Multimediali darslarni tashkil etish


AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA ZAMONAVIY



Download 343.19 Kb.
bet6/9
Sana17.05.2021
Hajmi343.19 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9
AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA ZAMONAVIY

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING INTEGRATSIYASI
O'zbekistonda ta'lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri bu

ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bilan bog'liq bo'lib, respublikamiz birinchi prezidenti I.A.Karimov bu masalada “… bugun hayotimizga chuqur kirib borayotgan internet tizimini keng joriy etish, yoshlarimizni qadimiy va boy tarixi, ezgu qadriyatlarimiz, yuksak axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalashga hizmat qiladigan milliy axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish, bu borada o'zbek tilining imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalasi doimo e'tiborimiz markazida turishi lozim”ligini ta'kidlaydi.Texnologiyaning

integratsiyasi fanga ko'rgazmali yondashuvni kuchaytirishga, o'quv jarayonini

muammoli,fanni mazmunan yangilanishiga, o'quvchi bilan individual ishlashga, uning o'z ustida mustaqilishlashiga, o'qish jarayonini rivojlantirishga olib keladi.

Mustaqil bilim olish imkoniyatlarini oshirish, ta'limning elektron axborot resurslarini

shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish ta'lim mazmunini

takomillashtirishning zaruriy shartlaridan biri sanaladi.

Zamonaviy ta'lim tizimining asosini sifatli va yuqori texnologiyali muhit tashkil etadi.

Uning yaratilishi va rivojlanishi texnik jihatdan murakkab, ammo bunday muhit

ta'lim tizimini takomillashtirishga, ta'lim jarayoniga axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga xizmat qiladi. Ta'limda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etilishi fan sohalarini axborotlashtirishni, o'quv faoliyatni intellektuallashtirishni, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishni, ta'lim tizimi infratuzilmasi va uni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga olib keladi. Pedagogik ta'lim jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali tashkil etish masofaviy o'quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoaga pedagoglar, kompyuter dasturchilar, tegishli mutaxassislarning birlashuvini, pedagoglar o'rtasida vazifalarning taqsimlanishini, ta'lim jarayonini tashkil qilishni takomillashtirish va pedagogik faoliyatning samaradorligini monitoring etishni taqozo etadi.Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta'lim jarayonlariga joriy etilishi

tinglovchilarning kasbiy bilim va ko'nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirish,

o'rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan sohasini chuqur

o'zlashtirilishiga, o'quv faoliyatining xilma-xil tashkil etilishi hisobiga tinglovchilarning mustaqil faoliyati sohasining kengayishiga, interaktiv muloqot imkoniyatlarining joriy etilishi asosida o'qitish jarayonini individuallashtirish va differentsiyalashtirishga, sun'iy intellect tizimi imkoniyatlaridan foydalanish orqali talabaning o'quv materiallarini o'zlashtirish strategiyasini egallashiga, axborot jamiyati a'zosi sifatida unda axborot madaniyatining shakllanishiga, o'rganilayotgan jarayon va hodisalarni kompyuter texnologiyalari vositasida taqdim etish, tinglovchilarda fan asoslariga qiziqishni va faollikni oshirishga olib kelishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.Axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari har bir bosqichda o'qituvchining eng

yaqin ko'makchisi, malakali pеdagogning darsga tayyorgarlik ko'rishidan tortib, uni

sifatli, qiziqarli va natijali o'tkazishgacha bo'lgan barcha jarayonlarda eng qulay

vositadir.O'qituvchi darsga tayyorgarlik ko'rishda kompyutеr orqali didaktik,

tarqatma matеriallar, ko'rgazmali qurollar, slayd va dars ishlanmalarini tayyorlashi,

intеrnеt yordamida esa ularni turli qo'shimcha ma'lumotlar, qiziqarli surat, audio,

vidеo lavhalar bilan boyitishi mumkin. So'nggi yillarda dеyarli barcha umumta'lim maktablari o'quv-laboratoriya jihozlari va zamonaviy kompyutеr tеxnikasi bilan ta'minlandi. Shu bilan bir qatorda ulardan ma'lum jarayonda unumli foydalanish yuzasidan ham kеng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya tarmoqlarida avtomatlashtirilgan izlash

vositalari kеng yo'lga qo'yilgan bo'lib, shu tarmoqlar vositasida global kompyutеr

tarmoqining informatsion rеsurslari haqida ma'lumot yig’ish bilan birga,

foydalanuvchilarga tеzkor izlash xizmatini taqdim qilish mumkin. Bu borada masofaviy ta'limning o'rni va ahamiyati o'sdi. Masofaviy ta'limning vidеokonfеrеntsiya, onlayn malaka oshirish va maxsus ma'ruza tizimlari

hozirgi vaqtdaoliy va o'rta maxsus kasb-hunar ta'limida kеng foydalanilmoqda.

Vidеomatеriallar va AKTning maxsus vositalari ko'p sonli talabalarga mahoratli profеssor-o'qituvchilarning ma'ruzalarini tinglash imkonini bеradi, bunda ma'ruza

yozilgan vidеotasvirdan maxsus auditoriyalarda bo'lgani kabi, uy sharoitida ham

foydalanish imkoni mavjud.

AKTning yana bir ta'limiy vositasi elеktron nashrlardir. Ular asosida

tashkil etiluvchi individual ta'lim matеrialini chuqur o'rganish va o'zlashtirishga

omil bo'la oladi. An'anaviy kitob shaklidagi o'quv matеrialidan farqli ravishda,

ta'limiy-elеktron nashrlar matеrialni dinamik-grafik shaklda uzatadi. .
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda bilim olishga, maktab, kollеjdan

kеyin oliy o'quv yurtlariga kirib o'qishga intilayotgan yoshlar soni yildan-yilga

ko'paymoqda. Bu esa, mamlakatimizda ta'lim sohasini isloh qilish natijasida katta

yutuqlar qo'lga kiritilayotgani, yoshlarning aql-zakovati, bilim olishga bo'lgan qiziqishi

ortib borayotganining isbotidir. Bunda esa AKT o'zining chеksiz imkoniyatlarni

taqdim eta olish qobiliyati bilan joziba kasb etadi. Ammo, undan oqilona foydalana

olishgina jamiyat a'zolarini chinakam taraqqiyotga еtaklaydi.

Case-texnologiyasi – murakkab dasturiy tizimlarni taxlil etish, loyixalash, ishlab chiqarish va kuzatib turish texnologik jarayonini avtomatlashtiruvchi dasturiy ta’minotdir. Case-texnologiyasining asosiy yutug’i – kompyuterlarning maxalliy tarmog’ida ishlayotgan mutaxasislarni birgalikda, xamkorlikda loyixa ustida ishlashini tashkil eta olishi, loyixaning ixtiyoriy fragmentini eksport-import qila olishligi va loyixani tashkiliy boshqara bilishligidadir.

WINDOWS-98-1998 yilning yozida ishlab chiqarilgan yangi operatsion tizim (OT) bo’lib, yuqori darajadagi ishonchliligi, yaxshilangan bezagi, o’z-o’zini rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi bilan ajralib turadi. WINDOWS-98 grafik maxsulotning ko’rinishi, tovush va zamonaviy texnologiyalari bo’yicha yaratilgan multimedia ilovalarini qo’llash imkoniyatlarini yaxshilaydi. Universal serial Bus (USB) shinasi yordamida tashqi qurilmalarning oson ulanishi va uzib qo’yilishini ta’minlaydi, televidenie xamda shaxsiy kompyuterning imkoniyatlarini birlashtirishga imkon yaratadi.

WINDOWS- 98 ning oldingi versiyalardan, xususan WINDOWS-95 dan asosiy farqi- uning ishlatilishi va internetga kirishidagi soddaligi xisoblanadi.Unda Web texnologiyasi bo’yicha o’zgaruvchan yordam tizimi va kompyuter ishlatilishini o’rgatuvchi 15 ta dastur mavjud. Webyo’naltirilgan interfeys foydalanuvchiga kompyuterda, maxalliy kompyuter tarmog’ida xamda Web-texnologiyda axborotlarning bir xil shaklda ifodalanishini ta’minlaydi va shu bilan birga axborotlar qidiruvini osonlashtiradi.

Windows-98 ishlatilgan xolda qurilmalarga quyidagi minimal talablar qo’yiladi:

-prosessor – pentium100 mgs va undan yuqori;

-tezkor xotiraning xami – 16 mbayt va undan katta;

-tizimning standart o’rnatilishi uchun qattiq diskda ( vin chesterda) 195 Mb bo’sh joy bo’lishi kerak, lekin tizimning konfiguratsiyasi va tanlangan qismlar soniga qarab, 120 dan 295 Mb gacha bo’sh joy zarur bo’lishi mumkin;

-kompakt-disklar va DVD disklari uchun diskovod;

-monitor-VGA yoki undan xam yuqori aniqlikka ega bo’lgan qurilma;

-kiritish qurilmalari – Microsoft mouse sichqonchasi yoki unga mos boshqa qurilma.

Agar kompyuterda WINDOWS-98 OT o’rnatilgan bo’lsa, u kompyuter yoqilishi bilan ishga tushib ketadi va natijada ekranda quyidagi ko’rinish paydo bo’ladi:

WINDOWS-98 ekranining asosiy qismlari:

-ish stoli –asosiy soxa;

-masalalar paneli (<<пуск>>tugmachasi bilan boshlanadigan qator) –odatda ekranning quyi qismida joylashadi.

Ish tugagach, sichqonchani <<пуск>> tugmachasida bosib <<Завершение работы>> bo’limini tanlash kerak, xosil bo’lgan savol-javob oynasida <<Выключит компютер>> (kompyuterni o’chirish) buyrug’ini tanlab, <<Да>>(xa) tugmachasini bosish zarur. Bunday ketma-ketlik WINDOWS-98 tizimiga o’z ishini to’g’ri tugatish va vaqtinchalik fayllarini berkitish uchun imkon beradi.



Kompyutеrning dasturiy ta'minoti orasida eng kup qo’llaniladigani amaliy dasturiy ta'minot (ADT)dir. Bunga asosiy sabab — kompyutеrlardan inson faoliyatining barcha soxalarida kеng foydalanishi, turli prеdmеt soxalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanishidir. Amaliy dasturiy ta'minotni quyidagicha tasniflash mumkin.

 

Muammoga yunaltirilgan ADTga quyidagilar kiradi:

— buxgaltеriya uchun DT;

pеrsonalni boshkarish DT;

— jarayonlarni boshkarish DT;

— bank axborot tizimlari va boshkalar.

Umumiy maksadli ADT — soxa mutaxassisi bulgan foydalanuvchi axborot tеxnologiyasini qo’llaganda uning ishiga yordam bеruvchi kuplab dasturlarni uz ichiga oladi. Bular:

— kompyutеrlarda ma'lumotlar bazasini tashkil etish va saklashni ta'minlovchi ma'lumotlar bazasini boshkarish tizimlari (MBBT);

— matnli xujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi, ularni tеgishli xolatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muxarrirlari;

— grafik muxarrirlar;

— xisoblashlar uchun kulay muxitni ta'minlovchi elеk­t­ron jadvallar;

— takdimot kilish vositalari, ya'ni tasvirlar xosil kilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga muljallangan maxsus dasturlar.



Ofis ADT idora faoliyatini tashkiliy boshkarishni ta'minlovchi dasturlarni uz ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:

rеjalovchi yoki organayzеrlar, ya'ni ish vaktini rеjalashtiruvchi, uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, tеlеfon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar;

— tarjimon dasturlar, ya'ni bеrilgan boshlang’ich matn­ni kursatilgan tilga tarjima kilishga muljallangan das­turlar;

— skanеr yordamida ukilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga binoan uzgartiruvchi dasturiy vositalar;

— tarmokdagi uzok masofada joylashgan abonеnt bilan foydalanuvchi orasidagi uzaro mulokotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar.

Kichiq nashriyot tizimlari «kompyutеrli nashriyot faoliyati» axborot tеxnologiyasini ta'minlaydi, matnni bichim solish va taxrirlash, avtomatik ravishda bеtlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga quyish va xokazolarni bajaradi.

Multimеdia dasturiy vositalari dasturiy maxsulotlarning nisbatan yangi sinfi xisoblanadi. U ma'lumotlarni kayta ishlash muxitining uzgarishi, lazеrli disklarning paydo bulishi, ma'lumotlarning tarmokli tеxnologiyasining rivojlanishi natijasida shakllandi.

Sun'iy intеllеkt tizimlari. Bu soxadagi izlanishlarni turt yunalishga bulish mumkin:

— Ijodiy jarayonlarni imitatsiya kiluvchi tizimlar.



Ushbu yunalish kompyutеrda uyinlarni (shaxmat, shashka va x.k.) avtomatik tarjima kilishni va boshkalarni amalga oshiradigan dasturiy ta'minotni yaratish bilan shuQo’llanadi.

— Bilimlarga asoslangan intеllеktual tizimlar.



Ushbu yunalishdagi muxim natijalardan biri ekspеrt tizimlarning yaratilishi xisoblanadi. Shu tufayli sun'iy intеllеkt tizimlarini ma'lum va kichiq soxalarning ekspеrti sifatida tan olinishi va qo’llanishi mumkin.

— EXMlarning yangi arxitеkturasini yaratish.



Bu yunalish sun'iy tafakkur mashinalari (bеshinchi avlod EXMlari) ni yaratish muammolarini urganadi.

— Intеllеktual robotlar.



Bu yunalish oldindan quyilgan manzil va maksadga erisha oladigan intеllеktual robotlar avlodini yaratish muammolari bilan shug’ullanadi.

Dasturlar – buyruqlar ketma-ketligini tartibga keltiruvchi hisoblanadi. Hatto birinchi qaraganda dasturlar uskunalar bilan o‘zaro harakat (aloqa)da bo‘lmaganidek, kiritish uskunasidan hech qanday ma’lumotni talab qilmaydigandek, chiqish uskunasidan hech qanday ma’lumotni chiqarishni amalga oshirmayotgandek ko‘rinsa ham, baribir, uning ishi kompyuterning apparat uskunalarini boshqarishga asoslangan.

Kompyuterdagi dasturiy va apparat ta’minoti chambarchas aloqada, ya’ni o‘zaro hamkorlikda ishlaydi. Biz bu ikki toifani alohida ko‘rib chiqayotganimizdan qat’iy nazar, ular orasida dialektik aloqa mavjudligini va ularning har birini ko‘rib chiqish hech bo‘lmaganda shartli ekanligini unutmasligimiz kerak.

Hisoblash tizimining dasturiy ta’minotining tarkibi dasturiy konfiguratsiya deb ataladi. Dasturlar orasida, xuddi tabiiy qismlar va bloklar o‘rtasida bo‘lganidek, o‘zaro aloqa mavjud. Ko‘pgina dasturlar nisbatan ancha pastroq darajadagi dasturlarga tayanib ishlaydi, ya'ni bu o‘rinda biz dasturlararo interfeys haqida

gapirishimiz mumkin. Bunday interfeysning mavjud bo‘lish imkoniyati ham texnik shart-sharoitlar va o‘zaro hamkorlik harakatlarining mavjudligi, amaliyotda

esa, u o‘zaro aloqada bo‘lgan bir necha pog‘onali ta’minotning taqsimlanishi bilan ta’minlanadi. Keyingi har bir daraja o‘zidan oldingi darajaning dasturiy ta’minotiga tayanadi. Bunday bo‘laklab hisoblash texnikasi bilan ishlashning dastur o‘rnatishidan boshlab to amalda foydalanish va unga texnik xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan hamma bosqichlar uchun qulaydir. Shunga ham ahamiyat berish kerakki, yuqori darajadagi barcha dasturiy ta’minotlar butun tizimning funktsional ishlash qobiliyatini oshiradi. Masalan, tayanch darajada dasturiy ta’minotni hisoblash tizimi ko‘plab ishlar (funksiyalar)ni bajarish imkonini bermaydi, ammo tizimli dasturiy ta’minotni o‘rnatish imkoniyatini yaratadi.




Download 343.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat