Мундарижа сўзбоши


Deflyatsiya va korraziya relefi shakllari



Download 0.7 Mb.
bet69/69
Sana28.09.2021
Hajmi0.7 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Deflyatsiya va korraziya relefi shakllari

Shamol korraziyasi natijasida “tosh qo‘ziqorinlar”, “tosh ustunlar”, “tosh to‘rlar”, tokchasimon o‘yiqlar va boshqalar hosil bo’ladi (6.1.1-rasm).

Toshloq cho‘llarda (Shimoliy Afrikada-hamada, syerir; Farg’ona vodiysi va Yeronda - dasht) shamolning yer yuzasiga yaqin qismida qum ko‘p bo’ladi, shuning uchun u tog’ qoyaning tepasiga qaraganda tagini ko‘proq emiradi va kamar qilib o‘yib yuboradi, buning natijasida “tosh qo‘ziqorinlar” hosil bo’ladi.

Yer sharidagi yirik cho‘llar

6.1 – jadval





Nomi

Joylashgan o‘rni

Termik tipi

Litologik tipi

Yevrosiyo

1

Alashan

Xitoy

mo‘tadil

qumli va toshloq

2

Gobi

Mongoliya, Xitoy

mo‘tadil

toshloq, qumli

3

Dashti Kabir

Yeron

subtropik

gilli va qumli

4

Dashti Lut

Yeron

subtropik

gilli, chag’ir toshli

5

Mang’ishloq va

Ustyurt


Qozog’iston

mo‘tadil

gipsli, toshloq

qumli


6

Mo‘yinqum

Qozog’iston

mo‘’tadil

qumli

7

Katta Nefud

Saudiya Arabistoni

tropik

qumli va toshloq

8

Rub al-Xoli

Saudiya Arabistoni

tropik

qumli va toshloq

9

Registon

Afg’oniston

subtropik

qumli

10

Taklamakon

Xitoy

mo‘tadil

qumli

11

Tar

Hindiston-Pokiston

tropik

qumli

12

Qizilqum

o‘rta Osiyo

mo‘tadil

qumli, qisman gilli va toshloq

13

Qoraqum

o‘rta Osiyo

mo‘’tadil

qumli, gilli

14

Qoraqalpoq

Farg’ona vodiysi

subtropik

qumli, gilli

Afrika


1

Arabiston

Misr

tropik

Toshloq

2

Karru

Janubiy Afrika

tropik

Toshloq

3

Liviya

Shimoliy Afrika

tropik

qumli, chag’ir

4

Namib

Janubiy Afrika

tropik

qumli va toshloq

5

Nubiya

Shimoliy Afrika

tropik

qumli

6

Sahroi Kabir

Shimoliy Afrika

tropik

chag’ir toshli, toshlok, qumli, gilli

Shimoliy Amerika

1

Moxove

AQShning

janubi-g’arbi



subtropik

toshloq va gilli

2

Sonora

Meksikaning shimoli g’arbi

tropik

toshloq

Janubiy Amerika


1

Atakama

Boliviya, CHili

tropik

qumli va toshloq

Avstraliya


1

Gibson

G’arbiy Avstraliya

tropik

toshloq

2

Katta Viktoriya

Avstraliya janubi

tropik

qumli

3

Katta qum

Avstraliyaning shimoli-g’arbiy qismi

tropik

qumli, qisman toshloq va gilli

4

Simpson va Arunt

Markaziy Afstraliya

tropik

shimolda chag’ir toshli, markazda qumli, janubda gilli

Shamol karroziyasi cho‘llardagi shamolga ro‘para bo’lgan tog’ qoyalarini o‘ydim-chuqur qilib, o‘tkir qirralar va chuqurlar hosil qiladi, qoyalar yuzasida esa jimjimador tosh “kashtalar” yoki asalari iniga o‘xshash ajoyib shakllar hosil qiladi. Shunday ajoyib shakllarni So‘x va Isfara daryolarini adirlarda hosil qilgan vodiylarining shamolga ro‘para bo’lgan Yonbag’irlarida kuzatish mumkin

Shamolning tezligi, metr/sek

Uchiriladigan zarrachalarning maksimal kattaligi, mm

4,5 - 6,7

0,25

6,7 - 8,4

0,5

9,8 - 11,4

1,0

11,4 - 13,0

1,5

Qumli shamol oqimining vyertikal kesimida qum

zarrachalari kattaligining o‘zgarishi



Yer yuzasidan balandlik, sm

Qum zarrachalari kattaligi, mm

0 - 5

0,26 - 0,22

5 - 10

0,22 - 0,16

10 - 15

0,16 - 0,10

15 - 20

0,10 va undan kichik

Shamol deflyatsiyasi natijasida deflyatsiya soyliklari, yardanglar, shamol eroziyasi yuz byeradi. Shamol qattiq esadigan yerlarda yoki jinslarni shamol uchirib ketishi uchun sharoit, ayniqsa, qulay bo’lgan yerlarda (po‘rsildoq sho‘rxoklarda) vujudga keladigan deflyatsiya soyliklari deflyatsiyaning asosiy shakllaridandir. Ustyurt platosini Mang’ishloq yarim orolidan ajratib turadigan Qorinyoriq sho‘rxok soyligi katta deflyatsiya soyligiga misol bo’la oladi. V.A.Fedorovich fikriga qaraganda, bu soylik (pastqamlik) bir million yilda paydo bo’lgan.

Gilli cho‘llarda shamol yardanglar (turkcha-jarlik, tik marza)-shamol ko‘p esadigan tomonga cho‘zilgan qator-qator jo‘yaklar hosil qiladi, jo‘yaklar chuqurligi 1 m dan 6 m gacha, uzunligi 50 metrgacha (Jung’oriya cho‘li) boradi.

Deflyatsiya sho‘rxoklari haydalgan yerlarda shamol eroziyasining vujudga kelishida muhim rol o‘ynaydi. Shamol eroziyasi kuchayganida har gektar yerdan 125 tonnagacha unumdor tuproqni uchirib ketishi mumkin.

o‘simlik bilan qisman mustahkamlangan marza qumlarda davriy esuvchi shamollarning deflyatsiyasi ta’sirida xujayrasimon qumlar, ya’ni marza oralarida to‘siqlar bo’lgan deflyatsiya pastqamliklari hosil bo’ladi. Oralik to‘siqlarda pastqamlikdan keltirilgan qumlarning ma’lum qismi akkumulyatsiya bo’ladi.



Eol akkumulyatsiya shakllari

Qumli shamol oqimining qalinligi uning tezligiga bog’liq bo’ladi. Qumning asosiy massasi (80 foizdan ortig’i) quyi 10-20 m (6.3-jadval) balandlikdagi qatlamda olib ketiladi. Shamolning tezligi 4-5 metr sek. ga etganida, u diametri 0,25 mm dan yirik bo’lmagan zarralarni uchiradi. Shamol oqimida olib ketilayotgan zarrachalarning miqdorining ortishi natijasida yer yuzasi yaqinida shamolning tezligi ham kamayib boradi.

Shamol oqimi sig’im, quvvat va to‘yinganlik kabi xususiyatlar bilan xaraktyerlanadi. Shamolning mavjud tezligida harakatlanayotan qumlar miqdoriga sig’imi deyiladi.

Shamol quvvati-shu tezlikda harakatlanayotgan haqiqiy qum miqdori. Shamol quvvatini, uning sig’imiga bo’lgan nisbati to‘yinganlik deyiladi. Bu nisbat qanchalik kichik bo’lsa, shamolning deflyatsiya xususiyati shunchalik katta bo’ladi. Shamol oqimi sig’imining kamayishi bilan qumlar akkumlyatsiyasi yuz byeradi.

Relefning shamol vujudga keltirgan akkumulyativ shakllari ancha xilma-xildir. Bunday shakllar qumli cho‘llarda (o‘rta Osiyoda-qum, Shimoliy Afrikada-yerg, Arabistonda-nefud, Xitoyda-shamo) keng rivojlangan.

Shamolning tezligi qayerda kamaysa, shamol uchirib ketayotgan qum o‘sha yerda yotqiziladi. Shamol bo’talarga yoki relefning past-balandliklarga duch kelganda uning tezligi kamayishi mumkin. Biroq shamolning o‘zidagi turbo’ient harakat natijasida ham uning tezligi birdaniga kamayishi mumkin. Shamol tezligining kamayishi u uchirib ketayotgan qumning bir qismi yotqizilib, do‘nglik paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. “CHang bo‘ronlari” yuz byerganida mayda changlar 5-6 km balandlikkacha ko‘tarilishi va bir necha ming km masofagacha olib ketilishi mumkin. Qumli cho‘lda diametri 500-600 km bo’lgan hududni o‘z ichiga olgan bo‘ron havoda 100 mln tonnagacha chang uchib yurishi mumkin.

Akkumulayativ shakllarni shamol yo‘nalishiga nisbatan joylanishiga ko‘ra ko‘ndalang va bo‘ylama shakllarga bo’lish mumkin. Ko‘p esadigan shamollarning yo‘nalishi yiliga ikki marta, qarama qarshi tomonga o‘zgarib turadigan joyda shamol yo‘nalishiga ko‘ndalang bo’lgan eol shakllar: sohillardagi nam qumlarda ko‘ndalang dyuna (nemischa-qumtepa), quruq qumli cho‘llarda barxanlar va barxan zanjirlari hosil bo’ladi. Qarama-qarshi tomonga esadigan shamollarning kuchi teng bo’lsa, shamol natijasida hosil bo’lgan ko‘ndalang relef shakllari bir joyda qolavyeradi; bunday muvozanat bo’lmagan taqdirda, ko‘ndalang dyunalar va barxanlar kuchliroq shamol ketadigan tomonga siljib boradi.

Shamollar ko‘pincha bir tomonga esadigan joylarda shamol bo‘ylama akkumlyativ relef shakllar: sohillarda bo‘ylama dyunalar, cho‘llarda-bo‘ylama qum marzalar hosil qiladi. Relefning bu shakllari ko‘p esadigan shamol yo‘nalishi bo‘ylab cho‘zilgan bo’ladi.

Dengiz, ko‘l va daryo sohillaridagi qumlarda hamda ayrim qumli cho‘llarda dyunalarning taqasimon, qolqonsimon, to‘g’nag’ichsimon, piramidasimon, tiralgan va boshqa shakllari kuzatiladi.

Taqasimon yoki parabalik dyunalar ko‘ndalang eol shakllarning bo‘ylama shakllarga aylanishidan hosil bo’ladi. Ularning chekka qismlari (shoxlari) shamol yo‘nalishiga teskari tomonga joylashadi. Shamol ta’sirida harakat qilayotgan dyunaning ikki chekasidagi unchalik qalin bo’lmagan nam qumlar o‘simliklar bilan tezroq mustahkamlanib tezligi sekinlaydi. Dyunaning qalin va quruq qumli baland markaziy qismi esa harakatlanishda davom etadi. Natijada shamolga ochiq bo’lgan yoy hosil bo’ladi.

Shamol yo‘nalishiga ro‘para bo’lgan yoy yonbag’ri yotiq (2-12), shamol teskari bo’lgan Yonbag’ir esa tik (16-30) bo’ladi. Shamol ta’sirida parabalik dyuna to‘g’onog’ich dyunaga, so‘ngra uning cho‘qqisining o’zilishidan qo‘shaloq, paralell dyunaga aylanadi.

Eol akkumulyativ shakllarga yakka piramidasimon va tiralgan dyunalar ham kiradi. Ular eng yirik eol yaratmalari hisoblanadi. Piramidasimon dyunalar o‘z to‘yintiruvchi qumliklariga ega bo’lgan va turli yo‘nalishdagi shamol oqimlarining to‘qnashuv joylarida hosil bo’ladi. Ular Sahroi Kabir, o‘rta Osiyo va Eronning qumli cho‘llarida uchraydi. Eronning Dashti Lut cho‘lida va Shimoliy Dog’istonda yakka dyunalarning balandligi 150 m ga boradi.

Tiralgan dyunalar esa arid o‘lkalarda dengizga yaqin joylashgan tog’ tizmasi yoki plato Yonbag’irida uchraydi. Yonbag’ir shamol ta’sirida harakatlanayotgan qumlarga to‘siq bo’lib baland tiralgan dyunalarni hosil qiladi. Hind okeanidagi Sokotra orolida balandligi 200 m ga gacha bo’lgan dyunalar mavjud. Ular plyaj va dengiz tyerrasalaridagi qumlardan to‘yinadi.

Barxanlar (turkiycha)-yoy shaklidagi qum tepalari, ularning vyertikal kesimi asimmetrik profilga ega (6.2.1-rasm). Uning shamolga ro‘para yonbag’ri yotiq bo’lib, qiyaligi 15-180 dir. Shamol shu Yonbag’ir bo‘ylab qumni yuqoriga ko‘taradi. Qum zarralari barxanlarning eng tepasiga ko‘tarilib, so‘ng shamolga tyers tomonga o‘tgach, og’irlik kuchi ta’sirida pastga tomon dumalab to’shadi va qiyaligi 350 gacha bo’lgan shamolga tyers tik yonbag’r hosil qiladi. Barxanning o‘ng va chap yonida qumlar barxan ustidan oshib o‘tuvchi qumga qaraganda oson harakat qiladi. Shuning uchun barxanning har ikki chekkasidagi qum oldinroqqa siljib, shox hosil qiladi; mana shu sababli barxanlarning balandligi 3-8 metrdan Atakama va Saxroi Kabirda 40 metrgacha boradi. Atakama cho‘lida barxanlarning kengligi 200-300 m ga etadi. Kichik barxanlar tez harakatlanganligidan, ular yirik barxanlardan «o‘zib» ketadi. Buning natijasida murakkab shaklli barxanlar hosil bo’ladi.

Shamol katta-katta qum massivlarini harakatga keltirib, barxan zanjirlarini, ya’ni bir-biriga parallel marza shaklidagi barxan to‘dalarini hosil qiladi. Ularning uzunligi 40 m dan 400 m gacha bo’ladi.

Barxanlarning siljish tezligi shamolning tezligiga, qum zarrachalarining kattaligiga va o‘simlik bilan qoplanish darajasiga bog’liq bo’ladi. A.I.Znamenskiyning ma’lumotlari bo‘yicha, barxanning siljish yo‘li uning balandligiga teskari proportsionaldir. Balandligi 1,7 metrlik barxan bir sutkada 5,7 m, 0,8 metrlik barxan - 10,9 m siljiydi. Kuchli shamolda kichik barxanlarning siljish tezligi sutkada 12-20 m ga etishi mumkin. Bunday ko‘chma qumlar yo‘llarni, dalalarni, bog’larni, qishloqlarni bosib ketadi (6.2.2-rasm). Ko‘chma qumlarni to‘xtatishning muhim yo‘li ularni o‘simliklar yordamida mustahkamlashdir.

Qumli cho‘llarda shamol deflyatsiyasining faoliyati qumlarning mexaniq tarkibi va shamol rejimining faoligiga ko‘proq bog’liq bo’ladi. A.L.Danilin o‘zbekiston hududini faol shamollar rejimi bo‘yicha mo‘’tadil, faol va juda faol shamollar rejimli hududlarga bo’ladi. Bu hududlardagi shamol tezligi, barxanlarning siljish tezligi va qumlarning uchirilishi to‘g’risidagi ma’lumotlar 6.2.1-jadvalda keltiriladi

.


6.2.1-jadval



Shamol rejimi

Maydon, foiz

Shamolning maksimal tezligi, m/sek

o‘rtacha barxanlar, balandligi,

metr


Harakat tezligi, m/yil

Uchirilgan qum miqdori, m3/yil

1

Mo‘’tadil faol

60

20

5 - 6

6

30

2

Faol

34

30

5 - 6

5 - 12

31 - 60

3

Juda faol

6

40

5 - 6

15 - 20

61 - 100

o‘rta Osiyo jumladan o‘zbekiston qumli cho‘llarida barxan zanjirlariga nisbatan harakatsiz, o‘simlik bilan mustahkamlangan va katta maydonlarda uchraydigan qum uyumlari-do‘ng qumlar keng tarqalgan; ular noto‘g’ri shaklli do‘nglardan iborat bo’lib, Yonbag’irlari bir-biridan farq qilmaydi, balandligi 3-5 m, chizmada tartibsiz joylashgan bo’ladi. Do‘nglar orasidagi pastqamliklar ham tartibsiz joylashadi.

Kumli cho‘llarda marza qumlar ham keng tarqalgan. Ular Qoraqum, Qizilqum, Markaziy Farg’ona cho‘llarida, shuningdek Shimoliy Afrika, Astraliya cho‘llarida katta maydonni egallaydi.

Marza qumlarning shamolga ro‘para va tyers yonbag’ri bo’lmaydi; ular asosiy shamollar yo‘nalishiga parallel cho‘zilgan. Marza qumlarning balandligi o‘rta Osiyo cho‘llarida 10-20 m, Sahroi Kabirda 300 metrgacha, uzunligi esa 500 m dan bir necha o‘nlab, hatto yuzlab kilometrga boradi. Bu qumlar o‘simliklar bilan mustahkamlangan.

Eol akkulyatsiya shakllarning xilma-xil bo’lishiga shamollar rejimi, qum yotqiziqlarning qalinligi, ularning o‘simliklar bilan mustaxqamlanish darajasi, hududning tabiiy geografik sharoiti ta’sir ko‘rsatadi.


Cho‘llarda arid-denudatsiya relef shakllari

Arid va semarid o‘lkalardagi toshloq cho‘llarda fizikaviy nurash natijasida hosil bo’lgan tog’ jinslari parchalari va qoya toshlarning yuzasida yaltiroq qoramtir-jigarrang yoki qora rangli, 0,5-5 sm qalinlikdagi po‘st (yoki parda)-cho‘l quyindisi kuzatiladi. U asosan temir (36 foiz) va marganets (30 foizgacha) oksidlari birikmasi hamda qisman gil, kremniy aralashmasidan tashkil topgan. U tog’ jinslari harorati keskin o‘zgaradigan, davriy namlanib va qurib turadigan sharoitda hosil bo’ladi. Bunday sharoitda kapillyar suvlarning harakati kuchayib, temir va marganets birikmasi yeritma holida yuzaga olib chiqiladi. Bu po‘st tog’ jinslarini tez nurashdan himoya qiladi.

Gilli cho‘llarda pastlik joylarni egallagan ancha keng, deyarli tep-tekis maydonlarda taqirlar kuzatiladi. YOg’ingarchilik vaqtida gillar suvga to‘yib bo‘kadi va zichlashadi. Kun isishi bilan suv bug’lanib ketib, taqir yuzada betartib yoriqlar hosil bo’ladi. Taqirlar qum tepalari orasidagi pastqamliklarda, qadimgi daryo vodiylarida, deltalarda va tog’ oldi tekisliklarida uchraydi. Taqir yuzalarda eroziya jarayoni sust bo’ladi, lekin ularning tekis yuzalaridan qumlarning siljishi ancha faol bo’ladi.

CHo‘llarda eroziya jarayonlari kuchsizligi sababli bu o‘lkalarda relefi kam o‘zgargan qoldiq relef shakllari-atrofi byerk pastliklar, botiqlar uchraydi.

Ularning ayrimlarining uzunligi bir necha 100 km, chuqurligi 100 m dan ortiq bo’ladi. Masalan, G’arbiy Xitoydagi Turfan botig’ining chuqurligi dengiz yuzasidan-154 m, Janubiy Mang’ishloqdagi (Qozog’iston) Qoragiyo otig’i-132 m pastdir. Berk botiqlarning kelib chiqishiga shamol deflyatsiyasi, suffoziya jarayoni, vertikal tektonik harakatlar va boshqa omillar sabab bo’lishi mumkin.

Berk botiqlarning tagini sho‘r ko‘llar yoki sho‘rxoklar egallagan bo’ladi. Sho‘rxoklar, ayniqsa mayin sho‘rxoklar shamol deflyatsiyasi uchun qulay bo’lganligidan, shamolni uchirishidan ularning yuzasi yildan yilga pasayib chuqurlasha boradi.

Gilli cho‘llarda o‘simlik bilan juda siyrak qoplangan Yonbag’irlarda jala yog’inlari, sellarning ishlaridan zich jar jo‘yaklarining hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Bunday yerlar bedlend (inglizcha-yomon yerlar) deyiladi. Bunday Yonbag’irlar qishloq xo‘jaligi uchun noqulay yerlar bo’lib hisoblanadi.

Ma’ruza 16. Geologiya va geomorfologiya fanlarida qo’llaniladigan tadqiqot uslublari. Tarixiy geologiya va Yer taraqqiyotining umumiy xususiyatlari

1.Geologik tadqiqot uslublari

2.Tog’ jinsi yoshini (nisbiy va mutlaq) aniqlashning uslublari. Endogen va ekzogen jarayonlarni o’rganish metodlari.

3.Geomorfologik tadqiqot uslublari

4.Eon, era, davr va epoxalar va ularning asosiy xususiyatlari.

Geologik tadqiqotlarda umumfaniy va geologik ga xos bo‘lgan tadqiqot usullaridan foydalaniladi.

Tarixiy, genetik, qiyosiy, matematik, aerokosmik usullar umumfaniy tadqiqot usullari hisoblanadi.

Tarixiy usul yordamida tog’ jinslarini bosqichma-bosqich yotish holati o‘rganiladi. Bunda geologik strukturani kelajakdagi o‘zgarishi bashoratlanadi. Bu usul yordamida qadimgi relef manzarasini tiklash mumkin bo‘ladi. Olingan ma’lumotlar faydali qazilmalarni qidirishda, muhim inshootlarni loyihalashda foydalaniladi.

Genetik usul yordamida tog’ jinslarining hosil bo‘lishi (genezisi) aniqlanadi, geologik jarayonlar baholanadi, foydali qazilmalarning genetik tiplari o‘rganiladi, kartalarda relefni tasvirlashdagi xatoliklar kamaytiriladi.

Qiyoslash usuli geologik jarayonlarining ifodalanishidagi farqlarni, o‘rganilayotgan ob’ektga ta’sir qiluvchi etakchi omillarni aniqlab beradi.

Matematik usullar geologik hodisa va jarayonlar to‘g’risidagi miqdoriy (geometrik va kinematik) ma’lumotlarni olishda masalan, relefning kesilish darajasi, uzunligi, qiyaligi, hajmi, ularning o‘sish va harakat tezligini o‘rganishda foydalaniladi.

Geologik jarayonlarni modellashtirishda iqtisodiy, fizik, kimyoviy usullar ham qo‘llanilmoqda.

Geologiya mustaqil fan sifatida o‘z tadqiqot usullariga ega. Bularga quyidagilar kiradi.

Tog’ jinslarini tashqi belgilarni o‘rganishda morfologik, korrelyativ yotqiziqlarni o‘rganib relefning yoshi va uning hosil bo‘lish sharoitini aniqlashda morfofatsial, relefning geologik tuzilishi bilan aloqasini o‘rganishda morfogeologik, relefni yangi tektonik harakatlar bilan bog’liqligini bilishda morfoneotektonik, relefni geografik sharoitga bog’liq holda o‘zgarishini aniqlash morfogeografik, relef dinamikasiga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganishda morfodinamik, geologik o‘tmishdagi relef yoshini va rivojlanish bosqichlarini aniqlashda paleogeomorfologik, relef shakllari, geomorfologik jarayonlar va ularning dinamikasini o‘rganishda, geomorfologik kartalar tuzishda aerokosmik va boshqa usullardan foydalaniladi. Hozirgi vaqda yuqoridagi usullarni qamrab olgan geomorfologik tahlil keng qo‘llanilmoqda.



Tarixiy geologiya Yer haqidagi fanlarning eng asosiysi chunki u Yer po‘stining paydo bo’lishidan boshlab hozirgi geogrfaik qobiqning rivojlanishigacha bo’lgan Yer tarixini o`rganadi . Yerning sayora sifatida shakllanishi tabiiy geografik sharoitni , sharoitning o`zgarishiga tasir etuvchi Yer po`sti harakatlari , Yerda hayotning paydo bo`lishi va hayotning taraqqiyot bosqichlarini o`rganadi . Yer po`stining tarkibini tashkil etgan tog` jinslari , jinslar orasida uchraydigan qazilma hayvon va o`simliklar yani tosh qotgan jonzotlar Yer posti strukturalari tarixiy geologiya uchun ashyoviy dalillar bo`lib xizmat qiladi . Ma’lumki Yer posti chokindi magmatik va metamorfik tog` jinslaridan tarkib topgan . Ular Yer po`stida turli tuman sturkturalarni hosil qilgan . Jinslar va strukturalar turli sharoitlarda hosil bo`lgan . Cho’kindi jinslar Yer po`stning eng ustki qismida nisbatan yupqa qatlamni hosil qiladi . chokindi jinslar platformalarda deyarli gorizantal , tog`larda esa , dastlabki normal holati bo’zilgan holda yotadi. Ko`pincha enkaygan tik burchak hosil qilib burmalanib , bukilma , surilma , do`ngliklar , o’zilmalardan iborat murakkab strukturalar hosil qiladi. Demak , Yer po’stini tashkil etgan tog` jinslari va strukturalar , Yer yuzasi va Yer po`stining ustki yuza qismini , suv havzalari rejimini muhitini organiq olamni Yer po`stini o`zgartirgan jarayonlarni o`rganish uchun asosiy vosita bo`lib xizmat qiladi . Binobarin Yer po`stini tashkil etgan tog` jinslari Yer po`stining geologik o`tmishdagi tabiiy sharoitni tiklash uchun xizmat qiladi . Yer po’stining chokindi qoplama qavati ostidagi magmatik va metamorfik jinslar kuchli deformatsiyga uchragan va butunlay o`zgarib ketgan . Magmatik tog` jinslari esa Yer po`stining tuzilishini yanada mukammalashtirgan . Magma xoh Yer yuzasiga vulkan sifatida otilib , yoki yoriqlardan oqib chiqib lava qoplamlarni hosil qilsin , yoki xoh chokindi va metamorfik jinslarni yorib kirib xar xil shakildagi lakkolit battolit , shtolt, nekk va boshqa into’ziya jinslarini hosil qilsin , baribir Yer po’stini o`zgartiradi, ana shular Yer po`tini uzoq o`tmishdan boshlab hozirgacha bo`lgan rivojlanishini xronologik tartibda qayta tiklab joylashtirish masalalarini va qonuniyatlarini aniqlash tarixiy geologiyaning asosiy vazifasi hisoblanadi , shunday qilib tarixiy geologiyaning asosiy vazifalariga :

1.Tog` jinslarining yoshini aniqlash ;

2.Yer yuzasining qadimgi aniq davrlar va bu davrlar oralig`ida mavjud bo`lgan tabiiy geografik sharoitlarini qayta tiklash ;

3. Yer po`stida bo`lib o`tgan tektonik harakatlarni va hosil bo`lgan strukturalarning rivojlanish tarixini o`rganish.

4. Yer po`stining tuzilishi va eng umumiy qonuniyatlarini aniqlash.

5. Yer po`stida foydali qazilmalar hosil bo`lish va tarqalish qonuniyatlarini aniqlash kabi asosiy 5 ta masala kiradi .



1. Tog` jinslarini yoshini aniqlash , Yer po`stining rivojlanish tarixning o`rganish uchun avvalo tog` jinslarning geologik (nisbiy va mutloq ) yoshini aniqlash zarur . Ularning ketma- ket paydo bo`lishini yoki bir xil yoshdagi tog` jinslarning yoshini aniqlash bilan paleontologiya shug`ullanadi . Magmatik va metamorfik jinslarda tosh qotgan qoldiqlar bo`lmaganligi sababli ularning yoshi nisbatan aniqlanadi. Chokindi jins qatlamlarning oldin yoki keyin hosil bo`lganligi aniqlanadi va boshqa joylardagi chokindi qatlamlar bilan solishtiriladi. Bunday ishlar bilan geologiyaning stratigrafiya sohasi mashg`ul bo`ladiki bu haqda yuqorida fikr bildirilgan .

2. Yer yuzasining qadimgi tabiiy geografik sharoitlarini tiklash tog` jinslarining yoshi aniqlangandan keyin qatlamlar hosil bo`lgan vaqtdagi tabiiy sharoit tiklanadi. Qatlam dengizda yoki quruqlikda hosil bo`lgani relef hususiyatlari iqlimi suv havzalarning sho`r yoki chuchuchlihi o`rganizmlarning yashash tarzi, hayot kechirish xususiytalari aniqlanadi . Tog` jinslari va qatlamlarning qanday sharoitda hosil bo`lgnaligi haqidagi masalalar fatsiya deb atalib , shu sohaning vazifasi hisoblanadi . Cho’kindilarni fatsial tahlil qilish orqali osha davrda Yer yuzasida mavjud bo`lgan geografik sharoitlarni qayta tiklash mumkin, jinslarning muhitini hosil bo`lish muhitini tiklash bilan poliogeografiya shug`yllanadi

3. Yer po`stida bo’lib otgan tektonik harakatlarni va hosil bo`lgan strukturalarni rivojlanish tarixini o`rganish Yer posti doimo tektonik harakatlari bol`ib turganki buni tog` jinslari qatlamlarining dastlabki normal yotishiga nisbatan bo’zilgan holati - burmalar –antiklinar va sinklinar burmalar orqali o`rganiladi . O’zilmalar bukilmalar va murakkab bo’zilishlar tektonik harakatlar . Tektonik harakatlarning bo`lgan vaqti ularning tafsiloti keskinligi hamda alohida o`lkalar Yer po`stidagi strukturalarning rivojlanish tarixini qayta tiklash bilan regional geotektonika fani shug`ullanadi . Odatda tektonik haraklatlar magmai k jarayoni bilan birgalikda ro`y byeradi . Magmatik jinslar tuzilishi va tarkibini petrografiya fani , magmatic jinslar hosil bo`lish jarayoni va vaqtini petrologiya deyiladi.

4. Yer postida foydali qazilmalarning hosil bo`lish va tarqalish qonuniytalari bilan foydali qazilmalar geologiyasi yoki iqtisodiy geoglogiya Shug`ullanadi. Foydali qazilmalar Yer po`stidagi endogen jarayonlar bilan muayyan hududning o`tmishdagi tabiiy sharoitning natijasidir. Metal foydali qazilmalar , endogen jarayonlar , neft, gaz, ko`mir , va boshqa joyning o`tmishdagi egzogen jarayonlar Bilan bog`liq boladi .

5. Yer po’stining tuzilishi va rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash tarixiy geologiyaning yetakchi masalasi bo’lib uni hal qilishda regional geologiya , geotektonika , geofizika , kosmik geologiya va boshqa ko`pchlik Yer haqidagi fanlarning ma’lumotlaridan foydalaniladi , shunday qilib tarixiy geologiyaning bir – biri bilan bog`liq tarixiy geologiyaning taqiqot usullari yordamida hal qilinadi

Tarixiy geologiya amaliy ishlarda olingan ma’lumotlarni umumlashtirishga asoslangan nazariy fan, u geologlarni nazariy bilimlar bilan geogriflarni Yer

o`tmishi haqidagi umum milliy malumotlar bilan qurollantiradi. Geologlar tarixiy geologic izlanish usullarini qollagan holda Yer postidagi foydali qazilmalarnign hosil bol`ish va joylanish qonuniyatlarni bilib oladilar . Geogriflar esa geografik obyektlarning nima uchun aynan shu xususiyatda o`lcham qiyofada ekanligi kabi qator masalaradan xabardor bo`ladi . Stratigrafik bo`linmalar tog` jinsi qatlamlari majmuyi uchun, ularga mos keluvhci geoxranalogik bolinmalar esa ular hosil bo`lishga ketgan vaqtni ko`rsatish uchun ishlatiladi . Ularning nomlarini ishlatishda turli chalkashliklardan hosil bo`lish uchun 1881 yilda Baloniye shahrida xalqaro geologlarning II sessiyasida rus olimlari A A Inastransov va A P karpebskiylar taklif etgan geoxranologiya jadvali asos qilib olingan . Unda 10 geologik davr sistema - Kembry , Selu, Devon ,KArbon, Perm, Trias, Yura, Bo`r, uchlamchi va to`rtlamchi nomlar tasdiqlangan 1900 yilda Parijda bolib o`tgan xalqaro geologic kongres (XGK)sessiyasida hamma davllatlar uchun bir xil bo`lgan strategrofik birliklar tasdiqlandi , Aslida bu birliklar sistemali nomlari joy nomlaridan olingan bo`lib , 1822 yilda 1879 yilgacha Yevropada olib borilgan ishlar natijasida aniqlangan . Maruzada qayd etilaganidek xalqaro geoxranologik shkalada birliklar , eon , guruh, davr ,epoxa , asr . Umumiy stratigrafik shkalada ularga mos ravishda eonotema , sistema , pag`ona , (Yarus) zona to`gri keladi . Shuni qalohida qayt etish kyerakki geologiyada shkala ikki mazmunda ishlatiladi . Geoxranalogiya birliklari vaqtni bildiruvchi stratigrafiya Birliklari shu vaqt ddavomida hosil bo`lgan yotqiziq qatlamlarni bildiradi . Chunki geoxranolik Birliklari hamma joy uchun qollash mumkin . Stratigrafik mazmun kasb etgan qatlamlar Yer yo’zining hamma joyida to`planmagan . Ayrim joylarda yuvilib ketgan , yotqiziqlar yo`q , shunday ekan bunday joylar uchun stratigrafik birlik haqida fikr yuritish foydasiz , boshqacha aytganda nisbiy vaqt tog`risida gapirilganda geoxranologik nomlalarni ishlatish kyerak , yotqiziqlar haqida gap ketganda stratigrafik bo`linmalarni nazarda tutish kyerak .

MDH davlatlarida stratigrafik kodeks (1977 yilda )qabul qilingan va har qanday geologic ishlarda ularga amal qilish shart . Kodekisda stratigrafik tasnif byerilgan va unda asosiy hamda yordamchi bo`linmalar ajratilgan .

Umumiy stratigrafik bo`linmalar yagona xalqora nomga ega . Ularni hamma joyda ishlatish mumkin . Odatda mayda mashtabli xaritalarda sistema va bo`limlar ajratiladi , keying kichk bo`linmlar hamma joyda ham ishlativyermaydi.



Umumiy

Regional

Mahalliy

Eonatema







Guruhtema




Majmua

Tizim (sistema)

gorizont

Syeriya

Bo`lim

Lona(Provensial zona)

Sveta

Pag`ona







Zona







Yerning geologik tarixini organishda xalqaro umum qabo’i qilingan birliklar mahalliy joylar uchun regional va mahalliy sharoitni tiklash uchun mahalliy birliklar qabo’i qilingan .

E о n o n a t e m a eng yirik geoxranologik birlik hisoblanib ion mobaynida hosil bo`lgan yotqiziqlar uchta arxey protyerzoy va fanyerazoy eonatemalarga ajratiladi . Bu Ionatemalar Yerning juda katta rivojllanish bosqichlarini tashkil qiladi bazan arxey va protyerazoy birlashtirilib to kembriy yoki kriptazoy deyiladi . Kriptazoy va fanyerazoyga bo`linishining asosiy mezoni 1. Yani kriptazoyda skeletsiz (Umurtqasiz organizmlarning uchrashi) 2. Da yani Fanyerazoyda xilma – xil skeletli organizmlar paydo bo`lib tarqanligida .

Guruhtema - Yer postining rivojanishi va organiq dunyoning yirik bosqichlar va keskin o`zgarish chegaralari aks ettiradi . Guruh yoki guruhtema esa , eonatemaning Bir qismi bo`lim guruh mobaynida hosil bo`lgan yotqiziqlarni tashkil etadi . Guruhtema yoki guruh bo`l gan panyerazoy , mezazoy va kaynazoy Guruhtemalariga ajratiladi . har qaysisi pastki va yuqori qismlarga bo`linishi mumkin maslan paliozoy ko`pchilik adabiyotlarda quyi palyazoy yoki palyogon , yuqori palyazoy yoki gyersen kabi ikki qismga bo`linadi .

Sistema – Tizim guruh temaning bir qismi , davr mobaynida hosil bo`lgan yotqiziqlarni bildiradi , Paliontologik Jihatdan sistema o`zigning boshqalardan farq qiluvchi flora va faunasiga ega boladi. Sistemalar ikkita ko`pincha uchta bo`limlarni birlashtiradi.

Kembriy 3 ta , ordovik 3ta, silur 2 , devon 3, karbon 3 ta , perm 2 ta , trias 3 ta , Yura 3 ta , bo`r 2 ta , paleogen 3 ta , neogen 2 ta , to`rtlamchi antrapogen 3 ta, ba’zan 4 ta bo`limlarga ajratishga kelishilgan . Hozir geoxranalogik jadvalda 12 sistema mavjud . Dastlabki davrlarda silur 1 ta davr keyinchalik u 2 ga , silur va ordovik mustaqil davrlarga bo`lindi . Uchlamchi davr bugungi kunda ikkita mustaqil sistemaga paleogen va neogen sistemalarga ajratiladi.



Bo`lim- epoxa mobaynida hosil bo`lgan yotqiziqlarni bildiradi geologik xaritalarda sistema rangi alohida tusdagi ranglar bilan ko`rsatiladi . Sistema ranglari to`q, normal, och tusda bo`lib tasvirlanadi , sistema indeksiga raqam qo`shilib belgilanadi , har bir sistema uchun belgilangan rang tasvirlanishi shart.

Asr – (Yarus) bir geologik ars mobaynida hosil bo`lgan yotqiziqlar 1. Asr bo`limning bir qismi , organizmlari tur va xillari bo`yicha faqat o`ziga tegishli paliontalogik ko`rinishga ega , Asr nomi geografik joy nomlaridan olingan .

Zona – Asrning bir qismi uning chegaralari o`ziga xos turlar zonal majmualar bo`yicha aniqlanib nomi majmuadagi eng muhim yetakchi bo`lgan zonal tur nomi bilan yuritiladi . Xalqaro qabul qilingan bu stratigrafik – Geoxaranalogik birliklardan tashqari katta maydonlar uchun regional stratigrafik birliklar ham qabul qilingan .

Regional stratigrfik bo`limlar asosiy stratigrafik bo`limlarning ikkinchi darajali shkalasi hisoblanib ,ular malum bir regional yirik yotqiziq hosil bo`lish kompleksi uchun (Sedimentatsion ) paleohavza yoki paliobiogeografik o`lka uchun aniqlanadi .

Mahalliy stratihrafik birliklar uchunchi darajadagi birliklar bo`lib, unga seriya kiradi , mahallay stratigrafik birliklar asosan litalogik va petrografik tarkibga ko`ra ajratiladi. Bo`limlarning vertikal kesma bo`yicha gorizantal majmua bo`yicha aniq chegarasi bo`lishi kerak.



Majmua (Kompleks) eng yirik mahalliy stratigrafik bolim bolib ,

( km dan 10 km gacha ) murakkab tarkibli tog` jinslari kompleksi , majmualar ko`pincha tokembriy ishlatiladi Syeriya mahalliy shkalaning asosiy birligi (100 lab metrdan 1 kmgacha qalinlikda ) murakkab tarkibli yotqiziqlardan tashkil topgan hosil bo`lish sharoiti deyrali bir xir , juda katta maydonlarda tarqalagan syeriyaning Nomi joynomlari bilan bog`liq .



Svita – mahalliy shkala birligi , Litalogik va fatsial xususiyatlarga ko`ra bir xil va yaqin yoshdagi yotqiziqlarni birlashtiradi. Svitaning maydon Bo`ylab chegarasi aniq , litalogik tarkibi va paleontologik birliklari barqaror bo`ladi , svita joy nomi bilan yuritiladi . Masalan : Janubiy O`zbekistonda yuqori Epoxasining ohaktoshli yotqiziqlari hisor svitasi , himogen chokindi , yotqiziqlari, gips angidrid , galit selvin, yotqiziqlari, gaurzak svetasi nomi bilan yuritiladi. Dehqonobod tumanidagi silvinitli kaliy tuzlari , kompleksi ayni shu davrda svetasi yotqiziqlaridir ular asosida dehqonobod kaliy ug`itli zavodi ishlamoqda .

Bugungi kunda Yer po`stini o`rganish ajratilgan guruh va davrlar qayd etganimizdek xalqaro miqyosda qabo’i qilingan radio geoxranalogik usullar orqali ularning chegaralari va muddati aniqlangan. MDH da amal qilinayotgan geoxranologik shkala (Geoxranalogik muddati va pastki chegalar yoshi ) 2000 yil 3-17 avgustda Reo-De-Janeyroda bolib o`tgan xalqaro 31 geologik kongresda qabul qilingan . (Bu jadval 3-maruzada berilgan) Qabul qilingan ushbu jadvalda ayrim o`zgarishlar bo`lishi mumkin .
Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat