Namangan davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/77
Sana15.05.2021
Hajmi0.8 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77
metall  bo’lmagan  foydali  qazilmalar  tog’-kimyo  xom  ashyolari,  olovga  chidamli 
materiallar,  qurilish  materiallari  va boshqalarga bo’linadi. 
Insonlar  qadimdan  yer  ostidan  kerakli  foydali  qazilmalarni  olib  ishlatib 
kelgan.  Jamiyat  tarixi  asosiy  ishlatilgan  qazilmalar  nomiga  mos  ravishda  «tosh 
davri»,  «  jez  davri»,  «temir  davri»  deb  nomlangan.  Vaqt  o’tishi  bilan  foydali 
qazilmalarni  qidirib  topish  va  ishlatish  suratlari  ham  oshib  bordi.  Hozirgi  kunda 
insoniyat  extiyojlari  uchun  yiliga  120  mlrd.  tonnadan  ortiq  foydali  qazilmalar,  turli 
jismlar  ishga  solinmoqda.  Foydali  qazilmalar  xalq  xo’jaligining  turli  tarmoqlari 
uchun  xom  ashyo  bo’lib  hizmat  qiladi.  Fan  va  texnikaning  rivojlanishi,  insoniyat 
extiyojlarining  o’sishi  natijasida  foydali  qazilmalarni  qidirish,  ishlatish  xajmi  ortib 
bormoqda.  Hozirgi  davrda  insoniyat  foydalanadigan  minerallar  va  tog’
 
jinslarining 
soni  3500  dan  ortiqdir.  Tog’-kon  sanoatida  asosan  250  turdan  ortiq  mineral xom-
ashyolar:  yoqilg’i  va  energetik  xom  ashyo  -neftь,  gaz,  ko’mir,  uran  va  boshqalar; 
qora  va  rangli  metallar;  kimyoviy  xom  ashyolar,  qurilish  materiallaridan 
foydalaniladi..   
Qazilma  boyliklar  tugaydigan  va  qayta  tiklanmaydigan  tabiiy  resurslarga 
kiradi.  Qazib  olish  jarayonida  texnologiyaning  talabga    javob  bermasligi  natijasida 
ko’mirning  45  foizi,  neftning  60  foizigacha,  metallarning  25  foyizigacha  qolib 
ketadi.  Metall  rudalari  boyitilganda  metallning  bir  qismi  va  rudamas  minerallar 


tashlab  yuboriladi.  Bunday  nobudgarchiliklar  konlarning  tezda  yaroqsiz  ahvolga 
kelishiga  sabab  bo’ladi.  Mineral  xom  ashyolarni  ochiq  va  yopiq(shaxta)  usullarida 
qazib  chiqariladi.  O’zbekistonda  ochiq  konlarning  chuqurligi  50-350  m,  yopiq 
shaxtalarda  100-700  m atrofida va chuqurligi  oshib bormoqda.  
Ochiq  usulda  olinganda  qazilmadan  ancha  to’liq  foydalanish  mumkin. 
Qazilmalarni  yo’qotish  15-25%ni  tashkil  qiladi.  Lekin  atrof  muhitga  salbiy  ta’sir 
juda  oshib  ketadi.  Qazilmalarni  yopiq(shaxta)  usulida  qazib  chiqarilganda  atrof 
muhitga  ta’sir  kam  bo’ladi,  lekin  yo’qotish  40-60%ni  tashkil  qiladi.  Yer  osti 
qazilmalaridan  isrofgarchilik  bilan  foydalanish  mineral  resurslar  tanqisligiga  sabab 
bo’ladi.  Dunyo  okeani  istiqbolda  tabiiy  resurslarning  katta  manbai  hisoblanadi. 
Okeanlar  suvida  Mendeleev  davriy  jadvalidagi  barcha  elementlar  mavjuddir. 
Okeanlar  tubida temir-marganets  konkretsiyalarining  katta zaxiralari  aniqlangan. 
So’nggi  yillarda  okeanning  hayotga  eng  boy  qirg’oq  zonasi-200  m.gacha 
chuqurlikdagi  shelьf  qismida  neftь-gaz  konlari  tobora  ko’proq  ishga  solinmoqda. 
Bu o’z navbatida okean suvlari  ifloslanishining  keskin kuchayishiga  olib keldi. 
Hozirgacha  aniqlangan  qazilma  boylik  zaxiralari  isrofgarchilik  bilan 
foydalanilganda  tez  tygab  qolishi  mumkin.  Ba’zi  hisoblarga  qaraganda  neftь  va 
gaz  zaxiralari  XXI  asrning  o’rtalarigacha  yetishi  mumkin,  xolos.  Bunday 
sharoitlarda  yoqilg’i  qazilmalaridan  oqilona  foydalanish  va  yangi,  noananaviy  
energetik  manbalarni(quyosh  energiyasi,  shamol  energiyasi,  yerning  ichki 
energiyasi  va boshqalar) ishga solish muhim  ahamiyat  kasb etadi. 
Tog’-kon  sanoatida  mineral  qazilma  boyliklar  olinayotganda  atrof  muhitga 
salbiy  ta’sir  ko’rsatiladi  va  uning  oqibatlari  «zanjir  rektsiyasi»  ko’rinishida 
namoyon  bo’ladi.  CHiqindilar  uyumlaridan  gektariga  200  t.  dan  ortiq  chang 
uchiriladi.  O’n  minglab  gektar  unumdor  yerlar  industrial  dashtlarga  aylanadi.  Suv, 
havo, tuproq ifloslanadi, o’simlik  va hayvonlar  zarar ko’radi.  
Tashlandiq  yerlarni  tiklash  rekulьtivatsiya  deb  yuritiladi.  Rekulьtivatsiya 
ikki  bosqichda  amalga  oshiriladi:  1-kon  texnik  rekulьtivatsiya,  2-biologik 
rekulьtivatsiya.  Birinchi  bosqichda  yer  yuzasi  tekislanadi,  holati  yaxshilanadi  va 


biologik  rekulьtivatsiyadan  so’ng  tuproq  qatlami  va  o’simligi 
 
tiklanadi.  Bunday 
uchastkalardan  dam olish  va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. 
Er  ostidan  turli  zararli  chiqindilarni  joylashtirishda  va  boshqa  turli 
maqsadlarda  ham  foydalaniladi.  Tog’-kon  sanoati  chiqindixonalarida  minglab 
tonna  zaxarli  birikmalar  saqlanadi  va  atrof  muhitga  doimiy  xavf  solib  turadi. 
Geologik  muhitga  inson  ta’sirini    me’yorlashtirish  va  undagi  salbiy 
o’zgarishlarning  oldini  olish muhim  ahamiyatiga  egadir. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat