Mustaqil Tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat



Download 19.11 Kb.
Sana26.01.2020
Hajmi19.11 Kb.
Raqobat va Monopoliya

Raqobat bozor iqtisodiyotini va umuman Tovar xo’jaligining eng muhim belgisi, rivojlantirish usuli va tartibga solish mexanizmi hisoblanadi.

Mustaqil Tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat mahsulotni qulay sharoitda ishlab chiqarish va eng ko’p foyda keltiradigan qilib sotishdan va iqtisodiyotda o’z mavqeini mustahkamlashdan iborat. Raqobat natijasida ishlab chiqarishda tovarlar sifati oshadi, texnologik sharoitlar yaxshilanadi. Iqtisodiyotda kam resusrs sarflab ko’p foyda olishni ko’zlangandek, texnik holatlar rivojlanib kam resusrs va ishchi kuchi sarflashdan iboratdir. Texnologiya yordamida ishchilarga to’lanadigan pul ozaysa foyda avvalgiga nisbatan ko’proq qoladi.

Resurslani yetkazib beruvchilar o’rtasida raqobat o’zlarining iqtisodiy resurslarini yuqori narxlarda sotib ko’proq foyda olishdan iboratdir. Ishlab chiqaruvchilar va Yetkazib beruvchilar o’rtasida raqobat iqtisodiyot to’liq erkinlashgan sharoitda namoyon bo’ladi.

Raqobat Istemolchilar o’rtasida ham mavjuddir. Ular arzon va sifatli tovarlarni sotib olishni xohlashadi.



Raqobat (lotincha-qochish, to’qnashish)—bozor subtektlari, o’rtasida yuqori foyda, ko’proq naflilik va omilli daromadga ega bo’lish uchun iqtisodiy manfaatlarning to’qnashishini anglatadi.

Raqobat jarayonida ishlab chiqaruvchilar sarflagan xarajatlarninig har birligi evaziga ko’proq foyda olish uchun qulay bozorlar va arzon hom-ashyo uchun kurashlar olib boradilar. Iqtisodiy resurs egalari ham taqdim qilgan resurslari evaziga ko’proq foyda olish uchun kurashadilar.



Raqobatning iqtisodiy asosini ishlab chiqaruvchi-tadbirkor. Resurs egalari-mulk egalari, Istemolchilar esa daromad egalari sifatida erkin va mustaqil bo’lishi tashkil etadi. Har bir bozor subyektining o’z manfaati bo’lib, ular shu manfaatga erishishga intiladilar.

Avvalo raqobat miqyosiga ko’ra: tarmoq ichidagi va tarmoqlar aro raqobatga bo’linadi. Tarmoq ichidagi raqobatning 4 turi mavjud: erkin raqobat, monopolistic raqobat, monopoliya va olligopoliya. Shuningdek erkin raqobat ikki darajada namoyon bo’ladi: tarmoq ichida va tarmoqlar aro.

Tarmoq ichidagi erkin raqobat bir hil Tovar ishlab chiqaruvchilar, tarmoqlar aro erkin raqobat esa turli korxonalar o’rtasida namoyon bo’ladi. Har bir tarmoqnig o’ziga yarasha texnik taminlanganlik darajasi va mehnat unumdorligi darajasi borligi sababli bu korxonalarda yaratilgan tovarning individual qiymati bir hil bo’lmaydi. Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarni bozor qiymatini aniqlaydi. Tarmoq ichidagi raqobat jarayonida texnik taminoti va mehnat unumdorligi yuqori bo’lgan korxonalar foydaga erishadi. Aks holda esa zarar ko’radi. Tarmoqlar aro raqobat turli korxonalar o’rtasida maksimal foyda olish uchun olib boriladi. Shu sababdan kapitallar ko’proq foyda olinuvchi tarmoqlarga yo’naltiriladi va natijada ishlab chiqarish kengayib, taklif ko’payishiga olib keladi. Natijada narxlar pasayishini kutishimiz mumkin. Natijada yana qanchadir muddatda foyda normasi kamayadi. Kapitallar yana foyda normasi ko’p tarmoqlarga yo’naltiriladi. Biroz muddatdan so’ng tovarga bo’lgan talab taklifdan oshib ketadi. Natijada yuqoridagi holat yana kuzatiladi. Bundan shuni ko’rishimiz mumkinki tarmoqlar aro raqobat jarayoni doimiy qandaydir aylanma dinamik holatda harakatlanadi. Qanday holat yuz berishidan qat’I nazar teng capital teng foyda olinishiga intiladi. Qachondur foyda ko’payib, qachondur tushishini xalq tili bilan aytadigan bo’lsak: Uni quyug’i, buni suyug’idir. Tarmoqlar aro raqobat foyda normalarini doim normallashtiradi. Erkin raqobat jarayonida narxlarni deyarli hech kim nazorat qila olmaydi. Bunday holatda har qanday korxona tarmoqqa kirishi va uni tashlab chiqib keta olish huquqiga egadir.

Monopolistic raqobat jarayonida bir turdagi mahsulotni turli korxonalar qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadi. Bundan tashqari har bir korxona o’z mahsulotini nimasinidir o’zgartirib ishlab chiqarish monopoliyasiga erishishga harakat qiladi.

Sof monopoliyada tarmoqda yagona ishlab chiqaruvchi bo’lganligi sababli, u doim narx va taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi.

Oligopoliya bu qaysidir tarmoqda ishlab chiqaruvchilarning kam bo’lishidir. Qaysi Tovar va xizmatlar bozorida kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistic tarmoqq hisoblanadi. Oligopolistic tarmoq bir hil yoki turli hil Tovar ishlab chiqarishi mumkin. Bunday tovarlar asosan sanoat mahsulotlari hisoblanadi. Bunday tarmoqda hech bir ishlab chiqaruvchi narxni o’zidan o’zi oshirib yubora olmaydi.

Raqobatlashuv usullariga ko’ra raqobat g’irrom va halol raqobat turlariga bo’linadi. Raqobatlashuvning noan’anaviy jamiyat tomonidan e’tirof etilmagan, ijtimoiy axloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy usullardan foydalanish g’irrom raqobat deyiladi. Halol raqobat—raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan iqtisodiy usullarni qo’llash, o’zining maqsadiga erishishda umume’tirof etilgan jamiyat manfaatlariga zid keluvchi qoidalarni qo’llamaslik kabi qoidalarga asoslanadi.

Bundan tashqari raqobat yana narx vositasida raqobat va narxsiz raqobat turlariga ham bo’linadi. Narx vositasida raqobatda nomidan ko’rinib turgan holatdagidek narx foydalaniladi. Ya’ni raqiblarining o’xhash tovarlaridan narxni pasaytirish tushuniladi. Uning asosiy ko’rinishi NARXLAR JANGI hisoblanadi. Bazida yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun bunday usulni qo’llab turadilar. Bunday yirik tavakkalga qo’l urish uchun ishlab chiqaruvchida unumli tehnologiyalar, yetuk malakali kadrlar va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil etish kerak. Shundagini tovarga sarflangan harajat miqdori kamayib narxni tushurish imkonini beradi. Narxlar usulida kurashishning oddiy ko’rinishi bu DEMPING NARXdir. Bunday ko’rinishga yana bir misol narxlarga chegirmalar qo’yishdir. Bazida yashirin narx yordamida ham raqobat bo’ladi. Buning uchun Tovar sifati narx oshishi va aholi istemol hususiyatiga qaraganda tezroq o’sishi kerak. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda narxlar bilan jang qilish hech bir korxonani mavqeiga ta’sir qilmaydi. Chunki agar bir korxona narxni tushursa, qolgani ham shunday qiladi. Bu shunchaki tarmoqda foydani kamayishiga olib keladi holos.

Narxsiz raqobat jarayonida asosiy omil narx emas balki tovarlarning sifati. Servis xizmat ko’rsatish, reklama, Tovar belgilari, ishlab chiqaruvchi muhri obro’-e’tibor hisoblanadi. Narxsiz raqobatda Tovar sifatini tabaqalashtirish kuzatiladi, ya’ni tovarlar bir hil ehtiyojlari qondirsa ham, turli iste’mol hossalariga ega bo’ladi. Taklif talabdan ziyoda bo’lgan vaqtda ishlab chiqaruvchilar tovarlarni sotishning kredit usulidan foydalanadilar. Bu bilan raqiblardan ustun kelish mumkin. Narxiz raqobat jarayonida MARKETING muhim ahamiyatga ega. Ya’ni u mahsulot ishlab chiqarish hajmini talabga moslashtirishga harakat qiladi. Talabni o’rganib, iste’molchi ehtiyojlarini to’laroq qondira oladigan korxonalar doim yutib chiqadi.

Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi holatni o’zgartirish uchun ishlab chiqarish hajmini kamaytiradi va Tovar taklifini qisqartiradi. Shu sababli iqtisodiy beqarorlik davrida narx barqarorligicha qoladi. Bunda ‘’ichki va tashqi bozorda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash lozim’’.



Monopoliya jarayonida narxsiz raqobat muhim o’rin tutadi. Ular narxsiz raqobatdagi hamma holatni qo’llashi mumkin shuningdek moliyaviy qudrati tufayli ishlab chiqarishni qayta jihozlash va reklamalar uchun yetarlicha miqdorda mablag’ sarflay oladi.
Download 19.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat