Namangan davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/77
Sana15.05.2021
Hajmi0.8 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77
Mahalliy ekologik muammolar 
Xalq  xo’jaligining  barcha  tarmoqlari,  ayniqsa,  sanoatda  va  transportdan 
«chiqindi»  deb  nom  olgan  qo’shimcha  mahsulot  ajralib  chiqadi.  Bu  mahsulotlar 
Respublikamizning  ba’zi  bir  hududlarida  ko’p  chiqarilmoqda  va  natijada  tabiatni 
bulg’ab,  barcha  tirik  organizmlar,  xususan  inson  salomatligi  uchun  zarar 
keltirmoqda.  Ana  shunday  atmosfera  havosini  buzadigan chiqindilarga tutun va har 
xil  zaharli  gazlar  kirib,  ular  ko’pincha  Olmaliq,  Angren,  Farg’ona,  Qarshi, 
Samarqand,  Navoiy,  Jizzax,  Toshkent,  CHirchiq,  Bekabod  va  shu  kabi  sanoati 
rivojlangan,  transport qatnovi katta bo’lgan shaharlar  havosini  ifloslantirmoqda.   
Birgina  Samarqand  shahrida  atmosfera  havosini  ifloslantirishda  kimyo 
zavodi,  «CHinni  ishlab  chiqaruvchi»,  «Xolodilьnik»,  vino-spirt,  konserva  ishlab 
chiqaruvchi,  paxta  tozalash  zavodlari,  mebelь  fabrikasi  va  boshqalar  ishtirok 
etmoqda. 
Havodagi ifloslanishlarning  70 – 80 % avtomashinalarga  to’g’ri keladi.   
Yu.V.Novekov,  Beknazarovlarning  (1983)  yozishicha  avtomobillar havoga 200 
dan  ortiq  turli  aerozol  zarrachalarni chiqaradi. Har bir avtomobilga bir yilda 200 kg 
(asosan  benzin)  va  300  ming  kg  havo  sarflanadi.  Ana  shu  yoqilg’idan  bitta 
avtomobil  havoga  bir  yilda  700  kg  uglerod  oksidi,  230  kg  yonmagan  uglevodlar, 
30 kg azot oksidi va 2 – 5 kg kattiq moddalar chiqaradi.   
Samarqand  shahrida  100  mingdan  ortiq  avtomobillar  mavjud.  Avtomobillar 
ko’p  yuradigan  katta  ko’chalar  atrofida  uglerod  oksining  miqdori  ruxsat  etilgan 


me’yordan  (REM)  2  –  3  marta,  azot  oksidi  2  –  2,5  marta  ortiqligi  kuzatilgan. 
SHaharda  A.A.Rudakiy,  Yu.A.Gagarin,  Y.Oxunboboev,  «Universitet  hiyoboni», 
A.Ikromov,  A.Temur,  SH.Rashidov,  V.Abdullaev  ko’chalarida  gazlar  bilan 
ifloslanish  juda kuchli. 
Samarqand  va  Navoiy  shaharlari  aholisi  uchun  mahalliy  ahamiyatga  ega 
bo’lgan  muammolardan  yana  biri  Zarafshon  daryosining  og’ir  metallar  bilan 
ifloslanishidir.  A.Raxmatullaev  va  R.I.Mamajonovlarning  (1998)  ma’lumotlariga 
qaraganda  bu  shaharlarga  yaqin  Zarafshon  daryosining  suvi  tarkibida  mis  va  rux 
me’yorlaridan  1,5  –  20  marta,  olti  valentli  xromning  o’rtacha  miqdori  Navoiy 
shahri  yaqinida  4  barobar  ortiqligi,  eng  ko’p  miqdori  17,4  marta  ko’pligi 
aniqlangan. 
Bundan  tashqari  har  birimizning  hovlimiz,  uy-joyimiz,  mahalla  va 
tanamizning  sanitariya  holati  ham  ba’zi  ekologik  muammolarga  olib  kelishi 
mumkin.   
Markaziy  Osiyo  agrolandshaftlarining  ekologik  vaziyatining  buzilishiga  ta’sir 
etuvchi  omillardan  yana  biri  madaniy  tuproqlarning  qaytadan  sho’rlanish 
jarayonidir.  Tuproqlarning  qaytadan  sho’rlanishining  asosiy  sababi  sug’oriladigan 
suvlardan  keladigan  qo’shimcha  tuzlar,  tuproqlarning  quyi  katlamidagi  ona  jinslar 
tarkibida  bo’lgan  tuzlarning  faollashuvi,  grunt  suvlarining  minerallashishi  va 
boshqa  jarayonlardir.  Bular  o’z  navbatida  tuproqlarda  suv  –  tuz  balansi 
qonuniyatining  buzilishiga  olib keladi. 
Hozirgi  paytda  Markaziy  Osiyo  mintaqasidagi  madaniy  tuproqlarning  qayta 
botqoqlanish  jarayoni  markaziy  Farg’ona,  Mirzacho’lda,  Qarshi  va  SHerobod 
cho’llarida,  Amudaryo,  Sirdaryo  va  Zarafshon  daryolarining  quyi  qismlarida, 
Tajan  va  Murg’ob  delьtalarida,  Vaxsh  botqog’ida barpo etilgan agrolandshaftlarda 
intensiv  ravishda  namoyon  bo’lmoqda.  Binobarin,  agrolandshaftlarning  hozirgi 
ekologik  holatini  optimallashtirish  va  sog’lomlashtirish  uchun  ularda  insonning 
xo’jalik  faoliyati  tufayli  faollashgan  geokimyoviy  jarayonlarni,  modda  va  energiya 
almashinuvini,  tuz  –  suv  balansi  qonuniyati  buzilishini  mahalliy  va  mintaqaviy 
masshtablarda boshqarishni o’rganmoq va tashkil etmoq zarurdir. 


Markaziy  Osiyo  antropogen  landshaftlarining  eng  muhim  komponentlaridan 
biri  bo’lgan  ichki  suvlari  ham  yildan  –  yilga  kuchli  ifloslanib  bormoqda.  Bu  hol 
ayniqsa,  agrolandshaftlarning  tarkibiy  qismi  bo’lgan  paxta  va  sholi  ekin 
maydonlarida  va  hokazo  geotizimlarning  tevarak  atroflarida  yaqqol  ko’zga 
tashlanmoqda.  Yerlarning  sho’rini  yuvishda  foydalaniladigan  suvlar  zovur  va 
kollektorlarda  to’plangan  30  km
3
  miqdordagi  kuchli  minerallashgan  qaytar  suvlar 
har  yili  daryolarga,  kanallarga,  vohalarning  tevarak  atrofidagi  pastqam  joylarga  va 
cho’kmalarga  tashlanmoqda.  Natijada  vohalar  va  agrolandshaftlar  atrofida  sho’r 
ko’llar  va  botqoqliklar  intensiv  ravishda  rivojlanmoqda.  Ekologik  vaziyaning 
bunday  holatdagi  buzilishi,  ayniqsa,  Xorazm  vohasi  uchun  xosdir.  SHu  sababli 
obikor  dehqonchilik  rivojlangan  hududlarda  kuchli  minerallashgan  kollektor  – 
zovur  suvlarini  chuchuklashtirish  muammosi  gidromelioratorlar  oldida  turgan 
o’lkan vazifalardan  biridir. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
guruh talabasi
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
samarqand davlat
toshkent davlat
navoiy nomidagi
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
matematika fakulteti
tashkil etish
Darsning maqsadi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
bilan ishlash
fanining predmeti
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fizika matematika
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
sinflar uchun
universiteti fizika
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
tibbiyot akademiyasi
pedagogika fakulteti
umumiy o’rta
Samarqand davlat