Мундарижа сўзбоши



Download 0.7 Mb.
bet2/69
Sana28.09.2021
Hajmi0.7 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
МАЪРУЗА МАТЕРИАЛЛАРИ

1.Geologiya asoslari va geomorfologiya fani, predmeti, tadqiqot ob’ekti. Fanning maqsadi va vazifalari, rivojlanish tarixi.

REJA:

  1. Geologiya va geomorfologiya fanlarining o’zaro bog’liqligi, tarmoqlari.

  2. Geologiya fanining tarkib topish tarixi

Geomorfologiya fanining ob’ekti, predmeti, boshqa fanlar bilan aloqasi. Geomorfologiya fanining shakllanish tarixi va rivojlanishi.

  1. Geomorfologiya – relef to’g’risidagi fan.

  2. Chet ellik va vatandosh olimlarning geomorfologiya fanining shakllanishi va rivojlanishidagi hissalari.

Geologiya - Yer haqidagi fan bulib, yunoncha geo - yer logos - fan demakdir. Geologiya tabiiy fanlar tizimiga kiradi va u Yerning tuzilishi, paydo bo’lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganadi, "Geologiya" atamasini birinchi bo’lib norvegiyalik olim M.P.Эshol't 1657 yilda fanga kiritgan.

Yer nima degan savolga olimlar turlicha javob beradilar. Astronomlar Erni shar shaklidagi fizik jism deb, Quyosh sistemasida juda katta tezlikda (bir sekundda 30 km) aylanuvchi planeta sifatida tekshiradilar. Geograflar, geodezistlar, gsomorfologlar Er ustki qisminin' tabiatig tabiiy muhiti, rel'of shakli hamda elementlarni o’rganadilar. Biologlar esa, erdagi hayotni - usimlik va hayvonot olami rivojlanadigan qismini - biosferani o’rganadilar. Tuproqi unoslar yerning tirik organizmlar rivojlanadigan eng ustki hosildor yupka hosildor qatlamini tekshiradi. Qurilish ishlaridagi mutahassislar yerni qurilish asosi va materiali, ya`ni uni qurilish manbai deb qarashadilar. Yuqorida qayd etilgan fan sohalalari erning faqat ustki qatlamlarida sodir bo’layotan jarayon va hosisalarning rivojlanishi hamda o’zgarishinigina o’rganadilar.



Geologiya fani asa, yerning ustki qismini o’rganish bilan bir qatorda, uning ichki tuzilishini, tarkibini va undagi kechayotgan hodisalarning rivojlanish qonuniyuatlarini ham o’rganadi. Geologlar yerni turli mineral va tog’ jinslaridan tarkib topgan, ichki va tashqi kuchlar ata’sirida doim o’zgarib turadigan sharsimon fizik (qattiq) jism deb tushunadilar.

Yer po’sti neorganik qismining paydo bo’lishi va rivojlanishi o’simlik va hayvonot do’nyosining hayoti bilan bevosita bog’li bo’lib, ularni o’rganishda yer qatlamlari orasida saqlanib qolgan toshqotgan organic qoldiqlar va ularning tamg’alarigina yordan beradi.



Shunday qilib, geologiya fani yer haqidagi mahsus fan bo’lib, u yer qatlamlari tarkibini tuzilishini va rivojlanish tarixini, unda kechayotgan ichki va tashqi jarayonlarni o’rganadi.

Bu masalalar keng ko’lamli bo’lganligi tufayli geologiya fani bir necha maxsus sohalarga bo’lingan va ularning har biri muayyan vazifalariga ega.

Yerning moddiy tarkibini mineralogiya (minerallar haqidagi fan) va kristallogofiya (krislari haqidagi fan) geokimyo (Yer kimyosini o’rganuvchi fan) paleontologiya (qadimgi prganizmlarning toshqotgan qoldiqlari haqidagi fan) foydali qazilmalar geologiyasi (mineral xomashyolarni o’rganuvchi fan), gidroelogiya (yerosti suvlari haqidagi fan) va boshqalar o’rganadi. Yer yuzasining shakllari, ularning paydo bo’lishi, rivojlanishi va taraqqiyotning geomorfologiya fani o’rganadi. Yer shari yuzasining relmf shakllarini gepgeziya tekshirsa, uning fizik xossalari hamda xususiyatlarshsh geofiziki, erning yoshi va qatlamlar munosabatshsh stratigrafiya, erning ichki tog’ xosil qiluvchi harakatlarini geotektoniga va strukturali geologiya o’rganadi,

Umumiy geologiya kursida Uning moddiy tarkibi va tuzilishi haqida yuqorida ko’rsatilgan fanlar odatda fizik geologiya degan sohaga birlashtirilgan. Dinamik geologiya yer po’stini o’zgartiruvchi va tog’ jinslarini hosil qiluvchi itogenez.) jarayon bilan shg’ullanadi.

Nazariy sholagaya, geologak razvedka ishlari va yer po’stini geofizkk usullar erdamida tekshirish, peft qidirish `geologiyasi, muxandislik geologiyasi geologayasi (geologiyaning qurilishda qo’llanilishda qo’llanilishi) harbiy geologiya va boshqa amaliy geologiya fanlari bilan bog’liqdir.

Geologik bilimlarning shakllanishi va taraqqiyoti o’zoq o’tmshishga borib taqaladi. Geologiya fan tariqasida ikki asrdan Ko’poq vaqt muqaddam paydo bo’ldi. O’tmishda uni huddi geografiya singari falsafaning bir qismi deb kelshgan. Faqat XVTII - asrda. N.Steno (Italiya), M.B. Lomonosov (Rossiya), A.Verner (Germaniya), J.Byuffoi, J.Kyuv'e", Brop'5f (Frantsiya), D.Getton (Shotlandiya), U.Smit (Angliya) va boshqalarning umumlashtirilgan va fundamental ishlari tufayli geologiya mustashл fan tarmori sifatida shakllandi.

Qazilma boyliklarni qazib olish birinchi geologik va geografik tushunchalar zamonlardan beri mavjud. Arxeologiya fani ishlab chiqarish kuchlarinig rivojlaniigani, madaniyatning qanday derajada yuksalganligini tekshiradi, Jumladan, odamlar eng oldin tosh qurollardan foydalanganligini qadimgi topilmalarga asoslanib, bu o’sha davrlarda (Neolit) yasalgan buyumlar ekanligi isbot qilindi. Odamlar keyinro mis, qo’rg’oshin, qalay, kumush, oltin, undan keyin esa temir ma’dani bilan tanishganlar. Ular asta-sekin qimmatbaho mineral va tog’ jinslari

-ohanrabo, lazurit, feruza va boshqalardan ziynat buyumlar yasay boshlaganlar.

Qulchilik davrdagi geologik bilimlar, jumladan, bu davr kishilarning tabiat hodisalari. Yer tuzilishi va qazilma boyliklar to’g’risidagi tushunchalari juda ham sodda bo’lib, ularda din ta’siri kuchli bo’lgan.

Yer haqidagi yozma ma’lumotlar dastlab vaviloniya davlatida boshlangan. Dunyoning paydo bo’lishi to’g’risidagi dastlabki rivoyatlar mesopotamiyada (ikki daryo oralig’i), milloddan avvalgi 4-3 ming yillikda ilk sinfiy davlatlar Ur, urik, lagash va boshqalarda vujudga kelgan. Bular eramizdan avvalgi 626 -538 y bunday ma’lumotlar Janubiy mesopotamiyada hukumronlik qilgan Xaldeya dinastiyasining yangi Vaviloniya podsholigiga qarashli shaharlarda topilgan gildan yasalgan doskaga yozib qoldirilgan. Dunyoning paydo bo’lishi haqidagi Vavilonliklarning rivoyatlari qadimgi yahudiylar “Injil” iga Xristian va musilmon dinnining “muqaddas” kitoblariga ham kirib qolgan ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyoti tabii fanlar bilimining rivojlanishi uchun moddiy asos yaratdi. Tabiiy fanlar bilimlari Xitoy Yunoniston, Rim, Eron, O’rta Osiyo davlatlarida (Xorazmda Sug’diyonada) nisbatan tahminan eramizdan avvalgi XX-XIX – asrlarda Xitoyda mualliflar jamoasi tomonidan yozilgan “San Xey, din-tog’ va dengizlar haqidagi qadimgi rivoyatlar” degan to’plam tuzila boshlagan. Oldinroq uning ayrim qisml;ari suyak, yog’och, nefritdan yasalgan ntaxtalarga yozilgan. Keyingi asrlarda unga qo’shimchalar kiritilib tuzilgan “San Xey Din” ning so’ngi nusxasi yaratilishi eramizdan avvalgi 400 yillarga to’g’ri keladi.

Bu qo’lyozmada 17 ta minerial oltin kumush, qalay, mis, temir, magnetit, kuprit, arogonit, realgar yashma, nefret va boshqalar haqidagi ,a’lumotlar berilgan.

Yaponiya va Sharqiy Xitoy dengizlaridagi orollarda tez-tez sodir bo’lib turadigan zilzilalar yerli aholini juda qiziqtirgan va bu hosisani o’rganish uchun 132 – yilda Xjan Xen birinchi bo’lib eng oddiy seysmograf ixtro qilgan.

Qadimgi yunonlar yerni atrofi suv bilan o’ralgan tekis doira shakldagi kism deb tushunganlar. Yunoniston ilmiy asoslangan tushunchalarga ega bo’lgan olimlar yetilib chiqadilar. Ular dunyoning tuzilishi va tabiat hodisalari haqidagi turli fikrlarni qo’rmay aytishgan. Bu olimlar Fales (eramizdan avvalgi VII-VI-asrlar Geraklit (eramizdan avvalgi VI- asr), demokrit (eramizdan avvalgi V-IV asrlar), Empedokl (eramizdan avvalgi V asr) va boshqalardir. Ular tabiatdagi hamma hodisa va voqealarning sabablarini xudoga emas, balki tabiatdagi muayan kuchlarga uning o’ziga xos qonuniyatlariga bog’lab tushuntiradilar. Bu fikrlar diniy qarashlarga butunlay siz bo’lgan. Bu o’sha vaqtda qo’rila boshlagan ilm-fanning ulug’ binosiga qo’yilgan birinchi g’ishtlar edi.

Bu davr vakillaridan biri Anaksimandir. (eramizdan avvalgi 611-547 yillar) birinchi bo’lib yerning rivojlanish tarixida hamma organizmlar suvda paydo bo’lganligi va dunyoning abadiy ekanligi haqida o’z fikrini bayon etgan.

Gerodot (eramizdan avvalgi 484 - 466 yillar Misr erining paydo bulishi tarixini yozgan.. Misr utmishda O’rta yer dengizining Эfiopiyagachi cho’zilgan akvatoriyasining keyingi vaqtlarda quruqlikka aylangan qo’ultig’i ekanligini shu erdagi tog’larda topilgan dengiz chig’anoqlari qoldiqlari hamda boshqa daliliy ashyolar bilan isbotlab bergan. Yunon olimi Arastu ham (eramizdan avvalgi 384 -322 yy.) geologiya fanining rivojlanishiga o’z hissasini ko’shgan.

Mashhur geograf Strabon quruqlikda dengiz chig’anoqlarining topilish sabablarini tushuntirib, yerning dengiz tagidagi qismi harakat qilib to’rgani - uning ko’tarilishi va chuqishi natijasida orollar, hatto materiklarning hosil bo’lshini ko’rsatib o’tgan. Sitsiliya bir zamonlar Alennin yarim oroli bilan qushilganligi tug’risida fikr bildirgan. U bu yerdagi vulqon harakatlari yer pustining tik harakat qilishining natijasi deb tushuntirgan.

Aleksandriya olimlari astronomiyani - osmon jinslari zedidagi fanni ancha taraqqiy ettirdilar Aristarx Samosskiy (eramizdan avvalgi 320 - 250 yy.) va uning zamondoshlari Quyosh va Oyning kattaligini ulchashga o’ringanlar, Dunyoning markazi yer emas balki Quyoshdir, yer Kuyot atrofidan aylanadi, deb tahmin qilganlar. Ularning bunday: qarashlari Nikolay Kopernik goyasidan XVIII -asr oldin bayon etilgan.

Abu Rayxon Beruniy (979-1048 yillar o’zining arab tilida yozgan bir qator asarlarida yer minerallar, ma`danlar, geologik jarayonlar to’g’risida juda ajoyib fikrlarni yozib qoldirgan.

U yerning dumaloqligiga ishonish bilan birga uning kattaligini ham birinchilar qatorida aniqlangan. Beruniyning astranomik traktatidagi sxematik haritasi uning Eski dunyoni yaxshi nbilganligidan dalolat beradi. Beruniyning bu sohadagi ishlari G’arb geopggrafiyasidan oldinda turgan. Bruniy o’sha vaqtdagi o’zining xaritasiga afsonaviy davlatlar va kaspiy mamlakatlarini joylashtirmaydi. Balki Xorazm va Xindistonning geologiyasini tiklashga o’rinib oqar suvlar faoliyati haqidagi ilmiy fikrlarini aniq ifodalab beradi.

Beruniy ayrim olimlarning xudoning hoxishi bilan ariqdagi suv orqaga qara oqishi mumkin, degan noto’g’ri fiklarni fosh etib, suv oqimining asl mohiyatini talqin etadi va tabiiy qonunlariga vos jarayon ekanligini isbotlab beradi.

Uning fikricha, suv markazga intilish kuchiga ega, binobarin u pasdan yuqoriga qarab oqmaydi. Suvlarning tog’ bag’ridan buloq shaklida, yoki yer tagidan yo’qoriga fantan bo’lib otilib chiqishini Beruniy yer ostidagi bosim kuchiga bog’lab tushuntirgan. Daryo yotqiziqlari haqida esa Beruniy o’zining “Aholi yashaydigan joylar orasidagi masofalarning oxirgi chegarasini anilash” degan asarida bunday deydi . “Kimni bu haqda fikr yuritar ekan, u shunday xulosaga keladi: tosh va shag’allar, mayday zarrachalar turli kuch ta’sirida tog’dan ajraladi. Keyin o’zoq vaqt davomida suv va shamol kuchli tufayli ularning qirralari tekislarib, silliqlanadi Hamada dumaloq shaklga kiradi. Ulardan o’z navbatida mayday donachalar qum va changlar paydo bo’ladi. Agar bu shag’allar daryo o’zanida to’plansa, orasiga gil va qum kirib bir butun “hamirga” aylanadi. Vaqtning o’tishi bilan aralashgan narsalar suv tagida ko’milib ketadi.

Agar biz ana shunday dumaloq toshlardan tashkil toppgan yotqiziqlarni uchratsak, ular albatta yo’qorida yozilganimizdek paydo bo’lgan desak bo’ladi. Ular yer ustida yoki qatlamlar orasida uchrashi mumkin. Bunday jarayon o’zoq vaqtni talab etadi va bizning tasavvurimizdan tashqaridagi doimiy o’zgarishlar bilan bevosita bog’langan holatda yuz beradi (A.M.Belenitskiy - Abu Rayxon Beruniy, Leningrad universiteti nashri, 1949, 207).

Beruniy bu mulohazalarida XVIII - asrda M.V. Lomonosov, XIX -asrda Ch. Layel tomonidan bir- -biriga botxsh bo’lmagan holda kashf etilgan aktualizm yuyalarini birinchilar qatorida bayon etgan. Shu asarda Beruniy yana bunday deydi: "Dengiz urni quruqloik bilan, quruqlik o’rni esa dengiz bilan almashadi".

Beruniyning XI - asr boshlarida birinchya bo’lib daryo o’zanlarida chukindi jinslar donalar, o’lchamining suv oqimi tezligiga qarab o’zgarishy qonuniyatini yaratganligi (keyinchalik Beruniy qonuni deb atalgan) katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu qonuniyat so’nggi yillarda V.I.Popov tomonidan ishlab chiqilgan chukindi hosil bo’lyshining uch bosqichli fatsial paragenetik mintaqalariga mos keladi.

Beruniy uzining "Mineralogik traktar" degan asarida (X -asrning birinchi yarimi) minerallar haqida chuqur va aniq ilmiy ma`lumotlar bergan. Minerallarni aniqlash ga tasniflashda Beruniy faqat ularning rangiga tiniqligidan emas, balki qattiqligiga solishtirma og’irligidan ham foydalanilgan.

Beruniyning zamondoshi buyuk olish tabiatshunos va faylasuf Abu Ali ibn Sino (980- -1037). ham geologiya fanining rivojlanishiga hiassasini qushdi. Ibn Sinoning geolop dunyoqarashlari uning ilmiy qomusi "Ashshifo" (Qalbini davolash) nomli kitobining "Tabiat" degan bo’limida yoritilgan.

Ibn Sinoning toshlar paydo bo’lishida zilzila va qo’lashlari, yerlarning o’pirilishi katta ehaxiyatga egaligi, hayvon va usimliklarning toshga aylanishi tug’risida ajoyib fikrlari bor, Ibn Gino tomonidan temir va tesh materiallarning paydo bo’lishi haqida aytilish fikrlari juda qiziqarlidir. Ibn Sino hozirgi aholi yashaydigan o’lkalar o’tmishda "hayotsiz yerlap va dengiz osti bo’lgan" degan ilg’or fikrlarni ilgari surgan.

Mashzkur Ozarboyjon matematik - astronomi Muhammad Nasriddin tabiatshunoslik sohasidagi juda ko’p ishlari bilan birga minerallar haqida "Javohirnoma" degan asarni yaratdi. Bu asarda 34 mineral: zumrad, shpinelg feruza, lazurit, agat, yashma va bopk.alar ta`rifdangan. Ularning fizik xossalari: rangi, yaltiroqushgi, qattiqligi, solishtirma oriqligi, tiniqligi, va murtligi batafsil bayon ettlgan. Ibn Sino va Beruniyning mineralogiya traktatlaridan keyin Muhammed Nasriddin asari uz zamondoshlarining fikrlarini umumlashtirgan va ular qiymmatli ilmiy ma`lumotlar bilan toldirilgan birdan - bir asar bo’lgan.

1445 yilda polyak olimi I.Kopernik “Osmon jinslarining aylanishi to’g’risida" nomli asarida yer o’z o’qi atrofida va boshqa planetalar bilan birgalikda Quyosh atrofida aylanishini isbot qildi.

Mirzo Ulugbekning matematika va astronomiya fanlarining taraqqiyutiga qo’shgan hissasi beqiyosdir. U osmon jismlarining tarqalish qonuniyayini, harakatini va sonini aniqlash masalalarini to’g’ri talqin qilib bergan buyuk olimdir.

Rus olimi M.V.Lomons sov geologiya faniga ulkan hissa qushgan. Uning " sr .yer qatlamlari haqda" asari juda katta ahamiyatga ega. Uni Rossiya geologiyasining asoschisi deb bejiz aytishmagan. V.M. Severgin esa "Mineralogiya lug’ati" ni yaratgan.

XVIII-asr oxirlarida ingliz geologi Vil'yam. Smit stratigrafiya va paleontologiya fanlariga asos solgan. Ingliz olimi Ch. Layel "Geologiya asoslari" nomli kapital asarini XIX- asrning 30 kichi yillarida yozgan. Unda aktualizm usuli yordamida utmishdagi geologik jarayonlarni k,ayta tiklash mumkinligini isbotlab bergan. Shuningdek, u frantsuz olimi J.Kyuv'e fikriga (katastrofik ta`limot tashvikrtchisi) kushilmasdan, geologik uzgarishlar sekin kechadigan uzoq davom etuvchi evolyutsion jarayonlardan iborat deb xisoblagan. Jumladan, organik dunyoning taraqqiyoti shunday kechgan,

Frantsuz olimi Эli-de - Bomon kontraktsiya royasini yaratgan. Avstriya geologi Э.Zyuss "Lik Zemli", degan -mashhur asarini yozib, ilmiy geologiyaga munosib hissa qo’shgan.

Turkiston o’lkasida geologik qidiruv ishlari asosan XDC - asrning oxirlaridan boshlanadi. Rus olimlaridan I.V.Mushketovning 2 - tomlik "Turkiston" nomli kapital asari, uning G.D.Romanovskiy bilan hamkorlikda Turkistonning birinchi geologik xaritasini tuzishi muhim ahamiyatga ega bo’lgan.

O’zbekiston xududining geologiyasini rejali o’rtanish XX - asrning 50 - yillaridan boshangan. Bunda geologlarimizning olib borgan tadqiqot ishlari har qanday maqtovga sazovor. Jumladan, mashxur geolog X.M.Abdullaevning “Ma`danlarning intruziyalar bilan genetik bog’liqligi", "Daykalar va ma`danlanish", "O’rta Osiyoda magmatizm va ma`danlanish" kabi asarlari foydali qazilmalarni qidirishda doimo dasturulamal vazifasini bajarib kelmoqda.

Gidrogeologik va muhandistlik geologiyasi sohasida G.A, Mavlonov N.K. Kenasarin liologiya ohasida O.M Akramxo’jayev, B.P.gonov petrografiya sohasida I.X. Hamraboyev T.N. Dolimov, tekonika sohasida O.M. borisov M.O. Madjonov kabi yirik olimlar O’zbekiston geologiyasining turli tarmoqlari bo’yicha samarali ishlar qilishgan.




Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat