Muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har qanday iqtisodiy tizimning bunday holati hayoliydir


Ehtiyojlar va resurslar. Iqtisodning asosiy masalalari



Download 2.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/156
Sana15.07.2021
Hajmi2.84 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
1.2.Ehtiyojlar va resurslar. Iqtisodning asosiy masalalari 
Inson  juda  turli-tuman  ehtiyojlarga:  oziq-ovqat,  kiyim,  boshpana,  ta’lim, 
mehnat,  ko’ngil  ochish,  muloqot  va  ko’plab  boshqa  ehtiyojlarga  ega.  Barcha 
sanalgan  ehtiyojlar  cheksiz  turli-tuman  shakllar,  sifatlar,  belgilar,  xususiyatlarga 
ega.  Bunda  har  bir  inson  yakka  holda  qanday  ehtiyojlar  u  uchun  eng  muhim, 
ustivor  hisoblanishini  aniqlaydi,  ya’ni  u  birinchi  navbatda  qanday  ehtiyojlarni 
qondirishni zarur deb hisoblaydi. 
Inson o’z ehtiyojlarini o’ziga qulay iqtisodiy ne’matlar yordamida qondiradi. 
Ularga  oziq-ovqatlar,  kiyim,  kitoblar,  avtomobillar,  san’at  buyumlari  va  boshqa 
shu kabilar kiradi. 
Inson  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  iqtisodiy  ne’matlarning  bir  qismi  inson 
ishtirokisiz  tabiat  tomonidan  yaratiladi,  bir  qismi-ishlab  chiqarish  natijasi 
hisoblanadi. 
Iqtisodiy ne’matlar ishlab chiqarish uchun insonga resurslar zarur.  
Ishlab  chiqarish  resurslari  –  bu  tovar  va  xizmatlar  ishlab  chiqarish  uchun 
ishlatiladigan resurslardir. 


 5 
 
Ishlab chiqarish resurslarini ishlab chiqarish omillari deb atash qabul qilingan 
va ularni uchga ajratiladi: 

  yer; 

  mehnat; 

  kapital. 
«Yer»  (tabiiy  resurslar)  –  bu  tovar  va  xizmatlarni  ishlab  chiqarishda 
ishlatiladigan  tabiat  tomonidan  berilgan  resurslardir.  Tabiiy  resurslarga  misol 
bo’lib suv resurslari, tuproq, o’simliklar, foydali qazilmalar hisoblanadi. 
Mehnat  (inson  resurslari)  –  kishilarning  ishlab  chiqarish  jarayonida 
ishlatiladigan jismoniy va aqliy qobiliyatlari, sog’lig’ining ahvoli, ta’limi va kasbiy 
ko’nikmalarini o’z ichiga oladi. 
Kapital (kapital resurslari) – bu inson tomonidan yaratilgan va tovar hamda 
xizmatlarni  ishlab  chiqarish  jarayonida  foydalanish  uchun  mo’ljallangan 
buyumlardir.  Kapital  resurslariga  misol  bo’lib  binolar  va  inshoatlar,  asboblar  va 
uskunalar,  aloqa  vositalari,  transport,  shuningdek  qayta  ishlangan  hom  ashyo  va 
yarim tayyor mahsulotlar hisoblanadi. 
   Ba’zan  ishlab  chiqarish  omillarining  to’rtinchi  ko’rinishi  –  tadbirkorlik 
ajratiladi,  chunki  u  kishilarda  tadbirkorlik  qobiliyati  deb  ataluvchi  noyob 
xususiyatlarning mavjudligini ko’zda tutadi. 
   Ishlab  chiqarish  jarayonini  amalga  oshirish  uchun  ishlab  chiqarish 
resurslarining barcha turlariga: «yer», mehnat, kapitalga ega bo’lishi zarur. Biroq, 
inson  ularning  cheklanganlik  muammosiga  duch  keladi.  Bu  cheklanganlik 
masalan,  foydali  qazilmalar  zahiralarining  cheklanganligi  kabi  tabiiy  ravishda 
mavjud  bo’lsa,  shuningdek  sub’ektiv  ravishda,  ya’ni  inson  psixologiyasi 
tomonidan tug’ilishi mumkin, chunki uning ehtiyojlari cheksizdir. 
   Ishlab chiqarish resurslarini cheklanganligi inson, oila, jamiyat oldiga tanlov 
muammosini qo’yadi: 
- NIMA va qanday miqdorda ishlab chiqarish? 
- QANDAY texnika va texnologiyani qo’llash? 


 6 
 
- KIM tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot iste’mol qilinadi? 
Aynan  shuning  uchun  iqtisod  fanining  e’tibor  markazida-  ishlab  chiqarish 
uchun  zarur  resurslarning  cheklanganlik  muammolarini  va  ulardan  oqilona 
foydalanishni ta’minlash yo’llarini o’rganish turadi.  
   Kishilarning cheksiz ehtiyojlarida resurslarning cheklanganlik muammosini 
har  qanday  hal  etilishi  tanlash  holatini,  ya’ni  insonlarning  turli  ehtiyojlarini 
qondiruvchi  tovar  va  xizmatlarni  ishlab  chiqarish  uchun  bir  resursni  ishlatish 
mumkin emasligini ko’zda tutadi. Bunda inson har doim ham «barchasi yoki hech 
nima»  xilidagi  qarorni  qabul  qilmaydi.  Ko’pincha  inson  bir  iqtisodiy  ne’matning 
ma’lum  miqdorini  olish  uchun  boshqasining  ma’lum  miqdoridan  voz  kechadi. 
Bunday  tanlov  murosali  deb  ataladi.  Murosali  tanlov  asosida  muqobil  qiymat 
tamoyili yotadi. 
Muqobil  qiymat  –  bu  voz  kechilgan  boshqa  iqtisodiy  ne’mat  qimmati  bilan 
o’lchanadigan iqtisodiy ne’mat qimmatidir. 
Shuni esda saqlash lozimki, inson ehtiyojlarining birini qondiruvchi iqtisodiy 
ne’matlarni  tanlash,  boshqa  ehtiyojni  qondiruvchi  iqtisodiy  ne’matlardan  voz 
kechishga olib keladi. Masalan, sizda mavjud bo’lgan 3 metr mato bo’lagidan yo 
ko’ylak yoki kostyum tikish mumkin. Matoning cheklangan miqdori ham ko’ylak, 
ham  kostyum  tikishga  imkon  bermaydi.  Bu  vaziyatda  tanlash  kerak  bo’ladi.  Bu 
tanlov  yo  ko’ylakdan  yoki  kostyumdan  voz  kechishni  ko’zda  tutadi.  Ko’ylakni 
tanlash  qarori  kostyumga  ega  bo’lishdan  voz  kechishni  bildiradi,  ya’ni  yangi 
ko’ylakning  qimmati  kostyumga  ega  bo’lib,  olish  mumkin  bo’lgan  foyda  va 
quvonchlarga  teng.  Unda  ko’ylakning  muqobil  qiymati  borligi  aytiladi-kostyum. 
Agar kostyum tanlansa-uning muqobil qiymati ko’ylak bo’lardi. 
Iqtisodiy  ne’matlarni  ishlab  chiqarish  va  taqsimlash  jarayonlarini  o’rganib, 
iqtisod fani oqilona ishlatish tamoyiliga asoslanadi. 
Oqilona ishlatish tamoyili bu inson oqilona faoliyatga intilishi, ya’ni eng kam 
resurslarni sarflab, o’zining eng ko’p ehtiyojlarini qondirishi haqidagi fikrdir. 


 7 
 
Bu  ko’plab  variantlar  ichidan  inson  cheklangan  resurslardan  yaxshiroq 
foydalanishga intilib, eng yaxshisini tanlashini bildiradi. 
Agar resurslar mutloq cheklangan bo’lganida, tanlov mumkin bo’lmasdi. Agar 
cheklanganlik  bo’lmaganida,  unda  tanlov  kerak  bo’lmasdi.  Tanlash  muammosi 
cheksiz,  chunki  biz  bitta  qaror  bilan  cheklanmasdan,  ularning  ko’piga  egamiz. 
Nimalar  o’rtasida  tanlov  boradi?  Resurslardan  foydalanishning  eng  yaxshi 
variantlari  o’rtasida.  Resurslardan  foydalanishning  eng  yaxshi  varianti  kam 
xarajatlarda eng yuqori natijani ta’minlovchi variant bo’ladi.  

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat