Nabijonov Diyorbek hms006-2



Download 8,31 Kb.
Sana15.12.2022
Hajmi8,31 Kb.
#887578
Bog'liq
Tarix123


Nabijonov Diyorbek HMS006-2
(691-22)


Tarix

Mavzu : Qadimgi Qang` davlati va ijtimoiy hayoti

Reja :

1. Qang' davlati va uning kelish chiqishi
2. Madaniyati
3. Siyosiy va iqtisodiy tarixi

Javoblar :

1. QANGʻ DAVLATI, Qanhxa (qad. xitoy manbalarida Kangkiya,
zamonaviy oʻqilishda Kangjyuy, rus adabiyotida Kangyuy) —
qadimda Sirdaryoning oʻrta havzasida mavjud boʻlgan
davlat (mil. av. 3 — mil. 5-asr oʻrtalari). Ayrim adabiyotlarda
ushbu davlat aholisi ham uning nomlari bilan ataladi.
K,Shoniyozovttg fikricha, Qangʻ davlati sharqda Fargʻona (Davan,
Dayyuan), shim. sharqda Usun (Uysun) davlatlari, shim. gʻarbda
Sarisu, gʻarbda Sirdaryoning quyi oqimi bilan chegaradosh
boʻlgan. Xitoy manbalariga koʻra, Qangʻ davlatining jan.
hududiga hoz. OʻzbekistonningSamarqand, Buxoro, Shahrisabz,
Kattaqoʻrgʻon va Urganch tumanlari kirgan boʻlib, uning
chegarasi Amudaryoga borib taqaladi. Janubiy da — Dayruziye
(Dayuechji) davlati joylashgan. Kushon podsholigi tashkil
topishi va uning hududi kengayishi munosabati bilan Qangʻ
davlatining jan. chegarasi oʻzgargan. Shu tufayli mil. av. 2-
asrda Xitoy elchisi Chjan Syanʼ fargʻonaliklar
yordamida Qangʻ davlati orqali Dayruziye (Dayuechji) davlatiga
borgan. Qangʻ davlatining qishki poytaxt shaharlari Bityan va
Sushiye boʻlgan. Bityan Binkat shahri (boshqa manbalarga koʻra,
Qanqa) oʻrnida, Sushiye esa hoz. Parkent tumanidagi Soʻqoq
(Sukeeke) nomli joyga toʻgʻri keladi. Qangʻ davlatining yozgi
qarorgohlari Issiqkoʻl boʻylab, hoz. Qoraqoʻl (Prjevalsk) yonida
boʻlgan. Qangʻ davlatining qoʻshini 80—90 ming jangchini tashkil
etgan. Qangʻ davlati aholisining urf-odatlari Ruziye (Yueszi)
davlati aholisi urf-odatidan farq qilmagan. Oʻz navbatida,
ruziyeliklar urf-odatlari hunlarnnkiga oʻxshash boʻlgan. Qangʻ
davlati hukmdori va Hun xoqonligi tangriquti oʻrtasida
qudachilik munosabatlari oʻrnatilgan. Shu tufayli xitoylar
hunlar ustidan gʻolib chiqib, ularni oʻz joylaridan siqib
chiqarganida, hun xoqoni oʻz avlodi bilan Qangʻ davlatiga
koʻchib kelgan. Qangʻ davlatining koʻchmanchi aholisi
chorvachilik, shaharlar va ularning atrofida yashagan oʻtroq
aholi esa dehqonchilik, hunarmandchilik va savdosotiqbilan
shugʻullangan. Ular Buyukipak yoʻlitgi xalqaro siyosiy,
iqtisodiy va madaniy aloqalarda muhim oʻrin tutganlar. Qangʻ
davlati hududida jiddiy migratsion jarayonlar sodir boʻlib
turgan.

2. Qang'lilar hind-yevropa xalqi sifatida qaraladi va odatda
so'g'diylar va ularga yaqin qarindosh bo'lgan Asiylar bilan bir
xil eroniy xalq bo'lgan deb hisoblanadi. Kanadalik xitoyshunos
olim Edwin G. Pulleyblank qang'lilar toxarlar bo'lishi
mumkinligini taxmin qildi.Kangjuning hukmron elitasi odatlari
yuechjilarnikiga juda oʻxshash koʻchmanchi qabilalardan iborat
edi. Berk-qora va Tamdida ilk davrdagi Qang' qabrlari qazilgan,
ularda o'liklar qo'rg'on tepaliklari ostidagi chuqur qabrlarga,
ko'pincha yog'och bilan qoplangan. Bu qabrlarda ko'pincha qo'lda
yasalgan qozonlar, temir qilichlar, o'q uchlari va zargarlik
buyumlari mavjud. Dafnlar shuni ko'rsatadiki, kanju an'anaviy
madaniyati saklarning o'ziga xos xususiyatlariga o'xshardi.
Xristianlik davrining boshidanoq "katakomba qabrlari" (shaft va
kamerali qabrlarda) keng tarqaldi. Buni
milodiy 1—4-asrlaridagi Kaunchi va Jun madaniyati qabristonlaridan koʻrish mumkin boʻlib, ular
kanjuga tegishli deb qabul qilinadi. Qang'lar qo‘chqorni
olijanob hayvon deb hisoblagan. Xitoy tarixchisi Si Ma-syan oʻz
kundaliklarida „yuechjilarnikiga oʻxshash anʼana va urf
odatlarga“ ega boʻlgan koʻchmanchi Kangyuy yoki Kandzyuy va
Kangxa davlatlari haqida maʼlumot beradi. Antik davr
tarixchilari asarlarida Kangxa davlati tilga olinmagan, ammo
Avesto va Maxabxarata kitoblarida saklar va toxarlar bilan bir
qatorda kankilar haqida ham atroflicha
maʼlumot berilgan. Ancha keyingi Xitoy xronikalarida Amudaryo
shimolida joylashgan Buxoro, Shahrisabz, Kattaqoʻrgʻon
atroflari, Toshkent vohasi hamda Xorazmning shimoliy qismidan
iborat barcha davlatlar Kangyuy davlatiga qaram boʻlganligi
aytiladi. Xitoy manbaalarida keltirilishicha
Kangyuy davlati rahbarlari „Chao-vu“ deb nomlanganlar. Umuman
„djabgu“ boʻlishi ham ehtimoldan holi emas, chunki xitoy
transkriptlarida bu aynan ana shunday talaffuz qilinadi.
Miloddan avval II asr 2-yarmi — milodiy I asrlarda Kangyuy
davlatining qudrati oʻz choʻqqisiga chiqdi. Davlatning janubiy
oʻlkalarida yuechjeylar, shimolida esa xunlar taʼsiri kuchli
boʻlgan Kangyuy davlatining qisqa muddatli tanglik davri
Baktriyada yuechjeylar podsholigining
kuchsizlanishi bilan nihoyasiga yetdi. Miloddan avval II-I
asrlarda Kangyuy davlatida oʻz tangalarini zarb etish hamda pul
almashinuvini yoʻlga qoʻyishga boʻlgan urinishlar kuzatildi.
Mazkur jarayonda Yunon-Baqtriya hukmronligi vaqtida amal qilgan
tangalardan nusxa sifatida foydalanilgan. Kangyuy moddiy madaniy
tarraqqiyot darajasi Xorazm, xususan shaharning oʻng
qirgʻogʻida joylashgan Janbas-qalʼa hududida amalga oshirilgan
qazuv ishlari natijalarida namoyon boʻladi. 200x170 hajmdagi
qalʼa balandligi 10-11 metrlik xom gʻishtdan qilingan devor
bilan oʻralgan. Darvozadan qalʼa markazi sari keng koʻcha
yotqazilgan. Koʻcha oxirida qurbonlik keltirish uchun aylana
shaklidagi metal supaga ega boʻlgan muqaddas olov saqlash binosi
qoldiqlari qazib ochilgan. Kangyuy davrida odamlar turli
dinlarga mansub boʻlgan: zardoʻshtiylik, Anaxita
oqimi, ot siymosida namoyon boʻlgan Mitra oqimi.
Bu davrda Kangyuy madaniyati bilan bogʻliq harbiy texnika
sohasida erishilgan eng muhim muvaffaqiyatlardan biri bu
keyinchalik keng tarqalgan taktik uslublar boʻldi: masalan,
janglarda aslahalar bilan himoyalangan otlar va sovut kiygan
chavandozlar safining jipslashtirilgan holda tuzilishi.
Chavandozlar kamon, nayza va qilich bilan qurollanganlar.
Kangyuyning Kushon imperiyasi tarkibida boʻlganligi hali ham
nomaʼlum. Xitoy manbaalariga asosan Kangyuy milod boshida ham
oʻz mustaqilligini saqlab qolgan hamda yansay (aorslar-alanlar)
va boshqa qabilalar ustidan hukmronlik qilgan.

3. Miloddan avval II asrda Xitoy elchisi Chjan Syanʼ


fargʻonaliklar yordamida Qang' davlati orqali Dayruziye


(Dayuechji) davlatiga borgan. Qang' davlatining qishki poytaxt


shaharlari Bityan va Sushiye boʻlgan. Bityan Binkat shahri


(boshqa manbalarga koʻra, Qanqa) oʻrnida, Sushiye esa hozirgi


Parkent tumanidagi Soʻqoq (Sukeeke) nomli joyga toʻgʻri keladi.


Qang' davlatining yozgi qarorgohlari Issiqkoʻl boʻylab, hozirgi


Qoraqoʻl (Prjevalsk) yonida boʻlgan. Qang' davlatining qoʻshini


80—90 ming askarni tashkil etgan. Qang' davlati aholisining urf-


odatlari Ruziye (Yuechjii) davlati aholisi urf-odatidan farq


qilmagan. Oʻz navbatida, ruziyeliklar urf-odatlari hunlarnnkiga


oʻxshash boʻlgan. Qang' davlati hukmdori va Hun xoqonligi


tangriquti oʻrtasida qudachilik munosabatlari oʻrnatilgan. Shu


tufayli xitoylar hunlar ustidan gʻolib chiqib, ularni oʻz


joylaridan siqib chiqarganida, hun xoqoni oʻz avlodi bilan Qang'


davlatiga koʻchib kelgan. Qang' davlatining koʻchmanchi aholisi


chorvachilik, shaharlar va ularning atrofida yashagan oʻtroq


aholi esa dehqonchilik, hunarmandchilik va tijorat bilan


shugʻullangan. Ular Buyuk ipak yoʻlida xalqaro siyosiy,


iqtisodiy va madaniy aloqalarda muhim oʻrin tutganlar. Qang'


davlati hududida jiddiy migratsion jarayonlar sodir boʻlib


turgan.
Milodiy 5-asrning 2-yarmida Qang' davlati parchalanib, uning


hududida Shosh (Shi), Samarqand (Kan), Maymurgʻ (Mi), Shahrisabz


(Shi), Kattaqoʻrgʻon (Xe), Ustrushona (Sao) kabi kichik


davlatlar tashkil topgan.


Foydalanilgan Adabiyotlar :


1. 6-sinf tarixi
Internet saytlar :


1. hozir.org


2. xorazmiy.uz


3. qomus.info


4. uz.wikipediya.org
Nabijonov Diyorbek HMS006-2
(691-22)
Download 8,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish