mustaqil ish – Annotatsiya Otkan kunlar romanida qo`llanilgan badiy tasvir vositalariga annotatsiya



Download 16.68 Kb.
Sana08.01.2021
Hajmi16.68 Kb.

Dilmurodov Shohjahon

2-mustaqil ish

1 – Annotatsiya

Otkan kunlar romanida qo`llanilgan badiy tasvir vositalariga annotatsiya

“O‘tkan kunlar” romanini kuzatar ekanmiz, unda bir qator badiiy tasvir vositalari qo‘llanilganiga guvoh bo‘lamiz. Badiiy tasvir vositalarini qo‘llashda yozuvchi o‘zining uslubi, o‘sha davrning holati hamda tiliga tayangan. Bu esa asarning jozibadorligini oshirgan. “O‘tkan kunlar” romaniniko‘rib chiqqan holda badiiy tasvir vositalarini birma bir tahlil qilamiz.

Bizga ma’lumki, metaforaning turli ko‘rinishlari mavjud. Metaforalar ba’zan frazeologik birliklarda ham uchraydi. Masalan :

“Qamchingdan qon tomsa, yuzta xotin orasida ham rohatlanib tiriklik qilasan.” Ushbu parchada qamchindan qon tomgan kishi – jahldor, zolim kishi ma’nosida kelmoqda. Bu yerda metaforik ma’no ko‘chishi sodir bo‘lgan.

Yana bir jumlada metafora qo‘llanganiga guvoh bo‘lamiz: “Huvalboriy… ko΄zimizning nuri, belimizning quvvati, hayotimizning mevasi o΄g΄limiz mulla Otabekka yetib ma’lum va ravshan bo΄lg΄aykim, alhamdulilloh biz duogo΄y padaringiz, mushtipar onangiz va yaqin do΄stlaringiz munda Haq taoloning hifzi himoyatida sihhat va salomat bo΄lib ko΄z nurimizning duoyi jonini subhi shom, balki aldavom rabbulolamindan rajo va tamanno etmakdamiz.”Yuqoridagi jumlada qo΄llanilgan hayotimizning mevasi moslashuv yo΄li bilan birikkan so΄z birikmasi farzandma΄nosida kelgan. Daraxtning mevasi bo΄ladi, hayotning emas. O΄simlik nomi boshqa narsaga ko΄chmoqda.

“Har holda Toshkand ustiga yana qonliq bulutlar chiqdi, ishning oxiri nima bilan tinchlanar- bu bir xudog΄ag΄ina ma’lumdir”

Tabiat hodisasi bilan bog΄liq ma΄no ko΄chishi ushbu parchada keltirib o‘tilgan. Qonliqbulutlar-xavf- xatarlar ma΄nosida kelmoqda. Bulut so‘zi, ayniqsa, qora bulut ko‘pincha adabiyotda qayg‘u, g‘am-tashvish, azob-uqubatni tasvirlab keladi. Yozuvchi bu yerda bulut so‘ziga qonli sifatini qo‘shgan holda, xavf-xatarni kuchaytirib tasvirlagan.



2 - Annotatsiya

Nemis qomuslarida Navoiy yodi Hazrat Navoiy hayoti va ijodi bilan nemis xalqini tanishtirishda qomuslarning roli kattadir. Masalan 1970-yili Shvetsariyada chop etilgan 991 sahifadan iborat qomusda shoirning tavallud va vafot sanasi 1472 – yildagi vazirlik lavozimi haqida malumotlar berilgan.

1975 – yili Germaniyaning Shtutgart shahrida yaratilgan ikki jilddan iborat “Jahon adabiyotlari”ning 1793 sahifadan iborat birinchi jildida Navoiyning xayotiga oid sanalardan tashqari, uning o`zbek adabiy tipiga asos solganligi, besh devon (shulardan biri fors tilida) yaratganligi, besh dostonli “Xamsa” yozganligi, yoshlikdagi do`sti Husayn Boyqora taxtga chiqqach, shoirga imkon yaratib berganligi hususida kengroq malumot berilgan.

1988 – yili Myunxen shaxri “Bolalar nashriyoti” tomonidan bosilgan qomusda Navoiy 6 sahifa ajratilgan. Alisher Navoiy deb nomlangan 325 – sahifada o`zbek, rus va chet ellik olimlarning navoiyshunoslikka qo`shgan xissalari haqida to`xtalib o`tilgan. Sahifa oxiridan esa “Alisher Navoiy devoni” sarlavhasi 4 devoni 4 xil nomlanganligi to`g`risida malumot berilgan.



Demak, Alisher Navoiy ijodining nemis tilida so`zloshuvchi xalqlar orasida tarqalishiga nemis qomuslarining ham o`z o`rni bor. Biroq yuqorida takidlangannidek, ulardagi malumotlarning barchasi ham haqiqatga to`g`ri kelavermaydi. Navoiy ijodini nemislarga to`la yetkazish uchun esa uning har bir asarini yaxlit nemischalashtirish lozim. O`tgan asrlarda G`arb olimlari Navoiyni bilmay to`rib tarjimonga chiqarganlar. Lekin hozirgi zamonda ham Germaniyada shu eski qarashlar tarqalayotganini kechirish qiyin. Biroq ayb o`zimizda ham bor. Navoiyning va boshqa ko`plab buyuk adiblarimizni nemislarga tanitishda ko`proq tashabbus ko`rsatishimiz loshim.

3-Annotatsiya

Umumiy o`rta talim maktablarining boshqaruv tizimi yo`nalishlari bo`yicha belgilangan talablar nomli maqolaga annotatsiya.

Ushbu maqolada umumiy o`rta talim mahtablari rahbarlarining boshqaruv faoliyatining o`ziga xos xususiyatlari haqida so`z boradi. Shuningdek, muallif ta`lim muassasasi faolyatini tashkil etish va boshqarish jarayonida rahbarlarning funksional vazifalari bajarilishi, hamda umumiy o`rta talim maktablari boshqaruv faoliyati yo`nalishlari bo`yicha belgilangan talablar yoritilgan.
Download 16.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
fanining predmeti
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Navoiy davlat