Namangan davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


-jadval  Atmosferaga yil davomida chiqariluvchi birikmalar(38)



Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/77
Sana15.05.2021
Hajmi0.8 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77
3-jadval 
Atmosferaga yil davomida chiqariluvchi birikmalar(38) 
 
 
Birikmalar 
CHiqarilishi, mln.t 
Antropogen 
chiqindilarning 
hissasi, % 
Tabiiy 
Antropogen 
Qattiq zarrachalar 
3700 
1000 
27 


SO 
5000 
304 
5,7 
C
n
H

2600 
88 
3,3 
NO

770 
53 
6,5 
SO

650 
100 
13,3 
CO

485000 
18300 
3,6 
 
 
Atmosferaning  sun’iy  ifloslanish  darajasi  oshib  bormoqda.  Atmosferaning 
mahalliy,  regional  va  global  ifloslanishi  kuzatiladi.  Barcha  texnogen  manbalardan 
Yer atmosferasiga chiqarilgan  ifloslovchi  birikmalar  4-jadvalda  keltirilgan. 
 
 
Er atmosferasiga barcha texnogen manbalardan chiqariladigan zararli 
birikmalar(XX asrning 90-yillari,(27) 
 
Birikmalar 
Mln.t/yil 
 
Qattiq zarrachalar va sanoat changi 
Uglerod oksidlari 
Uchuvchan uglevodorodlar va boshqa organika 
Oltingugurt  oksidlari 
Azot oksidlari 
Fosfor birikmalari 
Serovodorod 
Ammiak 
Xlor 
Ftorli vodorod 
 
580 
360 
320 
160 
110 
18 
10 



 
 


Agregat  holatiga  ko’ra  atmosferani  ifloslovchi  birikmalarni  to’rt  guruhga 
bo’lish  mumkin:  qattiq,  suyuq,  gazsimon  va  aralash  birikmalar.  Havoni  ifloslovchi 
asosiy  modda    va  birikmalarga  aerozollar,  qattiq  zarrachalar,  chang,  qurum,  azot 
oksidlari(NO
x
), 
uglerod 
oksidlari(SO,SO
2
),
 
 
oltingugurt 
oksidlari(SO
x
), 
xlorftoruglerodlar,  metall  oksidlari  va  boshqalar  kiradi.  Atmosferaga  o’n  minglab 
modda  va  birikmalar  chiqarilgan  bo’lib,  ularning  o’zaro  birikib  hosil  qilgan 
aralashmalari  to’la  o’rganilmagan.  Bunday  noma’lum  birikmalarning  tirik 
jonzotlarga,  shu jumladan  inson sog’lig’iga  ta’siri aniq baholangan  emas. 
Atmosferaning  kimyoviy,  fizik,  akustik  (shovqin),  issiqlik,  elektromagnit  
ifloslanishi  yirik  shaharlar  va sanoat  rayonlarida  yuqori darajaga  yetgan. 
Atmosferaning  eng  xavfli  ifloslanishi  radioaktiv  ifloslanishdir.  Radioaktiv 
ifloslanishning 
asosiy 
manbalari 
yadro 
qurolining 
sinovlari, 
atom 
eektrostantsiyalaridagi  falokatlar  hisoblanadi.  Radioaktiv  ifloslanish  rak  va  boshqa 
kasalliklarning  ortishiga  olib  keladi.  Havoning  kuchli  ifloslanishi  inson  sog’lig’iga, 
barcha jonzotlarga  salbiy ta’sir ko’rsatadi.  
SHaharlar  va  sanoat  rayonlarida  kishilar  o’rtasida  asab,  yurak-qon  tomir, 
surunkali  bronxit,  emfizema,  nafas  qisishi  va  o’pka  raki  kasalliklarining  ko’payishi 
kuzatiladi.  Ko’z  kasalliklari  va  bolalar  kasalliklarining  ortishi  qayd  qilingan. 
SHahar  havosida  sanoat  korxonalari  va  avtotransport  chiqindilarida  kantserogen 
moddalar  bo’lib  (benz(a)piren,  aromatik  uglevodorodlar),  ularning  surunkali  ta’siri 
natijasida  rak  kasalliklari  kelib  chiqadi.  Avtotransportning  chiqindi    gazlaridagi 
qo’rg’oshin birikmalari  ham inson sog’lig’i uchun ayniqsa havfli  hisoblanadi.   
Atmosferadagi  turli  zaharli  gazlar  o’simlik  va  hayvonlarga  ham  zarar 
yetkazadi.  Oltingugurt  gazi,  ftorli  vodorod,  ozon,  qo’rg’oshin,  xlor  va  boshqalar 
o’simliklarga  ayniqsa  kuchli  ta’sir  ko’rsatadi.  O’simliklarning  nobud  bo’lishi, 
hosilning  kamayishi,  fotosintez  intensivligining  o’zgarishi  kuzatiladi.  Havoning 
kuchli  ifloslanishi  ba’zi uy hayvonlarining  nobud bo’lishiga olib keladi.   
Atmosfera  havosidagi  inson,  tirik  jonzotlarning  hayoti  uchun  zararli 
moddalarning 
yuqori 
kontsentratsiyasi 
chegarasi-PDK 
ajratiladi. 
Bunda 
ifloslantiruvchi  moddalarning  inson,  o’simlik  va  hayvonlarga  bevosita  yoki 


bilvosita  zararli  taьsir  ko’rsatmaydigan  miqdori  ko’zda  tutiladi.  Zararli 
birikmalarning  odamning  mehnat  faoliyatiga  va  kayfiyatiga    putur  yetkazmasligi 
ham  nazarda  tutiladi.  Havo  ifloslanishining  muntazam  PDK  dan  yuqori  bo’lishi 
aholining  kasallanish  darajasining  keskin  ortishiga  olib  keladi.  Aholi  yashash 
joylarida  havoning  ifloslanganlik  darajasi  va  taьsiri    PDK  ko’rsatkichlari  bo’yicha 
belgilanadi.  Atmosferaning  ifloslanishi  indeksi-IZA  kompleks  ko’rsatkichi  ham 
qo’llaniladi.   
Turli  moddalarning  ta’sir  darajasiga  qarab  xilma-xil      PDK  ko’rsatkichlari 
belgilangan.  PDK  ko’rsatkichlari  turli  davlatlarda  farqlanishi  mumkin. 
O’zbekistonda  PDK  ko’rsatkichlari  mahalliy  sharoitlarni  hisobga  olib,  xalqaro  
me’yorlar asosida yangidan tasdiqlanmoqda. 
Havodagi  zararli  moddalarning  yuqori  kontsentratsiya  chegarasi-PDK  ta’siri 
insonning  zararlangan  muhitda  bo’lishi  davomiyligiga  bog’liq.  SHunga  qarab, 
zararli  moddalarning  ish  joyidagi(PDK  ish),  shahar  va  qishloqlardagi  mumiknlik 
darajasi  yuqori  chegarasining  qisqa  muddatliligi(PDK  q)  va  o’rtacha  sutkalik(PDK 
o’.s) me’yoriy miqdorlari 5–jadvalda  berilgan. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat