Mustaqil ish fakultet: Tabiiy fanlar Yo‘nalish: Biologiya o‘qitish metodikasi Guruh: 18/1 Fan: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati Topshirdi: Abdurashidova. M. J tekshirdi: Hojiyev. R. B mavzu



Download 61,02 Kb.
Sana17.12.2019
Hajmi61,02 Kb.
#30747
Bog'liq
ustuvor


  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi

Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti

MUSTAQIL ISH

Fakultet: Tabiiy fanlar

Yo‘nalish: Biologiya o‘qitish metodikasi

Guruh: 18/1

Fan: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.

Fuqarolik jamiyati

Topshirdi: Abdurashidova.M.J

Tekshirdi: Hojiyev.R.B

Mavzu: O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”ning maqsadi.

Reja:

1. O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” haqida umumiy tushuncha.

2. O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”ning maqsad, vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari.

3. Harakatlar strategiyasining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha olib borilayotgan amaliyotdagi ishlar.

4. Xulosa.

1. O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” haqida umumiy tushuncha.

Mamlakatimizda mustaqillik yillaridayoq amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Xalqimizning mustaqillikga erishgan yillarida bunday buyuk islohotlar albatta, O‘zbekiston Respublikasining muhtaram birinchi prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan, Milliy g‘oyamiz va asosiy tamoyillar negizida rivojlana boshlangan va hozirgi kungacha qilinayotgan barcha salmoqli islohotlarning poydevori bo‘lib kelmoqda.

Har bir davrning o‘z taraqqiyot bosqichlari bo‘lgani kabi, 2016-yil xalqimizning yana bir yangi taraqqiyot yo‘li eshiklari ochildi.2016-yil 4-dekabrda mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘ib o‘tdi. Yuksak saviyada bo‘lib o‘tgan saylovda, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod sifatida ishtirok etgan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev saylovchilar umumiy sonining 88,61% ovozini olib g‘olib bo‘ldi. Demokratik talablarga to‘liq mos tarzda, milliy saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar doirasida ochiq va oshkoralik bilan saylov bo‘lib o‘tdi. Aynan shu saylovda butun o‘zbekiston xalqi o‘zining buyuk siyosiy irodasi, huquqiy madaniyatini namoyon etib, mamlakatimizning istiqboldagi taraqqiyoti, xalqimizning yorug‘ kelajagi, farovon hayoti uchun ongli ravishda ovoz berdi.

2016-yil 14-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishi tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi. O‘z nutqida davlatimiz rahbari yaqin va o‘rta istiqbolda mamlakatimiz oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifalarga atroflicha to‘xtalib o‘tdi.Prezidentimiz o‘z nutqida “ Bizning vazifamiz – to‘plangan tajriba va ilg‘or xalqaro amaliyotga suyangan holda, o‘zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni qat’iy amalga oshirishdan iborat. Shu borada yaqin va o‘rta muddatga belgilangan marralarga erishish uchun qat’iyat bilan harakat qilishimiz zarur. Shu maqsadda 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini ishlab chiqish yaqin kunlarda yakunlanadi”.1 Prezidentimizning bevosita rahbarligi ostida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturini ham o‘z ichiga oladigan mazkur keng ko‘lamli dasturiy hujjat har tomonlama puxta ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yich harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi 2017-yil 7-fevralda imzolangan Farmoniga muvofiq, uni hayotga joriy etish bo‘yicha qonuniy tamoyil va mexanizmlar tasdiqlandi.

“ Strategiya “- biron-bir yutuq maqsadga erishish yo‘lida tuzilgan va u asosida harakat qilinadigan reja va qoidalar to‘plamidir, shuningdek, dunyo miqiyosida va davlat ichki hayotida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hamda boshqa sohalarda vujudga kelgan inqiroziy vaziyatlarni pragnozlashtirish va bartaraf etishga qaratilgan boshqaruvchilik tashkil etish masalalariga doir tushunchalarni qamrab oladi.2

Mamlakatimizni yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasining asl mohiyatida, xalqimizning orzu-umidlari yog‘irilgan g‘oyalardan tashkil topgan milliy mafkuraning ifodasi yotadi.

Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga ko‘ra, har bir xalq o‘z oldiga ulug‘ va istiqbol maqsadlarni qo‘yishi hamda uni amalga oshirish salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallaydi. Bugun O‘zbekiston ham o‘z tarixining ana shunday mas’uliyatli chorrahasida turibdi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Binobarin, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar starategiyasi istiqbolimiz taqdirini hal etuvchi muhim va yangi davr bosqichini ifodalovchi milliy g‘oyaga aylanmoqda.

Strategiyani amalga oshirish eng mas’uliyatli jarayon. Agar u real vaziyatni to‘liq qamrab olgan yaxlit va bir butun reja bo‘lsa, uning muvaffaqiyati ta’minlanadi. Davlatimiz strategik rejalari aniq va o‘zgarmas tamoyillarga bo‘ysundirilishi muhim. Ular islohotlarning bir maromda, izchil yo‘nalishini ta’minlashga xizmat qiladi. Jumladan, rahbar o‘z vazifalarini amalga oshirishida turli ilmiy sohalardagi ma’lumotlar va xulosalar bilan qurollanmog‘i, bundan tashqari, qo‘yilgan vazifalar yechimini topishda individual va kreativ yondashuvlarni tashkil etishi lozim. Mazkur tamoyillar oldin qabul qilingan qarorni o‘zgartirish ehtimoli yoki o‘zgaruvchan vaziyatdan kelib chiqib, qayta ko‘rib chiqish imkoniyatini berishi zarur.

Strategik dastur va rejaning uyg‘unligi hamda turli darajadagi qarorlarning mustahkam bog‘liqligi strategik muvaffaqiyatning kafolati. Mazkur birlik davlat organlarning strukturaviy bo‘g‘inlarida strategik harakatlarni birlashtirish, barcha funksional bo‘lim rejalarining kelishuvi bilan ta’minlanadi. Ayni paytda strategiyani amalga oshirish imkoniyatlarini tug‘diradi. Strategik boshqaruv jarayonida dastur va rejani amalga oshirish uchun tashkiliy va huquqiy sharoitlar yaratilishi lozim. Mazkur tamoyillar hokimiyat organlari faoliyatidagi ijro intizomining past sur’atlariga, shaxsiy mas’ulyatsizligiga barham beradi. Kadrlar layoqati darajasini oshirishni talab qiladi, murakkab va chigal ish tartiblarini soda hamda tezkor yondashuvlar bilan o‘zgartirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, strategik yo‘nalishlarni aniq va puxta ishlab chiqishni belgilab beradi.

Mamlakatimiz strategiyasi nafaqat ichki va tashqi siyosatdagi islohotlar sari tashlangan qadamda, balki, eng avvalo, davlatning xalqqa, xalqning davlatga bo‘lgan munosabatini o‘zgarayotganligida namoyon bo‘lmoqda. Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qat’I nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi bo‘lib yashashi davlatning bosh maqsadi sifatida strategik yo‘nalishlar belgilanmoqda. Ular , avvalo, rivojlantirilayotgan ijtimoiy sohalarda o‘z ifodasini topmoqda. Yoshlarga munosib ta’lim berish, zamonaviy kasb-hunarlar bilan qurollantirish, aholining salomatligini ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar, boquvchisini yo‘qotganlar, yolg‘iz keksalar, umuman, ko‘makka muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash davlatimiz rahbarining 2018-yil 28-dekabri kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida o‘z tasdig‘ini topdi.3

XXI asrda inson va insoniyat taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan global muammolardan kelib chiqib rivojlantirishni davrning o‘zi taqazo etmoqda. Bu, bevosita jamiyatning barcha sohasi va yo‘nalishlarini qamrab olgan yalpi yangilanishlarni talab qilayotgan hayotiy ehtiyojdir. Prezident SH.M.Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi bugungi kunda mamlakatimiz oldida turgan buyuk maqsadlarga yetish, ulkan vazifalarni hal etishda dasturulamal vazifasini bajarmoqda.

Xalqimizning o‘ziga xos jihati shundaki, u adolatga, murosaga, ochiqko‘ngillik va samimiy munosabatga moyil xalqdir. U faol va ongli boshqarish orqali yangidan-yangi imkoniyatlarni namoyon qila oladigan, o‘zining yuksak ma’naviy-ahloqiy, ma’rifiy-ruhiy va intellektualsalohiyatini ko‘rsata oladigan bunyodkor xalq. Ayni ana shu kayfiyat, xalq fe’l-atvori, milliy ruhiyat ochiq jamiyat qurilayotganini, xalq bilan davlat o‘rtasidagi munosabatni sog‘lom va o‘zaro ishonchli, aniq maqsad va umummilliy manfaat asosida qurilayotganini katta mamnuniyat bilan qabul qilishi lozim.

Ana shunday ijobiy hayotbaxsh ma’naviy-ruhiy vaziyat tobora chuqurlashib borayotgani sayin jamiyatda ulkan taraqqiyotga, sifat jihatidan yangilanishlarga va O‘zbekistonning buyuk kelajagini yaratishga qaratilgan amaliy harakatlarimiz ham kuchayib borishi yo‘lida Harakatlar strategiyamizning ustuvor yo‘nishlari va bu yo‘nalishda qo‘yilgan maqsad sari vazifalarni to‘la ado etishga qaratilgan.

Xalqimiz va jamiyatimizda ijtimoiy ongning o‘zgarishi bilan ijtimoiy munosabatlar orqali mamlakatimizda barcha sohalar ham rivojlanib boradi. Fuqarolar qanday ezgu amallar ma’rifati bilan qurollangan bo‘lsa, ana shu ruhiy qudrat istaklarining hosilasini oladi. Bu jarayon Ulkan to‘lqin sifatida millatning mushtarak maqsadlarida namoyon bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasida yangilanishlar strategiyasining zamon talablariga mos va uzoqni ko‘zlagan, aniq maqsadlarga tayangan taraqqiyot davri boshlanmoqda, deb aytishga har tomonlama xaqlimiz. Mamlakatimiz tarqqiyot rivojlanish yo‘liga erishishda strategiyamizda belgilangan asosiy maqsad va shu maqsad yo‘lidagi ulkan vazifalarni barcha ustuvor yo‘nalishlarimizda ko‘rishimiz mumkin. Barcha qilinayotgan yuksalish va yangilanishlar, biz ko‘rib o‘tadigan barcha ustuvor yo‘nalishdagi amaliy ishlar barcha-barchasi albatta, xalqimizning talba va ehtiyojalaridan kelib chiqqan holda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham O‘zbekiston respublikasinin yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining asosiy maqsadlari bu, albatta:


  • Qilinayotgan islohatlar, har bir katta va kichik sohdagi yangilanishlar xalqimiz va aholi uchun qulay hayot sharoitlarini yaratish, shu borada xalqimiz orzu-umidlari, intilishlari davlat timsolida gavdalanishi;

  • Zamonaviy kadrlar tayyorlash orqali har bir sohaga zamonaviy texnologiyalar jalb qilish, iqtisodiy, siyosiy barqarorlikni ta’minlash va mana shu bilimli kadrli, yetakchi rivojlanayotgan sohalar orqali O‘zbekiston Respublikasini butun dunyo davlatlariga tanitish, mavqeyini ko‘tarishdan iborat.

O`zbekiton Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha qo’yilgan maqsad va mana shu maqsad yo`lidagi vazifalar har bir ustuvor yo`nalishda keltirib o’tilgan.

2. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining maqsad, vazifalari va bosh yo‘nalishlari.

Harakatlar strategiyasining bosh maqsadi – mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan , mamalakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iborat.

Mamlakatimizda mavjud bo‘lgan barcha sohalarni har tomonlama rivojlantirishdagi, xalqimizga barcha sohalarda qulay sharoitlar yaratishdagi bosh maqsadga erishish yo‘lida Harakatlar strategiyasining 5 ta ustuvor yo‘nalishlari belgilangan. Bu ustuvor yo‘nalishlar, mamlakatimiz rivojlanishida qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab beradi va albatta, bosh maqsadga erishish uchun zamin yaratadi.



Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari va shu yo‘nalishlar asosidagi qo‘yilgan maqsad va vazifalar:

1-yo‘nalish. Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari. Bunda, demokratik islohatlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruv tizimini isloh qilish, davlat xizmatini tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati va mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy ahborot vositalari rolini kuchaytirish kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi, shuningdek, davlat boshqaruv tizimini liberallashtirish va bundagi har xil to‘siqlarni kamaytirish, davlat boshqaruvida keng jamoatchilikning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha aniq g‘oyalar ilgari surilgan. Ochiq jamiyat qurish, davlat va fuqaro munosabatlarini mustahkamlash va natijada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida muhrlab qo‘yilganidek.

- Davlatning yagona va birdan-bir manbai xalq ekani, davlat xalq manfaatlarini himoya qilishi, ayni paytda xalq o‘z maqsad va intilishlarini, orzu-umidlarini davlat timsolida ko‘rishi kabi muhim qoidalarni to‘liq amalga oshirish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.

2-yo‘nalish. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari. Bunda, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘la qonli joriy etish, yuridik yordam kabi bandlarni o‘z ichiga oladi. Bu yo‘nalishdagi asosiy maqsad va vazifalari: Sudlarning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish ustuvor vazifalarini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash, qonun ustuvorligiga erishish orqali inson manfaatlarini himoya qilish, qabul qilingan barcha qonunlarning to‘la va samarali ishlashi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, oliy sud faoliyatini isloh qilish, uning zamonaviy, hozirgi kun talablari asosida ishlaydigan tizimini vujudga keltirish borasida yangi g‘oyalarni tatbiq etish, eng muhimi, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etmasligi choralarini ko‘rish, profilaktika tizimini yanada chuqurlashtirish va samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish, sud-huquq tizimida qonuniylikni mustahkamlash, qonunlarga rioya qilish va qonun ustuvorligiga erishish orqali sud va sudlovning yuksak madaniyatiga erishish, yurudik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimi takomillashtirish orqali sud-huquq organlarini mexanizmlarining yuqori saviyada ishlashini ta’minlash kabi ustuvor maqsad va vazifalar ilgari surilgan.

3-yo‘nalish. Iqtisodiyotni rivojlantirish va leberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari. Bunda, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish asosiy maqsad hisoblanadi.

Bundan tashqari, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshligini oshirish, mamlakat eksport salohiyatini kuchaytirish vazifalari qilib qo‘yilgan. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, tuproq unumdorligini va ekinlar hosildorligini oshirish, yangi va xaridorgir mahsulotlar yetishtirish orqali jahon bozoriga chiqishning yangi yo‘nalishlarini joriy etish nazarda tutiladi. Iqtisodiyotda davlat o‘rnini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish, mulkka egalik qilish va uning hajmini oshirish orqali yuqori samaradorlikka erishish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, viloyat, tuman va shaxarlarni ularning tabiiy-geografik imkoniyatlar, yer sharoiti va dehqonchilik madaniyatini nazarda tutgan holda, hududiy ehtiyoj va manfaatlar nuqtai nazaridan iqtisodiy rivojlantirish choralarini ko‘rish maqsad etib belgilangan.



4-yo‘nalish. Ijtimoiy sohani rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlari. Bunda, aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, jumladan, mehnatga layoqatli aholi qatlami uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat faoliyatini yangi shakl va turlarini joriy etish nazarda tutilgan. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini yanada chuqurlashtirish masalalari bosh vazifalardan biriga aylangan. Shuningdek, aholini arzon uy-joylar bilan ta’minlash, hayot sharoitlarini yaxshilash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni modernizatsiya qilish orqali uzoq istiqbolga mo‘ljallangan va munosib turmush darajasini ta’minlaydigan yuksak madaniyatli yashash sharoitiga erishish chora-tadbirlarini ko‘rish eng muhim vazifa qilib qo‘yilgan. Ijtimoiy sohani rivojlanishidagi bosh maqsadlardan biri albatta, ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohasini rivojlantirish, har tomonlama barkamol, yetuk inson-yuqori malakali mutaxasislarni tarbiyalashdir. Bu esa yoshlarga oid davlat siyosatini butun chora-tadbirlar bilan takomillashtirishga bog‘liqdir.

Talim-tarbiya bilan bir qatorda, madaniyat, san’at, adabiyot, sport sohalarini rivojlanishi, mana shu sohadagi barcha shart-sharoitlarni mukammal tarzda yaratilishi yosh avlodning yuksalishiga olib boruvchi yana bir yo‘l ochadi.



5-yo‘nalish. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari. Asosiy maqsadlaridan, davlatimiz mustaqilligi va suverenitetni mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlashdan iborat.

130 dan ziyod millat va elat vakillari yashayotgan O‘zbekistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, o‘zaro ishonch, bir-birini tushunish, turli e’tiqod va madaniyatlarni hurmat qilish singari bag‘rikenglik fazilatlarini yanada chuqurlashtirishning ahamiyati kata.

Mamlakatimizning tashqi siyosati, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek, davlatlarning suverenitetini, hududiy yaxlitligini hurmat qilish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan taxdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligini saqlash, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoida va normalariga asoslanib, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat olib borish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni ishlab chiqish muhim vazifa qilib qo‘yilgan.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning yuqorida keltirilgan 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi o‘tgan 25 yil davomida mamlakatimiz erishgan ulkan yutuqlar, tarixiy tajribalarni umumlashtirib, hozirgi kunda davrning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan dolzarb masalalarni hisobga olib, keyingi 5 yilga va undan keyingi davrga mo‘ljallangan tarixiy taraqqiyotning yangi ustuvor yo’nalishi belgilandi.



3. Harakatlar strategiyasining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha olib borilayotgan amaliyotdagi ishlar.

I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimi takomillashtirish.

  • Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda oliy majlis palatalari, siyosiy partiyalarning roli borasida.

Qonunlarda binoan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutlaq vakolatlari quyidagilar etib belgilangan:

  • konstitutsiya va qonunlar qabul qilish , ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;

  • O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish;

  • davlatning strategik dasturlarini qabul qilish;

  • qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari tizimi va vakolatlarini belgilsh;

  • boshqaruv tarkibida yangi davlat tuzilmalarini tashkil qilish va ularni tugatish haqidagi qarorlarni tasdiqlash;

  • boj, valyuta va kredit, ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish;

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ilgari surgan-“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilshi kerak” prinsipini ilgari surgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining joylarda ishlarning holatini o‘rganish va xalq bilan muloqat qilishga doir faoliyatini tubdan takomillashtirishga oid Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma qarori loyihasini ishlab chiqish, unda hududlarda saylangan deputat va senatorlar har oyda 10-12 kun davomida bir tumanda bo‘lib, davlat hokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib, tahlil qilishi, tegishli rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari Kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritishi hamda tegishli xulosalar berishi, shu tumandagi barcha ko‘rilgan masalalarni tegishlicha hal qilishi lozimligi belgilangan.

Harakatlar strategiyasida aholining senatorlar va deputatlar bilan o‘zaro munosabatlarini, Oliy Majlisning xalq bilan muloqatini takomillashtirish maqsadidaElektron parlamenttizimi joriy etish va shu asosida , mahalliy vakillik organlari bilan o‘zaro muloqoti va aloqalarini kuchaytiriradi, ular bilan electron hamkorlik tizimining shakllanishiga shart-sharoitlar yaratadi. Elektron parlament, shaklidagi ahborot-kommunikatsiya vositalari parlament palatalari va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni bog‘lab turuvchi vosita vazifasini bajaradi va aholiga har tomonlama qulaylik yaratadi.



- Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish borasida, xalq bilan samarali muloqot mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2017-yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi. Bundan maqsad, mamlakatimizdagi demokratlashtirish jarayonlari samaradorligi va sifatini tubdan yaxshilash, davlat idoralarini mas’ulyatini kuchaytirish, xalq bilan ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yish ilgari surilgan. Xalq qabulxonalarining barcha hududlarda ish boshlagani, xalq bilan keng miqiyosda muloqot olib borilayotgani davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiq-oshkoraligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga jami kelib tushgan murojaatlar 2017-yil 24-yanvar holatiga ko‘ra 409 mingni tashkil etgani portalning jamiyat hayotida o‘z o‘rni borligidan dalolatdir.



II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish borasida.

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘grisida”gi PF-4966-son Farmoniga ko‘ra, amaldagi sud kotibi lavozimi tugatilib, sudlarning tuzilmalariga sudya katta yordamchisi, sudya yordamchisi lavozimlarining kiritilishi kelgusida sudyalarni odil sudlov bilan bevosita bog‘liq bo‘magan vazifalardan ozod qilishiga hamda sudyalar zaxirasining shakllanishiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “Sud-huquq yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonda Harakatlar strategiyasini “ Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturida 2017-yil 3-chorakda sudlar faoliyatiga zamonaviy ahborot-kommunikatsiya texnalogiyalarini joriy qilish bilan, sudyalarda o‘z vaqtida elektron tarzda ahborot almashuvini ta’minlovchi korporativ aloqani joriy etish sud qarorlarining ahborot-huquqiy elektron bazasini yuritish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda.4

O‘zbekiston respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga qilingan murojaatlar va ularning tezkor va samarali hal etilishi, jamiyatimizda murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha qisqa davr ichida mamlakatimiz hududining eng olis joylaridan tortib, poytaxtimiz Toshkent shahrigacha turli-tuman masalalarda yig‘ilib qolgan muammolar tezkorlik bilan hal etilmoqda. Bu borada 2017-yil 20-fevraliga qadar Vertual qabulxonaga jami 509122 ta murojaat qilingani va bugungi kunda ushbu murojaatlardan 436408 tasi ko‘rib chiqilgan.

Harakatlar strategiyasida jinoyat sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirishga oid, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun-hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishi nazarda tutilgan bo‘ib, unga ko‘ra:


  • qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llash, shuningdek, dastlabki tergovning eng kam muddati 1yildan 7 oyga qisqartiriladi;

  • jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga qisqartiriladi;

  • sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamog‘I tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad etilganida muqobil ehtiyot choralarini qo‘llash huquqi beriladi;

  • tergovning to‘iq emasligini sud muhokamasi jarayonida to‘ldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qo‘shimcha tergov yuritishga qaytarish instituti bekor qilinadi.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida, bugungi kunda mamlakatimizda diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish borasida yetarli tajriba va huquqiy baza shakllangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonuni, 2004-yil 26-avgustdagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishgava terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi, shuningdek, mamlakatimizda BMTning transmilliy uyuhgan jinoyatchilikka qarshi konventsiyasi ratifikatsiya qilindi.5

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek - “ Hech kimda zarracha shubha bo‘masligi kerak- mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligiga xavf tug‘diradigan ichki va tashqi kuchlarning har qanday harakatlariga, har qanday urinishlariga qat’iy va munosib zarba beriladi”.

Davlat organlarining yuridik faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida 2017-yil 19-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2733-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash, ularning hodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va malakasini oshirish bo‘yicha maxsus vakolatli organ etib belgilanib, vazirlik tizimida qo‘shimcha 5 ta boshqaruv hodimi shtat birliklarini ajratish yo‘li bilan Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Pespublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida esa, qo‘shimcha 14 ta boshqaruv hodimi shtat birliklarini ajratish yo‘li bilan tegishli shu’balar tashkil etilishi mustahkamlab qo‘yildi.6

III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari borasida.

-Iqtisodiy tashqi hamkorlikni rivojlantirish borasida, bugungi globallashuv jarayonlari jadallashayotgan sharoitda mamlakat iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o‘zgarishga ta’sir ko‘rsatadigan sohalardan biri- bu, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro moliya bozori institutlari bilan aloqalarni kengaytirishni talab etmoqda. Xalqaro moliyaviy institutlar pul mablag‘larini jalb qilish orqali moliyalashtiriladigan investitsiyaviy loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, shu qatorda:



  • 2016-2020-yillar davomida 27 ta loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki kreditlarini jalb etish;

  • 2017-2019-yillar davomida 20 ta loyihani amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki kreditlarini jalb qilish;

  • 2017-2019-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish.7

-2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investitsiyaloyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 barobar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6% dan 36% ga, qayta ishlash tarmog‘I ulushi 80% dan 85% ga oshadi.

Jami xarajatlar uchun 37687,8 milliard so‘m va 8349,3 million AQSH dollari ajratilgan.

Mamlakatimizda 2016-yil yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulot 7,8 % ga o‘sganligi, sanoat mahsuloti hajmlari-6,6 % ga, qurilish ishlari- 12,5 %, chakana savdo aylanmasi- 14,4 % ga, xizmatlar- 12,5 % ga o‘sganligi, tashqi savdo aylanmasining ijobiy sal’dosi ta’minlanganligini ko‘rsarib o‘tishimiz mumkin.

2016-yilda iqtisodiyotga 16,6 milliard AQSH dollardan ko‘p investitisiya kiritildi, bu 2015-yilga nisbatan 9,6 % ga ko‘pdir. O‘zlashtirilgan Chet el investitsiya va kreditlari hajmi esa 13 % ga o‘sib, 3,7 milliard dollardan ziyod bo‘ldi.

Bundan tashqari, hududlarni ijtimoi-iqtisodiy rivojlantirish hududiy dasturlari doirasida 2016-yilda 28 mingdan ko‘p loyiha amalga oshirildi.

2017-yilda umumiy qiymati 1 milliard dollarlik 145 ta ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirildi:



  • meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash sohasida 147 million dollarlik 63 ta loyiha;

  • rangli va qimmatbaho metallarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha 217 million dollarlik 6 ta loyiha;

  • kimyoviy hom ashyolarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha 25 million dollarlik 2 ta loyiha;

  • uglevodorod hom ashyolarni qayta ishlashni chuqurlashtirish bo‘yicha 342 million dollarlik 6 ta loyiha;

  • tayyor charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha 6 million gollarlik 9 ta loyiha; farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirishga yo‘naltirilgan 24 million dollarlik 7 ta loyiha;

  • qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo‘yicha 151 million dollarlik 29 ta loyiha Sanoatni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash loyihalari,shuningdek, 2015-2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini kamaytirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturining hayotga samarali tatbiq etilishi natijasida respublika YaIM ga sarflanadigan energiya sarfini 7,4 %, hamda yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini esa o‘tgan yilga nisbatan o‘rtacha 10,6 % ga kamaytirishga erishildi.

Yurtimiz eksportchilarning tashqi bozordagi o‘rnini saqlash hamda mamlakatning salohiyatini kuchaytirish maqsadida xorijga mahsulot yetkazib berish hajmini ko‘paytirish, eksport qilinadigan mahsulotlar turi va geografiyasini diversifikatsiya qilish, eksport faoliyatiga yangi korxonalarni jalb etish ishlari davom ettirildi.

2016-yil davomida yana 877 ta korxona eksport faoliyatiga jalb etildi, mahalliy mahsulotlarni chetga yetkazish geografiyasi 60 ta yangi bozorga ko‘paydi. Xususan, Birlashgan Arab Amirliklari, Livan, Iordaniya, Iroq, Gana, Senegal, Somali, Nigeriyaga yengil avtomobillar, Shvetsiya, Ruminiya, Bolgariya,Turkiya, Indoneziya, Moldova va Ozarbayjonga mineral o‘g‘itlar, Belarus, Ozarbayjonga sport poyabzallari, Polsha, Janubiy Koreyaga charm buyumlar va boshqa mahsulotlar eksport qilindi.

Keyingi yillarda qishloq joylarda aholi uchun namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. 2009-2016-yillarda qishloq joylarda 1308 turarjoy massivida umumiy maydoni 9 573 ming kvadrat metr bo‘lgan 69 557 ta shinam uy-joylar qurildi. Qishloqlardagi 83,5 mingdan ortiq oilaning yashash sharoiti yaratildi. Mamlakatimiz hududidagi ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish va hosildorlikni oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini sezilarli darajada oshishiga olib keladi. Harakatlar strategiyasida 2017-yilning o‘zida paxta ekin maydonlarini 49 ming gektarga va g‘alla maydonlarini 10 ming gektarga qisqartirish hisobidan qisqartirilgan ekin maydonlarining :


  • 8,1 ming gektariga kartoshka;

  • 27,2 ming gektariga sabzavot;

  • 5,9 ming gektariga intensiv bog‘;

  • 2,9 ming gektariga tokzor;

  • 10,9 ming gektariga ozuqa ekinlari;

  • 4 ming gektariga moyli ekinlarni joylashtirish ko‘zda tutilgan8.

-Chorvachilik tarmog‘ini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish butun agrar tarmoqni rivojlantirish strategiyasining muhim qismidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yili 29-dekabrdagi PQ-2460-son “2016-2020-yillar davrida qishloq xo‘jaligini isloh qilishni chuqurlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida 2016-2020-yillarda qoramollar sonini 3 165 ming boshga, qo‘y va echkilar sonini 4 281 ming boshga va parrandalar sonoini 31 200 mingtaga oshirish vazifalari belgilangan. Muhtaram Prezidentimiz qishloq xo‘jalidini rivojlantirishga alohida e’tibor berib, -“Yaqin kunlarda 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish yakuniga yetkaziladi. Asosiy e’tibor eksportga yo‘naltirilgan meva-sabzavot va oziq-ovqat hamda chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishga, shuningdek, kichik ishlab chiqarish shohobchalarini tashkil etish va sevis xizmatlari ko‘rsatishga qaratiladi “ deb ta’kidlaganlar.

Xarakatlar strategiyasida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini rivojlantirish, ulrning xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlash, suv resurslaridan oqilona va tejamli foydalanish va shu asosda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish barqarorlashadi.

Keyingi yillarda respublikamizning bir qator hududlarda ekinlarni sug‘orishning yangi texnologiyalari sinovdan o‘tmoqda va qo‘llashga tavsiya etilmoqda. O‘zbekiton Respublikasining “2013-2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturi “ ga muvofiq 2013-2017-yillarda jami 104 600 gektar maydonga sug‘orishning zamonaviy usullarini joriy etish ko‘zda tutilgan.O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining ma’lumotlariga qaraganda, respublikamizda 2011-2015-yillarda jami 47356 gektar ekin maydonlarida tomchilatib sug‘orish, 19 214 gektarda egatga polietilen plyonka to‘shab sug‘orish, 18 418 gektarda ko‘chma egiluvchan quvurlar orqali sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek: -“ Qishloq xo‘jaligini isloh qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari, hech shubhasiz, biz uchun eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Eng avvalo agrosanoat kompleksi va uning lokomotivi, ya’ni, harakatga keltiruvchi kuchi bo‘lgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini izchil rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi “.

Mamalakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining barqaror sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda moliyaviy jihatdan ko‘maklashish, jumladan, kreditlar ajratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, mamlakatimizda 2016-yilda iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan kreditlarning umumiy hajmi 2015-yilga nisbatan 25,1 % ko‘payib, 2017-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, 53,4 trillion so‘mga yetdi. 9

Bank tizimi tomonidan amalga oshirilgan qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi 2015-yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘payib, 2017-yilning 1-yanvar holatiga 15,9 trillion so‘mga yetdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan, 2017-2021-yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada kelgusi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 barobar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 % dan 36 % ga, qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 % dan 85 % ga oshadi.10

Harakatlar strategiyasida belgilangan O‘zbekiston Respublikasining viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish, hududlarda aholining o‘zgarib borayotgan ehtiyojlarini to‘la qondirishga erishish, hududiy korxonalar faoliyatiga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etish, iqtisodiy rivojlanishning keng ko‘lamli loyihalarni amalga tatbiq etish maqsadlari qo‘yilgan. IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari borasida.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida, byudjet muassasalari hodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyatsiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish bo‘yicha, byudjet muassasalari hodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni asosida keng oshirib boriladi. Xususan, Prezidentning 2016-yil 22-avgustdagi PF-4822-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” gi Farmoniga asosan, 2016-yilning 1-oktabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:



  • ish haqi- oyiga 149 775 so‘m;

  • yoshga doir pensiyalar- oyiga 292 940 so‘m;

  • bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa- oyiga 292 940 so‘m;

  • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa- oyiga 179 755 so‘m qilib belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 6-son, 73-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi “ Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-2753-son qarori11 qabul qilindi. Mazkur qarorga asosan, 2017-yilning fevral oyidan boshlab:

  • barcha turdagi pensiyalar butun mamlakat hududida hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd shaklda beriladi;

  • 58 ta tog‘li va olis tumandagi byudjet tashkiloti hodimlariga ish haqi to‘lash, ijtimoiy to‘lovlar hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd shaklda amalga oshiriladi;

  • Oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiyalarning kamida 50 %i naqd shaklda betriladi.

Milliy mehnat bozorining e’tiborga molik, o‘ziga xos xususiyatlaridan, aholining asosiy qismini yoshlar tashkil etishi, 700 mingdan ortiq ishsizlarning, shuningdek, ishchi kuchining talab va taklifi bo‘yicha nomutanosiblikning mavjudligi, ayrim tumanlarda ishsizlik va norasmiy sektorda ish bilan bandlikning yuqori darajasi kuzatiladi. Bunday holat bandlikka ko‘maklashishning faol siyosat choralarini amalga oshirish, ya’ni, ish o‘rinlarini yaratish, avvalo, yoshlarni va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalarini ish bilan ta’minlash chorasini ko‘rish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Mehnat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilda Bandlikka ko‘maklashish markazlariga ish so‘rab murojaat qilganlarning 93,2 %i ishga joylashtirilgan. 2017-yilda kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarining 508,8 ming nafar bitiruvchisini ishga joylashtirilgan.12

Respublikamizda ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan, tog‘li, chegara oldi hududlarda joylashgan, ijtimoiy soha yetarli darajada rivojlanmagan 34 ta tuman mavjud. 2017-yilda shu tumanlarda 46.8 mingta ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilgan. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ijtimoiy sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratib: -“Aholini ish bilan ta’minlash biz uchun nafaqt iqtisodiy, ayni paytda katta ijtimoiy ahamiyatga egadir. Hokimliklar, vazirlik va idoralar, ish beruvchi tashkilotlar bilan bir qatorda bank muassasalarini ham bu ishga yanada faol jalb etilishi kerak. Aholi bandligini hal etishda turizmni rivojlantirish bo‘yicha katta imkoniyatlarni ham ishga solishimiz lozim”- deb ta’kidlaganlar.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi nutqida –“Bugungi kunda Davlat byudjetining qariyb 60 %i ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. 1991-yilga taqqoslanganda, aholining real daromadlari 12 barobardan ziyod ko‘paydi, ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar salmoqli darajada oshdi. O‘zbekistonda 2010-2015-yillar mobaynida keksalar va pensiyonerlar uchun mo‘ljallangan 12 ta Sahovat va Muruvvat internet uylari moddiy-texnika bazalari, 14,6 ming yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarning turarjoy sharoitlari yaxshilandi, 5,4 ming odam reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlandi, 6,4 ming nogiron va pensioner sanatoriyalarda sog‘liqlarini tiklashdi. Ko‘rsatilgan tibbiy-ijtimoiy yordimning umumiy hajmi 132,2 milliard so‘mni tashkil etdi”.13

- Keksa yoshdagi aholi salomatligini tiklash va ularga sifatli tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yanada samarali tashkil etish maqsadida 2017-yilda mamlakatimiz hududlarida ijtimoiy muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks choralar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan jami 49 milliard 312 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Fuqarolarning dam olish, sog‘liqni qayta tiklash, sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini oshirish uchun infratuzilmani yaxshilash va jihozlash uchun 2017-2018-yillar davomida jami 49,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, mamlakatimiz bo‘yicha sanatoriyalar, yoshalr markazlari, suzish xavzasi, o‘yingohlar, stadion, madaniyat va sport majmuasi barpo etilishiga yo‘naltirildi.

2016-yil – “ Sog‘lom on ava bola yili” Davlat dasturi doirasida mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunlari bilan jihozlash uchun 80 million dollar qiymatidagi kredit va grant mablag‘lari yo‘naltirildi. Davlat dasturida belgilangan tadbirlar bo‘yicha 9 millionga yaqin farzand ko‘rish yoshidagi ayollar va 10 millionga yaqin bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lomlashtirildi.

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish xalq manfaatlarini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. Aynan shu sohani rivojlantirish hamda kompleks chora-tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 5-yanvar va 7-fevral kunlari sog‘liqni saqlash sohasini bir guruh yetakchi mutaxasislari bilan uchrashdi.

Harakatlar strategiyasiga muvofiq, 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 1200 ta maxsus avtotransport bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.

Sog‘liqni saqlash tizimini birlamchi bo‘g‘ini bo‘lgan qishloq vrachlik punktlarining muntazam faoliyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida ularning vrachlariga ish joyi yonidagi hududlarda uy-joylar qurib berish, qishloq vrachlik punktlarining moddiy-texnik bazasini kuchaytirish hamda ularning malakali kadrlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Harakatlar strategiyasi doirasida 2017-2021-yillarda 220 million so‘m evaziga ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalarining kuchi bilan tog‘li, cho‘l, va boorish qiyin bo‘lgan hududlarda , shuningdek, alohida e’tibor talab etiladigan tumanlarda aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, ekologik jihatdan noqulay mintaqalarda yashovchi (Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari, Qoraqalpog‘iston respublikasi) aholi uchun salomatlik poezdlari tashkil etildi.

2017-yil Investitsiya dasturi doirasida 519 350 million so‘m miqdorida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirish, davolash-profilaktika muassasasi, bolalar tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, qurilish, rekonstruksiya qilish, capital tamirlash va asbob-uskunalar bilan jihozlash ishlari ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tibbiyot sohasini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini yaratish doirasida quyidagilarga to‘xtalib o‘tgan -“ Tibbiy xizmat inson manfaatlarini ta’minlashning muhim omillaridan biridir. Tibbiyot hodimlari uyma-uy yurib, kasalliklarni profilaktika qilishi, sohadagi o‘zgarishlarni odamlar sezishi kerak. Buning uchun shifokorlarning madaniyatini, ma’naviyatini, mas’uliyatini oshirish, ishga va bemorlarga munosabatini o‘zgartirishi zarur” deb ta’kidlab o‘tganlar.

Yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy maydondagi faoliyatini yangi bir pog‘onaga ko‘tarish maqsadida 2004-yil O‘zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, siyosiy partiyalardan vakillik organlari hamda parlament deputatligiga nomzod ko‘rsatish jarayonida xotin-qizlar uchun 30 % li kvota joriy etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-son Farmoni 227-bandiga ko‘ra, ayollarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 1500 million so‘m miqdorda mamlakatimizning turli hududlarida yashovchi 2 ming nafar ehtiyojmanda oila ayollari elektr maishiy texnika jihozlari berish yo‘li bilan rag‘batlantirildi.14 “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirishga oid Davlat dasturida Kompleks tadbirlar ishlab chiqildi. Ularga ko‘ra, 2017-yilda aholiga qishloq joylarida yangi namunaviy lohihalar asosida 15000 ming taarzon uy-joylar quriladi. Buning uchun davlat byudjeti va aholining mablag‘lari hamda tijorat banklar kreditlari hisobidan 2121526,6 million so‘m sarflandi.

Shaharlarda esa aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash uchun namunaviy loyihalar asosida 191 ta arzon va qulay ko‘pqavatli uy quriladi va buning uchun aholi badal mablag‘lari va banklarning 897 100 million so‘m kreditlari ajratiladi.

2017-2018-yillar davomida yurtimizda 459 ta maktabgacha ta’lim muassasasi capital ta’mirlandiva zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi.

Ta’lim-tarbiya va tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini jadal rivojlantirish uchun 2015-2016-yillarda davlat byudjeti jami harajatlarining qariyb 60 %i yo‘naltirildi. Shu jumladan, ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishga 34,3 % mablag‘ sarflandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev yoshlarga berilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoniga alohida to‘xtalib, quyidagi fikrlarini bildirganlar - “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intelektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqiyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”, haqiqatdan ham yurtimiz va Yurtboshimiz ta’lim olayotgan yoshlarga to‘la qonli bilim olishi uchun ta’lim muassasalarini qulay shart-sharoitlar bilan ta’minlash, ta’lim jarayoniga ahborot-kommunikatsiya vositalari bilan ishlashni rivojlantirish, ta’lim beruvchi malakali, tajribali mutaxasislarni jalb qilish, bu barcha imkoniyatlar bo‘lajak yurtimiz kelajak istiqbollari, yosh intellectual kadrlar yetishib chiqishi uchundir.



Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida mutaxasislar fikrlari.

  • BOTIR MATMURODOV, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi:

-Davlatimiz rahbarining “ O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘grisida” gi Farmoni mamklakatimiz hayotida katta voqelik bo‘ldi. Hrakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan keng jamoatchilik, ishbilarmon doiralar, davlat organlari vakillarining uchrashuvlari, xalq bilan muloqotlar chog‘ida bildirilgan mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual asoslari masalalari kiritilgani e’tiborga loyiqdir.15

Xulosa

  • “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” - mamlakatimizning har tomonlama rivojlanishini belgilab beruvchi yana bir uzun yo‘l sifatida gavdalandi. Asosiy maqsad esa mana shu yo‘lni boshi hisoblanadi, hayot jarayoni tubdan yaxshilash, farovonligini, tinchligini ta’minlash, 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha har bir sohani tubdan takomillashtirish, bu albatta birinchi o‘rinda xalqning huzr-halovatda, farovonlikda yashashga yo‘naltirilgandir va albatta, O‘zbekistonni rivojlangan davlatlar qatorida, eng yuqori o‘rinlarda turishini kafolatlaydigan buyuk poydevor sifatida xizmat qiladi. Bu poydevorni qurushda buz yosh avlodning, kadrlar va mutaxasislarninig qo‘lida. Chunki Davlat va jamiyat o‘z o‘zidan qurilib, rivojlanib qolmaydi, bu rivojlanishlar yoshlarning, fuqarolarning qo‘lida. Zero, rivojlangan davlat bamisoli ulkan daraxtdir, uning ildizi ajdodlarimiz qo‘gan poydevor, harakatlar strategiyasi yo‘nlishlari bo‘lsa, uning mevalari shu yo‘nalish va maqsad sari olg‘a intilayotgan komil, vatanparvar, har jabhada o‘z bilimlariga suyanuvchi yosh kadrlar, ya’ni bizlar deb o‘ylayman. “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirsh bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi Prezident qabul qilgan Farmoni qabul qilinishi bilan oz fursatlarda ulkan natijalarga erishib bo‘lmaydi, bularning barchasiga 5 yil davomida bosqichama-bosqich o‘tib, vazifalarni to‘la-to‘kis bajarib, qo‘yilgan maqsadni ro‘yobga chiqarishda jamiyatning ham va albatta, fuqarolarninig ham qo‘shadigan xissasi katta bo‘lmog‘I lozim. Chunki barcha qilinayotgan islohotalar aholini yashash sharoitlarini yaxshilash uchun, xalqimizning orzu-umidlariga yetishi uchundir. Bu orzu-umidalarga, intilishlariga, erishgan xalq davlatni ham rivojlantiradi. Davlat rivojlansa xalq ham, aholi ham boyiydi. Ko`rib turubmizki, davlat, davlat organlari, jamiyat bilan xalq, fuqarolar o`zaro bog`liqdir. Bu bog’liqlik mamlakatimiz rivojlanishiga ham xalqimizninig farovon hayot kechirishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.



Foydalanilgan adabiyotllar:

1. Harakatar strategiyasini “ Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili “ da amalga oshirishga oid davlat dasturini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-uslubiy risola.

2. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni.// O‘zbekiston respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2017.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom on ava bola yili” Davlat dasturi to‘g‘risidagi 2487-son qarori.2016.

4. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – Toshkent-2014

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016- 21-oktabrdagi “Sud-huqu tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4850-son Farmoni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-yil.

6. www.xs.uz

7. https://m.ok.ru

8. www.kun.uz

9. https://pm.gov.uz.

10. www.oxs.uz

11. https://atm.andmiedu.uz



1 <>da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o’rganish bo’yicha ilmiy-uslubiy risola Toshkent-2017.5-bet

2 https:m.ok.ru

3 https://atm.andmiedu.uz

4 “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o’rganish bo’yicha ilmiy-uslubiy risola Toshkent-2017.54-bet

5 https://pm.gov.uz

6 “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o’rganish bo’yicha iliy-uslubiy risola Toshkent-2017.114-bet

7 Ushbu manba. 117-bet

8 “Xalq bilan va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o’rganish bo’yicha ilmiy-uslubiy risola Toshkent-2017. 131-bet

9 https:www.bizness-daily.uz

10 “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o’rganish bo’yicha ilmiy-uslubiy risola Toshkent-2017.157-bet.

11 “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturini o’rganish bo’yicha ilmiy-uslubiy risola Toshkent-2017. 165-bet

12 O’sha manba. 167-bet

13 “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o’rganish bo’yicha ilmiy-uslubiy risola Toshkent-2017. 173-bet

14 “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o’rganish bo’yicha ilmiy-uslubiy risola Toshkent-2017. 182-bet

15 https://m.ok.ru

Download 61,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish