRES,  TETSlardagi,  tuman  issiqlik  markazlaridagi,  elektr  tarmoqlaridagi, 
bug’qozon qurilmalaridagi, kompressor va gaz taqsimlash shohobchalaridagi va 
boshqa energiya ta`minoti ob`ektlaridagi avariyalar va yong’inlar; 
aholi  hayot  faoliyatining  buzilishiga  va  salomatligiga  xavf  tug’ilishiga  olib 
kelgan gaz  quvurlaridagi,  suv  chiqarish  inshootlaridagi,  suv  quvurlaridagi, 
kanalizatsiya va boshqa kommunal ob`ektlardagi avariyalar; 
atmosfera,  tuproq,  osti  va  usti  suvlarining  odamlar  salomatligiga  xavf 
tug’diruvchi darajada kontsentratsiyadagi zararli moddalar bilan ifloslanishiga sabab 
bo`lgan gaz 
tozalash 
qurilmalaridagi, 
biologik 
va 
boshqa 
tozalash 
inshootlaridagi avariyalar. 
5.  Odamlar  o`limi  bilan  bog’liq  bo`lgan  va  zudlik  bilan  avariya-qutqaruv 
ishlari  o`tkazilishini  hamda  zarar  ko`rganlarga  shoshilinch  tibbiy  yordam 
ko`rsatilishini talab qiladigan maktablar, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshqa ijtimoiy 
yo`nalishdagi  ob`ektlar,  shuningdek  uy-joy  sektori binolari  konstruktsiyalarining 
to`satdan buzilishi, yong’inlar, gaz portlashi va boshqa hodisalar. 
6.  Radioaktiv  va  boshqa  xavfli  hamda  ekologik  jihatdan  zararli 
moddalardan foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog’liq avariyalar: 
sanitariya - himoya hududi tashqarisiga chiqarib tashlanishi natijasida paydo 
bo`lgan  yuqori  darajadagi  radioaktivlik  odamlarning  yo`l  qo`yiladigandan  ko`p 
miqdorda  nurlanishini  keltirib  chiqargan Texnologik  jarayonda  radioaktiv 
moddalardan  foydalanadigan  ob`ektlardagi  avariyalar; radioaktiv  materiallarni 
tashish vaqtidagi avariyalar; 
atrof-muhit  va  odamlar  salomatligi  uchun  xavf  tug’diruvchi  radioaktiv 
chiqindilar to`plagichlardagi, chiqindixonalardagi,  ishlam  to`plagichlardagi  va 
zaharli moddalar ko`miladigan joylardagi avariyalar (o`pirilishlar); 
radioizotop buyumlarning yo`qotilishi; 
biologik vositalarni va ulardan olinadigan preparatlarni tayyorlash, saqlash va 
tashishni  amalga  oshiruvchi  ilmiy-tadqiqot  va  boshqa  muassasalarda biologik 
vositalarning atrof-muhitga chiqib 
ketishi yoki yo`qotilishi 
bilan 
bog’liq 
vaziyatlar. 
7. Gidrotexnik halokatlar va avariyalar: 
suv  omborlarida,  daryo  va  kanallardagi  buzilishlar,  baland  tog’lardagi 
ko`llardan  suv  urib  ketishi  natijasida  vujudga  kelgan  hamda  suv  bosgan  hududlarda 
odamlar  o`limiga,  sanoat  va  qishloq  ho`jaligi  ob`ektlari  ishining,  aholi  hayot 

 
101 
faoliyatining  buzilishiga  olib  kelgan  va  shoshilinch  ko`chirish  tadbirlarini  talab 
qiladigan halokatli suv bosishlari. 
II. TABIIY TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR 
1. Geologik xavfli hodisalar: 
odamlar o`limiga, ma`muriy-ishlab chiqarish binolarining, Texnologik asbob-
uskunalarning,  energiya  ta`minoti,  transport  kommunikatsiyalari  va  infratuzilma 
tizimlarining,  ijtimoiy  yo`nalishdagi  binolarning  va  uy-joylarning  turlicha  darajada 
buzilishiga,  ishlab  chiqarish  va  odamlar  hayot  faoliyatining  izdan  chiqishiga  olib 
kelgan zilzilalar; 
odamlar  o`limiga  olib  kelgan  yoki  olib  kelishi  mumkin  bo`lgan  va  xavfli 
hududdan  odamlarni  vaqtincha  ko`chirishni  yoki  xavfsiz  joylarga  doimiy  yashash 
uchun  ko`chirishni  talab  qiluvchi ko`chishlari,  tog’  o`pirilishlari va  boshqa  xavfli 
geologik hodisalar. 
2. Gidrometeorologik xavfli hodisalar: 
odamlar  o`limiga,  aholi  punktlarini,  ba`zi  sanoat  va  qishloq  ho`jaligi 
ob`ektlarini  suv  bosishiga,  infratuzilmalar  va  transport  kommunikatsiyalari,  ishlab 
chiqarish va odamlar hayot faoliyati buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko`chirish 
tadbirlari o`tkazilishini talab qiladigan suv toshqinlari, suv to`planishi va sellar; 
aholi  punktlaridagi,  sanatoriy,  dam  olish  uylaridagi,  sog’lomlashtirish 
lagerlaridagi  odamlarning,  turistlar  va  sportchilarning  jarohatlanishiga  va  o`limiga 
olib  kelgan  yoki  olib  kelishi  mumkin  bo`lgan qor  ko`chkilari,  kuchli  shamollar 
(dovullar), jala va boshqa xavfli gidrometeorologik hodisalar. 
3. Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar: 
o`lat, vabo, sarg’ayma isitma kabi siyrak uchraydigan kasalliklarni keltirib 
chiqargan alohida xavfli infektsiyalar; 
odamlarda  uchraydigan  yuqumli  kasalliklar  rikketsiyalar  —  epidemik 
toshmali terlama, Bril’ kasalligi, Ku-isitma; 
zoonoz infektsiyalar — Sibir’ yarasi, quturish; 
virusli infektsiyalar — SPID; 
epidemiya —  alohida  xavfli  infektsiyalarga  tegishli  bo`lmagan,  yuqish 
manbai  bitta  yoki  yuqish  omili  bir  hil  bo`lgan  odamlarning  guruh  bo`lib  yuqumli 
kasallanishi, bir aholi punktida — 50 kishi va undan ortiq; 
aniqlanmagan  etiologiya  bilan  guruh  bo`lib  kasallanish —  20  kishi  va 
undan ortiq; 
tashhisi aniqlanmagan bezgak kasalligi — 15 kishi va undan ortiq; 
o`lim  yoki  kasallanish  darajasi o`rtacha  statistik  darajadan  3  baravar  va 
undan ortiq bo`lgan vaziyat; 
Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent axborot
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
махсус таълим
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
Navoiy davlat
haqida umumiy
Buxoro davlat
fizika matematika
fanining predmeti
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat