Muso Al-Xorazmiy matematika otasi



Download 13.6 Kb.
Sana27.02.2020
Hajmi13.6 Kb.
Muso Al-Xorazmiy matematika otasi

Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy - (taxm. 780-850 yillarda yashagan) - mashhur O'rta Osiyolik musulmon matematigi, astronomi (yulduzlarbilimi), astrologi (Ko’kbilimi), geografi (yerchizimi), hamda qomusiy olimidir.

U taxminan, 780-yilda Xorazmda[1] (hozirgi Xivada, Oʻzbekiston) dunyoga kelgan va 850-yillarda vafot etgan. Al-Xorazmiy oʻz umrining aksariyatini Bogʻdoddagi Bayt ul-Hikmada olim sifatida ishlab oʻtkazdi.

Uning Algebra asari chiziqli va kvadrat tenglamalarning tizimli yechimi toʻgʻrisidagi birinchi kitobdir. Shu sababdan, u Diofant kabi "algebra fanining otasi" degan unvonga sazovor boʻldi.[2] Uning hind raqamlari haqidagi Arifmetika asarining Lotin tiliga tarjimasi 12-asrda Gʻarb olamiga oʻnlik raqamlar tizimi haqidagi tushunchani olib kirdi.[3] Al-Xorazmiy Batlimusning "Joʻgʻrofiya" asarini koʻrib chiqib, yangiladi va shuningdek, uning oʻzi ham astronomiya va astrologiyaga oid bir qancha asarlar yaratdi.

Al-Xorazmiy nafaqat matematika sohasiga, balki shuningdek tillarga ham katta hissa qoʻshqan olimdir. "Algebra" soʻzi, olimning kitobida qayd etilishicha, kvadrat tenglamani yechishda qoʻllaniladigan 2 amaliyotning biri nomidan olingandir. "Algoritm" soʻzining oʻzagi esa Algoritmi boʻlib, u olimning ismini Lotinlashtirishdan kelib chiqqan. [4] Shuningdek, ispan tilidagi guarismoʻ'[5] va portugal tilidagi algarismoʻ' soʻzlari ham(ikkalasi ham raqam maʼnosini beradi) uning ismidan kelib chiqqan.

Al-Xorazmiy haqida juda kam ma'lumot saqlanib qolgan, hattoki olimning qayerda tugʻilganligi borasida ham aniq ma'lumot yoʻq. Uning ismi olimning Xorazm(Xiva)dan ekanligiga ishorat etadi. Xorazm hududi hozirgi O'zbekistonning Xorazm viloyati hududiga toʻgʻri keladi va oʻsha davrda Xuroson davlatining bir qismi hisoblanib, Fors davlatining sharqiy qismida joylashgan. Bu paytda Xorazmda Abbosiylar sulolasi hukmronlik qilishardi.

Olimning kunyalari Abu Abdulloh (arab. أبو عبد الله‎‎) boʻlgan.

Tarixchi At-Tabari oʻz kitoblarida olim ismini Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy al-Majusiy al Qatrabaliy(arab. محمد بن موسى الخوارزميّ المجوسيّ القطربّليّ‎‎ deb keltirib oʻtadi. Al-Qatrabaliy laqabi uning Bogʻdod yaqinidagi Qatrabal shaharchasidan boʻlishi mumkin degan taxminni ham beradi.

Al-Xorazmiy oʻz asarlarini aksariyatini 813-833 yillar oraligʻida yozgan. Fors davlatida islom dini oʻrnatilgach, Bogʻdod yirik fan va savdo markaziga aylandi, uzoq Xitoy va Hindistondan koʻpgina olim va savdogarlar Bogʻdod shahriga sayotga kelishardi, shu oʻrinda al-Xorazmiy ham oʻsha davlatlarga safar qilardi. Al-Xorazmiy xalifa Ma'mun tomonidan tashkil etilgan "Hikmatlar uyi"da olim sifatida ishladi va u yerda u koʻpgina fanlarni, shu jumladan, yunon va sanskrit tillaridagi ilmiy qoʻlyozmalar orqali matematika fanini chuqur oʻrgandi.

Fanga qoʻshgan hissasi [tahrir]

Frederic Rosenning Muhammad bin Musa algebrasi asarining boshbeti (1831)

Olimning matematika, astronomiya, astrologiya, geografiya va kartografiyaga qoʻshgan ulkan hissasi algebra, trigonometriya va boshqa fanlarda keng kashfiyotlar yaratilishi uchun asos yaratdi. Kvadrat tenglamalarni yechishda uning tizimli va mantiqiy yondoshuvi tartibli algebra formulasini berdi, bu soʻz uning 830-yilda yozilgan "al-Кitаb al-muxtasar fi hisab al-jabr val-muqabala" (arab. لكتاب المختصر في حساب الجبر والمقابلة ‎‎tarj. "Tenglamalar va taqqoslashlar hisobi haqida muxtasar kitob") nomli kitobidan olingan. Bu kitob XII asrda lotin tiliga tarjima qilingan. Hozirda Oksford universiteti kutubxonasida saqlanayotgan Al-Xorazmiyning "Al-jabr val muqobala" asari bugungi kunda ham kvadrat tenglamalarni yechishda ancha qulaylik keltiradi. Tenglamalardagi hadlar ildizlar, ularning kvadratlari yoki oʻzgarmas sondan iborat boʻlishi mumkin. Masalan:

(1)

O`quvchilar buni quyidagicha yozadilar:



(2)

va uni yechishga oʻtadilar. Ammo (1) dan (2) koʻrinishga olib kelish, aslida, Aljabr va almuqobala jarayonlarini bajarish natijasidir. Aljabr musbat ishoralarni tiklash demakdir:

(3)

Endi, oʻxshash hadlar almuqobala usulida ixchamlanishi kerak. Buning uchun oʻxshash hadlar qarama-qarshi qoʻyilib, katta miqdorlaridan kichiklari ayriladi:



(4)

Bu tenglamani umumlashtirib yozsak:

(5)

yoki kanonik shaklda



(6)

hosil boʻladi. Bu tenglamaning ikki tomonini a ga boʻlsak:

(7) hosil boʻladi. Uning yechimini Al-Xorazmiy quyidagicha yozadi:

(8)


Hozirgi kitoblarda (7) tenglamani ( ) shaklda yozish qabul qilingani uchun (8) formula ( ) shaklga keladi. (8) formula bilan ( ) formula orasidagi farq shundaki, Al-Xorazmiy ni tenglamaning oʻng tomonida bersa, hozir chap tomonida beriladi.

Alxorazmiy o’zining (کتاب صورت الارض) ya’ni yer ko’rinishi bitikida ki hamono yerchizimi asari dur, batlimusning Afriqo va O’rta sharqga oid bo’lgan naqsha bilgilarini to’g’rilab va Oqdengiz, Osiyo va Afriqo naqshasini yakhshiroq tarzda korsatgan.

U ayni paitda mekanik qurulmalar uchun ham yozmalar qoldirgan, ulardan astrolabe va quyosh soa’ti (sundial) ni aytib o’tish mumkin.

U abbosilar xalifasi Momunga yer aylanmasini belgilash uchun bo’lgan projhada, 70ta jug’rofidon ustida boshlik qilib yeryuzi naqshasini chizishga muaffaq bo’lgan[6].

12nchi asrda Alxorazmiy asarlari lotin tarjimasi bilan avrupada tarqalib yuksak riyoziyotni avrupaga o’zgakelishiga katta ta’sirini qoldirgan[7].

Uning boshqa asarlari (Maʿrifat saʿat al-mashriq fī kull balad) va (Maʿrifat al-samt min qibal al-irtifāʿ) dan iborat bo’lgan ki waqtni belgilash uchun yozilgan, albatta uning Kitāb ar-Rukhāma(t,) quyosh soa’tiga oid va Kitab al-Tarikh, ta’rikhga oid, bugungacha bizlarga yeshitib kelmagan.



Mashhur tarixchi Jorj Sartonning ta’biri bilan aytganda “ Al- Xorazmiy o’z davrining eng buyuk matematigi va agar barcha shart - sharoitlar nazarga olinsa, barcha davrlarning eng buyuklaridan biri” sanaladi. Olimning ilmiy merosi hamon o’z qimmatini saqlab, ilm ahillarining hayratiga sazovor bo’lib kelmoqda.
Download 13.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
fanining predmeti
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
махсус таълим
Referat mavzu
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
ishlab chiqarish
vazirligi muhammad
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati