Mundarija: Kirish



Download 268 Kb.
bet1/2
Sana22.06.2017
Hajmi268 Kb.
#11096
  1   2



Mundarija:
1.Kirish …………………………………………………………………….2

2. Axborotlar komunikatsiyaslarini o’qitish metodikasi…………..…...3

3. Kadrlar tayyorlashda yangi texnologiyalarni qo’llash…………...…5

4. Informatika darslarida o’yin texnologiyalaridan foydalanish……..…6

5. Tarmoqlar metodi…………………………………….……………….14

6. Masofali o`qitish va uning tashkil qilish asoslari…………………….21

7. Masofali o`qitishning tashkiliy-uslubiy modellari……………………24

8. Masofali o`qitish:……………………………………………….…….44

9. Xulosa………………………….………………………………………47

10. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………48



2. Axborotlar komunikatsiyaslarini o’qitish

metodikasi.

Xozirgi jamiyat axborotlashtirish jamiyati deb ataladi. Buning asosiy sabablarini xurmatli yurt boshchimiz o’z maruzalarida bir necha maratoba takidlab o’tgan edilar. Xisoblash texnikasi va undan foydalanish, aloqa vositalarining keng rivojlanishi, axborotlarning keng mikyosda usib borishi natijasida o’rta maktablarda va oily talim muassalarida bu saxoga bo’lgan extiyojlarni kondirish masalasi keng qo’yilmoqda. Xozirgi vaqitdagi axborotlar xajmi keng bo’lganligini inobatga olib, uni qayta ishlaydigan zamon talabidagi kompyuterlardan keng miqyosda foydalanish yo’lga qo’yilmoqda. Xozirda shunday xisoblash texnikalari mavjudki ularda axborotlarni yigish, saqlash, uni kerakli joyga tez vaqtlar ichida etkazib berish masalalari keng yoritilgan.

Zamonoviy axborot texnologiyalari tufayli, insonning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyati, uning kundalik muloqat soxasi dunyo sivilizatsiyasi ishlab chiqqan tajriba, bilimlar, zamonaviy bilimlarni o’rta maktablarda, litsey, gimnaziyalarda, oily o’quv yurtlarida yanada chuko’rlashtirib metodik jixatdan isbotlangan bilimlarni berish masalasi hal qilinmoqda va shuning bilan birgalikda keng miqiyosda ish qilindi.

XXI asr axborotlashtirish asri bo’lganligi boyis bizning mustaqil davlatimizda bu saxoga keng etibor berib kelinmoqda, buning isboti misolida xozirgi kunda ko’rilayotgan va ish olib borayotgan kollej va litseylarni misol qilib olishimiz mumkin, bu o’quv dargoxlari oxirgi nusxada kompyuterlar bilan jixozlash, ulardaga axborot almashinuvini keng miqiyosda o’rgatish birinchi darajali vazifa qilib belgilangan.


Axborotlashgan jamiyat o’z ichiga qo’yidagi komponentlarni kamrab oladi:

  1. axborot resurslari-ma’lumotlar bazalari va banklari, turli xil arxivlar, kutubxonalar, mo’zeylar fondi kiradi.

2) Axborot –telekomunikatsiya infrastrukturasi, xududiy davlat kompyuter tarmoqlari, telekommunikatsion tarmoqlar va maxsus xizmat ko’rsatuvchi tizimlar, tarmoqlar, ma’lumotlarni o’zatish kanallari va axborot oqimlarini boshqarish masalalari qo’yiladi.

3) Axborotlar, kompyuterlar va telekommunikatsiya texnologiyalari.

4) Axborotlarga kirish va ularni tarqatish uchun qo’llaniladigan telekommunikatsiya, informatika va xisoblash texnikasi vositalarini qo’llaydigan ilmiy ishlab chiqarishdagi mutaxassislar tayerlash usullari.

5) Milliy axborotlar infrastrukturasi faoliyatini tashkil qiluvchi, tashkiliy strukturalar va kadrlar.

6) Ommaviy axborot tizimlari.

7) Axborot maxsulotlari va xizmatlari, informatizatsiyalash, telekommunikatsiya, aloqa vositalari va axborotlar texnologiya bozori.

8) Axborotlarni ximoya qilishni ta’minlovchi tizimlar.

9) Jaxon ochiq axborotlar tarmoqlari bilan bog’lanish.

10) Axborotlashtirish qonunlarining tizimi.

Zamonoviy axborot xizmatining paydo bo’lishi axborot maxsulotlariga extiyojni kenggaytiradi. Xisoblash texnikasining arzonlashishi ayrim ish turlarini qo’llab quvvatlashning dasturiy vositalarini ishlab chiqish va zaxiralaridan birgalikda foydalanishni boshqarish, EHM dan foydalanishning paket rejimidan, bu rejimlarning qulay xoldan uyg’unlashishiga o’tishga imkon beradi. Zamonoviy axborot texnologiyalari bilan o’quvchilarni tanishtirib borish, bolalardagi bu jarayonga bo’lgan qiziqishini yanada o’stirib boradi va bolalarda yangicha dunyo qarash shakillanib boradi.

Zamonoviy axborot texnologiyasining asosiy mazmuni qo’yidagicha talkin qilinadi:

Obeket, jarayon yoki xodisaning xolati xaqidagi yangi sifat axborot olish uchun ma’lumotlar yigish, qayta ishlash va o’zatish, vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir.

Telekommunikatsiya-kompyuter tarmoqlari va zamonoviy texnik aloqa vositalari negizida ma’lumotlarni masofadan o’zatishdir.

Xulosa qilib aytadigan axborotlar telekommunikatsiya jarayenlarini maktablardan boshlab o’qitish xozirgi zamon talablaridan biri bo’lib xisoblanadi, shunday etiborga informatika o’qitish usullarida bunday jarayonlarni bir necha qismlarga bo’lib o’rgatish tavsiya etiladi, bu esa o’quvchilarning bu fanni o’zlashtirishga keng yo’l ochib beradi.





3. Kadarlar tayyorlashda yangi texnologiyalarni qo’llash
O’zbekiston Respublikasi demokratik, xuquqiy va fuqarolik jamiyat ko’rish yo’lidan bormoqda.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan isloxatlarning bosh maqsadi va xarakatga keltiruvchi kuchi-bu bir jixatdan rivojlangan hamda barkamol inson.

Mamalakatimizning rivojlanishining muhim sharti zamonaviy iqtisod, fan, madaniyat, texnika, texnologiya rivoji asosida kadarlar tayrlashning takomillashgan tizimining amal qilishdir.

Mavjud ta’lim tizimini tubdan o’zgartirish va kadrlar tayyorlash milliy dasturini zamonaviy ilmiy fikrlar yutuqlari, ijtimoiy tajribaga tayangan xolda, barcha bosqichlari va o’zluksiz ta’lim tizimining barcha shakldagi ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini ta’minlovchi ilg’or ilmiy-metodik jixatdan amalga oshirishdir. Xozirgi boskichda pedogogika fanining dolzarb masalalari qatoriga, fan, texnika, ilgor texnologiya yutuqlaridan foydalanish asosida tarbiyaning maqsad, mazmun, metod vositalari va tashkil etilishini ilmiy ta’minlash masalalari kiradi.

Shaxs o’zluksiz ta’lim va kadrlar tayrlashda ta’lim xizmatlarining iste’molchisi va ishlab chiqaruvchisi sifatida namoyon bo’ladi.

Shaxs ta’lim xizmatlarining ishlab chiqaruvchisi sifatida ta’lim jarayonini bilim va tajribani o’zatuvchi, ishlab chiqarish moddiy muxiti faoliyatida, fan, madaniyat va xizmatlarida ishtirok etadi. Xozirgi bosqichda o’rta va oliy ta’limning isloxati o’rta va oliy maktab o’qituvchilari vazifalarini o’zgartiradi.

Oliy va o’rta maktab o’qituvchisining faoliyati shaxsni qo’ish jarayonida ta’lim olish sharoitlarini yaratish, extiyoj va qobiliyatini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lishi shart. Oliy va o’rta maktabning xar bir o’qituvchisining malakasi ikki qirraga ega bo’lishi lozim.
Bu jaran asosan ikki ko’rinishdagi fan bilan namoyon etiladi.
1) Maxsus va pedogogik fanlar bilan.

2) Oliy va o’rta maktab o’qituvchisi oldida qo’yidagi savollar namoyon bo’lib turishi kerak bo’ladi.


Nima uchun o’qitish kerak? Qanday o’qitish kerak?
Bu savollarni tugri xal qilish yo’lini topishi zarur.

O’qituvchi o’z mutaxassisligi bo’yicha bilimdan kat’iy nazar, o’quv jarayoniga qadam ko’yar ekan, pedogogik va psixologik bilimlar, texnologiya va o’qitish usullari yigindisi bo’lgan zarur pedogogik minumumlarni egallagan bo’lishi shart.

Ana shularni etiborga olib, oliy va o’rta maktab o’qituvchisini tayrlashda asosiy masalalar qo’yidagicha belgilanadi:


  • Qo’ish jarayonining samaradorligini ta’minlovchi pedogogik malakalarining shakllanishi.

  • Ijtimoiy – iktisodiy anglashga yo’naltirilgan yangi kasbiy tafakkurni shakllantirish.

  • O’qituvchi faoliyatining metodologik asosi sifatida pedogogik bilimlar tizimini egallash.

  • O’quvchilarning kasbiy faoliyatlariga yaqinlashtirilgan metodlar tizimi sifatidagi o’qitish texnologiyasini egallash.


Kadrlar tayrlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari qo’yidagilardan iborat bo’ladi.

a) Shaxs-kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim soxasidagi xizmatlarining istemolchisi va ularni amalga oshiruvchi.

b) Davlat va jamiyat-ta’lim va kadrlar tayrlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni kabul qilib olishning kafillari.

v) O’zluksiz ta’lim-malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish tizimini o’z ichiga oladi.

g) Fan-yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilgor pedogogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi.

d) Ishlab chiqarish-kadrlarga bo’lgan extiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy texnika jixatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.

e) Davlat va jamiyat o’zluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi uchun ma’suldir.
Pedogogik texnologiya asosan qo’yidagi shakl ko’rinishida amalga oshirib boriladi.
4. Informatika darslarida o’yin texnologiyalaridan foydalanish
Informatika darslarida o’yinli texnologiyalardan foydalanishning asosiy talablarni faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat tashkil etadi.

Informatika darslarida o’yin texnologiyalarini qo’llashning bir necha samarali taraflarini olimlar qo’yidagicha taxlil etishgan, yani mehnat va o’qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlarning takidlashlaricha, o’yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, xayotda o’z o’rnini barqaror qilish, o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental extiyojlariga yondoshadi.

Informatika darslarida o’yin ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirish va qayta yaratishga yo’nalgan vaziyatlarda faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o’z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi. O’yinli faoliyat muayyan funksiyalarni bajarishga bag’ishlangan bo’ladi, ular o’z navbatida qo’yidagi parametrlarni qamrab oladi.


  • Maftunkorli

  • Kommunikativlik

  • O’z imkoniyatlarini amalga oshirish

  • Davolovchilik

  • Tashxis

  • Millatlararo muloqat

  • Ijtimoiylashuv

Informatika darslarida pedogogik o’yinlar qo’yidagi asosiy yo’nalishlarda bo’ladi.

  • Didaktik maqsad o’yinli vazifa shaklida qo’yiladi.

  • O’quv faoliyati o’yin qoidalariga bo’ysinadi

  • O’quv materialidan o’yin sifatida foydalanish

  • O’quv jarayoniga didaktik vazifa o’yinga aylantirilgan tarzda musobaqalashish unsuri kiritiladi.

O’yin texnologiyalarini darslarda qo’llanilishining afzallik taraflari shuni ko’rsatadiki, o’quvchi yoshlarda avvalom bor xar bir qo’yilgan mavzuni chuqo’r taxlil etib keyin davom ettirilishni shakllantiradi.

O’yin texnologiyalarining oliy va o’rta maktab amaliyotida tadbirkorlik o’yinlariga keng etibor beriladi. Tadbirkorlik o’yinlari nazariyasi umuman boshqa o’yin faoliyati nazariyasi bilan bevosita bog’langan xolda olib boriladi.
Informatika darslarida tadbirkorlik o’yinlaridan foydalanish, yangi texnologiya sifatida mohiyati qo’yidagilardan iborat bo’ladi.


  • Ishlab chiqarish imitatsin modeli sifatida taqdim etilgan o’quv materiali mazmunining izchilligi.

  • O’yinli o’quv modelida kelgusidagi kasbiy faoliyati tarkibiy qismlarini yaratish.

  • O’quv jarayoni tarzini bilimlarga extiyojlarni tug’dirish va ularni amalda qo’llashning real sharoitlariga yaqinlashtirish.

  • O’yin olib boruvchi o’qituvchining bilimdonligi.

O’yin texnologiyalarini darslarga qo’llashning yana bir nechta afzallik taraflari mavjud bo’lib, bunda o’quvchilarning berilayotgan axborotlarni qanday ko’rinishda anglab olishlarini ko’zatish mumkin, buni qo’yidagi misol orqali ko’rib o’tishimiz mumkin.

Bu uch ko’rsatkich orkali o’quvchilar berilayotgan mavzuning moxiyatini turlicha taxlil etishadi.

Masalan: Ko’rish orqali berilgan axborotning 75% ni,

Sezish orqali berilgan axborotning 12% ni,

Eshitish orqali berilgan axborotning 13% ni o’zlashtirishi mumkin bo’lar ekan.
O’rta maktabda informatikani ajratib o’qitish metodikasi.

Xozirgi vaqtda maktablarda informatika fanini bir nechta qismlarga ajratilgan xolda o’rgatilmoqda. Buning asosiy sababi shundan iboratki:



  • birinchidan bu fan bolalarga tushunarli bo’lishi bo’lsa

  • ikkinchidan bu fan boshqa fanlarga qaraganda ancha yosh fan xisoblanadi.

Bundagi jarayonlar tez tez o’zgaruvchanligi uchun,bu jarayonga juda sergaklik bilan yondashish talab etiladi.

Masalan: 8-sinf informatika va xisoblash texnikasi asoslari fani o’z ichiga 34 soat xajmidagi materialni olgan bo’lib, bu soatlar 5-bobga bo’lib o’rganiladi.

1-BOB. Elektron hisoblash mashinalari bilan boshlangich muloqatlar, bu bob o’z ichiga 5-ta paragrifni oladi.

2-BOB. Elektron xisoblash mashinalarining arifmetik, mantiqiy va fizik asoslari, bu bob o’z ichiga 7-paragrifni oladi.

3-BOB. Algoritmlar. Bu bob o’z ichiga 5-paragrifni oladi.

4-BOB. Algoritm ijrochisi,bu bob xam o’z ichiga 5-paragrifni oladi.

5-BOB. Kompyuterlarning dasturli ta’minoti bilan dastlabki tanishuv.
Sakkizinchi sinf darsligi amaldagi o’quv sinov qullanmalaridan farq qilib, bunda oldingi algoritmik til o’rniga, yanada samaraliroq bo’lgan algoritmik til kiritilgan. Darslikka o’quvchilar bilishi zarur bo’lgan

Maktab kompyuteri, maktab sinf xonasidagi sanitariya va gigena talablari, EHM ishlashining arifmetik, mantikiy va fizik asoslari mavzulari kiritilgan, bu jarayonlar informatika va hisoblash texnikasi asoslari ko’rsini, yanada samaraliroq o’rgatishga imkoniyat yaratib bermoqda.

Bunda xar bir mavzu o’z-o’zini tekshirish uchun savollar, misol va mashiqlar bilan tuldirilib berilgan, bu jarayenning hammasi Respulikamiz ichki imkoniyatlariga qarab, talqin qilingan.

9 va10 – sinf informatika darsligi maktabda informatika fanining yangi soxalari bilan boyitilgan xolda kirib bormoqda, bu ikki sinf darsligi o’z ichga 68 soat xajmdagi dars soatini oladi, bu ikki darslik ham 5 bobdan iborat.

1-BOB. Boshqarish nazariyasi elementlari

Bu bo’limga 3ta paragrif kiradi.



  1. Boshqarish muammolari va kibernetika fani haqida tushuncha.

  2. Teskari aloqa.

  3. Optimal boshqarish.

2-BOB. Model va modellashtirish bu bo’lim ham o’z ichiga 3 paragirifni oladi.

1.Model va modellashtirish haqida.

2.Matematik modellashtirish .

3.Matematik model to’zish .

3-BOB. Taqribiy hisoblash usullari. Bu katta bob bo’lib o’z ichiga 12 paragrfni oladi

1.Takribiy hisob

2.Absalyut va nisbiy xatolik.

3.Bir noma’lumli tenglamani ajratilgan ildizini itiratsiya usulida topish .

4.Trapetsiyalarning yuzlarini hisoblash dasturi

5.Ikkilantirish formulasi yordamida P sonining taqribiy qiymatini hisoblash .

4-BOB. Iqtisodiy matematik usullar yoxud chizikli dasturlash elementlari, bu bob o’z ichiga 10ta paragrfni oladi.

1.Ikki noma’lumli chizikli tenglamalar sistemasining yechimlari .

2.Iqtisodiy masalalarga doir sodda modellar to’zish .

3.Transport masalalarini yechish

4.Matematik iqtisod va iqtisodiy muvozanat tushunchasi .

5-BOB. Algoritmlarni dasturlash bu bo’lim o’z ichiga 8 paragirifni oladi.

1.Muloqat dasturlar to’zish.

2.Belgilar bilan ishlash dasturi.

3.Matnlar bilan ishlash dasturini tuzish.

4.Jadvaldan elementnli hisoblash.


XI-sinfda 34 soat xajmida dars soatlari mavjud bo’lib, bu asosan 8-9-10-sinfdagi darsliklarni o’rganib chikib XI-sinfda tulik shexmlarni qo’llash jarayenlari berilgan, bu darslik 5-bobdan iborat, xar bob o’z ichiga bir nechta paragirifni oladi.

1-BOB. SHEXM to’zulishi bu bo’lim 5-paragrifni o’z ichiga oladi.

1.SHEXM nima?

2.Xotira kurilmasi.

3.Arifmetik mantiq kurilmasi.

2-BOB. Pragirammaga qo’yiladigan talablar – bu bo’lim 3- paragrifni o’z ichiga oladi.

1.EXM ga qo’yiladigan topshiriqlar

2.Pragrammalash tillari

3-BOB. Operatsion sistemalar bu bo’lim 6-paragrifni o’z ichiga oladi.

1.Operatsion sistemalarning vazifalari.

2.Disk boshqaruvchi sistemalarning komandalari .

4-BOB. Matnli muharrirlar bilan ishlash, bu bo’lim o’z ichiga 3- paragrifni oladi.

1. Leksikon matn muharriri

2. EXSEL- jadval kattaliklari.

3. WORD-matn muharriri

5-BOB.WINDOWS- sistemalari va NORTON COMMANDIR lar bilan ishlash, bu bo’limlar ham o’z ichiga 6-paragrifni oladi.



  1. WINDOWS muxitiga kirish

  2. NS-bilan ishlash

  3. WINDOWS da ma’lumotlar bazasi bilan ishlash.

Ma’ruza aqliy, ilmiy mehnatning eng murakkab turlaridan biri, u muloqatga ko’ra ilmiy bo’lib, o’z ichiga olgan goyalar xukmi, o’qituvchining bilim doirasi muttasil kamaytirilishi, chuqurlashtirilishi, faktlar bilan boyitilib borilishi kerak.

Ma’ruza o’tishning qo’yidagicha usullari mavjud bo’lib, bo’lar qo’yidagicha turlarga bo’lib o’rganiladi.

Ma’ruzani tayerlashning uch boskichi mavjud bo’lib ulardan foydalanish qo’yidagi tarzda olib boriladi.


Birinchi bosqich –ma’ruza mavzusini, maqsadini aniqlash.

a) Kirish. Ma’ruza mavzusi belgilanadi, belgilash jarayenida talabalarning (o’quvchilarning) kayfiyatini ma’ruzani tula o’zlashtirishga moslashtirish.

b) Asosiy mazmunini yeritish barcha taktik materialni taxlil qilish, baxolash nazariy negizini ochib berish.

v) Xulosa.

g) Ma’ruza mazmuniga oid muxim goyalarni umumlashtirish.

Ikkinchi boskich- ma’ruza rejasini tuzish va shunga muvofik mazmunini yezma tarzda tayerlash.

Uchinchi boskich - ma’ruza qilish, shu bosqichda o’qituvchi o’zining xar jixatdan yetukligini tinglovchilarning diqqatini tortishdan iborat.
Ma’ruza ta’lim tarbiya ishining asosiy birlamchi shakli, notiklik san’atining murakkab turi, o’qituvchining birinchi ma’ruza qo’ish maxoratini, san’atini o’zluksiz ravishda ustirib kamolatga yetkazishdan iborat.
Maktab va oily ta’lim muassasalarida informatika o’qitishning qo’yidagi usullari mavjuddir.


  1. Kursning maqsadi.

  2. Umumiy metodika.

3. Informatika faninig mazmunini ajratish.

4. Informatika fanidan dars jarayenini tashkil etish.

5. Informatika faninig boshqa fanlar bilan aloqasi.

6. Informatika fanini chuqurlashtirib o’tish.

7. Kollej, litsey, gimnaziyalarda informatikani o’qitish usullari.

8. Yangi pedagogik texnologiyada o’qitish usullari





  1. Talaba.

  2. Ta’lim tarbiya maqsadi.

  3. Ta’lim tizimi mazmuni.

  4. Didaktik.

  5. Tashkiliy shakllar.

  6. Pedagog.



5. Tarmoqlar metodi
Fikrlarni tarmoqlanishi – bu pedogogik strategiya bo’lib, u o’quvchilarni biron bir mavzuni chuqur o’rgatishlariga yordam berib, o’quvchilarni mavzuga ta’luqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma ketlik bilan o’zviy bog’langan xolda tarmoqlanishlarga o’rgatadi.

Bu metod biron mavzuni chuko’r o’rgatishdan avval o’quvchilarni fikirlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek o’tilgan mavzuni mustaxkamlash, yaxshi o’zlashtirish, umumlashtirish hamda o’quvchilarni shu mavzu bo’yicha tasavvurlarni chizma shaklida ifodalashga undaydi. Bunday jarayon esa o’quvchilarga o’z bilimlari, tushunishlari va tasavvurlari darajasini aniqlashga yordam beradi.

O’quvchilarning fikirlarini tarmoqlash qo’yidagicha tashkil etiladi:


  • Xayolga kelgan har qanday shu mavzuga taluqli bo’lgan fikr ketma ket yoziladi.

  • Fikrlar tugamaguncha yozishni davom ettirish kerak bo’ladi, agar shu mavzuga taluqli bo’lgan fikirlar tugab qoladigan bo’lsa, bunday xolatda fikirni yanada takomillashtirishga xarakat qilish kerak bo’ladi.

  • Iloji boricha fikrlarning ketma ketligi va o’zaro bog’likligini ko’paytirishga intiling.

Ushbu metod yakka, kichik gurux, jamoa bilan ishlashda qo’llanilishi mumkin, guruh xolatida qo’llanilishi guruhlar fikrini to’plash va ularni bir tizimdagi ko’rilmaga keltirish mumkin.


Masofaviy ta’lim berish metodlari.

XXI-asrning muhim o`quv texnologiyasi
Masofali o`qitishning afzalliklari:

Masofali o`qitish:

- ochiq ta`limning zamonaviy shaklidan iborat;

- kompyuterli ta`limni foydalanishga qaratilgan;

- o`qituvchilar va boshqa talabalar bilan faol muloqat qilish uchun zamonaviy - kommunikasiya texnologiyasini foydalaniladi.

Ochiq ta`lim. O`zbekistonda ochiq ta`lim endigina shakllanmoqda. Biinchilar qatorida O`zbekiston respublikasi Prezidentining "Iste`dod" jamg`armasi qoshidagi masofali o`qitish markazida ishlab chiqilgan "Axborot texnologiyalari va masofali o`qitish" kursi jamg`arma portaliga joylashtirilib, undan foydalanish tajribadan o`tmoqda. Qator g`arbiy xorijiy mamlakatlarda ochiq ta`lim universitetlari tashkil etilib, hozirda ularda talabalar o`zining rahbar(tyutor)lari yordamida qanday o`qishlarini o`zlari aniqlamoqdalar.

Ochiq ta`lim, odatda tinglovchilar o`zlariga qulay tartiblarda kutubxonalar va kompyuter sinflarda ishlash, rahbar(tyutor) bilan maslahatlasha oladigan o`quv markazlarning keng tarmog`iga ega bo`ladi. Aniq predmet bo`yicha faol muloqot odatda talaba qatnashadigan seminarlarda amalga oshiriladi. Masofali o`qitish, o`qitishning ochiq shakli bo`lib, unga nisbatan aniq afzalliklarga ega.

Bosh afzalligi - masofali o`qitish o`quvchilarning o`zlariga yanada ko`proq yo`naltirilgan bo`lib, tinglovchilarga o`qish uchun maksimal qulay sharoit yaratadi, u vaqt va fazoviy chegaralardan to`la ozod qiladi.



Birichidan, masofali o`qitishning asosiy tamoyillaidan biri - 24*7 (bir kecha-kunduzda 24 soat va haftada 7 kun) tamoyili, o`quv materiali bilan ishlash uchun vaqt bo`yicha chegaralarning to`la yo`qligi.

Ikkinchidan, masofali o`qitish fazoviy chegaralardan to`la ozod qilingan, chunki u WWW texnologiya asosida qurilgan virtual fazoda amalga oshiriladi, Internet texnologiyasi qo`llanilganligi uchun o`quvchilar ta`lim muhitiga ixtiyoriy kompyuter orqali kirishlari mumkin.

Uchinchidan, Internet Web-tuguni (sayti) to`la hajmda ochiq ta`lim tizimidagi o`quv markazining vazifasini bajaradi. O`quvchi uchun zarur bo`lgan barcha ma`lumotlar ushbu saytda joylashgan. Masofali o`quv kurslarining o`zlari to`laqonli sifatdagi ta`limga zarur o`quv materiallarning o`ziga hos kutubxonasini tashkil etadi. Bundan tashqari, tinglovchilar Internet orqali virtual kutubxonaning o`qish uchun eng zarur bo`lgan ashyolariga kirish imkoniyatiga ega bo`ladilar.

Shuni ta`kidlash kerakki, virtual muxit tinglovchilarga kunduzgi o`qish shaklidagiga qaraganda ancha ko`proq vizual axborot (matnli, illyustrasiyali, video, audio) berish imkoniyatina ega.

Internet Web-tugun uzeli tinglovchilar uchun har doim-kunning ixtiyoriy soati va haftaning ihtiyoriy kunida ochiq bo`lgan, Internetga ulangan kompyuteri bo`lgan ixtiyoriy joy (fakultet, uy, ishxona) dan kirish mumkin bo`lgan o`ziga hos sinf xonasidan iborat bo`ladi. Bundan tashqari, Internet Web-tugun-dam olish uchun xona, pochta aloqa bo`limi, jadvalni ochish uchun e`lon taxtasi va zachet va imtihonlarni qisman o`tkazish joydan iborat.

Internet Web-tugun tinglovchilarga Internetning o`quv va axborot ashyolari haqida ma`lumotlarni taqdim etadi, global axborot tarmog`ining o`quv koinotiga oynadan iborat bo`ladi.

Tyutor, o`qituvchilar va boshqa tinglovchilar bilan aloqa saytda yaratilgan o`quv-ta`lim muxitida elektron pochta, munozarali forumlar va chat-tizimlar vositalari orqali amalga oshiriladi.

Internetning interfaol imkoniyatlari ta`limning jamoaviy uslublari ta`minlaydilar. Tinglovchi eletron forum yoki jo`natmalar ro`yhati orqali hamkasblariga ma`lumot yuborishlari mumkin, yoki o`quv loyixa ustida bajariladigan jamoaviy ishlar asboblaridan foydalanishlari mumkin.

Tinglovchilar, darslarga majburiy qatnashishlaridan ozod bo`lganlaridan so`ng, ular turli geografik xududlardan ma`lumotlar yoki interfaol muhokamalar bildan almshishlari mumkin.

O`qituvchi uchun faqat real vaqtda amalga oshayotganlarni rejalashtirish va mulohazalarni jo`natish qoladi.

Kompyuterli ta`lim. Masofali o`qitishning muhim elementlaridan biri kompyuterli o`rgatuvchi dasturlaridan foydalanib o`qitishdir. Kompyuterli o`qitish 60 yillardan e`tiboran boshlangan.

Talaba(tinglovchi)lar faqat matn tartibidagina ishlashni bilishiga qaramay, o`quv jarayonining samaradorligi ko`tarilgan.Talaba o`quv materialni yaxshiroq esda qoldirgan, o`quv jarayoni tezlashgan. Multimedia vosita(matn, grafika, animasiya, tovush)larini ishlab chiqish ta`limni samaradorligini yetarlicha ko`tardi.

Masofali o`quv kurs (MO`K) bir o`quv predmetini o`rganish uchun zarur bo`lgan o`quv materiallarining o`ziga yetarli majmuidir.

Masofali kurs bu:



  • etarlicha hajmdagi matn, rangli tasvir va grafiklar, animasiyalar, audio-video-lavhalarga ega bo`lgan ma`ruzalar multimedia kursi;

  • tinglovchilarni tarmoqli o`qitish va nazorat qiluvchi testlash va bilimlarini bir onda baholash;

  • tinglovchilarni o`quv vazifalarni bajarishning joriy grafigi haqida avtomatik ma`lum qilish;

  • aniq mavzu bo`yicha jahon axborot manbalariga ega bo`lgan saytlarga murojaatlarni ifodalaydi.

O`qituvchi va tinglovchilar bilan faol muloqot. Masofali o`qitishning asosiy elementlaridan biri tinglovchilarning o`qituvchi va boshqa tinglovchilarlar bilan faol muloqot qilishidir. Bu jarayon:



  • elektron pochta;

  • jo`natmalar ro`yhati;

  • munozarali forumlar;

  • chat-tizimlar;

  • on-laynli seminar va munozaralar;

  • teleanjumanlarni foydalanib amalga oshiriladi.

Masofali o`qitishdagi muloqot shakllarining xususiyati o`qituvchining o`quv jarayonidagi roliga ta`sir qiladi: u tinglovchini boshqa shakllardagiga qaraganda ko`proq o`quv jarayonida faqat yo`naltiruvchisi bo`lgan ko`makchi, o`rgatuvchi va rahbar bo`ladi. O`qituvchining monologi ko`proq birini tajribasi ko`proq bo`lgan ikki hamkasbning muloqoti(dialogi)ga aylanadi.

Shuni ta`kidlash kerakki, masofali o`qitishda matn, grafik, vidielavhalar, nazorat, va shu kabi ko`rinishda keltirilgan dasturlarga on-laynli (to`g`ridan-to`g`ri) kirish muhim ahamiyat kasb etadi.

O`qituvchi tomonidan yaratilgan masofali o`quv kursining o`quv materiallari o`qituvchining tinglovchiga murojat qilish shakllaridan iborat An`anaviy sirtqi shakldan farqli ravishda, masofali o`qitish tinglovchini shaxsan nazorat ishlarini topshirish va himoya qilishdek yetarlicha mashaqqatli vazifasidan ozod etadi.

Masofali o`qituvchiga E-mail orqali doim chiqish mumkin va u tinglovchida hosil bo`lgan savollarga javob berishga tayyor. Yangi ming yillika ta`limning yangi va eng zamonaviy texnologiyalari bilan Internet tarmog`idan o`quv-tarbiya jarayonida foydalanishning didaktik imkoniyatlari:

Masofali o`qitish didaktikasi. Xozirgi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda O`zbekiston ta`lim tizimi oldida turgan vazifalardan biri aholining keng tabaqasiga sifatli va tushunarli ta`lim berishdan iborat. Kuzatishlar shuni ko`rsatmoqdaki, respublikamizda an`anaviy ta`lim tizimi udasidan chiqmaydigan, ta`lim xizmatiga zarurat tug`ilayotgan shaxslar kontengenti paydo bo`lmoqda.

Bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:



  • OTM lari markazlardan uzoqda joylashgan mamlakatimizning qamroq o`zlashirilgan xududlarida istiqomat qiluvchi turli yoshdagi shaxslar;

  • Yangi bilim yoki ikkinchi ta`lim olishga xoxish bildirgan kishilar;

  • OTM ga kirishga tayyorlaydigan ta`lim xizmatlaridan foydalanuvchilarning keng kontengenti;

  • An`anaviy ta`lim tizimidan foydalanish imkoniyati chegaralanganligidan, o`qishni ish bilan birlashtira olmagan va boshqa maxsus shartlar (qishloqda yashaydiganlar, sportsmenlar, posbonlar, ko`chmachilar va hokazo)ga ko`ra ta`lim xizmatlarini ololmaydigan shaxslar;

  • O`zbekiston qo`rolli kuchlar saflarida haqiqiy xizmat qilayotgan, shuningdek, ofiserlar zaxirasiga bo`shatilayotganlar va ularning oila a`zolari;

  • Stasionar sharoitlarda doimiy ta`lim olishga tibbiy chegaralangan (nogironlar, kasalxonalarda shifolanayotganlar, xomiladorlar, uyda ta`lim olishga muxtoj bo`lganlar va boshqalar) shaxslar;

  • Qayta tayyorlov va malaka oshirishga muxtoj turli darajadagi menejerlar, o`qituvchilar va boshqa mutaxasislar jamoasi;

  • Maxsus tizim sub`ektlari (masalan, mahkum qilinganlar va to`g`rilash muassasalarining xizmachilari);

  • Xorijiy ta`lim muassasalarida o`qishga xoxish bildirgan shaxslar;

  • Mos bandlik xizmatlarida ro`yhatga olingan bo`shatilgan va qisqartirilgan shaxslar;

  • Turli sabablarga ko`ra O`zbekistonga kelib o`qishga imkoniyati bo`lmagan, lekin ta`lim olishga xoxish bildirgan chet el fuqorolari.

Yuqorida keltirilgan dalillar, paydo bo`layotgan axborot jamiyatga monand mavjud ta`lim tizimiga antogonistik bo`lmagan alternativ ta`lim olish shakllarini izlash, sinash va qo`llash zarurligidan dalolat bermoqda. Bu ta`lim O`zbekiston respublikasi Konstitutisiyasi va "Ta`lim to`g`risida"gi qonunda belgilangan ta`lim olish huquqini to`la ta`minlashi va gumanistiklik tamoyilini qanoatlantirishi, ya`ni to`la ta`minlanmaganligi, teritorial (geografik) ajralganlik, ijtimoiy muxofaza qilinmaganlik va jismoniy kamchiligiga ko`ra yoki ishlab chiqarish va shaxsiy ishlari bilan mashg`ulligi tufayli ta`lim muassasasiga bora olmaslik sabablariga ko`ra o`qish imkoniyatidan maxrum bo`lmasliklari kerak. Bunday ta`lim olish shakli:

- oliy va boshqa ta`lim darajalaridan keng aholi qatlami uchun ularning turar joyi, yoshi va ishiga bog`liq bo`lmagan holda foydalanila olish, bu bilan aholining ta`lim xizmatlariga, davlatni esa sifatli tayyorlangan mutaxassis kadrlarga bo`lgan talablarini qondirish;

- ilgarilab borayotgan va uzluksiz ta`limning zarur va konstruktiv g`oyalarini amalga oshirish, mehnat bozorining doimiy o`zgarib turadigan talabiga javob bera olish;

- davlat moliyalashtirilishini kamaytirishni kompensasiya qilish, xalqaro integrasiyani kuchaytirish, ijtimoiy kuchlanishni olib tashlash, aholining ijtimoiy va kasbiy oqimini ko`tarish;

- ta`lim tizimi tomonidan ko`p yillar mobaynida yig`ilgan bilimlar, xodimlar va materiallar saloxiyatini saqlash va ko`paytirish, OTMlarning pedagogik va ilmiy saloxiyatini to`la foydalanish, mavjud va kelajak yangi axborot texnologiya vositalar (YaATV) ini samarali foydalanish va boshqa qator ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qila olish imkoniyatini berish kerak.Ta`lim olishning bunday shakli sifatida masofali o`qitish (MO`) bo`lishi mumkin.

Xudi shunday talimning eksternat (mustaqil tayyorgarlik ko`rib, attestat yoki diplom yoki boshqa hujjat olish)shakli haqida ham to`xtalish mumkin.

Masofali o`qitish yuqorida sanab o`tilgan ta`lim shakllarining eng yaxshi tomonlarini o`zida mujassamlashtiruvchi ta`lim shakli bo`lim shakllanmoqda.

Oliy ta`limning vazifasi talabalarni kun sayin to`lib toshaqtgan axborot - ta`lim muxiti sharoitida bemalol mustaqil faoliyat ko`rsataolishga o`rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda ishlash sharoitini yaratib berish zarur. Bunday sharoitni ta`limning MO` shaklida amalga oshirish mumkin.

Shunday qilib, ta`lim tizimida hozirgi kungacha mavjud bo`lgan "Talabalarni bir davlatdan boshqasiga ko`chish (an`anaviy ta`lim konsepsiyasi)dan", "Ta`lim ashyolarini almashinish orqali bilimlarni taqsimlash maqsadida ko`plab g`oya, bilim va ta`lim (konsepsiyasi)ga o`tilmoqda.

MO` o`quvchilarga mustaqil o`kishda eng yuqori foyda va odatdagiday o`quvchilar bilimga emas, balki bilimlar o`quvchilarga harakatlanadigan sharoitlarni optimalashga imkon beradi.

Xozirgi kunda jahonda MO` tizimini amalga oshirishda yetarlicha tajriba mavjud. Buyuk Britaniyaning an`anaviy universitetlarida boshqarish sohasi bo`yicha magistr darajasiga mo`ljallangan dasturlarning 50 foyizi MO` orqali amalga oshirilmoqda. Ispaniyadagi Masofali o`qitish Milliy universiteti davlatdagi eng yirik oliy o`quv yurti hisoblanadi. Uning tuzilmasida Ispaniya teritoriyasida joylashgan 58 ta o`quv markaz va undan tashqarida joylashgan 9 ta markaz kiradi.

Fransiyada bu soha bo`yicha dunyoning 120 davlatlaridagi 350000 foydalanuvchini ta`minlaydigan masofali o`qitish Milliy universiteti liderlik qiladi. Britaniyaning ochiq universiteti davlatdagi eng katta oliy o`quv yurti bo`lib, MO` tizimini juda tez rivojlantirmoqda.

Umuman dunyo tajribasi, masofali o`qitish an`anaviy universitetlarda o`qitishga qaraganda 40 foyizga arzonga tushishini tasdiqlamoqda. Oxirgi paytlarda MO` kompyuter va telekommunikasiya texnologiyasining yuqori saloxiyatiga yo`naltirilgan. Xozirda MO` elektron-tijorat (tarmoqli tijorat) umumiy nom bilan birlashtirilgan tijorat-jarayonlar keng guruhining lidiriga aylanmoqda.

MO` mijoz o`qituvchi-maslahatchi-tyutorga biriktirilib qo`yiladi. Uning vazifasi mijozning o`qishiga rahbarlik qilish, unga murakkab mavzu va savollarlar bo`yicha maslahatlar berish, nazorat ishlari va testlarni tekshirish, mustaqil ishlashning barcha bosqichlarida imtihonlarga tayyorgarlik qilishga ko`maklashish. O`qituvchi bilan mijoz o`rtasidagi axborot almashinish telefon, faks, elektron va oddiy pochta orqali va albatta bevosita bog`lanish yo`li bilan amalga oshirilishi mumkin. O`quv materiallarning komplekti-keyslarni mijoz o`qishga ro`yhatga olingandan keyin oladi. Bular oddiy darsliklar emas, balki turli tashuvchilar- qog`oz, CD, audio, video tashuvchilar yoki serverdagi ma`ruzalar matni, masala va missollar to`plami, praktikumlar, mustaqil ishlash uchun vazifalardan iborat.

Modellarni amalga oshirish MO` rivojlanish jarayonida quyidagi "sxema" bo`yicha o`zgargan uslubiy ta`minotni qayta yaratishni ko`zda tutadi:

- keyslarga komplekt qilingan va talabalarga mustaqil o`rganish uchun jo`natilgan tuzilishtirilgan o`quv-uslubiy materiallar (keys-texnologiya). Vaqt o`tishi bilan keyslarning ichidagilari o`zgargan. Ular magnit tashuvchilar va SD ROM lardagi yozuvlar bilan to`latilgan. Mashg`ulotlarni o`tkazish va ma`ruzalarni o`qish uchun televizion (TV) texnologiyasini qo`llay boshladilar. Bunda talaba davriy ravishda o`quv markazlardagi tyutorlarning kunduzgi maslahatlariga kelib turishlari kerak edi;

- multimediali o`quv kurslari (bunda yaxshi texnologiyalar o`qituvchi-maslahatchi, keyslar, o`yin vaziyatla, imitasion modellarni bo`lishini taqqoza etadi);

- tarmoqli masofali o`qitish (birinchini o`zida mujassamlashtirgan) - masofada turib bosh, shu jumladan, xorijiy o`quv yurtlarining o`qituvchilari bilan muloqat qilish imkoniyatini ta`minlaydi;

- virtual universitet (MO` ni tashkil etishning eng yuqori shakli, masalan Yevropa ittifoqi virtual universiteti).

Instrumental vositalar dinamikasi ham yetarlicha aniq:

- an`anaviy nashrlar. Ular turli ko`rinishda: qog`ozda, disketalarda yoki CD ROM larda, Internet/interanet serverlarida taqdim etilishi mumkin;

- audio-video o`quv-axborot materiallar;

- avtomatlashtirilgan o`qitish tizimlari (AO`T), shu jumladan multimedia kompyuter dasliklari;

- Internet/interanet texnologiyalari. Ulardan MO` foydalanish qulay bo`lganlari:

- World Wide Web (WWW). Internet/intranetga multemedia elemntiga ega bo`lgan gipermatnli o`quv qo`llanmalar, nazorat testlari joylashtirish imkonyatini beradi vabevosita kompyuter tarmog`ida o`quv materiallariga interfaol kirishni ta`minlaydi;

- FTP (File Transfer Protocol). O`quv yurtining server kompyuteridan mijozning shaxsiy kompyuteriga ixtiyoriy faylni (o`quv qo`llanmalar, Amaliy dasturlar va hokazo) uzatishni ta`minlaydi;

- Elektron pochta - E-mail. Masofali o`qitishda o`quvchilarni tyutor bilan asinxron maslahat olishi uchun qo`llaniladi. E-mail servisi, har bir qatnashuvchi muhokama qilinayotgan mavzuga doir o`z fikrini aytishi, savo berishi, boshqa qatnashschilarning ma`lumotlarini o`qishi mumkin bo`lgan vaqt bo`yicha asinxron teleanjuman tashkil etish imkoniyatini beradi;

- videoanjuman - kompyuter texnologiyasi bo`lib, unda nafaqat eshitish, balki bir-birini ko`rish, infterfaol tartibda ma`lumotlar bilan almashinish va birgalikda ularni qayta ishlash imkoniyatlarini beradi.
Foydalanilayotgan ta`lim vositalarining avtomatlashtirilgan darajasi asosida ularni ikki turga ajratish mumkin:

- avtomatlashtirilmagan (keys-texnologiyani foydalaniladigan) MO`. Bu yerda o`qitish vositalari chop etilgan nashrlar-qog`oz tashuvchilardagi qattiq nushalar (darsliklar, o`quv-uslubiy qo`llanmalar, ma`lumotnomalar va hokazo)ni ifodalaydilar;

- avtomatlashtirilgan MO`. Uni shartli ravishda televizion, kompyuterli, tarmoqli turlarga ajratish mumkin.
Keltirilgan sinflarga ajratish faqat MO` tizimining asosiy guruhlarinigina qamrab oladi. Ko`pchilik zamonaviy MO` tizimlari vositalarning birlashmasi: keys-, TV-, kompyuterli va tarmoqli texnologiyalardan foydalanishga asoslangan.

MO`ni amalga oshirishning asosiy muammosi. MO` katta rivojlanish davriga o`tayapti.

Atamalarning o`girib turishi (MO` ning ta`rifini ko`pligi buning tasdiqlaridan biridir) MO` ninng dolzarb muammolarini fikrlash jarayonini mo`maygina og`irlashtiradi. Buning ustiga, boshqalari ular doirasida shakllanadigan tayanch atamalar aniq. Bular:

- boshqaruv;

- ta`lim xizmatlarini tavsiya etadigan xodimlarni shakllantirish;

- mijozlarni shakllantirish;

- uslubiy ta`minot;

- texnik (apparatli va dasturiy) ta`minot;

- xuquqiy ta`minot;

- ijtimoiy-psixologik muammolardir.



Download 268 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish