Namangan davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


-jadval  O’zbekistondagi alohida muhofaza qilinadigan hududlar



Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/77
Sana15.05.2021
Hajmi0.8 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
9-jadval 
O’zbekistondagi alohida muhofaza qilinadigan hududlar 
 
№ 
 
Nomi 
 
Tashkil 
etilgan 
Yili 
 
Maydoni 
 ga 
 
Ixtisoslashuvi 
 
Viloyat 
 
Qo’riqxonalar 
 
 
 
 
1.  Zomin 
1926 
21 735 
Tog’-archa 
qo’riqxonasi 
Jizzax 
2.  CHotqol biosfera 
qo’riqxonasi 
 
1947 
 
35 724 
Tog’-archa 
qo’riqxonasi 
 
Toshkent 
viloyati 
3.  Baday-to’qay 
1971 
6 462 
Qayir-to’qay 
Qo’riqxonasi 
Qoraqalpog’
iston 
4.  Qizilqum 
1971 
10 311 
Qumli  –to’qay 
qo’riqxonasi 
Xorazm, 
Buxoro 
5.  Zarafshon 
1971 
2 352 
Qayir-to’qay 
qo’riqxonasi 
Samarqand 
6.  Kitob 
1979 
3 938 
Geologik 
qo’riqxona 
Qashqadary

7.  Nurota 
1975 
21 137 
Tog’-yong’oq 
mevali 
Jizzax 
8.  Xisor 
1983 
80 986 
Tog’-o’rmon 
Qashqadary

9.  Surxon 
1987 
28 895 
Tog’-o’rmon 
Surxondaryo 
 
Milliy bog’lar 
 
 
 
 
1.  Zomin 
1976 
24 110 
Tog’-o’rmon. 
Rekreatsiya 
Jizzax 
2.  Ugom-CHotqol 
1990 
574 590 
Tog’ 
Toshkent 


ekosistemalarini 
saqlash. 
Rekreatsiya. 
 
O’zbekistonning  qo’riqxonalarida  350  dan  ortiq  hayvon  turlari,  700  dan 
ortiq  o’simlik  turlari  himoyaga  olingan.  Ulardan  qoplon,  buxoro  bug’usi,  Menzbir 
sug’uri,  ilvirs  xalqaro  (TMXI)    «Qizil  kitobga»  kiritilgan.  Alohida  muhofaza 
qilinadigan  hududlar  tartibini  buzganligi  uchun  moddiy  va  jinoiy  javobgarlik 
belgilangan.  Mamlakatimizdagi  mavjud  qo’riqlanadigan  hududlar  to’ri  biologik 
xilma-xillikni  samarali  muhofaza  qilish  imkonini  bermaydi.    Saqlanib  qolgan 
tabiiy  landshaftlarda  yangi  qo’riqlanadigan  hududlarni  tashkil  qilish  lozimdir.     
 
O’zbekistonning ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorligi.  O’zbekiston 
Respublikasining  1992-yili  2-martda  BMTga  teng  huquqli  a’zo  bo’lishi  ekologiya 
sohasidagi  xalqaro  hamkorlik  uchun  ham  keng  yo’l  ochib  berdi. Birinchi navbatda 
Markaziy    Osiyo  davlatlari  o’rtasidagi  ikki  tomonlama  va  ko’p  tomonlama 
hamkorlikni  rivojlantirish  katta  ahamiyaga  egadir.  Ayniqsa,  Orol  va  Orolbo’yidagi 
ekologik  muammolar  Markaziy  Osiyo  davlatlari,  xalqaro  tashkilotlarning  diqqat 
markazida  bo’lib,  ushbu  yo’nalishda  turli  tadbirlar  o’tkazildi  va  amalga 
oshirilmoqda.  Orolbo’yi  aholisini  sifatli  ichimlik  suvi  bilan  ta’minlash,  ularga 
tibbiy yordam ko’rsatish hamkorlikning  asosiy masalalaridan  hisoblanadi.   
Jahon  Banki,  Yevropada  havfsizlik  va  hamkorlik  tashkiloti  (EXXT)  va 
boshqalar  O’zbekistondagi  ekologik  muammolarni  hal  qilish  ishiga  katta  hissa 
qo’shmoqdalar.  O’zbekistondagi  Ekologiya  va  salomatlik  fondi-  "Ekosan", 
nodavlat  tashkilotlari  ekologik  muammolarni  hal  qilishda,  xalqaro  hamkorlikni 
muvofiqlashtirish  ishiga  o’z
 
hissasini qo’shmoqda. 
Mustaqil  Davlatlar  Hamdo’stligi  (MDX)  mamlakatlari  qelishuviga  binoan 
ekologiya  sohasidagi  hamkorlik  1992-  yil  tuzilgan  Davlatlararo  Ekologik  Ittifoq 
(DEI)  orqali  amalga  oshiriladi.  Ekologiya  va  tabiatni  muhofoza  qilish 
muammolarini  hal  qilishda  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  Osiyo  davlatlari, 


Osiyo,  Yevropa,  Amerika  va  Tinch  okeani  mintaqasi  mamlakatlari  bilan  ikki 
tomonlama  va  ko’p  tomonlama  hamkorlikni  rivojlantirmoqda.  Xalqaro 
hamkorlikni  amalga  oshirishda  ekologik  ta’lim  va  tarbiyani  rivojlantirish 
masalalariga  ham alohida e’tibor beriladi. 
O’zbekiston  Respublikasi  1985-yilgi  ozon  qatlamini  ximoya  qilish  bo’yicha 
Vena  konventsiyasi,  1987-yilgi  ozon  qatlamini  yemiruvchi  birikmalar  bo’yicha 
Bayonnoma  (Monrealь),  1989-yilgi  (Bazelь)  xavfli  chiqindilarni  chegaralararo 
tashishni  nazorat  qilish  konventsiyasi,  1992-yilgi  Iqlim  o’zgarishi  to’g’risidagi 
konventsiya,  Kioto  Bayonnomasi(1998),  CHo’llashishga  qarshi  kurash  (1992), 
Biologik 
xilma-xillikni 
saqlash(1993)  kabi  o’nga  yaqin  konventsiyalarga 
qo’shilgan.  Ushbu  yo’nalishda  faol  harakatlar  amalga  oshirilmoqda.  Ekologiya  va 
tabiatni  muhofazasi  sohasidagi  har  qanday  davlatlararo  hamkorlik  ekologik 
vaziyatni  mahalliy,  milliy,  regional  va global darajada yaxshilashning  asosidir. 
 
Nazorat savollari va topshiriqlar 
1. 
O’zbekistonning  asosiy  suv  manbalari  va  ulardan  oqilona    foydalanish 
muammolari.   
2. 
O’zbekistonda suvlarning  ifloslanishi  va uning  oldini  olishni  yo’llari.   
3. 
Orol  dengizi  muammosining  kelib  chiqish  sabablarini  tushuntiring.  Dengizni 
asl holiga  keltirsa  bo’ladimi?   
4. 
O’zbekistondagi mineral  resurslar zaxiralari  xaqida nmalarni  bilasiz?   
5. 
O’zbekistonda  tog’-kon  sanoatining  rivojlanishi  va  uning  ekologik 
oqibatlarini  tushuntirib  bering.   
6. 
Sanoatdagi  chiqindilar  muammosini  qanday  yo’llar  bilan  ijobiy  xal  qilish 
mumkin? 
 
  
 
 
 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим