Namangan davlat universiteti



Download 8,44 Mb.
bet1/5
Sana17.02.2017
Hajmi8,44 Mb.
#2768
  1   2   3   4   5


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
Fizika-matematika fakul’teti
5142000-Mehnat ta`limi

yo`nalishi 4-bosqich bitiruvchisi


Asqarova Sarvinoz Faxriddin qizining

bakalavr darajasini olish uchun yozgan



Mavzu: Mehnat ta`limi mashg`ulotlarida o`quvchilarni jismoniy rivojlanishini pedagogik va fiziologik omillari.

Ilmiy rahbar: Akramov X.M.


Namangan-2012 yil

ANNOTATSIYA

Mehnat ta`limi darslarida o`quvchilarni unumli mehnatga jalb etilishi beriladigan bilim, ko`nikma va malakalarni ongli yetkazilishini o`rgatishdan iborat.

O`quvchilarning mehnat ta`limi jarayonida jismoniy rivojlanishi o`z aksini topishi uchun amaliy mashg`ulotlar jarayonidagi o`quvchilar faoliyati samaradorligi yanada orttirish shartlari quyidagichadir:

mashg`ulotlarning mazmuni ilmiy asosda tashkil etilishi kerak;

mashg`ulotlarni o`tish uslublari yangi pedagogik texnologiyalarga asoslanishi lozim;

mashg`ulotlar jarayonida o`quvchilarni unumli mehnatga jalb etilishi uchun etarli sharoit yaratib berish va bu asosida o`quvchilarni jismoniy rivojlanishini ta`minlash.

Maktablarda o`quvchilarning mehnat ta`limi jarayonida jismoniy rivojlanishiga oid ko`nikma malakalarini shakllantirishning pedagogik va psixologik tamoyillari olindi.

Mehnat ta`limi jarayonida jismoniy rivojlanishga doir ishlab chiqilgan tavsiyalar;

O`quvchilarni mehnat ta`limi jarayonida jismoniy rivojlanish omillarini tashkil etishda qo`llanilgan ta`lim metodlari haqida ishlab chiqilgan tavsiyalar;

Maktablarda amaliy mashg`ulotlarni yuqori saviyada o`zlashtirib olishlariga va ta`lim sifatini oshirishga unumli mehnatni yordam berishini aniqlash.



  • O`quvchilarni mehnat ta`limi mashg`ulotlarini o`tkazilishini takomillashtirish, o`quvchilarning jismoniy rivojlanishga oid qobiliyatlarini o`stirishga doir ishlab chiqilgan tavsiyalar;

  • O`quvchilarni mehnat ta`limi jarayonida jismoniy rivojlanish omillarini tashkil etishda qo`llanilgan ta`lim metodlari haqida ishlab shiqilgan tavsiyalar;

  • Maktablarda amaliy mashg`ulotlarni yuqori saviyada o`zlashtirib olishlariga va ta`lim sifatini oshirishga amaliy yordam berish.

REJA:

Kirish


    1. Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati

    2. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifalari

    3. Tanlangan ob`ekt va ta`dqiqot usullari

    4. Mavzuning ilmiy yangiligi va erishilgan natijalar

    5. Mavzu izlanishining amaliy ahamiyati

    6. Jaxon moliyaviy-iktisodiy inkirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari, xamda chet el investitsiyasi

Asosiy qism

2.1. Mehnat ta`limi jarayonida o`quvchilarni jismoniy rivojlanishini DTSdagi urni

2.2. O`quvchilarni jismoniy rivojlanish jarayonini nazariy asoslari

2.3. Mehnat ta`limi darslarida o`quvchilarni jismoniy rivojlanishini psixo-fiziologik omillari

2.4. Pedagogik texnologiyalar asosida mehnat jarayonini o`rgatish.

2.5. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish.



Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Internet materiallari

Kirish

1.1. Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi va axamiyati.

Respublikada amalga oshirilayotgan ta`lim islohoti o`zining nazariy-metodologik asosini «Ta`lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da topdi. Bu tarixiy hujjatlarda o`rta maktab va kasb xunar ta`limi uzluksiz ta`lim tizimida 9+3 yani ta`limning bir yahlitligi sifatida tavsiflanadi.

O`zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov O’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz asarida “...Bugungi kunda oldimizga qo`ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanish, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlarimiz va rejalarimizning samarali taqdiri, avvalambor davr talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli, yangicha tafakkurga ega bo`lgan mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog`liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz”- deb ta`kidlaydi. Bu esa o`z navbatida umumta’lim o`rta maktab ta`limi tizimida faoliyat ko`rsatuvchi umumta`lim fanlari o`qituvchilari va mehnat ta`limi o`qituvchilarining mahoratini, umumiy saviyasini muttasil takomillashtirish uchun sharoit yaratishni talab qiladi. CHunki yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasi, eng avvalo, ularni o`qitib bilim berish, ularda kelajakda egallaydigan mehnatlari bo`yicha zaruriy ko`nikma va malakalar hosil qilish, ta`lim-tarbiya beruvchilarning savodxonligi darajasi bilan uzviy bog`liq.(9)

Yana 2006 yildagi O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisidagi ma’ruzasida I.A.Karimov “Barkamol avlod yetishtirish uchun ularning aqliy va jismoniy rivojlanishiga sharoit yaratish va ularni undash zarurligini” ta`kidlaydi.(6) Buning uchun o`rta maktablarda to`g`ri yo`lga qo`yilgan hamda muntazam ravishda amalga oshiriladigan uslubiy ishlar o`quv-tarbiyaviy ishlarni uzluksiz ravishda takomillashtirib borishning eng muhim vositalaridan biri ekanligi; o`qituvchilar uchun o`z mehnat ta`limi asosida jismoniy rivojlanishlari bo`yicha ilg`or tajriba usullarini amaliy tarzda egallab olishi, ta`lim mazmunini chuqurlashtirish va sifatini oshirish maqsadida tashkil etilishi, o`quvchilarni unumli mehnatga mantiqan jalb qilinishlari muammoning dolzarbligini belgilaydi.

Ma`lumki, jismoniy tarbiya bilan shug`ullanish kishining xar tomonlama jismoniy rivojlanish imkonini beradi,  fiziologik funktsiyalarining takomillashtirishga yordam beradi va kishi organizmi xar tomonlama mustaxkamlashishga olib keladi.  Umumiy va mehnat ish qobiliyatining oshishiga yaxshi ta`sir ko`rsatadi.  Xar qanday jismoniy mashg`ulotlar salomatlikni mustaxkamlashga qaratilgan bo`lishi lozim, aks xolda ular o`zbek jismoniy tarbiya sistemasining sog`lomlashtirish vazifasini xal qilish borasida ahamiyatini yo`qotadi.  Keyingi vaqtlarda jismoniy tarbiya bilan shug`ullanuvchilarning sog`ligida kuzatiladigan potologik (kasallik) o`zgarishlar sabablarini,  ularning oldini olish va davolash masalalarini o`z zimmasiga olgan mehnat meditsinasini yana yangi bir soxasi rivoj topmoqda. 

Jismoniy, ruhiy nuqtayi nazardan olib qaralganda, kasbiy ta`lim-tarbiya jarayoni tahsil oluvchilarning o`sib-rivojlanayotgan organizmi uchun sezilarli darajada og`irlik beradi. Shuning uchun ham, o`quv rejimini yuqori ish qobiliyatini ta'minlaydigan. o`quvchi-o`quvchining sog`lig`iga zarar yetkazmaydigan qilib tashkil etiladi. Tahsil oluvchilarning ish rejimini belgilashda ish qobiliyatini quyidagi bosqichlari inobatga olinadi:

1.bosqichda o`quvchi-o`quvchi vazifani olib, ustoz yordamida ishga kirishadi, asta-sekinlik bilan mehnat unumdorligi oshib boradi;

2.bosqichda yuqori unumdorlikka erishiladi;

3.bosqichda ish unumdorligi pasayib, charchash holati vujudga keladi. Bu holda o`qituvchi-ustoz o`quvchining holatini ko`zdan qochirmasligi, uning ishini tezroq, sifatli ravishda tugallashiga ko`maklashuvi zarur.

Psixologik - fiziologik talablar :

Inson atrofni o’rab turgan olamni sezgi organlari orqali bilib oladi. Inson ta’lim jarayonida sezgi organlaridan ta’sirlanadi.Olingan ma’lumotlar fikirlanadi va katta yarim shar po’stlog’ida mustahkamlanadi. Bilim bu borliqning inson ongida aks ettirilgan va mustah-kamlangan faktlari, umumlashmalari, qoidalari, qonunlari va hakazolardir. Mehnat ta’limi jarayonida o’quvchilar turli xil fikirlarga ega bo’ladilar. Shu fikrlar psixik-fiziologik jarayon sifatida shunday mexanizimki, u ham malaka singari shartli refleks zanjiridan iborat.(11)

Mehnat malakalarining bunday bo’linishi bir muncha shartli sanaladi, chunki ularning ko’pchiligi bir vaqtning o’zida ham harakatlantiruvchi, ham aqliy harakatni qo’shib olib borishni talab qiladi.



1.2 Bitiruv malakaviy ishning izlanish maqsadi va ob`ekti .

Maktab mehnat ta`limi darslarida o`quvchilarni jismoniy rivojlanishini psixo-fiziologik omillari olindi.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta`lim to`g`risida»gi qonun, O`zbekiston Oliy Majlisi xujjatlari, Prezident asarlari, Vazirlar Maxkamasi qaror va ko`rsatmalari, OO`MTV buyruqlari, kasb-hunar ta`limini takomillashtirishga bag`ishlangan ilmiy uslubiy asarlarini o`z ishiga oladi.

Mehnat ta`limi darslarida o`quvchilarni unumli mehnatga jalb etilishi beriladigan bilim, ko`nikma va malakalarni ongli yetkazilishini o`rgatishdan iborat.

O`quvchilarning mehnat ta`limi jarayonida jismoniy rivojlanishi o`z aksini topishi uchun amaliy mashg`ulotlar jarayonidagi o`quvchilar faoliyati samaradorligi yanada ortirish shartlari quyidagichdir:

mashg`ulotlarning mazmuni ilmiy asosda tashkil etilishi kerak;

mashg`ulotlarni o`tish uslublari yangi pedagogik texnologiyalarga asoslanishi lozim;

mashg`ulotlar jarayonida o`quvchilarni unumli mehnatga jalb etilishi uchun etarli sharoit yaratib berish va bu asosida o`quvchilarni jismoniy rivojlanishini ta`minlash.

Maktablarda o`quvchilarning mehnat ta`limi jarayonida jismoniy rivojlanishiga oid ko`nikma malakalarini shakllantirishning pedagogik va psixologik tamoyillari olindi.

1.3 Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi.

Ilmiy izlanishda nazariy va amaliy jihatdan maktab o`quvchilarni mehnat ta`limi jarayonida jismoniy rivojlanishi oid metodik tavsiya ishlab chiqiladi.

Mehnat ta`limi darslari jarayonida o`quvchilarni jismoniy rivojlanishiga oid uslubiy tavsiyalar yaratiladi.

O`qituvchilarga yangi pedagogik texnologiya elementlaridan qay tartibda foydalanish to`g`risida ko`rsatmalar beriladi.



    1. Mavzuning ilmiy yangiligi va erishilgan natijalar

Mehnat ta`limi jarayonida jismoniy rivojlanishga doir ishlab chiqilgan tavsiyalar;

O`quvchilarni mehnat ta`limi jarayonida jismoniy rivojlanish omillarini tashkil etishda qo`llanilgan ta`lim metodlari haqida ishlab chiqilgan tavsiyalar;

Maktablarda amaliy mashg`ulotlarni yuqori saviyada o`zlashtirib olishlariga va ta`lim sifatini oshirishga unumli mehnatni yordam berishini aniqlash.

1.5 Bitiruv malakaviy ish izlanishining amaliy ahamiyati.



  • O`quvchilarni mehnat ta`limi mashg`ulotlarini o`tkazilishini takomillashtirish, o`quvchilarning jismoniy rivojlanishga oid qobiliyatlarini o`stirishga doir ishlab chiqilgan tavsiyalar;

  • O`quvchilarni mehnat ta`limi jarayonida jismoniy rivojlanish omillarini tashkil etishda qo`llanilgan ta`lim metodlari haqida ishlab shiqilgan tavsiyalar;

  • Maktablarda amaliy mashg`ulotlarni yuqori saviyada o`zlashtirib olishlariga va ta`lim sifatini oshirishga yordam berish.

1.6.Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining qonuniy asoslari (shart-sharoitlari).

Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o`zining natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlarining o`sishini ta`minlash, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, qishloq xo`jaligini isloh qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish, bank-moliya tizimi faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo`lga kiritildi.

O`zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqei sezilarli darajada va muntazam oshib bormoqda. Bunda mamlakatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, amalga oshirish yo`llarining aniq va to`g`ri ko`rsatib berilganligi bosh maqsad yo`lidagi yutuq va marralarning salmoqli bo`lishiga imkon yaratdi.

1) mamlakatimizda qabul qilingan 2009-2012 yillarda jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va bartaraf qilish bo`yicha inqirozga qarshi dasturni amalga oshirish, shu asosda iqtisodiy o`sishning uzoq muddatli barqaror sur`atlarini va iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishini ta`minlash;

2) tarkibiy o`zgartirishlarni davom ettirish va iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, buni birinchi navbatda, xalqaro sifat standartlariga javob beradigan, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo`lgan raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishga yo`naltirilgan iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash yo`li bilan amalga oshirish;

3) qishloq turmushi sifatini va qiyofasini tubdan yaxshilashga, qishloq joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirishga, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o`rni va ahamiyatini tubdan qayta ko`rib chiqishga, fermer xo`jaligini rivojlantirishni har tomonlama qo`llab-quvvatlashga yo`naltirilgan uzoq muddatli, o`zaro chuqur bog`langan chora-tadbirlar keng kompleksini amalga oshirish;

4) aholi bandligini ta`minlash, uning turmush sifatini oshirishning eng muhim omili sifatida xizmatlar ko`rsatish sohasi va kichik biznesni jadal rivojlantirish;

5) mamlakatni modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning eng muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish;

6) banklar ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning bo`sh mablag`larini tijorat banklaridagi depozitlarga jalb qilishni rag`batlantirish.

Prezidentimizning ushbu asarlarida belgilab berilgan O`zbekiston iqtisodiyotini barqaror va mutanosib rivojlantirish, jahon bozorlarida mustahkam o`rin egallash, shular asosida izchil iqtisodiy o`sishni ta`minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni to`liq va samarali amalga oshirish eng avvalo jamiyatimiz a`zolari tomonidan ularning mazmun-mohiyatini teran va chuqur anglab etilishini taqozo etadi. SHunga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining tavsiyasiga ko`ra Prezidentimiz I.Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari» nomli asarlarini talabalar tomonidan chuqur va har tomonlama o`rganish, unda ko`rsatib o`tilgan dolzarb masalalarning tub mohiyatini anglash, 2009 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo`nalishlarini bilish maqsadida maxsus kursni joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.



Jahon moliyaviy inqirozining O`zbekiston iqtisodiyotiga ta`siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo`lgan omillar:

Jahon moliyaviy inqirozi, uning ta`siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo`llarini izlash – bugungi kunning eng dolzarb muammosi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida oliy ta`lim tizimida talabalarni xayot yo`llarini tanlashlarida jamiyatda bulayotgan voqelikni teran xis etish aloxida axamiyatga ega. Qolaversa, jaxon moliyaviy-iqtisodiy inkirozi sharoitida uning moxiyatini, kelib chiqish sabablari, bartaraf etish yo`llari xaqida keng tushunchaga ega bulish xam muximdir.

Jahon moliyaviy inqirozining mohiyati va namoyon bo`lish shakllari. Uning kelib chiqish sabablari. YEtakchi tahlil va ekspertlik markazlarining global moliyaviy inqiroz borasidagi xulosalari. Moliya-bank tizimidagi inqirozning real sektor hamda ijtimoiy sohalarga salbiy ta`sir ko`rsatishi. Global moliyaviy inqirozning jahon moliya-bank tizimidagi jiddiy nuqsonlar mahsuli ekanligi. Moliyaviy-iqtisodiy inqirozning alohida mamlakatlardagi miqyosi, ko`lami va oqibatlarini belgilovchi omillar. Inqiroz oqibatlarini bartaraf etishning dunyo hamjamiyati miqyosida qabul qilinayotgan chora-tadbirlar samaradorligiga bog`liqligi. Jahonning yirik davlatlari ishtirokidagi Vashington sammiti (2008 yil noyabr’) muhokamalaridan kelib chiquvchi xulosalar.

O`zbekiston – xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi. Global moliyaviy inqiroz oqibatlarining iqtisodiyotimiz rivojlanishiga ta`siri. eksport mahsulotlari narxlari pasayib ketishining makroiqtisodiy o`sish sur`atlari va iqtisodiyotimizning boshqa tomonlariga salbiy ta`siri.

Iqtisodiyotimizning mutanosib va samarali rivojlanishiga jahon moliyaviy inqirozining ta`siri. 2008 yilda mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror faoliyat ko`rsatishi hamda yuqori o`sish sur`atlarining izchil ta`minlanganligi.

Mamlakatimizda mehnatni rag`batlantirish, ish haqini ko`paytirish va aholi daromadlari o`sishini ta`minlash borasidagi muhim natijalar. Tashqi savdo va eksport sohasidagi yutuqlarning iqtisodiy islohotlar natijasi ekanligi. Tarkibiy o`zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilganligi. Investitsiya jarayonlarini amalga oshirishda O`zbekiston Tiklanish va taraqqiyot fondining faoliyati. Iqtisodiyotning etakchi tarmoq va sohalarida investitsiya dasturlarining amalga oshirilishi.

2009 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng ustuvor vazifalarini belgilab olishning ahamiyati va xususiyatlari. Iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha 2009-2012 yillarga mo`ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi – mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo`nalishi sifatida. Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o`tish modeli tamoyillari moliyaviy va iqtisodiy inqirozning salbiy ta`siridan himoyalashning asosi ekanligi.

Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo`yicha Dasturning ishlab chiqilishi. Loyihalarni amalga oshirish borasida mamlakatimizda mavjud bo`lgan salohiyat va imkoniyatlar. Loyihalashtirish va qurilish ishlari boshlanayotgan inshootlarni moliyalashtirish manbalari. Loyihalarni amalga oshirish orqali ko`zda tutilayotgan natijalar. Boshlangan tarkibiy o`zgarishlarni va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish jarayonlarini davom ettirish – iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishi.

Har qanday jamiyatning yashashi uchun ishlab chiqarish uzluksiz davom etishi shart. Unda uzilish yuz bersa kishilarning hayotiy ehtiyojlari qondirilmaydi. Ishlab chiqarishning doimiy takrorlanib turishi va umuman iqtisodiyotning ahvoli investitsiyalarning holatidan kelib chiqadi.

Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta`minlashda xorijiy investitsiyalarini roli va urni aloxida axamiyatga ega. SHu sababli ta`lim tizimida xorijiy investitsiyalar xaqida talabalarga ma`lumotlar berish, kelgusida mustakil ish faoliyatiga kirishganda ular uchun muxim manba bulib koladi. Ta`lim tizimida talabalarga xorijiy investitsiyalar buyicha ma`lumotlar berilish lozim.

Uzoq yillar mobaynida rejali iqtisodiyot davrining iqtisodiy adabiyotlarida «investitsiya va «kapital qo`yilmalar tushunchalari tor ma`noda va bir xil mazmunda talqin qilinib kelingan. Aslida esa, «investitsiya tushunchasi o`z mazmuni jihatidan ancha kengroqdir.

«Investitsiya2 deganda kelgusi foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoyolariga investorlar tomonidan uzoq muddatga qo`yiladigan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va intellektual boyliklar tushuniladi.

Agar respublikada xorijiy kapitalni qo`yishning ayrim sharoitlarini boshqa davlatlar sharoiti bilan taqqoslasak, quyidagi xulosaga ega bo`lamiz (1-jadvalga qarang).

1-jadval

O`zbekiston Respublikasi va ayrim davlatlar iqtisodiyotiga xorijiy kapitalni quyish sharoitlarining qiyosiy tavsifi


Davlatlar

Xorijiy investitsiya ishtirokida barpo etilgan korxona ustav fondida xorijiy investitsiya ishtirokining chegarasi

Soliqdan butunlay yoki qisman ozod qilish muddati (yil)

Ish hafta-sining davomiyligi (soatda)

O`zbekiston

30%dan kam bo`lmagan

2-7

48

Rossiya

CHegaralanmagan

2

47-49

Xitoy

25%dan kam bo`lmagan

2-5

4

Singapur

CHegaralanmagan

5-10

48

Janubiy Kor

50%dan kam bo`lmagan

5

47-49

Malayziya

70%dan kam bo`lmagan

2-5

50-60

Tailand

49%dan kam bo`lmagan

3-8

45-50

Indoneziya

CHegaralanmagan

2-6

47-51

Xorijiy investitsiyalarni muvaffaqiyatli jalb qilish ma`lum darajada uch guruh omillarga bog`liq bo`ladi.

Birinchidan, investitsiyadan foydalanishga qodir quvvatlar mavjudligi - uni tabiiy, mehnat zahiralari, shuningdek, ishlab chiqarish, iste`mol, moliyaviy, innovatsiya, institutsional va infratuzilmaviy quvvatlar tashkil qiladi.

Ikkinchidan, mamlakatdagi mavjud investitsiya sharoitlari muhim ahamiyatga egadir. Bularga: umumiqtisodiy, bozor, me`yoriy-huquqiy, ahborot bilan ta`minlash, ekologik, ijtimoiy, etnografik va ijtimoiy-madaniy sharoitlar kiradi. Paul A.Samuelson va William D.Nordhaus o`zlarning «Economics» nomli asarlarida yozib o`tganlaridek: «Investitsiya – bu birinchi navbatda tavkkalchilikka asoslangan o`yin. Bu o`yinning asosiy maqsadi ko`proq foyda olishdir».

Uchinchidan, investitsiya tavakkalchiligi omillaridir. Ular xorijiy investorlarning investitsiya quvvati va investitsiya sharoitlarining Qulay afzalliklaridan foydalanishi bo`yicha vazifalariga qarama-qarshi turadi.

Barcha guruhlar bir biri bilan chambarchas bog`liq bo`ladi. Misol uchun, etarli darajada jalb qiluvchi bo`lmagan investitsiya sharoitlari, xatto yuqori samarali investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini ham pasaytirib yuboradi.

Bugungi kunda o’zbekistonimiz erishayotgan dunyo tan olayotgan marralar haqida so’z yuritganda ularga zamin bo’lgan ko’pgina sabablarni keltirish mumkin. Lekin halqimiz qo’lga kiritgan bu natijalarninig negizida turgan asossiy omil – buni bugun hech kimga tushuntirib berishning hojati yo’q deb o’ylayman – mustaqillik davrida odamlarimizning dunyoqarashi, hayotga, mehnatga o’zz kasbiga bo’lgan munosabati keskin o’zgarib borayotganida yaqqol namoyon bo’lmoqda, deb ta’kidladi Islom Karimov. (3)

Bir so’z bilan aytganda, xalqimizning mustaqil fikrlashi ma’naviy olami ijtimoiy faolligi o’sib borayotgani barcha-barcha yutuqlarimizning poydevoriga kuch – quvvatimiz manbaiga aylanayotganini sezish, ko’rish qiyin emas.

Shu o’rinda takidlash joizki yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari erishilayotgan yutuqlarninig samarasi, avvalo inson omili mujassam. Istiqlolimizning 21 yilligini nishinlash arafasida turibmiz. Tarixan shu qisqa davrda mustaqil Vatanimmizda halqimizning bunyotkorlik salohiyati, inson omili tufayli qo’lga kiritilayotgan yutuqlarimizning bugun dunyo tan olmoqda, ko’plab mamlakatlar bizga havas bilan qarashmoqda. Yaqinda poytaxtimizda eng muhim sohalar – sog’liqni saqlash va ta’lim sohalariga bag’ishlab o’tkazilgan halqaro amjumanlarda ahm bu o’zining yaqqol tasdig’inin topdi.(1)

2012 yilni “mustahkam oila yili” deb e’lon qilganimizning zamirida ham mamlakatimizda inson manfaatlari ustuvorligi, har bir insonning o’z xalqi, oilasi, vatani taqdiriga daxldor bo’lib yashashi kabi ezgu maqsadlar mujassam, dedi davlatimiz rahbari.

Ana shunday omillar tufayli yurtimizda tinchlik va barqarorlik mustahkamlanib, ko`p millatli mamlakatimizda o`zaro xurmat va hamjihatlik tobora keng qaror topayotgani hayotimizda asosiy hal qiluvchi kuchga aylanib borayotganini ta`kidlash urinlidir.

Prezidentimiz bugungi tinch-osoishta kunlarning qadriga etish, mustaqilligimizni mustahkamlash masalalari haqida to`htar ekan, o’sib kelayotgan yosh avlodistiqlolimiz tarixini chiqir o’rganishi, unday kunlarga osonlik bilan erishilmaganini tushunib, anglab yetishi zarurligini aloxida takidladi. Chunki ertangi kun – yoshlar qo’lida. Hal qiluvchi kuch sifatida kirib kelayotgan yoshlarni qo’lla quvatlash, ularga ishonch bildirish lozim.(1)

Mustaqilligimiz tarixini o’rganishda davlatimiz raxbarining “o’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi barchamiz uchun ishonchli manba va muhim amaliy qo’llanma bo’lib hizmat qilmoqda.

Prezidentimiz o`z asarlarida “Mustaqilikka erishish ostonasida respublikada odamlarning hayot ta`minoti muammolari yig`ilib qolgan va ular nihoyatda o`tkir tus olgan edi. Fuqaro hokimiyatdan kutayotgan eng asosiy narsa har bir odam ishga, uy-joyiga ega bo`lsin, oziq-ovqat, kiyim-kechak, normal turmush va dam olish, farzandlarni tarbiyalash uchun mablag` ishlab topa oladigan bo`lsin.” Deb ta`kidlab xozirgi xolatga kelish uchun qilingan ishlarni yoritar ekanlar 1992 yilda qobul qilingan “Ta`lin tug`risida”gi qonunning axamiyatini alorida belgilab o`tmoqdalar.

Ta`limdagi xozirgi xolatni I.A.Karimov “Bizning xalqimiz sabr-bardosh, yaxshilik, osoyishtalik, boshqa xalqlarga nisbatan xayrixohlik ruhida tarbiyalangan. Bu xalq bugun bizdan himoya talab qilyapti, tinch-totuv hayot, og`ir mehnatiga yarasha turmush sharoitlarini talab qilyapti. Bu – haqqoniy talabdir.” deb ko`rsatmoqdalar.Shu ma’noda, bugun nishonlanayotgan хotira va qadirlash maosimining ma’no, mazmuni, ya’ni o’tganlarni va hayot bo’’lganlarni qadri vatanni himoya qilish daxlsiz saqash, kabi fazilatarni yosh farzandimizning ongu tafakkuriga singdirish, farzandlar va bolalarimizning biz kim-kimning avlodi deb bobolarimizning jasoratidan ibrat olib, mana shu musaffo osmonni, ona-vatanimmzni biz asramasak kim asraydi degan etiqod bilan yashsash xech shuphasis bugungi va ertangi hayotimiz juda katta ahamiyatga ega dedi Islom Karimov.(2)

Bularning barchasi bizning kuchimizga kuch, qudratimizga qudrat qo’shishi, ertangi kunga bo’lgan ishonchimizni yanada mustahkamlashi tabiiydir.

Namangan viloyatida uchta kollej chet el investitsiyasi xisobiga kapital jixozlandi shu jumladan:


Download 8,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish