Mustaqil so’z turkumi. Fe’l. Reja



Download 334.5 Kb.
Sana22.12.2019
Hajmi334.5 Kb.

Mustaqil so’z turkumi.

  • Fe’l.

Reja:

  • Fe’l so’z turkumi haqida umumiy ma’lumot.
  • Fe’lning lug’aviy shakli
  • Fe’lning sintaktik (munosabat) shakli
  • Fe’l yasalish

Ma’noviy xususiyati.

  • Harakat va holat bildiruvchi so’z fe’l deyiladi: Bola yugurdi (harakat). Sitora uxladi.

Fe’l nima qilmoq, nima bo’lmoq so’rog’ini oladi.

  • Ravishdosh shakli qay tarzda (shoshilib) nima uchun (shoshganidan) nima maqsadda, qachon (o’qigach), qanday, qaysi (o’qigan bola) so’roqlarga javob bo’ladi.

Lug’aviy ma’no turi. Maktab darsligida fe’lning 4 ta ichki lug’aviy ma’no guruh ajratiladi.

  • Nutqiy faoliyat: gapirmoq
  • Aqliy faoliyat: o’ylamoq
  • Jismoniy faoliyat: chizmoq
  • Holat: kulmoq

Morfologik xususiyati.

  • Fe’l o’ziga xos shakl yasovchiga
  • ega:
  • Lug’aviy shakl yasovchi: nisbat, bo’lishli-bo’lishsizlik, vazifa shakli, ko’makchi fe’l, harakatning kuchsiz darajasi,va davomiyligini bildiruvchi qo’shimcha;
  • Sintaktik (munosabat)shakl yasovchi: tasdiq-inkor, zamon, shaxs-son, mayl.

Grammatik ma’no turi.

  • Fe’l grammatik jihatdan o’timli va o’timsiz fe’lga bo’linadi.
  • O’timli fe’l tushum kelishigidagi so’zga bo’g’lanadi: o’qidi, ko’rdi,yod oldi kabi. Bu so’z kimni, nimani so’rog’iga javob bo’ladi: nimani o’qidi, kimni ko’rdi, nimani yod qildi kabi.

O’timli fe’l tushum kelishigidagi so’zga bo’g’lanadi: o’qidi, ko’rdi,yod oldi kabi. Bu so’z kimni,nimani so’rog’iga javob bo’ladi: nimani o’qidi, kimni ko’rdi, nimani yod qildi kabi.

  • O’timsiz fe’l tushum kelishigidagi so’zga bog’lanmaydi: bordi, uxladi, ranjidi, xandon urdi kabi. Bu so’z kimni, nimani so’rog’iga javob bo’lmaydi.

Otlashgan so’z otning so’z yasovchidan boshqa qo’shimchasini oladi.

  • Sintaktik xususiyati. Fe’l gapda quydagi vazifada keladi:
  • Kesim: U choyxona yonidan o’tdi
  • Hol: Bola shoshilib gapirdi
  • Aniqlovchi: O’qigan kishi o’zdi.
  • Kirish: Aytishicha, kechga qaytarmish.

Yordamchi fe’l “So’z qo’shib fe’l yasash” mavzusida o’rganildi.

  • Mustaqil fe’l tuslangan fe’l (sof fe’l) va tuslanmagan fe’lga ajratiladi.
  • Kesim vazifasidagi fe’l-tuslangan, ya’ni sof fe’l. Fe’lning nokesimlik shakli (ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi) tuslanmagan fe’l hisoblanadi.

Fe’lning lug’aviy shakli.

  • Fe’lning lug’aviy shakli sirasiga nisbat, ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakli, harakat tarzi (ko’makchi fe’l), harakatning kuchsiz darajasi va davomiyligini bildiruvchi qo’shimcha kiritilgan.

Nisbat. Nisbat-fe’lning lug’aviy shakl hosil qiluvchi. Nisbat shakli harakat va holat bajaruvchiga munosabatini ko’rsatadi.

  • Nisabat turi quydagi:
  • aniq;
  • o’zlik;
  • majhul;
  • orttirma;
  • birgalik;

Aniq nisbat.

  • Aniq nisabat qo’shimchaga ega emas, ya’ni nol shaklli. Bajruvchisi aniq bo’lgan harakat yoki holatni bildirgan fe’l shakli aniq nisbat deyiladi: bildi, ko’rdi, so’radi, aytmadi, qaytmadi.

O’zlik nisbati.

  • O’zlik nisabti bajaruvchisi ustida amalga oshadigan harkat yoki holatni ifodalaydigan fe’l shakli o’zlik nisabati deyiladi.

-(-i)n: tashlan, ko’rin, yuvin, taran, so’kin, suyan, yutin, kiyin, artin, kavshan, o’pkala

  • -(-i)l tanil, ayril, qayril, bo’g’il, tug’il, qoril, yig’il,otil,qiynal, teshil, tikil.

Ayrim manbada o’zlikning –(i)sh shakli ham qayd etiladi: joylashdi, kirishdi, qorishdi.

  • O’zlik daraja shakli quyidagi fe’lga qo’shilmaydi:
  • 1) o’timsiz fe’l
  • 2) ba’zi o’timli fe’l
  • O’zlik nisbat shakli ba’zi fe’l o’zakdagi –la so’z yasovchisi bilan yaxlitlanib, bir butunlik hosil qiladi. Bunday fe’l aniq nisbat shaklida deyiladi.

Orttirma nisbat

  • Bajaruvchining ta’siri bilan boshqa shaxs yoki narsa tomonidan bajarilgan harakat yoki holatni bildiruvchi fe’l shakli orttirma nisbat shakli deyiladi.

Majhul nisbat.

  • Bajruvchisi noma’lum bo’lgan harakat yoki holatni ifodalovchi fe’l majhul nisbat deyiladi.

Birgalik nisbati.

  • Birdan ortiq bajaruvchi tomonidan birgalikda bajrilgan harakat yoki holatni ifodalaydigan fe’l shakli birgalik nisbati deyiladi va –(i)sh shakli orqali yasaladi: borishdi.

Fe’lning vazifa shakli 4 ta:

  • Kesim shakli (sof fe’l)
  • Ega, to’ldiruvchi shakli (harakat nomi)
  • Sifatlovchi-aniqlovchi shakli (sifatdosh)
  • Holat shakli (ravishdosh)

Buni ikkiga bo’lish mumkin:

  • Kesimlik shakli: zamon, shaxs-son, mayl, bo’lishli-bo’lishsizlik;
  • Nokesimlik (kesimdan boshqa vazifaga xoslangan) shakli; ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi

Download 334.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
sinflar uchun
pedagogika universiteti
bilan ishlash
таълим вазирлиги
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
haqida umumiy
fizika matematika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat
universiteti fizika
Buxoro davlat
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti