Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda 0 ‘zbekistonning buyuk dav- latga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi dolzarb vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi



Download 17.41 Kb.
Sana25.09.2019
Hajmi17.41 Kb.
Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda 0 ‘zbekistonning buyuk dav- latga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi dolzarb vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Chunki ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat har qanday mamlakat va xalqni yuksaklikka ko'taradi, uning taraqqiyotini ta’minlaydi, kelajagini oldindan ko‘rsatib beradi. “Musiqa o‘qitish metodikasi, nazariyasi va maktab repertuari” fani pedagogika fani sifati- da, tajribada sinalgan ishlami barcha qismlarini umumlashtirib, amaliyotda samarali natijalar bergan musiqa o‘qitish metodlarini taqdim etadi.

Metodika asosan, pedagogika, psixologiya, estetika va san’atshunoslikning tadqiqot nati- jalariga asoslanadi. U musiqa o‘qitishning qonun-qoidalarini ta’riflab, kelajakda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda qo‘llanadigan zamonaviy texnologiyalar va metodlami belgilab beradi.

Metodika fani, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchining o‘quvchilar bilan ishlash uslublari maz- munini anglatadi. “Musiqa o‘qitish metodikasi, nazariyasi va maktab repertuari” fani birdaniga shakllangan fan emas, balki o‘z tarixiy, tarqqiyot yo‘liga ega bo‘lgan fan. 0 ‘zbekistonda, metodika fani shakllanishiga buyuk mutafakkirlar, olimlar, ilg‘or tajribali o‘qituvchilar, metodistlar, ma- halliy olimlaming tadqiqot ishlari, izlanishlari, tajriba-sinov ishlari, risolalari, fikrlari, o‘quv dasturlari va darsliklarini yaratib o‘z hissalarini qo‘shganlar. “Musiqa o'qitish metodikasi, nazariyasi va maktab repertuari” kursining fan sifatida maqsadi talabalami bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi amaliy faoliyatiga tayyorlash, ulami meto- dik bilim va mahorat bilan qurollantirish. Bu maqsadga erishish uchun amaliy mashg‘ulotlar mobaynida uzoq ijodiy mehnat talab etiladi. Ma’lumki maktabda o‘quvchilarning yosh psix­ologik fiziologik xususiyatlariga qarab, musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi qo‘llanadi.

Bu yerda ta’lim usuli, o‘quv materiallarining (o‘quv reja, dastur) ta’lim tamoyillari, o‘quv tarbiyaviy ishlaming maqsad va vazifaiari muhim ahamiyat kasb etadi. “Metodika” so‘zi grekcha so‘z boiib, “tadqiqot yo‘li”, “bilish usuli” degan ma’noni an­glatadi. Musiqa o‘qitish metodlari deganda, maktab o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va mal- akalarini tarkib toptirishda qo‘llagan ish uslublari tushiniladi. “Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” kursining asosiy vazifaiari quyidagilardan iborat: - ta’lim tizimida shaxs madaniyati to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish; - ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, zamonaviy o‘qituvchiga qo;yilayotgan ta- lablarn- metodik ishlanmalar, ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar tayyorlash, kompyuter, slayd, disklar, magnit tasmalardan foydalana bilish, - har bir sinfni yoshiga mos ravishda musiqa o‘qitish metodlari va usullarini tanlab qo'llash; - kelajak avlodning musiqiy madaniyati va ma’naviyatini musiqa vositasi orqali shakllan- tirish; - sinfdan va maktabdan tashqari musiqiy tarbiyani shakllantirish va uni tashkil etish us- lublarini o‘rganish; - pedagogik amaliyotda tajriba sinov ishlarini o‘tkazish; - taniqli kompozitor, shoirlar, ijodkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, tanlovlarda ishtirok etib, o‘quvchilami nafosat tarbiyasini shakllantirish; - xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimini o‘rganish; - o‘qituvchi va talaba o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil etish; - berilgan topshiriqlami o‘z vaqtida bajarib, amaliy mashg‘ulotlar, seminarlarga puxta tayyorlanish; - tavsiya etilgan adabiyotlar bilan mustaqil ishlash; - talabalarni mustaqil fikrlash, izlanish, tahiil qilish, xulosa chiqarishga o‘rgatish; - talabalarni mustaqil ish jarayonida ijodiy faolligini oshirish; - amaliy mashg‘ulotlar ma’ruzalarni mantiqiy davomi bo4lib, talabalar ma’ruzalar kur- sida o‘zlashtirgan bilimlarini mustahkamlashga o‘rgatish. “Musiqa o‘qitish metodikasi, nazariyasi va maktab repertuari” fani umumkasbiy fan hiso- blanib, pedagogika, psixolgiya, maktab repertuari praktikumi, nutq madaniyati, musiqa tarixi, yakka kuylash, dirijyoriik, musiqa asbobi, solfedjio, xor musiqa nazariyasi, bolalar adabiyoti, pedagogik mahorat, ona till, adabiyot, tabiat kabi fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu musiqiy nazariy fanlar, bo‘!ajak, o‘qituvchilarga musiqa san’atini bolalarga samarali yetka- zish yo‘llarini, ularga hayotning musiqiy obrazlarda aks etishini va musiqa ifoda vositala- rini amalda qo‘llashga yordam beradi. Bu fanlar bir biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllanishiga, musiqiy fani ami puxta egallash- iga ko‘mak beradi. Bu esa bo‘lajak o‘qituvchilami, musiqiy san’at sirlarini o‘quvchilarga samarali yetkazish yo‘llarini o‘rgatadi.i o‘rganish; - dars ishlanmalarini tayyorlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish;

ahamiyat kasb etadigan san’at turidir. Har bir insonni ma’naviy shakllanishida oilani, mak- tabni, jamiyatni ahamiyati katta. Chunki insonni insoniylik xususiyatlari jamiyatda tarkib to- padi. Yosh avlodni kamolot sari yetaklashda tarbiyani ko‘plab omillari qatori musiqa tarbiyasi alohida o‘rin tutadi. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo‘lib, insonni atrofdagi go‘zal narsalarni to‘g ‘ri idrok etishga va qadrlashga o‘rgatadi.

Musiqa inson ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, uni nafosat olemiga olib kirish va axloqiy g‘oyaviy tarbiyalashni muhim vositasidir. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va unga ma’naviy ozuqa beradi.

Maktabda musiqa o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarda musiqa madaniyatini shak- llantirish ulami zamon talabiga javob bera oladigan barkamol inson qilib voyaga yetkazish.

Maktabda musiqa darslarini o‘qitishning asosiy vazifaiari quyidagtlardan iborat: - o‘quvchilami musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqishi va mehr-muhabbatini oshirish; - musiqiy faoliyatlar jarayonida o‘quvchilami musiqiy qobiliyatlari musiqiy o‘quvi, ovozi, diqqat-e’tibori va ijodkorlik his-tuyg‘ularini o‘stirish; - musiqiy asariami badiiy-g‘oyaviy mazmuni vositasida axloqiy estetik ruhda tarbiyalash; - musiqa darslarida o‘quvchilami kasb-hunarga yo‘naltirish, mehnatga muhabbat, Vatan- ga muhabbat, kattalarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish.

Mazkur maqsad va vazifalami amalga oshirish o‘qituvchining kasbiy va pedagogik ma- horatlariga bog'liq. Har qanday san’atkor ham, maktabda musiqa madaniyati darslarini olib borolmaydi. Buning uchun musiqa o‘qituvchisi pedagogika, psixologiya, boialar fiziologi- yasi, musiqa o‘qitish va metodikasi hamda o‘z musiqiy kasbiy fanlarini puxta o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak.

Musiqa o‘qituvchisi o‘z kasbiga va bolalarga mehr qo‘ygan, yuksak madaniyatli, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan shxs boMishi lozim.



Donishmand xalqimiz azaldan kuy va qo'shiqni bola qalbiga tez yo‘l topa olishi, uning ruhiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, yaxshi xulq va odob, mehr oqibat, sabr-toqat, kattalarga hurmat fazilatlarini musiqa orqali tarkib topishini azaldan anglab yetgan. Oilada farzandni qo‘shiq aytishga, soz chalishga o‘rgatish ota-ona orzusi hisoblangan. Bola musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, musiqadan umrbod ozuqa oladi. Chunki bola hali yurishni, so‘zlashni bilmay turib, musiqani eshitib, turli qo‘l harakatlari bilan musiqaga munosabatini bildira- di. Shuning uchun azaldan har bir oilada musiqa cholg‘u asboblaridan dutor, doira, rubob saqlash urf-odat bo‘lib qolgan. Musiqadan ozuqa olish uchun esa, inson sof qalb egasi, yuk­sak ma’naviyatli, go‘zallikni his eta oladigan inson boiishi kerak. “Har qanday jamiyatning kelajagi yoshlar ekan, kelajagi buyuk davlatni barpo etilishi, ulami qanday tarbiya olishiga bog’liq. Chunki ma’naviy jihatdan qudratli davlat, ijtimoiy jihatdan kuchli bo‘ladi” !. deb takitlaydi o‘z asarlarida yurtboshimiz I.A.Karimov.
Download 17.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat