Mustaqil ish Mavzu: Transportda xavfsizlik muammolari Bajardi: Tekshirdi: Reja



Download 24,29 Kb.
Sana26.01.2020
Hajmi24,29 Kb.
#37475
Bog'liq
2 5283007926691169810

Mustaqil ish

Mavzu: Transportda xavfsizlik muammolari

Bajardi: ______________________________

Tekshirdi:______________________________

Reja:

  1. Avtomobil transporti sohasidagi qonunchiligini takomillashtirish

  2. Avtomobil transporti sohasidagi qonunchiligini takomillashtirish

  3. Yangi yo'l harakati qoidalari tartibi piyoda, yo'lovchi va haydovchi xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiladi.


Transportda xavfsizlik muammolari
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari Qo'mitasining 2016 yilga mo'ljallangan qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil ishlari Dasturiga muvofiq "Avtomobil transporti sohasidagi qonunchiligini takomillashtirish:  holati va istiqbollari" mavzusidagi konferentsiya o'zkazish rejalashtirgan. Shu munosabat bilan joriy yilning 13 va 18 aprel kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasida "Avtomobil transporti sohasidagi qonunchiligini takomillashtirish: holati va istiqbollari" mavzusidagi konferentsiya o'zkazish rejalashtirgan. Shu munosabat bilan ushbu tadbirni o'zkazish va unga tayyorgarlik ko'rish masalalariga bag'ishlab ishchi guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Ishchi guruh a'zolari mazkur konferentsiyaga tayyorgarlik ko'rish, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi hamda shu yuzasidagi qonun va qonunosti hujjatlari bazasini takomillashtirish maqsadida bir qator takliflar bilan ishtirok etishdi va bu takliflar qizg'in muhokamaga sabab bo'ldi. Xususan, tadbirda yo'lovchilarning hayoti, sog'ligi va mol-mulkini, jamoa xavfsizligini ta'minlash, yo'l transporti hodisalarining oldini olish va ulardan himoyalanish bo'yicha shahar va shahar atrofi yo'nalishlarida transport xizmati ko'rsatishni takomillashtirish, haydovchilarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish bo'yicha doimiy nazorat o'rnatilgani ta'kidlandi.

Ishchi guruh yig'ilishida avtomobil yo'llari va shahar ko'chalarining nosoz xududlarini, bekatlarni ta'mirlash, yo'l belgilari, birinchi darajali to'siqlar o'rnatish bo'yicha kamchiliklarni bartaraf etish ishlari bajarilishini doimiy nazoratga olish IIB YXXB, davlat yo'l idoralari va komunnal xo'jaliklariga yuklatilganligi qayd etildi. 

O'zbekiston avtomobillarida halqaro tashuvlarni kengaytirish, bu yo'nalishda xizmat ko'rsatadigan transport korxonalari bilan bog'liq muammolari, takliflari va sohani takomillashtirish hamda O'zbekiston Respublikasining "Avtomobil transporti to'g'risida"gi qonuni va qonunosti hujjatlariga o'zgartish, qo'shimchalar kiritish yuzasidan takliflar eshitildi. Jumladan, avtomobil transport sohasini avtomobil yo'llarisiz tasavvur etib bo'lmasligidan kelib chiqqan holda, konferentsiya ishchi guruhi tarkibidagi "O'zavtoyo'l" AK vakillari ham bu borada o'zlarining taklifi bilan chiqishdi. Xususan, soha mutaxassislari tomonidan respublikaning iqlim sharoitidan kelib chiqib, avtomobil yo'llaridan oqilona foydalanish hamda ularni texnik soz holatda saqlashni ta'minlash maqsadida og'ir yukli transport vositalarining harakatini cheklash bo'yicha qonunosti hujjatlarini yanada takomillashtirish, bu borada xalqaro tajribani chuqur o'rganish masalasiga alohida e'tibor qaratildi.  

Shuningdek, yig'ilish davomida aholi va tashkilotlarga hamda yuk tashuvchi transport xizmati ko'rsatuvchi korxona rahbarlari, harakat xavfsizligini ta'minlovchi mas'ul xodimlarning malakasini oshirish masalalariga ham kelishib olindi.

Mazkur konferentsiyaga tayyorgarlik ko'rish, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi hamda shu yuzasidan qonun va qonunosti hujjatlari bazasini takomillashtirish to'g'risida fikr-mulohazalar bildirildi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 apreldagi №237-sonli qarori bilan muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi Umumiy texnik reglament tasdiqlandi. Hujjat 1 may kuni e'lon qilindi va 6 oydan so‘ng kuchga kiradi.

Hujjatning amal qilishi tasdiqlangan ro‘yxatga ko‘ra g‘ildirakli transportlar uchun amal qiladi va quyidagi transport vositalariga taalluqli emas:

- tekis yo‘lda konstruktiv tezligi 25 km/soatdan oshmaydigan yoki ularning tezligi shu qiymatdan oshmasligi qonunchilikda belgilab qo‘yilgan transportlar;

- faqatgina sport musobaqalarida ishtirok etish uchun mo‘ljallangan transportlar;

- ishlab chiqarilgan sanasidan 30 va o‘ndan ortiq yil o‘tgan L va M1 toifasidagi, shuningdek, tijoriy yuklar va yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallanmagan, ishlab chiqarilgan sanasidan 50 va undan ortiq yil o‘tgan M2, M3 va N toifasidagi transportlar;

- diplomatik va konsullik vakolatxonalari, O‘zbekiston tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalar yoki xalqaro huquq me'yorlariga ko‘ra imtiyozlar va immunitetlarga ega xalqaro (davlatlararo) tashkilotlar, shuningdek, shu vakolatxonalar (tashkilotlar) ning xodimlariga hamda ularning oila a'zolariga tegishli transportlar;

- yuqori yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan yo‘l tanlamas transport vositalari.

Umumiy xavfsizlik talablaridan shuni alohida qayd etish mumkinki, transport vositalari (ayrim hollardan tashqari) mamlakatimizning mo‘'tadil va sovuq, quruq tropik iqlimi kabi tabiiy-iqlimiy sharoitlariga muvofiq bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, ishlab chiqarishda ozon qatlamini yemiruvchi moddalar (ularning ro‘yxatini Vazirlar mahkamasi tasdiqlaydi) dan foydalanishga, shuningdek, oldin foydalanilgan tarkibiy qismlardan yasashga (faqat shaxsiy foydalanish uchun tayyorlanadigan transport vositalari bundan mustasno) taqiq joriy qilingan.

Rul boshqaruvi o‘ng tomonda joylashgan transport vositalarini ishlab chiqarish ham taqiqlangan.

Muomalaga chiqarilishda o‘rnatilgan talablarga mos kelish quyidagi yo‘sinda tasdiqlanadi:

- transport vositalari uchun (shassi) — transport vositasi turi (shassi) ni ma'qullash — seriyali ishlab chiqarilayotgan transport turi uchun 3 yilga rasmiylashtiriladi, transport vositalari (shassi) partiyasi uchun — amal qilish muddati cheklanmagan.

- ayrim transport vositalari uchun — muvofiqlik sertifikati bilan.

Transport vositalari (shassi) ning muvofiqliligini baholash «O‘zstandart» agentligining sertifikati bo‘yicha akkreditatsiyalangan organlar tomonidan amalga oshiriladi.

Ko‘rsatib o‘tilgan xavfsizlik talablariga muvofiqlik uchun butun mas'uliyat transport vositasining yakuniy ishlab chiqaruvchisi zimmasiga yuklanadi.

Qabul qilingan texnik reglament kuchga kirgach, g‘ildirakli transport vositalariga talablarni joriy etuvchi texnik tartibga solish sohasidagi me'yoriy hujjatlar to‘liq muvofiqlashtirilgan holatga keltirilgunga qadar texnik reglamentga zid kelmaydigan qismlari amalga oshiriladi.

Hujjat kuchga kirgunga qadar ko‘rsatib o‘tilgan transport vositalari (shassi) uchun olingan muvofiqlik sertifikatlari (transport vositasi turini ma'qullash) unda belgilab qo‘yilgan muddat yakunlangan qadar amalda bo‘ladi.

Ushbu hujjatning to‘liq matni, unga sharh va unga bog‘liq boshqa qonunchilik hujjatlariga havolalar bilan «O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi» axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.



Yangi yo'l harakati qoidalari tartibi piyoda, yo'lovchi va haydovchi xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiladi.

XXI asrga zamonaviy axborot-telekommunikasiya va rivojlangan texnologiyalar asri sifatida tavsif berilmoqda. Darhaqiqat, bugungi kunda har bir oilada kompyuter, uyali telefon va transport vositalari mavjud. Ayniqsa, mustaqillik yillarida yurtimizda axborot telekommunikasiya texnologiyalari va avtomobilsozlik tizimini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Xususan, Perzidentimizning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasida ta'kidlaganidek, "yurtimizda har 100 oilaning 42tasi engil avtomobillarga ega bo'lib, bu besh yil avvalgi ko'rsatgichdan 1,5 barobarga ko'p, 47ta oila shaxsiy kompyuterlar bilan ta'minlangan va bu davrda o'sish 3,9 barobarni tashkil etdi. Shuningdek, har 100ta oilaga 234ta mobil telefon to'g'ri kelmoqda yoki bu sohadagi o'sish 1,6 barobarni tashkil etmoqda." Mazkur raqamlarning o'ziyoq mamlakatimizda zamonaviy texnologiyalarning jadal rivojlanayotganligiga yaqqol dalil bo'la oladi.

Quvonarlisi, yurtimiz transport vositalari ishlab chiqarayotgan sanoqli davlatlar qatoriga qo'shilib, dunyoga tanildi, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari ham ichki, ham tashqi bozorda xaridorlarga birdek manzur bo'lmoqda. Faqat ichki bozorning o'zida har yili 15 mingdan ortiq avtomobil qo'shilmoqda. Transport vositalarining soni ortib borgani sayin yo'llarda harakat xavfsizligini ta'minlash dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Shu bois mamlakatimizda harakat xavfsizligini ta'minlash muammolariga alohida e'tibor qaritilmoqda. Xususan, istiqlol yillarida sohaga taalluqli qator qonun, hukumat qarorlari qabul qilinib amaliyotga keng joriy etilayotir. Harakat vositalari yildan-yilga ko'paygani sayin yo'l-transport hodisalariga oid masalalarni bartaraf etish borasida ushbu qonunchilik hujjatlariga vaqti-vaqti bilan o'zgartish va qo'shimchalar kiritilmoqda. Ushbu o'zgartishlar mavjud muammolar echimiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Jumladan, 1999 yilda qabul qilingan "Yo'l harakati xavfsizligi to'g'risida"gi qonun va unga mahalliy shart-sharoitlar hamda harakat ishtirokchilarining taklif-istaklarini inobatga olgan holda 2013 yilda yangi tahrirda qabul qilindi. Bundan tashqari "Ma'muriy javobgarlik to'g'risida"gi Kodeksning yo'l harakati sohasidagi bandlariga 12 marotaba qo'shimcha va o'zgartishlar kiritilganligi ham fikrimizga dalil bo'lishi shubhasiz. Sohaning jadal rivojlanishi barobarida bu boradagi ishlar ham izchil davom ettirilmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi "Yo'l harakati qoidalarini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori mahalliy shart-sharoitlar, sohaga tatbiq etilayotgan yangiliklardan unumli foydalanish, yo'l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta'minlashga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir. Mazkur qaror joriy yilning 1 martidan kuchga kiradi. Hozirgi kunda soha mutaxassislari, keng jamoatchilik tomonidan "Yo'l harakati qoidalari"ga kiritilgan o'zgartish va qo'shimchalarni, ularning mazmun-mohiyatini haydovchi, yo'lovchi hamda piyodalar orasida targ'ibot-tashviqot ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 19 yanvar kuni "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik kompaniyasi majlislar zalida "Yo'l harakati qoidalari"ga kiritilgan o'zgartish va yangiliklar mazmun-mohiyati, ahamiyatini shahar yo'lovchi tashish transport korxonalari ishchi-xizmatchilar o'rtasida targ'ib qilishga qaratilgan yig'ilish tashkil etildi. Unda "Toshshahartransxizmat"AK rahbarlari, Toshkent shahar IIBB YHXB bo'limi boshliqlari, kompaniya bo'lim va xizmatlar boshliqlari, tarmoq korxonalari direktorlarining tasarruf bo'yicha o'rinbosarlari, harakat xavfsizligi bo'limi boshliqlari ishtirok etdi. Yig'ilishni kompaniya boshqaruv raisining o'rinbosari- bosh muhandis Hosil Xolmatov olib bordi.

Hosil Husanovich muhokama etilayotgan masala yuzasidan fikr bildirib, jumladan, shunday dedi:

- Haydovchilarning yo'l harakati qoidalariga qat'iy rioya etishi nafaqat o'zlari, balki barcha yo'l harakati ishtirokchisi xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiladi. Bugungi kunda shahar yo'lovchi tashish transporti tizimida 140dan ortiq yo'nalishda 1300dan ortiq harakat tarkibi poytaxtimiz aholisi va mehmonlariga xizmat ko'rsatayapti. Mazkur raqam tizim tarkibida 3000 nafarga yaqin haydovchi mehnat qilayotganligini ko'rsatadi. Sohada mehnat qilayotgan har bir haydovchi yuzlab yo'lovchilar hayoti va taqdiriga bevosita mas'ul ekanligini chuqur his etmog'i va bu faoliyatining bosh mezoniga aylanmog'i lozim. Shu bilan birga, yo'l harakati ishtirokchilarining har biri u xoh katta, xoh kichik bo'lsin belgilangan tartib-qoidaga birdek amal qilsa, yo'l-transport hodisalari keskin kamayishiga ulkan hissa qo'shgan bo'ladi. Masalan, farzandlarini qo'lidan etkalab ketayotgan bobo-buvijonlar, ota-onalar — barcha katta kishilar bolalariga yo'lda ketayotganida shoshilmasdan, belgilangan yo'l harakati qoidalariga amal qilishi lozimligini tushuntirib borsa, avvalo, o'zlari namuna ko'rsatishsa, bolalar unga, albatta, amal qiladi. Yoxud haydovchi yo'l harakati qoidalarini bila turib, uning og'ir oqibatlarini chuqur mulohaza qilib ko'rmay tezlikni oshirsa, qoida buzsa, ayanchli yakun topishi muqarrar. Afsuski, kompaniya tarkibidagi korxonalarda faoliyat ko'rsatayotgan ayrim haydovchilar tomonidan bunday holatlar talay sodir etilmoqda. "Yo'l harakati qoidalari"ga kiritilayotgan o'zgarish va qo'shimchalar yo'llarda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan ko'ngilsizliklarning oldini olish, sodir etilishi ehtimol tutilgan xavf-xatarni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan.

Kun tartibidagi masala yuzasidan so'zga chiqqan Toshkent shahar IIBB YHXB bo'lim boshliqlari Mirsobit Odilov va Zoir Saydaliev o'tgan yil 24 dekabrda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 370-sonli qarori mazmun-mohiyati, yo'l harakati qoidalariga kiritilgan yangilik hamda o'zgarishlar haqida batafsil ma'lumot berdilar.

Soha mutaxassislari joriy yilning 1 martidan yangi tahrirdagi "Yo'l harakati qoidalari" amalga kiritilishini ma'lum qilib, jumladan, shunday dedi:

- Yangi tahrirdagi "Yo'l harakati qoidalari"ga 15 ta qo'shimcha kiritildi. Bundan tashqari qator o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Sohaga doir ayrim atama va tushunchalarga aniqliklar kiritildi.

So'ngi vaqtlarda ko'pchilikni tashvishlantirayotgan, yo'l-transport hodisalarini keltirib chiqarayotgan, umuman, harakatlanish xavfsizligiga jiddiy rahna solayotgan yo'llarda piyodalar qatnovi tartibi mustahkamlandi. Yangi qoidalarga binoan, endilikda yo'llarda harakatlanayotgan piyoda mobil telefon, planshetdan foydalanish, tele-video mahsulotlari ko'rish, radio va audio, ya'ni musiqa eshitish, kitob, gazeta-jurnal o'qish yoki elektron vositalaridan foydalanishi ta'qiqlandi.

Yangi qoidalarda haydovchi zimmasiga ham qator qo'shimcha majburiyat, mas'uliyat va talablar yuklandi. Jumladan, endilikda haydovchi harakatni boshlashdan oldin, yo'lovchilarni harakat vaqtida avtomobil salonidan tanasini tashqariga chiqarish mumkin emasligi haqida ogohlantirishi, harakat vaqtida havfsizlik kamarini taqib yurishi lozimligini uqtirishi joiz. Bundan tashqari, haydovchi transport vositasini boshqarish davrida, yo'l patrul xizmati xodimi talab etadigan hujjatlar to'plami qatoriga fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish polisini ham qo'shgan holda taqdim etishi zarur.

Xavfsizlikni ta'minlash maqsadida yana bir yangilik joriy etildi. Ma'lumki, kunning qorong'u vaqtlarida, ayniqsa, yoritilmagan hududlarda transport vositasi biror-bir sabab bilan nosozlik tufayli to'xtab qolishi mumkin. Shunday vaqtda haydovchi mashinasini ta'mirlash uchun tashqariga chiqadi. Mana shu vaqtda xavfli holat yuzaga keladi. Yo'ldan o'tayotgan transport vositasi ta'mirlash ishlari bilan band bo'lgan haydovchini ko'rmay qolishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida yangi qoidalarda tunggi vaqtlarda haydovchilarga nur qaytaruvchi maxsus nimchalarni kiyib olish majburiyati yuklatildi. Endilikda har bir transport vositasida tibbiyot qutichasi, o't o'chirgich, majburiy to'xtaganni bildiruvchi belgi bilan birgalikda nur qaytaruvchi maxsus nimcha ham bo'lishi shart. Bu harakat xavfsizligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.

Yangi tahrirdagi "Yo'l harakati qoidalari"da alohida e'tibor qaratilayotgan yana bir narsa bu tezlikdir. Bilasiz, transport vositalari soni kundan-kunga ortib bormoqda. Avtomobillar sonining ortishi tirbandliklarning hosil bo'lishiga sabab bo'layapti. Ma'lumki, belgilangan tezlik talablari buzilsa, u og'ir oqibatli yo'l-transport hodisalarini keltirib chiqarishi mumkin. Agar ma'lum hududlarda holda tezlik oshirilsa, mashinalarning yonilg'i sarfi, yo'lda yurishga ketadigan vaqti tejaladi, atrof-muhitning ifloslanishining oldi olinadi. Masalaning mana shu tomonlari hamda tegishli mutaxassislarning mulohazalarini inobatga olgan holda turar joy dahalarida transport harakatini tartibga solib, ko'p qavatli uylar orasida aholi xavfsizligini ta'minlash uchun yuqori tezlikni soatiga 30 kilometr qilib belgilandi. Bundan tashqari, xuddi shu band bilan Qoraqolpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklariga DYHXX bilan kelishgan holda, agar yo'lning holati tezlikni oshirish imkoniyatini bersa, ayrim joylarda yoki ayrim yo'l bo'laklarida, ayrim transport vositalariga belgilangan tezlikni oshirish uchun ruxsat berish vakolati yuklatildi.

Ma'lumki, sohaga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etishga alohida e'tibor qaritilmoqda. Keyingi 5 yillikda DYHXX yo'l patrul xizmati faoliyatida yo'l harakati doirasidagi huquqbuzarliklarni avtomotik tarzda aniqlash amaliyoti keng qo'llanilmoqda. Shu sababli "foto va videofiksasiya" iborasi yo'l harakati qoidasida o'z aksini topib, ma'muriy hujjatlarda ham qayd etilmoqda. Bundan tashqari haydovchilarni ogohlantirish uchun axborot ishora belgilariga 5.41 belgi - "Foto va videofiksasiya" va 7.19 "Foto va videofiksasiya" qo'shimcha axborot belgilari qo'shildi. Kiritilgan yangilikning dolzarbligi poytaxtimizda yo'l harakati xavfsizligini kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimini ishga tushishi bilan chambarchas bog'liq.

Eslatib o'tish joiz, joriy yilning 1 fevralidan Toshkent shahridagi 120 chorrahada video-kuzatuv moslamalari ishlay boshlaydi. Belgilangan dastur asosida 2020 yilga qadar poytaxtimizning qolgan chorrahalariga ham videokameralar o'rnatiladi. Videofiksasiya vositalari haydovchini jazolash uchun emas, balki ularni ogohlantirish, tartib-intizom va belgilangan qoidalarga qat'iy amal qilishga chaqirishdir, dedi notiq.

Mazkur on-layn tizim sohaga joriy etila boshlagandan Ichki ishlar vazirligi yo'l harakati qoidalari buzilgan holat foto va video tesvirga yozib olingan taqdirda ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish tartibi o'zgartirildi. Yangi qoidalarga ko'ra, haydovchilarning kechiktirib bo'lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganliklarini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda huquqbuzarlik oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb topiladi va ma'muriy ish tugatiladi.

Yangi me'yorlar kuchga kirishi bilan avtomatlashtirilgan vositalar qayd qilgan holatlarda ma'muriy bayonnoma tuzilmaydi. 2015 yilning 11 avgustidan boshlab foto va video uskunalari qayd qilgan qoidabuzarlik tasviri asosida jazo choralari qo'llanilmoqda. Chunki bu ma'lumot ma'muriy hujjat bilan teng kuchga ega, deb baholanadi. Endilikda jarima solish qaroriga foto va videofiksasiya tasviri materiali ilova qilinib, elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatning nusxasi va qog'ozga aylantirilgan shakli pochta jo'natmasi tarzida huquqbuzarga yuboriladi.

Shu o'rinda yangi qoidalarning jamaot transportiga oid qismiga ham to'xtalib o'tish joiz. Qoidalarning transport vositalari boshqaruvchilarining yoshini belgilovchi 149-bandi, haydovchilarni tayyorlash to'g'risidagi Nizom talablariga mos ravishda yangi tahrirda berildi. Unga ko'ra, "A" toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olishga o'qiyotganlarning yoshi o'qishni bitirish vaqtida 16 yosh, "V" va "S" toifadagi haydovchilikka o'qiyotganlarning yoshi, o'qishni bitirish vaqtida 18 yosh, "D" va tramvay, trolleybusni boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olishga o'qiyotganlarning yoshi o'qishni bitirish vaqtida 21 yosh bo'lishi kerak.

Transport vositalari kunning yorug' vaqtida ham chiroqlarini yoqib yurishlari ko'pchilikni e'tiborini tortishi tayin. Yangi tahrirdagi qoidalarda ana shunga ham e'tibor qaratildi. Endilikda tashkiliy ravishda odam olib ketayotgan, yo'lovchilar tashiyotgan avtobuslar, mikroavtobuslar, shuningdek, motosikl va mopedlar xavfsizlikni ta'minlash choralarini kuchaytirish maqsadida kunning yoruq vaqtlarida ham yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoqib yurishlari shart. Qolaversa, harakat xavfsizligini ta'minlash uchun yo'lovchi tashiyotgan transport vositalarining g'ildirak, shinasida bironta gayka etishmasa yoxud diskida yoriq bo'lsa harakat taqiqlanadi. Shuningdek, salon ichidagi yoritish chiroqlari ishlamasa ham harakat taqiqlanadi. Transport vositasini ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan ko'zda tutilmagan tovush singnallari (vozdushka) o'rnatish ham qoidaga xilof sanaladi. Bundan tashqari jamaot transportida haydovchiga salon ichidagi orqani ko'rsatuvchi ko'zgular o'rni, shakli hamda toifasi o'zgargan bo'lsa yoxud konstruksiyada nazarda tutilmagandek o'rnatilsa ham harakatlanishga ruxsat etilmaydi. Yangi tahrirdagi eng muhim o'zgarishlardan yana biri jamaot transport vositasida 2 ta yong'in o'chirish vositasi mavjud bo'lishi talab etilmoqda. Bu, albatta, transport, haydovchi va yo'lovchilar xavfsizligini ta'minlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Yig'ilishda muhokama etilgan ikkinchi - 2015 yil davomida "GPS" tizimi orqali aniqlangan qodiabuzarliklar bo'yicha korxonalarga yuborilgan xatlar ijrosi muhokamasiga oida masala yuzasidan gapirgan Hosil Xolmatov shahar yo'lovchi tashish tizimiga tatbiq etilgan transport vositalarini masofadan kuzatish tizimi - "GPS" tekkerlari tomonidan aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlar xususida kompaniya tarmoq korxonalari direktorlarining tasarruf bo'yicha o'rinbosarlari hamda harakat xavfsizligi bo'limi boshliqlariga kerakli ko'rsatmalar berdi.

Yig'ilish so'ngida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli ko'rsatma, muddati aniq belgilangan vazifalar hamda bildirilgan taklif va mulohazalarni inosbatga olgan kengaytirilgan yig'ilish bayonnomasi qabul qilindi.



Muxtasar aytganda, yangi tahrirdagi "Yo'l harakati qoidalari" 186 banddan iborat bo'lib, yo'llarda harakatlanishda haydovchi, yo'lovchi va piyoda havfsizligini ta'minlashga xizmat qiladi. Bu borada "Toshshahartransxizmat" AKning maxsus buyrug'i qabul qilinb, ishchi komissiya faoliyat boshladi. Ahamiyatlisi, yangi qonun va qoidalar muntazam targ'ib-tashviq qilinmoqda. Ular faqat ezgulikka xizmat qilishi shubhasiz.

Adabiyotlar

  • http://tshtx.uz/index.php?option=com_k2&view=item&id=343:yangi-yo-l-harakati-qoidalari-tartibi-piyoda-yo-lovchi-va-haydovchi-xavfsizligini-ta-minlashga-xizmat-qiladi&Itemid=1049&lang=uz

  • http://www.uzavtoyul.uz/uz/post/avtomobil-transporti-sohasidagi-qonunchiligini-takomillashtirish-holati-va-istiqbollari-mavzusidagi-konferensiya-ishchi-guruhi-yigilishi.html

  • https://kun.uz/uz/news/2017/05/03/uzbekistonda-transport-vositalari-ucun-angi-havfsizlik-talablari-tasdiklandi

Download 24,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish