Мундарижа сўзбоши


Ma’ruza 5. Endogen jarayonlar. Tektonik va neotektonik harakatlar



Download 0.7 Mb.
bet18/69
Sana28.09.2021
Hajmi0.7 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69
Ma’ruza 5. Endogen jarayonlar. Tektonik va neotektonik harakatlar

Reja

1.Yer po’stidagi tektonik harakatlar. Burmali, uzilmali, epeyrogenik harakatlar. Ularning relef hosil bo’lishdagi roli. qadimgi, hozirgi va yangi tektonik harakatlar.

2. Vertikal va gorizontal tektonik harkatlar.

3.Geotektura, morfostruktura va morfoskulptura tushunchalari.



1.Yer po’stidagi tektonik harakatlar. Burmali, uzilmali, epeyrogenik harakatlar. Ularning relef hosil bo’lishdagi roli. qadimgi, hozirgi va yangi tektonik harakatlar.

Tektonika (yunoncha) – qurilish, qurish san’ati, degan ma’noni bildiradi. Yer ichidagi (yuqori mantiyadagi) harakatlar natijasida Yer po’stida ro’y beradigan bukilish, burmalanish, sinish, siljish, ko’tarilish, cho’kish hodisalari tektonik harakatlar deyiladi.

Tektonik harakatlar yuqori mantiya bilan yer po’stining o’zaro ta’sirida ro’y beradi. Tektonik harakatning quyidagi turlari bor:

Tebranma (epeyrogenik) harakatlar. Yer po’sti asta ko’tarilib, asta pasayadi.  Uning tezligi har xil. Tebranma harakatlar natijasida sinekliza, antiklizalar hosil bo’ladi. Neogen va antropogen davrilarda Tyanshanda tektonik harakat amplitudasi 12-15 km bo’lgan, tekisliklarda sekin bo’ladi. Tekislik va qirlar hosil bo’ladi.

Hozirgi harakatlar Rossiya tekisligida Donbassda, Dneprbo’yi qirlarida ko’tarilish yiliga 10 mm gacha boradi. Pechora havzasida  cho’kish yiliga 11,8 mm. ga teng. Niderlandiyada mamlakatning yarim hududi dengiz sathidan past.



Burmali-bukilish harakatlari. Bunday harakatlar natijasida burmali tog’lar, tog’ oldi bukilmalari hosil bo’ladi. Kavkaz, Ural, Kordilera, And, Himolay va boshqa tog’lar, Hind-Gang pasttekisligi, Mesopotamiya ana shunday harakatlar natijasida hosil bo’lgan.

Uzilma harakatlar – bunday harakatlar natijasida palaxsali, burmali-palaxsali tog’lar hosil bo’ladi. Bundan tashqari gorst va grabenlar hosil bo’ladi: Oltoy, Sayan, Tyanshan tog’lari ana shunday harakatlar natijasida hosil bo’lgan.

Rift zonalar. Rift inglizcha – yoriq degan ma’noni beradi. Rift zonalarida ko’tarilma harakat bo’lib, yer po’sti yupqalashadi va yorilib, yer po’sti bo’laklari bir-biridan uzoqlashib, okean yer po’sti hosil bo’ladi. Baykal, Kaliforniya, Qizil dengiz, Buyuk Afrika yorig’i ana shunday harakatlar natijasida hosil bo’lgan.

      

Tektonik harakat turlari[1]

Halqasimon qurilmalar. Bunday relef shakllarining hosil bo’lishi har xil. Vulqon chiqshi, meteorit tushishi sabab bo’lishi mumkin. Yer yuzida 130 dan ortiqroq shunday shakllar bor.

Eng kattasi Xatanga daryosi bo’yida. Chuqurligi 200-400 m, diametri 100 km. Kareliyadagi Yanisyarvi ko’li meteorit kraterida joylashgan. Arizona krateri D=1,2 km, chuqurligi180 m.




Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat