Namangan davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Edafik  omilning  o’simlik  va  hayvonlar  hayotidagi  roli



Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/77
Sana15.05.2021
Hajmi0.8 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77
Edafik  omilning  o’simlik  va  hayvonlar  hayotidagi  roli.  Hayvonot  va 
o’simliklar  hayotida  har  xil  iqlim  omillari  bilan  bir  qatorda  tuproq  sharoiti  ham 
muhim  rol o’ynaydi. Edafik omil  "Edafos" — grekcha tuproq omilini bildiradi. 
Tuproq  organizmlarining  suv  muhitidan  quruqlikka  chiqishida  normal 
sharoit  yaratib  bergan  muhit  hisoblanadi.  Edafik  omil  boshqa  ekologik  omillardan 
o’zining  xarakterli  tomonlari  bilan  ajralib  turadi.  Birinchidan,  iqlim  omillaridan 
farq  qilib,  u  organizmlarga  faqat  ta’sir  qilib  qolmasdan,  ko’pgina  mikroblar, 
o’simliklar  va  hayvonlar  uchun  yashash  muhiti  yaratuvchi  omil  bo’lib  xizmat 
qiladi.  Ikkinchidan,  u  tog’
 
jinslari,  iqlim,  organik  dunyo  bilan  kishilik  jamiyati 
orasida bir —biriga  ta’sir qiluvchi  dinamik  mahsulot  hamdir. 
Uchinchidan,  edafik  omilning  o’ziga  xos  xarakteri  shundaki,  u  abiotik  va 
biotik  omillar  chegarasida  turadi.  SHuning  uchun  uni  tuproqshunoslar  biokos 
modda deyishadi. 
Tuproq  omili  turli  joylarda  turlicha  bo’lib,  u  doimo  o’zgarib  turadi.  U  V. 
Dokuchaev  aniqlagan  qonuniyatlar  asosida  keng  geografik  masshtabda  mintaqalar 
o’zgarishiga  xos o’zgaradi. 
Tuproqlar  3  fazali  tuzilishi  bilan  o’zaro  farqlanadi,  chunki  u  qattiq,  jinslar, 
suv  va  havo  fazalaridan  iborat.  Ekologik  nuqtai  nazardan,  unda  quyidagi 


elementlarni  ajartish  kerak—uning  mineral  va  organik  qismi,  suvli  eritmasi,  tuproq 
havosi, mikroorganizmlar,  o’simliklar  va hayvonlar. 
Uning  organik  qismi  —  o’simlik  va  hayvonlar  qoldiqlaridan  hosil  bo’ladi. 
Organik  moddalarning  miqdori  uning  hosildorligini  belgilaydi.  Tuproqda juda ko’p 
miqdorda  mikroorganizmlar  mavjud.  Masalan,  1  g  hosildor  tuproqda  2  milliardga 
yaqin  bakteriya,  bir  necha  million  aktinomitsetlar  va  zamburug’lar,  yuzlab  boshqa 
mikroorganizmlar,  hamda yashil  suv o’tlari bor. 
Tuproqdagi  xlorofilsiz  organizmlarning  roli  ham  katta,  ular  organik  va 
anorganik  moddalarni  o’simliklar  uchun o’zlashtiraldigan  holatga  keltiradi. 
Tuproq  ba’zi  umurtqali  hayvonlar  uchun  yashash  muhiti  bo’lib  xizmat 
qiladi.  Unda  suv  va  qurg’oqda  yashovchi,  sudralib  yuruvchilar,  hamda  ko’pgina 
qushlar yashaydi. 
Tuproq ekologik omili  o’simliklar  uchun ham muhimdir. 
Birinchidan,  u  tayanch  vositasi  hisoblanadi,  ikkinchidan  o’simliklar 
tuproqdan  suv  va  unda  erigan  mineral  tuzlarni o’zlashtiradi. O’simlikka tuproqning 
mexanik  va kimyoviy  tarkibi,  hamda mikroflorasi  juda katta ta’sir ko’rsatadi. 
Tuproqning  mexanik  tarkibi  har  xil  bo’lib,  u  qumlik  tuproq,  loy  tuproq, 
qumloq, tuproq va hokazolarga bo’linadi. 
Tuproqdagi  o’simlik  uchun  muhim  bo’lgan  kimyoviy  elementlarga 
quyidagilar  kiradi:  azot,  fosfor,  kaliy,  magniy,  oltingugurt,  temir  hamda  bir  qator 
mikroelementlar-  mis,  bor,  tsink, molibden va boshqalar. Bu elementlarning modda 
almashinuvida  roli  katta  va  biri  ikkinchisining  o’rnini  bosa  olmaydi.  Ozuqa 
zapasiga  boy  bo’lgan  tuproqlarda  eutrof  o’simliklar  uchraydi.  Ozuqaga  kam 
bo’lgan  tuproqlarda  oligatrof  o’simliklar  uchraydi.  O’rtacha  ozuqali  tuproqlarda 
mezotrof turlar  uchraydi. 
Sayyoramizning  25%  yerlari  har  xil  miqdorda  sho’rlangan.  O’simlik  uchun 
eng  zararlisi  bu  oson  eriydigan  tuzlar  —  osh  tuzi,  magniy  xlorid.  CaSO
4
, MgSO
4

CaCO
3
 bular nisbatan zararsizroq, chunki ular  qiyin  eruvchi  tuzlar. 
Tuproq  tarkibida  ko’p  miqdorda  tuzlar  uchrasa,  o’simlikning  osmotik 
bosimi ko’tarilib  uning  suv bilan  ta’minlanishi  buziladi  va u zaxarlanadi. 


Kuchli  sho’rlanish  oqsil  moddalari  sintezlanishini  sekinlashtiradi,  o’sish 
jarayonini  susaytiradi,  tuproq  mikroorganizmlarining  o’lishiga  ham  olib  keladi, 
Nam  havoli  iqlim  sharoitidagi  tuproqlarning  doimo  yomg’ir  suvlari  bilan  yuvilishi 
natijasida  ularda  tuzlar  to’planmaydi.  Ularning  suv  va  tuz  rejimi  boshqacha 
bo’ladi. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat