materiallarni tayyorlash, interfeys eskizlarini va o’quv dasturining stsenariyasini,
videofragmentlar, kompyuterli modellashtirishni amalga oshiruvchi dasturlar,
bilimlarni tekshirish bloklari va boshqalar) yaratish mo’ljallanadi. Bu bosqichda
o’rganuvchining psixologik tipidan kelib chiqqan holda o’quv materialini (shakli
29
va mazmuni bo’yicha) ko’rsatishning turli variantlari ishlab chiqiladi. Bunday
xollarda, dastavval, psixologik test o’tkazish ham kerak bo’lib kolishi mumkin.
O’quv kursining matni bilan ishlashda shu kursda o’tiladigan mavzular
ro’yhati asosida matnning tuzilmasini yaratish kerak bo’ladi. Bunda hamma
mavzular ko’rsatilgan holda matn bo’lim, bob, paragraf va shunga o’xshashlarga
bo’linadi. O’quvchi uchun bilimlar va ko’nikmalar to’plami oldindan aniqlangan
bo’lsa, u xolda xar bir bo’lim ham va o’quv kursi ham o’z oldiga qo’ygan
maqsadga erishadi. SHuning uchun turli xil mnemonik usullardan foydalanish
maqsadga muvofikdir. Bularga shriftlar yordamida ajratish, grafika, rasmlar va
multiplikatsiyalarni ishlatish kirishi mumkin. Bu maqsadda natijalarni chikarishni
kuchaytirish mumkin: asosiy formulalar ro’yxatini keltirish, asosiy koidalarni
yoritish, jadvallar tuzish. Matnga keyinchalik katta o’zgarishlar kiritmaslik uchun
mukammal taxrirlanadi. Oxirgi taxrirlangan matn gipermatnga aylantiriladi.
Kursning matnini yozish bilan parallel ravishda kursning multimedia
stsenariyani yaratish ishlari olib boriladi. Multimedia stsenariyasida kursning
mavzular va kerakli komponentlar ro’yhati ko’rsatiladi, undan tashqari uning
dastlabki tuzilmasi yoritiladi. Bunga animatsion, audio- va videofragmentlarni,
illyustratsiyalarni va boshqalarni bayon etish kiradi. Stsenariyani yozish tanlangan
dasturiy ta’minotning imkoniyatlaridan va tayyor birlamchi materiallardan kelib
chiqqan xolda amalga oshiriladi. Kursning to’liq stsenariyasi deb oddiy matnni va
unga aloqador mavzular, bo’limlar yoki tushunchalar, tasvirlar, ovoz,
videofragmentlar bilan bo’liq bo’lgan gipermatnni ishlatishga hamda jadvalli
axborotni, illyustrativ (grafika, sxema, rasmlar) materiallarni, animatsion rasmlar,
fotomateriallar, audio va videofragmentlar, kompyuter modellarini ishlatishga
aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: