Namangan davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Er yuzida tirik moddaning asosiy sayyoraviy funktsiyasi fotosintez jarayonida



Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/77
Sana15.05.2021
Hajmi0.8 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77
Er yuzida tirik moddaning asosiy sayyoraviy funktsiyasi fotosintez jarayonida 
quyosh energiyasini bog’lash va uni zaxiraga o’tkazishdir. 
Organizmlar  tog’ 
 
jinslarining  nurashida,  tuproq  hosil  bo’lishida,  relьef 
shakllarini  o’zgarishida,  yonilg’i  qazilma  boyliklarning  paydo  bo’lishida  va 
atmosferaning  hozirgi  tarkibini  vujudga  keltirishda  katta rol  o’ynaydi. 
To’xtovsiz  davom  etadigan  va  tirik  organizmlar  faoliyati  tufayli  tartibga 
solinib  turadigan  moddalarning  doimiy    aylanishi  biosferaning  o’ziga  xos  
belgisidir.  Atmosferada  sarf  bo’ladigan  kislorod  o’rnini  fotosintez  va  boshqa  
jarayonlar  natijasida  to’ldirib  turiladi.  O’simliklar  karbonat  angidridni  yutib, 
organik  mahsulot yaratadi.  
Biosferada  suvning  almashinuvida  tirik  moddalar    katta  rol  o’ynaydi. 
Biosferadagi  organizmlar  azot,  kaliy,  kremniy,  fosfor,  oltingugurt  va  boshqalarni 
aylanib  yurishida  bevosita  ishtirok  etadi.  Demak,  moddalarning  tabiatda  to’xtovsiz 
aylanib  yurishida  tirik  mavjudotlarning  ahamiyati  juda katta.  


Biotik  aylanishda  million  tonnalab  fosfor  va  azot,  katta  miqdordagi  kaliy, 
kalьtsiy,  temir  hamda juda ko’p miqdorda suv ishtirok etadi. 
Suvning  aylanishida  bug’lanish,  transpiratsiya  jarayonlari  muhim  rol 
o’ynaydi.  O’simliklarning  yer  ustki  qismlari  tomonidan  suvning  bug’lantirilishi 
ko’tarish  kuchini  hosil  qiladi,  tuproqdan    eritmalarni  oladi.  Ular  o’simlikni  suv 
bilan  birgalikda  mineral  tuzlar  bilan  ham  ta’minlaydi.  Suv  tuproqdan  bug’  holatida 
atmosferaga  ko’tarilib,  soviydi,  keyin  kondensatsiyalanib,  yomg’ir  holida  u  yana 
quruqlikka  yoki okeanlarga  qaytib tushadi. 
Biosferada  uglerod  ham  davriy  aylanadi(11-rasm.).  Atmosferada    0,03% 
SO
2
  bor.  Fotosintez  jarayonida  o’simlik  atmosferadan  SO
2
  ni  yutadi  va  organik 
modda  hosil  qiladi  va  oziq  zanjirlari  orqali  hayvonlarga  o’tadi.    Uglerod 
o’simliklar  va hayvonlarning  nafas olishi  va boshqa jarayonlarda ajralib  chiqadi. 
V.I.Vernadskiyning  bo’yicha,  tirik  organizmlar  biosferada  kimyoviy 
elementlar  migratsiyasi  (ko’chib  yurishi)ning  asosiy  omillaridir.  Bu  migratsiyani 
ikkita  qarama  —qarshi,  ammo,  o’zaro  bog’langan  jarayon  keltirib  chiqaradi:  1) 
quyosh  energiyasi  hisobiga  anorganik  tabiat  elementlaridan  tirik  moddaning  tarkib 
topishi;    2)  organik  moddalarning  energiya  ajralib  chiqishi  bilan  birga  davom 
etadigan  yemirilishi.  Bunday  yemirilish  jarayonida  organik  moddalar  mineral 
moddalarga aylanadi. 
Turli  moddalarning  migratsiya  qobiliyati  mutlaqo  bir  xil  emas.  Lekin 
davriy  sistemadagi  kimyoviy  elementlarning  ko’pchiligi  biosferada  faol  ravishda 
migratsiyalanish  qobiliyatiga  ega.  Bunday  faol  migrantlarni  ikki  gruppaga  bo’lish 
mumkin: 
1,Havo    migrantlari  —  ular  migratsiya    jarayonida    gazsimon  fazani  bosib 
o’tadi (kislorod, azot, uglerod, vodorod).  
2.  Suv  migrantlari  —  oddiy  yoki  kompleks  ionlar,  yoxud  molekulalar 
tarzida  migratsiyalanuvchi  elementlar.  Bular  jumlasiga  Na,  F,  S,  Cl,  K  kabi 
elementlar,  kiradi. 



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat