Murodali aminov



Download 141,5 Kb.
bet1/11
Sana23.09.2022
Hajmi141,5 Kb.
#849979
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MURODALI AMINOV
5, 1-amaliy mashg\'ulot, R.4.1-Macquarie-University-IOL IELTS-Academic-Reading Practice-Test-1 Questions, ЯЎА-мажмуа-17, zebra, Да, Да, Да, Stoks formulasi, Namuna uchun kurs ishi, 15-tema(1), н, 23prez, 12-slayt, Ахборот технологиялар сохасида устивор йуналишлар

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
9-­__ JMS -19 GURUH TALABASI
MURODALI AMINOVNING
«Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari» fanidan
Mustaqil ish
Mavzu: O’quvchilar sog’lom turmush tarzining fiziologik asoslari. Jismoniy mashqlar sog’lom turmush tarzining asosi sifatida

O’quvchilar sog’lom turmush tarzining fiziologik asoslari. Jismoniy mashqlar sog’lom turmush tarzining asosi sifatida


Reja:



  1. Maktabning yer maydoni, sinf xonasi, jismoniy tarbiya va sport zonasi, sport zali, sinf xonasi, o`quv stol-stullariga gigiyenik talab, o`quvchilarni stol-stuldda o`tirish qoidalari, kun tartibi, haftalik dars jadvalini tuzishga gigiyenik talablar.

  2. Harakat - sog’lom turmush tarzining asosiy omili.

  3. O`quvchi-talabalarni jismoniy tarbiya darsida sog`liq guruhlariga ajratish.

  4. Bolalarni yoshiga qarab sport turlarini tavsiya etish.

  5. Bolalarni tana tuzilishiga qarab sport turlarini tavsiya etish.



Maktab yer maydoni va binosi gigiyenasi. Gigieyna talablariga ko‘ra maktab, katta savdo inshoatlari, kinoteatr, katta transport qatnovi bo‘lgan ko‘cha, zavod, fabrika, ferma, garaj, bozor kabilarning yaqiniga joylashmasligi kerak. Bu qoidalarga amal qilish maktabni shovqindan, ortiqcha ifloslanishdan, o`quvchilar o`rtasida yuqumli kasalliklarning tarqalishidan, transport harakati yo`lidan shikastlanishlardan ma`lum darajada himoya qiladi.
Maktab yer maydoni 1,5-3,0 gektargacha bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Maktabning yer maydoni shartli ravishda quyidagi 6 ta zonalarga bo‘linadi:
1.Maktab binosi joylashgan zona. Bu yerning tuprog‘i quruq, u atrofdagi maydonlarga nisbatan biroz balandroq bo‘lishi kerak. Bu yomg‘ir, qor suvlarini atrof maydonlarga oqib ketishiga, binoning zaxlamasligiga imkon beradi.
2.Dam olish zonasi maktab binosi yonida joylashadi. Bu zonaga o‘rindiqlar, suv ichadigan idishlar o‘rnatiladi.
3.O‘quv-tajriba zonasi -maktab binosidan chetroqda ko‘kalamlashtirilgan joy bo‘lib, unda geografiya, botanika, zoologiya, fizika kabi fanlarning burchaklari tashkil etiladi.
4.Jismoniy tarbiya va sport zonasi maktab yer maydonining markaziy qismida joylashgan bo‘lib, o‘rtasida futbol maydoni, atrofida yugirish yo‘lagi, uning chekkasida voleybol, basketbol, tennis va boshqa sport maydonchalari joylashadi. Sport turlarining maydoni sathi quyidagicha:






Sport turlarining maydoni

Maydon sathi (metr)

Uzunligi

Kengligi

1

Futbol maydoni

112

73

2

Basketbol maydoni

30

18

3

Voleybol maydoni

24

15

4

Qo`l to`pi maydoni

43

23

5

Tennis maydoni

36

18

6

Gimnastika maydoni

30

20

5.Xo‘jalik zonasi maktab binosidan kamida 25-30 metr chetroqda bo‘lib, unda xojatxona, o‘tin-ko‘mir, omborxona, transport vositalari joylashadi.U pastroq devor va darvoza bilan chegaralangan bo‘ladi.


6.Himoya zonasi - bu maktab binosi bilan ko‘cha o‘rtasidagi kengligi 20-30 metr maydon bo‘lib, unga chinor, terak kabi baland o‘sadigan daraxtlar ekiladi. Daraxtlar maktab binosini shamoldan, o`ta o`tkir quyosh nuridan, ko‘cha shovqini va changdan to‘sib turadi. Daraxtlar ekiladigan maydon cheti bilan maktab binosi o‘rtasida 6-8 metr oraliq bo‘lishi kerak. Bu daraxtlar sug‘orilganda bino poydevorini zahlashdan saqlaydi.
Sinf xonasi gigiyenasi. Ko`p qavatli maktab binosida boshlang`ich sinflar pastki qavatda joylashtiriladi. Sinf xonasining pol sathi 50 m² bo‘lishi tavsiya etiladi.Odatda boshlang‘ich va o‘rta sinflarda 40 o‘quvchi o‘qiydi.Demak, har bir o‘quvchiga 1,25 m², yuqori sinflarda bir sinfda 36 o‘quvchi o‘qiydi, ya`ni har bir o‘quvchiga -1,40 m² pol sathi to‘g‘ri keladi.
Sinf xonasining uzunligi 8,2 metrdan oshmasligi kerak, bundan uzun bo‘lsa keyingi partalarda o‘tirgan o‘quvchilar doskadagi yozuvlarni yaxshi ko‘ra olmaydi. Sinf xonasining kengligi 6,2 metrdan oshmasligi kerak, aks holda derazalarning qarama-qarshi tomonidagi partalarga yorig‘lik kam tushadi va bu partalarda yil davomida o‘tirgan o‘quvchilarning ko‘zi xiralashib qolishiga sabab bo‘ladi.
Sinf xonasida harorat +18-20 daraja, nisbiy namlik 40-60% bo‘lishi kerak. Sinf havosi tarkibi xuddi atmosfera havosidek toza bo‘lishi tavsiya etiladi. Havo tarkibidagi karbonat angidrid miqdori 0,04-0,07% dan oshmasin. U 0,1 % dan ko‘payib ketsa, bosh miya nerv hujayralarining faoliyati pasayib, o‘quvchilarda bezovtalanish, darsga nisbatan e`tiborsizlik, esnash, mudrash, o‘zlashtirishning pasayishi kabi charchash belgilari yuzaga keladi.
Dars paytida o‘quvchilarning o‘zlashtirishi yaxshi bo‘lishini ta`minlash uchun sinf xonasining havosini yangilab turish zarur.Buning uchun ob-havoning sovuq kunlari, har bir dars paytida deraza darchasi 2 marta 1-2 minutdan ochilib, havo yangilanadi.Ob-havo issiq kunlarida esa deraza darchasi doim ochib qo‘yiladi.Tanaffus paytida navbatchi o‘quvchidan boshqalar tashqariga chiqishlari, eshik-derazalar ochib qo‘yilishi talab etiladi.

Download 141,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti