Musa Mustafo o‘g‘li Jalilov - Musa Jalil 1906-yilning 15-fevralida Rossiyaning Orenburg gubernasida dehqon oilasida dunyoga keladi.
Musa Mustafo o‘g‘li Jalilov - Musa Jalil 1906-yilning 15-fevralida Rossiyaning Orenburg gubernasida dehqon oilasida dunyoga keladi.
Ota-onasi.
Mustafo og`a va Rahima xonim.
U dastlab ovuldagi boshlang‘ich maktabda savod chiqaradi. Oilasi shaharga ko‘chib kelgach, Orenburgdagi mashhur «Husayniya» madrasasida tahsilini davom ettiradi.
ILK she’r
Uning ilk she’ri Turkiston fronti nashri hisoblangan «Qizil yulduz» gazetasida 1919-yilda bosilib chiqadi.
Shundan so‘ng birin-ketin ommalashib borayotgan turli gazeta va jurnallarda shoirning qator she’rlari va dostonlari e’lon qilinadi.
Musa Jalil 1925-yilgacha yozgan asarlarini jamlab «Biz boramiz!» nomi ostida she’rlar va dostonlardan iborat dastlabki to‘plamini o‘quvchilarga hadya etadi.