O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAHSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
AMALIY MATEMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
KAFEDRASI
«KOMPYUTER GRAFIKASI» FANIDAN
O’ Q U V - U S L U B I Y
Q O’ L L A N M A
NAMANGAN-2010 YIL
2
Ushbu Mashg’ulotlar matni bakalavriatning 5211200 amaliy san`at yo’nalishida
ta`lim olayotgan talabalari uchun mo’ljallangan.
Mualliflar:
katta o`qituvchi I.N.Tillaboyev
o`qituvchi A.Z.Mahmudоv
Taqrizchilar: p.f.n. N. Otaxonov (NamDU)
dots. A. Imomov (NamDU)
Mashg’ulotlar matni NamDU "Amaliy matematika va axborot
texnologiyalari" kafedrasining 2010 yil 26 avgust oyidagi yig`ilishida
ma`qullangan.
Mashg’ulotlar matni NamDU Matematika fakul'tetining 2010 yil 26
avgustdagi o’quv uslubiy kengashida nashr uchun tavsiya etilgan.
3
MUNDARIJA
1. 1-Mashg’ulot: Kompyuter grafikasi fani. Grafika turlarini aniqlash …….
4
2. 2-Mashg’ulot: Adobe Photoshop dasturi …………………………………….
10
3. 3-Mashg’ulot. Adobe Photoshop dasturining ish qurollari. Rasm taxrirlash ……
19
4. 4-Mashg’ulot. Adobe Photoshop dasturning ish qurollari………………….
24
5. 5-Mashg’ulot. Adobe Photoshop dasturining menyusi………………………
29
6. 6-Mashg’ulot. Matnlar bilan ishlash. …………………………………………
31
7. 7-Mashg’ulot. Adobe Photoshop dasturida shakllar bilan ishlash………….
33
8. 8-Mashg’ulot. CorelDraw 10 muharririning ishchi oyna elementlari……….
36
4
1-MASHG’ULOT: KOMPYUTER GRAFIKASI FANI. GRAFIKA
TURLARINI ANIQLASH.
REJA:
1. Grafik ob`ektlarni kompyuterda tasvirlash haqida ma`lumot
2. Kompyuter grafikasi elementlari. Paint grafik muharriri haqida ma`lumot
3. Paint bosh menyusining bo`limlari
Axborotning asosiy qismini inson ko`rish a`zolari orqali oladi. Ko`rgazmali
axborotning o`zlashtirilishi oson bo`ladi. Inson tabiatining ana shu xususiyati
grafik operatsion tizimlarda ishlatiladi. Ularda axborot grafik ob`ektlar: znachoklar
(belgilar), oynalar va rasmlar ko`rinishida tasvirlanadi.
Operatsion tizimning barcha grafik ob`ektlari, shuningdek, boshqa barcha
tasvirlar qandaydir yo`l bilan kompyuterda xosil qilinishi yoki unga kiritilishi
kerak. Grafik tasvirlarni kompyuterga kiritish uchun maxsus tashqi (atrof)
qurilmalari ishlatiladi. Eng ko`p tarqalgan qurilma — bu skanerdir. So`nggi
paytda raqamli fotokameralarning ham qo`llanish ko`lami kengayib bormoqda.
Ularning oddiy fotoapparatlardan farqi shundaki, tasvir kimyoviy yo`l bilan
fotoplyonkaga tushirilmaydi, balki fotokamera xotirasining mikrosxemalariga
yozib qo`yiladi. U yerdan axborotni kabel orqali kompyuterga uzatish mumkin.
Ayrim raqamli fotoapparatlar ma`lumotlarni fayl sifatida egiluvchan diskka yozib
qo`yish imkoniyatiga ham ega. Diskdagi axborotni esa kompyuterga o`tkazish
unchalik qiyin emasligini siz yaxshi bilasiz.
Tasvirni kompyuterga videokameradan ham kiritish mumkin. Videoning ketma-
ketlikdagi biror kadrni tanlashi va uni kompyuterga kiritishi tasvirni ushlab olish
deyiladi.
Kompyuterga tasvirni kiritish uchun uni albatta skanerlash, rasmga olish yoki
uni ushlab olish shart emas. Tasvirni kompyuterning o`zida ham xosil qilish
mumkin. Buning uchun grafik muxarrirlar deb ataluvchi maxsus dasturlar sinfi
ishlab chiqilgan.
Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ularga ishlov berish,
shuningdek, grafik ob`ektlar va fayllarda bo`lgan nografik ob`ektlar o`rtasida
bog`lanish o`rnatishni informatikada kompyuter grafikasi deb atash qabul qilingan.
Kompyuter grafikasi uch turga bo`linadi: rastrli grafika, vektorli grafika va fraktal
grafika. Ular o`rtasidagi asosiy farq nurning displey ekrandan o`tish usulidan
iborat. Eslab qoluvchi elektron-nurli trubka (ENT)larga ega vektorli qurilmalarda
nur berilgan trayektoriya bo`ylab bir marta chopib o`tadi, uning izi esa ekranda
keyingi buyruq berilgungacha saqlanib qoladi. Demak, vektorli grafikaning asosiy
elementi — chiziqdir.
Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tasvirlarni
yaratishga mo`ljallangan. Bunday vositalar reklama agentliklarida, dizaynerlik
byurolarida va nashriyotlarda qo`llaniladi.
5
Rastrli qurilmalarda esa tasvir ularni tashkil etuvchi nuqtalar majmuasidan
vujudga keladi. Bu nuqtalar piksellar (pixels) deb ataladi. Rastr — bu ekranning
butun maydonini qoplovchi piksellar matritsasidir. Demak, rastrli grafikaning
asosiy elementi nuqtadan iborat.
Rastrli grafika vositalari bilan tayyorlangan tasvirlar kompyuter dasturlar
yordamida kamdan-kam xoldagina yaratiladi. Ko`pincha ushbu maqsadda rassom
tayyorlagan tasvirlar yoki rasmlar skanerlanadi. Rastrli tasvirlar bilan ishlashga
mo`ljallangan ko`pgina grafik muxarrirlar asosan tasvirlarga ishlov berishga
mo`ljallangan. Internet tizimida ko`proq rastrli tasvirlar qo`llanilmoqda.
Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish — bu tasvirni chizish yoki jixozlash
emas, balki uni dasturlashdir, ya`ni bunda tasvirlar formulalar yordamida ko`riladi.
Fraktal grafika odatda o`yin dasturlarida qo`llaniladi.
Kompyuter ekrani har qanday tasvirni mayda nuqtalarning majmui sifatida
aks ettiradi. Ekranning har bir shunday nuqtasi piksel deb ataladi. Ekrandagi
tasvirning biror qismi kattalashtirilsa, piksel rangli to`g`ri to`rtburchak shakliga
egaligini ko`rish mumkin. Piksellarning ekranda joylashishini shaxmat
doskasidagi kataklarning joylashishiga yoki rangli jadvalga o`xshatish mumkin.
Demak, piksellar majmui ekranda tasvirni hosil qiluvchi jadval (matritsa)ni
tashkil etar ekan. Monitor turiga qarab matritsa o`lchamlari piksellarda 640x480,
800x600, 1024x768, 1600x1200… kabi bo`lishi mumkin.
Matritsa o`lchami ekran o`lchamiga bog`liq bo`lmaydi. Bir xil o`lchamli
ekranda matritsa o`lchami qancha katta bo`lsa, uni tashkil etuvchi nuqtalarning
o`lchami shuncha kichik bo`ladi. Ya`ni, ekrandagi tasvirning sifati ham yaxshi
bo`ladi.
Kompyuter grafikasida ekran imkoniyati va tasvir imkoniyati
tushunchalarini bir-biridan farqlash lozim.
Ekran imkoniyati monitor, videoqurilma va operatsion sistema
imkoniyatlariga bog`liq bo`lib, piksellarda o`lchanadi va ekranda to`lig`icha
joylashadigan tasvir o`lchamini aniqlaydi.
Tasvir imkoniyati – bu tasvirning xususiyati bo`lib, bird yum uzunlikdagi
kesmada nechta nuqta tasvirlanganligi (dpi) bilan o`lchanadi. Bu birlik grafik
muharrir yoki skaner yordamida tasvir hosil qilish vaqtida belgilab olinadi. Tasvir
imkoniyatining qiymati tasvir faylida saqlanib, tasvirning yana bir xususiyati –
haqiqiy o`lchami bilan bog`liq bo`ladi.
Tasvirning haqiqiy o`lchami piksellarda yoki uzunlik o`lchov birliklari
(millimeter, santimetr, dyum)da o`lchanadi. U tasvir hosil qilish vaqtida
belgilanadi va tasvir fayli bilan birga saqlanadi.
Agar tasvirni ekranda ko`rish kerak bo`lsa, uning o`lchamini piksellarda
ifodalash qulay. Chunki bu holda tasvir ekranning qanday qismini egallashini
aniqlash oson bo`ladi.
6
Agar tasvirni qog`ozga chop etish kerak bo`lsa, uning o`lchamini uzunlik
o`lchov birliklarida ifodalash qulay. Chunki bu holda tasvir qog`ozning qanday
qismini egallashini aniqlash oson bo`ladi.
Tasvirning yana bir xususiyati, unda qoallanilishi mumkin bo`lgan ranglar
miqdoridir. Ya`ni, har xil tasvirlar turli rang ko`lamiga ega bo`lishi mumkin: oq-
qora shtrixli, nimrang (kulrangning oqdan qoragacha asta o`tib boruvchi tuslari)
indekslangan rangli, to`liq rangli.
Oq-qora shtrixli tasvir. Tasvirning har bir pikseliga bir bit axborot
ajratiladi. Ma`lumki, bir bit yordamida ikki holatni kodlash mumkin:oq va qora
rang. Tasvirning bunday turi Bitmap deb ataladi. Bunday tasvirnng rang ko`lami
bir bit bo`ladi.
Nimrang tasvir. Nimrang (grayscale) tasvir pikseli 8 bit bilan kodlanadi,
ya`ni uning rang ko`lami 8 bit. Tasvirning har bir pikseli 256 xil qiymat qabul
qilishi mumkin. Bu qiymatlar kulrang shkala deyiladi. Bu shkala kulrangning 256
gradatsiyasiga ega bo`lib, ularning har biri 0 (qora) dan 255 (oq) gacha oraliqdagi
yorug`lik qiymati bilan ifodalanadi. Bu oq-qora fotosuratni aniq tasvirlash uchun
etarlidir.
Hozirgi kunda tasvirni 16 bitli kodlash imkoniga ega dasturlar mavjud
bo`lib, ular yordamida kulrangning 256 xil emas, balki 65536 xil tusi ishtirok etgan
tasvirlar hosil qilish mumkin. Ammo bunday tasvirlarni saqlashda fayl hajmi 8
bitliga nisbatan 2 marta katta bo`ladi.
Indekslangan rangli tasvir.
Paint grafik muxarriri rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo`ljallangan. U quyidagi
buyruqlar ketma-ketligini bajarish bilan ishga tushiriladi.
ПУСК->Программы->Стандартные->Paint
Ayrim xollarda Paint yorlig`i
WINDOWS ish stoliga ko`chirilgan bo`ladi.
Bunday xolda Paint yorlig`i ustida sichqoncha tugmachasini bosish orqali dasturni
tezda ishga tushirish mumkin. Shundan so`ng ekranda Paint dasturining ishchi
oynasi (darchasi) ochiladi (1.1-rasm). U bir necha soxalardan iborat.
Oynaning asosiy qismini ish soxasi egallaydi. Uning chap yonida uskunalar
paneli joylashgan (1.2-rasm). Unda tasvir yaratishda ishlatiladigan uskunalar
tugmachalari (ramziy belgilari) joylashtirilgan. Ayrim uskunalar tanlanganda
panelning pastida ushbu uskunaning xossalarini qo`shimcha sozlash uchun darcha
paydo bo`ladi.
7
1.1-rasm.
1.2-rasm.
Ish soxasining pastida ranglar palitrasi joylashgan. U rasm chizishda
ishlatiladigan ranglar to`plamini o`z ichiga olgan (1.3-rasm).
1.3-rasm
Ranglar palitrasi ranglari o`zgarib turuvchi kvadratchalardan iborat. Rangni
o`zgartirish uchun sichqoncha belgisini tanlangan rang ustiga olib kelib,
tugmachasini bosish kerak. Agar chap tugmacha bosilsa asosiy rang (yuqori
kvadratcha rangi), o`ng tugmacha bosilsa fon rangi (quyi kvadratcha rangi)
o`zgaradi (1.3-rasm).
8
Dastur oynasining umumiy ko`rinishi bilan yuqorida tanishib chiqqan edik
(1.1-rasm). Endi muxarrirning asosiy menyusi bilan tanishamiz.
Paint grafik muxarririning meнyusi quyidagi bo`limlardan iborat:
«Файл» (Fayl), «Правка» (To`g`rilash), «Вид» (Ko`rinish), «Рисунок»
(Tasvir), «Палитра» (Ranglar), «Справка» (Ma`lumot).
Menyuninng dastlabki ikki bo`lim bandlari WINDOWS-98 amaliy dasturlari
uchun umumiy bo`lgan vazifalarni bajaradi.
«Fayl» (Fayl) bo`limi bandlari quyidagi vazifalarni bajarish uchun
mo`ljallangan .
-Yangi tasvir yaratish;
-Joriy tasvirni ochish;
-Tasvirni saqlash;
-Yangi nom bilan saqlash;
-Skanerdan yoki kameradan tasvir olish;
-Tasvirni umumiy ko’rish;
-Sahifa o’lchamlarini o’rnatish;
-Tasvirni chop etish;
-Tasvirni jo’natish;
-tasvirni ishchi stolga o’rnatish;
-Tasvirni ishchi stol markaziga
o’rnatish;
-Oxirgi fayl;
-Fayldan chiqish.
«Правка» (To`g`rilash) bo`limi tasvirlar ustida turli amallar bajaradi.
- Oldingi buyruqni bekor qilish;
- Oldingi buyruqni takrorlash;
- Belgilangan ob’ektni qirqib olish;
- Belgilangan ob’ektdan nusha olish;
- Belgilangan ob’ektni o’rnatish;
- Belgilangan qismni tozalash;
- Barcha qismni belgilash.
- Faylga nushalash;
- Fayldan tasvir olish.
«Вид» (Ko`rinish) bo`limida «Набор инструментов» (Uskunalar majmuasi),
«Палитра» (Ranglar palitrasi), «Строка состояния» (Holat satri), «Панел
атрибутов текста» (Matn atributlari paneli) va «Посмотрет рисунок»
9
(Tasvirni ekranda ko`rish) qismlari mavjud bo`lib,ularning yordamida turli
amallarni bajarish mumkin. Masalan, matn xarflarini tanlash va o`lchamlarini
o`zgartirish uchun «Панел атрибутов текста» (Matn atributlari paneli)ga
murojaat etiladi (1.4-rasm).
«Рисунок» (Tasvir) bo`limi ko`magida tasvirni akslantirish, 90°, 180° va 270°
ga rasmni burish (aylantirish) va og`dirish amallari bajariladi. Tasvirning
o`lchamlari va ranglanishi «Атрибуты» (Atributlar) bandi yordamida bajariladi
(6.7-rasm).
Palitra bo`limida tasvirlarning ranglanishida qizg`ishlik, ko`kishlik, yashillik
darajasi va yorqinligi belgilanib, «Добавить в набор» (Tuplamga qo`shish)
tugmasi yordamida yaratilgan yangi rang ranglar palitrasi tarkibiga qo`shiladi (6.8-
rasm).
10
2-Mashg’ulot: Adobe Photoshop dasturi.
REJA:
1. Bosh oyna elementlari.
2. Asosiy tushunchalar va iboralar.
3. Adobe Photoshop dasturning ish qurollari. Soha tanlash.
Bosh oynaning elementlari.
Demak, Adobe Photoshop CS dasturini o’rnatdingiz va ruyxatdan samarali
o’tib, birinchi marta uni ishga tushirdingiz. Ekranda dasturning asosiy oynasi hosil
bo’ladi. Oynaning markazida asosiy ish bajariladigan hujjat o’rni mavjud bo’lib,
unda grafik fayl ishga tushiriladi.
Ushbu interfeys Adobe ning barcha dasturlari uchun standart hisoblanadi va
Photoshop da interfeysdan foydalangandan so’ng esa, shu firmaning boshqa
dasturlarini o’rganishda olingan ko’nikmalarni qo’llash mumkin.
Photoshop dasturidan birinchi marta foydalanayotgan bo’lsangiz, boshqa
dasturlar bilan ham ishlay olmaysiz va natijada uni o’rganish mushkul ko’rinadi.
Aslida hecham qiyin emas – balki bir necha vakt o’tgandan so’ng Photoshop
muhitida ishlashni o’rganib olasiz.
Dasturning asosiy oyna tarkibini ko’rib o’tamiz.
Menyu satri. Barcha ilovalar uchun standart element
hisoblanadi. Unda butun dunyo bo’ylab qabul qilingan standartlar
mavjud bo’lib, Photoshop xam bundan mustasno emas, balki u ham File
bilan boshlanib Help da tugaydi.
-
File – Ushbu menyu asosan ishning boshida va so’ngida
qo’llaniladi, chunki uning ko’pchilik funktciyalari fayllarni
yaratish, yuklash, va xotiraga saqlash bilan bog’liq..
-
Edit – bu menyuda muharrirlashtirishning asosiy
buyruqlari joylashgan.
11
-
Image – menyusi esa, tasvirlar bilan ishlash uchun
yaratilgan. Uning buyruqlari ko’pgina amallarda qo’llaniladi.
-
Layer – qavatlar bilan ishlash.
-
Select – rasm qismini ajratish va o’zgartirish.
-
Filter – bu menyuda filtrlar ko’rsatilgan bo’lib, bir qancha
funktciyalarni bajaruvchi Photoshop dasturining qo’shimcha
modullaridir.
-
View –interfeysni sozlashning turli ko’rinishi bo’lib,
foydalanuvchi o’ziga mos ravishda qo’llaydi.
-
Window – Ushbu menyu yordamida ekrandagi uskunalar
panelini va hujjatlarning joylashuvini o’zgartirish mumkin.
-
Help – tizim haqida ma`lumot beruvchi buyruqlar
to’plami.
Uskunalar paneli. Dasturning Ushbu elementi boshqa barcha
buyruqlarga nisbatan ko’pincha qo’llaniladi. Unda uskunalar joylashgan
bo’lib, barcha asosiy amallar ular yordamida bajariladi. Ko’pchilik
uskunalarda strelka belgisi ko’rsatilganligiga e`tibor bering. Bu esa o’z
navbatida, uning tagida qo’shimcha uskunalar paneli joylashganligini
bildiradi. Uni ochish uchun uskuna tugmasini sichqoncha bilan belgilab
ma`lum vaqt bosib turish lozim. Ushbu paneldan Biron uskuna tugmasi
belgilanganda, asosiy panelda hosil bo’ladi. Bu usul panel hajmini
qisqartirish maqsadida bajariladi.
Parametrlar paneli. Bu erda barcha o’zgartirilishi mumkin
bo’lgan uskunalar parametrlari ko’rsatiladi.
Panellar. Kichik hajmdagi oyna bo’lib, unda boshqaruv
elementlari guruhlangan va ular maxsus funktciyalarni bajaradi.
O’rnatmalar. O’zgarmas holda ular uch ko’rinishda bo’ladi:
Browser, Tool Presets, Layer Comps. Ular ko’pincha qo’llaniladigan
funktciyalarni yuklash uchun mo’ljallangan. Lekin o’rnatma sifatida
xoxlagan panelni qo’llash mumkin, buning uchun panelni o’rnatmalar
ro’yxatiga ko’chirishning o’zi kifoya.
12
Asosiy tushunchalar va iboralar.
Piksel – rastrli (rangli chizilgan) ikki o’lchovli grafikada
tasvirni o’lchash birligi. Tasvir tarkibidagi nuqtalar bo’lib, nuqtalar birin-
ketin o’rnatilib butun tasvirni hosil qiladi.
Ruxsat etilgan qiymat– bir birlik uzunlikda nuqtalar soni.
Tasvirning asosiy parametrlaridan biri bo’lib, qanchalik qiymat
ko’rsatgichi yuqori bo’lsa, shunchalik tasvir sifati va fayl hajmi oshadi.
Odatda, bir santimetrga 72 piksel qiymati o’rtacha hisoblanadi, ammo
haqiqatda sifatli natijaga erishish uchun, masalan poligrafiyada, qiymat
sezilarli daraja yuqori bo’lishi lozim.
Ranglar modellari. RGB modeli. Rang modeli piksel rangi
bilan aniqlanadi. Fakat RGB modelini ko’rib o’tamiz – chunki, hozirgi
kunda eng ommabop va qulay bo’lib, asosan rangni monitorga uzatish
uchun mo’ljallangan. Agar uni soddaroq izohlasak, har bir piksel uch xil
rangdan tarkib topgan: Red, Green, Blue. Barcha qo’llaniladigan ranglar
majmuasi har bir kanal yorqinlik darajasiga ega bo’lganligi sabab hosil
qilinadi. Ular 0 dan 255.0 gacha mavjud bo’lib– eng minimal yorqinlik
Ushbu rangning pikselda bo’lmasligi bilan izohlanadi, eng maksimali -
255. Ya`ni R0G0B0 ko’rinishda izohlangan piksel qora rangni,
R255G255B255 – esa oppoq rangni bildiradi.
Qavat. Photoshop dasturi turli qavatlar bilan ishlashga imkon
beradi. Kompyuter grafikasida qavat tushunchasi nimani anglatishini
bilsangiz, u holda bir nechta yupqa shisha qoplamalarida chizilgan turli
ob`ektlarni ko’z oldingizga keltiring. Agar ularni bir-biri ustiga
joylashtirsak yangi tasvir hosil kilinadi. Ko’p qavatli rasm xam xuddi shu
usulda yaratiladi. Qavatlar yuztagacha bo’lishi mumkin, ammo odatda
buncha ko’p qo’llanilmaydi. Biroq, odatda 10-15 qavatdan iborat tasvir
hosil kilinadi.
Ajratish. Ajratilgan qism bilan ishlash– bu Photoshop da
ishlashning muhim amali bo’lib, uning yordamida ko’p imkoniyatlar
13
yaratiladi. Ajratilgan qism – bu muharrirlashtiriluvchi sohani
foydalanuvchi ko’rsatadi. Ajratilgan qism «harakatlanuvchi chumolilar»
ko’rinishda ko’rsatiladi, ya`ni harakatlanuvchi uzuq-uzuq chiziqlar bilan
belgilanadi.
Qo’shimcha kanal, yoki alfa-kanal, ranglar kanaliga bog’liq
bo’lmasdan, xaqiqiy ajratish shaklidir (aniqrogi, uni ko’rsatish va
saqlash), unda ajratilgan piksellar oq rangda, qora rangda esa –
ajratilmagan, qo’lrangda – qisman ajratilgan piksellar ko’rsatiladi. Ammo
dastur darajasida barcha belgilanishlar alfa –kanal hisoblanadi.
Piksellarni o’rnatish rejimi. Barcha uskuna bilan ishlash amali
– bu mavjud piksellar ustiga yangilarini o’rnatish funktciyasini bildiradi.
Oddiy rejimda mavjud piksel yangisi bilan o’zgartiriladi. Biroq boshqa
variantlar xam mavjud bo’lishi mumkin.
Adobe PhotoShop dasturni ishga tushirish uchun Windows ning
asosiy menyu tugmasini bosamiz, uning ichidan Programmы bo’limini tanlaymiz
va Adobe nomli guruhdan Adobe PhotoShop nomli buyruqni tanlaymiz. Natijada
quyidagi oyna hosil qilinadi:
Ushbu oynaning yuqorisida menyu satri joylashgan. U quyidagi qismlardan
iborat: Fayl (File), Pravka (Edit), Risunok (Image), Sloy (Layer), Vыdelenie
Do'stlaringiz bilan baham: |