Muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har qanday iqtisodiy tizimning bunday holati hayoliydir


Milliy ishlab chiqarish ko’lamini belgilashda narxlarning ahamiyati



Download 2.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/156
Sana15.07.2021
Hajmi2.84 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   156
2.3. Milliy ishlab chiqarish ko’lamini belgilashda narxlarning ahamiyati 
 
Ishlab  chiqarishning  hajmini  ifodalash  uchun  ham  natural,  ham  qiymat 
ko’rsatkichlari  qo’llaniladi.  Ammo  milliy  iqtisodiyot  ishlab  chiqarish  hajmini 
natural birliklarda amalda o’lchash mumkin emas, chunki bu erda bir – biri bilan 
solishtirib bo’lmaydigan millionlab nomdagi tovar va xizmatlar ustida gap boradi. 
Shuning  uchun  ham  milliy  ishlab  chiqarish  hajmini  va  tarkibini  ifodalashda 
qiymat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Bu ko’rsatkichlar ikki miqdor yordamida 
aniqlanadi: 

ishlab chiqarishning natural shaklidagi hajmi; 

narxlar darajasi. 
Amaliyotda  milliy  hisobchilik  tizimida  narxlarning  ikki  ko’rinishi 
qo’llaniladi: 
-joriy yoki haqiqiy narxlar; 
- o’zgarmas yoki solishtirma bazis narxlar. 
Shu  yildagi  joriy  yoki  amaldagi  narxlar  yil  mobaynida  mahsulot  ishlab 
chiqarish va uning iste’moli o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlashda qo’llaniladi hamda 
takror  ishlab  chiqarishning  moliyaviy  qiymat  jihatlarini  aks  ettiradi.  Lekin  joriy 
narxlardan  ishlab  chiqarishni  ma’lum  bir  vaqt  davomida  tahlil  qilish  uchun 
foydalanish  maqsadga  muvofiq  emas.  Chunki  ularni  xar  qanday  oshishi  yoki 
pasayishi yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning hajmiga bevosita ta’sir etib, 
iqtisodiyotning  haqiqiy  ahvolini  buzib  ko’rsatadi.  Milliy  iqtisodiyotning 


 
19 
 
rivojlanishiga  haqqoniy  baho  berish  uchun  o’zgarmas  narxlardan  foydalaniladi. 
O’zgarmas  yoki  solishtirma  narxlar  asos  qilib  olingan  biror  –  bir  yildagi 
mahsulotning narxi bo’lib, tahlil qilinayotgan davr uchun ishlab chiqarish hajmini 
qiymat jihatdan baholashda foydalaniladi. Bu narxlar mahsulotning natural hajmini 
o’zgarishini  ilg’ash  imkonini  beradi  va  ishlab  chiqarishni  ma’lum  bir  vaqt 
davomida haqiqiy o’zgarishini aks ettiradi.  
Mamlakat  iqtisodiy  rivojlanishining  joriy  va  solishtirma  narxlardagi  ifodasi 
tubdan farqlanadi. 
Bazis  yilni  xar  bir  mamlakat  rivojlanish  xususiyatidan  kelib  chiqqan  holda 
o’zi  belgilaydi.  Bazis  narxlardan  foydalanib  ham  o’tgan  yillar,  ham  kelgusi 
yillarning qiymat ko’rsatkichlari qayta hisoblab chiqiladi. 
Joriy  narxlarda  o’lchangan  ishlab  chiqarish  hajmini  nominal,  solishtirma 
narxlarda o’lchanganini real deb ataladi. 
Narxlarning  o’sishi  bilan  yalpi  ichki  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmini 
o’zgarishini  ko’rsatuvchi  miqdorni  barcha  tayyor  mahsulot  va  xizmatlarning 
umumiy  narx  indeksi  yoki  deflyator  deb  ataladi.  Yalpi  ichki  mahsulot  tarkibiga 
millionlab  nomdagi  yaratilgan  ne’matlar  kiradi  va  ularni  xar  birining  narxini 
o’zgarib turishini jismonan kuzatish mumkin emas. Shuning uchun ham deflyator 
bozor  savati  yordamida  aniqlanadi.  Bozor  savati  yalpi  ichki  mahsulot  tarkibiga 
kiruvchi,  uning  asosiy  qismini  tashkil  etuvchi  muhim  tovar  va  xizmatlarni  o’z 
ichiga  oladi.  Statistika  idoralari  tomonidan  bozor  savatiga  kiritilgan  tovar  va 
xizmatlarga bo’lgan narxlarning o’zgarishi doimo kuzatilib turiladi va shu asosda 
narxlarning umumiy indeksi yoki deflyator hisoblanadi. 
                                      Joriy yildagi bozor savatining bahosi  
                                      shu yilning narxlarida 
Joriy yil deflyatori = -----------------------------------------------------x 100 
                                    Joriy yildagi bozor savatining bahosi 
                                     bazis yili narxlarida 
 
Agarda  o’tgan  davr  ichida  yalpi  ichki  mahsulotning  natural  hajmi 
o’zgarmasdan  qolgan  bo’lsa,  uning  nominal  qiymati  shuncha  oshadi.  Narxlar 


 
20 
 
darajasi pasayayotgan bo’lsa, unda narxlar indeksi yoki deflyator 100 foizdan kam 
darajagacha  tushib  ketadi.  YaIM  narxlari  indeksining  joriy  yilda  bazis  yilga 
qaraganda  ko’tarilib  borishi  inflyatsiyani  va  aksincha,  uni  kamayib  borishi 
deflyatsiyani  bildiradi.  Milliy  ishlab  chiqarish  hajmini  o’zgarishiga  narxlarning 
ta’sirini  bartaraf  etish  maqsadida  deflyator  yordamida  real  yalpi  ichki  mahsulot 
hisoblanadi. 
                            Nominal YaIM 
Real YaIM =   -------------------------- x 100 % 
                               Deflyator 
Iqtisodiy amaliyotda deflyator bilan bir qatorda inflyatsiya darajasini yana bir 
ko’rsatkichi – iste’mol narxlari indeksi (INI) yoki hayot kechirish qiymati indeksi 
keng  qo’llaniladi.  Bu  ko’rsatkich  ham  deflyator  kabi  bozor  savati  yordamida 
aniqlanadi. Ammo, bu erda bozor savatiga faqat aholining iste’mol byudjeti asosini 
tashkil  etuvchi  iste’mol  mollari  va  xizmatlar  kiritiladi,  holbuki,  deflyatorni 
hisoblanayotganda  bozor  savatining  sezilarli  qismini  ishlab  chiqarish  uchun 
mo’ljallangan tovarlar tashkil etadi. Iste’mol narxlari indeksi joriy yilda bazis yilga 
qaraganda  qayd  etilgan  iste’mol  bumlari  va  xizmatlar  turkumining  qiymatini 
qanday  o’zgarayotganini  aks  ettiradi.  Boshqacha  aytganda,  bu  indeks  yordamida 
xar  bir  kishining,  oilaning  va  barcha  aholining  hayot  kechirish  qiymati  yoki 
turmush darajasi qanday o’zgarayotganini aniqlash mumkin. 

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
nomidagi samarqand
bilan ishlash
Darsning maqsadi
fanining predmeti
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanlar fakulteti
o’rta ta’lim
Toshkent axborot
Alisher navoiy
haqida umumiy
fizika matematika
Ishdan maqsad
moliya instituti
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
махсус таълим
respublikasi axborot
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
nazorat savollari