Mundarija kirish


Kompyuter xonalariga qo‘yilgan talablar



Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/34
Sana31.10.2020
Hajmi1.97 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
Kompyuter xonalariga qo‘yilgan talablar 

Xona  keng,  meoyorida  yoritilgan  va  havosi  oson  almashtiriladigan  bo`lishi 

kerak. Yorqin quyosh nurlari monitorga salbiy taosir etadi. Qorong`i xonada faqat 

ish joyini yoritish ham maqsadga muvofiq emasdir. Stolni shunday joylashtiringki, 

deraza  oynasi  qarshingizda  bo`lmasin.  Agar  buning  iloji  bo`lmasa,  u  holda  qalin 

parda yoki jalyo`zi sotib oling, shunda derazadan tushayotgan yorug`lik sizga xalal 

bermaydi. Agar oyna yon tomonda bo`lsa, yana parda yoki jalyo`zi joningizga oro 

kiritadi. Chang va issiqliq salomatlikka putur yetkazibgina qolmay, texnikaga ham 

yomon taosir o`tkazadi, shuning uchun xonaga konditsioner o`rnatgan ma`qul. 

Xodimlar  samarali  faoliyat  ko’rsatishi  uchun  sharoit  yaratish  va  texnik 

vositalarni  ishlashi  uchun  xonalar  yorug‘,  toza,  tovush  va  tebranishdan 

izolyasiyalangan  xolatda  loyihalanadi,  shkaf  va  devorlar  tovush  yutuvchi 

plitkalar bilan qoplanishi maqsadga muvofiqdir. 



63 

 

Kompyuterni  xonada  to’g’ri  joylashtirish  va  to’g’ri  loyixalanib  o’rnatilgan 



yoritgichlar  foydalanuvchini  ko’rishini  yaxshi  ta’minlaydi,  asab  tizimiga 

qo’shimcha  zo’riqish  bermaydi,  operatorni normal  ish faoliyatini  ta’minlaydi, ish 

jarayonidagi  xatolarni  keskin  kamaytiradi.  Kompyuterlarni  alohida  xonalarga  5-6 

displeydan  ortiq  bo’lmagan  xolda  joylashtirish  tavsiya  qilinadi.  Bu  eng  avvalo 

mikroiqlimni yo’l qo’yilgan qiymatlari parametrlarini ta’minlashga imkon beradi. 

Sanitar normalarga muvofiq bitta foydalanuvchi uchun 6 m2 maydon, xajmi 20 m3  

dan  kam  bo’lmasligi  kerak.  Gigienik  nuqtai  nazardan  kompyuterni  shunday 

joylashtirish keraki, ekrandan ko’zni ko’targanda, xonadagi eng uzoqda joylashgan 

narsa  ham  ko’rinsin.  Operatorning  ish  joyini  kirish  eshigiga  yuzi  qaragan  xolda 

joylashtirish  eng  samarali  xisoblanadi.  Eng  uzoq  masofaga  nigoxni  o’tkazish 

imkoni  -  kompyuterda  ishlaydigan  ko’rish  tezligining  og’irligini  kamaytirish  eng 

samarali usuli xisoblanadi. Ish joylarini kompyuterdan devorgacha bo’lgan masofa 

1  m  dan  kam  bo’lmagan  xolda  xonaning  burchaklariga  yoki  devorga  qaratib 

joylashtirish,  derazadan  tushgan  yorug’lik  ko’z  uchun  ortiqcha  zo’riqish 

bo’lmasligiga  yordam  beradi.  Shuning  uchun  ham  kompyuterni  derazaga  qaratib 

joylashtirmaslik  darkor.  Agar  bir  xonada  bir  necha  kompyuterlar  joylashgan 

bo’lsa, elektromagnit nurlarning ta’sirini kamaytirish uchun bir manitor ekranidan 

ikkinchisining  orqa  devorigacha  masofa  2  m    dan  kambo’lmasligi,  yon  devorlari 

orasi esa 1,2 m dan kam bo’lmasligi kerak. 


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
ishlab chiqarish
fizika matematika
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati