Muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har qanday iqtisodiy tizimning bunday holati hayoliydir



Download 2.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/156
Sana15.07.2021
Hajmi2.84 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   156
 
 


 
14 
 
II BOB. ASOSIY MAKROIQTISODIY KO’RSATKICHLAR VA 
ULARNI HISOBLASH 
 
2.1. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning mohiyati 
     Makroiqtisodiyot  –  bu  mamlakat    miqyosida  moddiy  ishlab  chiqarish  va 
nomoddiy  sohalarini  bir  butun  qilib  birlashtirgan  milliy  xo’jaligi  darajasidagi 
iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o’z ichiga xalq xo’jaligining moddiy va nomoddiy 
ishlab  chiqarish  hamda  xizmat  ko’rsatish  sohalarini  oladi.  Milliy  iqtisodiyot 
me’yorida  faoliyat  qilish  va  barqaror  o’sishi  uchun  barcha  tarmoq  va  ishlab 
chiqarish sohalarining o’zaro bog’liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. 
     Milliy  iqtisodiyotda  ishlab  chiqarish,  xizmat  ko’rsatish  hajmi  va  ularning 
o’sishi  bir  qator  ko’rsatkichlar  tizimi  orqali  makroiqtisodiy  darajada  aniqlanib, 
tahlil  qilinadi.  Makroiqtisodiy  ko’rsatkichlar  orqali  butun  iqtisodiyotning  holati 
uning o’sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida 
davlat  o’z  iqtisodiy  siyosatini  belgilaydi.  Makroiqtisodiy  ko’rsatkichlar  tizimi, 
YaIMni  uning  harakatining  barcha  bosqichlarida,  ya’ni  ishlab  chiqarish, 
taqsimlash,  qayta  taqsimlash  va  natijada  foydalanish  bosqichlarida  ko’rgazmali 
shaklda aks ettirishga imkon beradi. 
Nihoyat  mazkur  ko’rsatkichlar  tizimi  mavjud  resurslar  va  ulardan 
foydalanishning  mos  kelishi  (tengligi)  kuzatilganda,  mamlakatdagi  umumiy 
iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi. 
  Muayyan    mamlakat    iqtisodiy  holatini  ifoda  etuvchi  ko’rsatkichlar 
makroiqtisodiy ko’rsatkichlar deb yuritiladi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar miqdor 
va  sifat  ko’rsatkichlariga  guruhlanadi.  Makroiqtisodiy  miqdor  ko’rsatkichlari 
muayyan  mamlakatlar  iqtisodiyotini  ifodalasa,  sifat  ko’rsatkichlari  mazkur 
mamlakatlar  iqtisodiyotini  nisbiy  jihatdan  aks  ettiradi.  Makroiqtisodiy  miqdor 
ko’rsatkichlariga    kuyidagi  ko’rsatkichlar  kiradi  :  Yalpi  ichki  mahsulot  (YaIM), 
sof  ichki  mahsulot  (SIM),  milliy  daromad  (MD),  shaxsiy  daromad  (ShD), 
ixtiyordagi  daromad  (ID)  va  boshqalar.  Makroiqtisodiy  sifat  ko’rsatkichlariga  
kuyidagi ko’rsatkichlar kiradi : inflyatsiyaning o’sish sur’atlari, ishsizlik darajasi, 


 
15 
 
aholining  ish  bilan  bandlik  darajasi,  aholi  jon  boshiga  to’g’ri  keladigan  yalpi 
ichki mahsulot va boshqalar. 
Bu  ko’rsatkichlar  iqtisodiy  tizimning  umumiy  holatini  ifodalab,  ijtimoiy 
ishlab  chiqarishdagi  barcha  qatnashuvchilarning  (korxona,  tarmoq,  mintaqa, 
davlat)  faoliyatlari  natijasida  aniqlanadi.  Ular  mamlakatning  iqtisodiy 
imkoniyatlarini, uning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini narxlash uchun 
ishlatiladi.  Bozor  iqtisodiga  o’tayotgan  mamlakatlarda  ijtimoiy  ishlab 
chiqarishning  kengaytirilgan  tushunchasiga  amal  qilinadi.  Shu  ma’noda,  ijtimoiy 
ishlab  chikarish  -  iqtisodiyotning  daromad  yaratuvchi  barcha  soxalarining  ishlab 
chiqarishidir. Bu erda moddiy ishlab chiqarish soxalaridan tashqari, pulli xizmatlar 
ko’rsatuvchi  tarmoqlar  (moliya,  sug’urta,  sog’liqni  saqlash,  maorif  va  boshqalar) 
xam  ijtimoiy  ishlab  chikarishga  kiradi.  Shu  sababli,  Bozor  iktisodiyotiga  o’tgan 
mamlakatlarda yaratilgan ijtimoiy mahsulot tarkibiga tovarlar xam, xizmatlar xam, 
milliy  daromadda  esa,  tovarlarni  sotishdan,  xizmat  ko’rsatishdan  olingan 
daromadlar  xisobga  olinadi,  ijtimoiy    ishlab  chiqarishdan  chetda  fakat  bepul 
xizmatlar  ko’rsatish  jarayonlari  qoladi.  Chunki  bepul  xizmatlar  ko’rsatuvchi 
tarmoqlarda daromad yaratilmaydi va xar qanday mamlakatda bu tarmoqlar davlat 
xisobiga  faoliyat  ko’rsatadi.  Ijtimoiy  ishlab  chikarish  tushunchasidagi  farq 
natijasida, 
mamlakatlar 
o’zining 
mazmuniga 
ko’ra 
ajratib 
turuvchi 
ko’rsatkichlardan foydalanadi, ularni xisoblashning turli uslublari ko’llaniladi. 
         Makroiqtisodiy  miqdor  ko’rsatkichlari  o’rtasidagi  o’zaro  bog’liqlikni 
milliy hisoblar tizimi orqali quyidagicha ifodalash mumkin; 
1)  Barcha  tarmoqlarning  yalpi  ishlab  chiqarishi  –  oraliq  iste’mol    =    Yalpi 
ichki mahsulot. 
2)  Yalpi ichki mahsulot  - amortizatsiya  = sof ichki mahsulot. 
3)  Sof ichki mahsulot – biznesga egri soliqlar = milliy daromad 
4)  Milliy  daromad  –  ijtimoiy  sug’urtaga  badallar  –  korporatsiya  foydasiga 
soliqlar – korporatsiyani taqsimlanmagan foydasi + transfert to’lovlari  =  shaxsiy 
daromad. 


 
16 
 
5)  Shaxsiy daromad – yakka tartibdagi soliqlar  =  Ixtiyordagi daromad.     

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим