Namangan davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Ekosistemalarning  biologik  mahsuldorligi



Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/77
Sana15.05.2021
Hajmi0.8 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77
Ekosistemalarning  biologik  mahsuldorligi.  Jamoalar  mahsuldorligi, 
ekosistemadagi  produtsenlarning  quyosh  energiyasini  kimyoviy  energiyasiga 
aylantirib,  organik  moddalar sintezlash  samaradorligiga  bog’liq. 
Ma’lum  vaqt  davomida  o’simliklar  tomonidan  hosil  qilingan organik massa 
jamoaning  birinchi  darajadagi  mahsuldorligi  deyiladi.  U  o’simliklarning  quruq 
yoki  ho’l  massasi  tarzida  ifodalanadi.  Konsument  massaning  ma’lum  vaqt ichidagi 
o’sishi — bu jamoaning  ikkinchi  darajali  mahsuldorligi  deyiladi. 
Har  bir  ozuqa  zanjiri,  birlamchi  va  ikkilamchi  hosildorlik  hosil  qilish  tezligi 
va  mahsulotlarning  taqsimlanishi  bo’yicha  turlichadir.  Ekosistemalarda  birlamchi 
va  ikkilamchi  hosildorlikning  miqdoriy  ko’rsatgichlari  mavjud.  Bu  hosildorlik 
piramidasi  qonuni deyiladi. 
Har  bir  ozuqa  zanjirida  ma’lum  vaqt  davomida  hosil  qilinadigan  biomassa 
yoki mahsuldorlik  keyingi  ozuqa zanjiriga  nisbatan ko’p. 
Er  yuzidagi  ekosistemalarda  biomassalar  piramidasi,  son  piramidasi 
qonuniyatlari  qayd  etiladi,  ya’ni  o’simliklarning  umumiy  massasi,  soni  ularni 
yeydigan  hayvonlarning  massasiga va soniga  nisbatan ko’p. 
Ekosistemalar  mahsuldorligi  qonuniyatlarini  o’rganish,  energiya  oqimi 
miqdorini  hisobga olish  amaliyotda  katta ahamiyatga  ega. 


Odamlar  tomonidan  foydalanadigan  agrotsenozlar  (birinchi  mahsuldorligi) 
mahsulotlari 
insoniyat 
jamiyatining 
ovqat  zahirasi  hisoblanadi.  Ikilamchi 
mahsuldorlik,  ya’ni  qishloq  xo’jalik  hayvonlari  hisobiga  olinadigan  mahsuldorlik 
ham katta ahamiyatga  ega. 
Energiya  oqimi  va  ekosistemalar  mahsuldorligini  aniq  hisobga  olish, 
ulardagi  modda  aylanishini  boshqarish  orqali  odamlar uchun ko’proq hosil olishda 
yordam beradi. 
Bundan  tashqari  tabiatdan  o’simlik  va  hayvonlar  biomassasining 
qanchasini  olish  mumkinligini  bilishimiz  ham  kerak.  Ularga  zarar  keltirmaslik, 
yerning  eng  yuqori  biologik  mahsuldorligini  bilish  maqsadida  chet  mamlakatlarda 
1969-yildan  buyon xalqaro biologik  dastur bo’yicha ilmiy  izlanishlar  olib boriladi. 
Umuman,  Yer  shari  bo’yicha  o’simliklar  tomonidan  quyosh  energiyasining 
faqat  bir  foyizigina  o’zlashtiriladi.  CHunki  fotosintez  aktivligi  ko’p  omillar 
tomonidan cheklandi. 
Er  yuzida  birlamchi  biologik  mahsuldorlik  notekis  taqsimlangan.  Eng 
yaxshi  ekologik  sharoitda,  namlik,  yorug’lik,  mineral  tuzlar,  issiqlik  yetarli  bo’lgan 
joylarda  o’simliklarda  eng yuqori o’sishi kuzatiladi. 
SHimoliy  muz  okean  qirg’oklaridagi  ekosistemalar  mahsuldorligi  20  ts   ga, 
Qora  dengizning  Kavkaz  tomon  sohilida  u  200  ts   ga  dan  oshadi.  O’rta  Osiyo 
cho’llarida  esa mahsuldorlik  3 — 20 ts  ga ni tashkil  etadi. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat