Multimediali darslarni tashkil etish


BOSHLANG'ICH TA'LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA



Download 343.19 Kb.
bet2/9
Sana17.05.2021
Hajmi343.19 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9
BOSHLANG'ICH TA'LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA

MULTIMEDIALI DARSLARNI TASHKIL ETISH
Boshlang'ich ta'lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalar, shu jumladan, axborot

texnologiyalari bilim olish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi. Axborot

texnologiyalari asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o'tkazish metodlariga ko'ra o'quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga

yaqinroq bo'ladi. O'quvchilarning o'quv materiallarini o'zlashtirishga bo'lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo'zg'atish asosida maqsadga erishish motivasiya bo'lib, bu o'qituvchi vao'quvchilarning o'zaro ichki yaqinlashuvidir.

Axborot kommunikatsion texnologiyalar - bu bilim, dalil va qonunlarni taqdim

etishda barcha imkoniyatlarni o'zida jamlab olgan usul va metodlar demakdir. Har qanday texnologiya- bu axborot texnologiyalari bo'lib, uning negizini ma'lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash tashkil etadi.

Boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'quv texnologiyasining bevosita yetkazuvchisi sifatida,

yangiliklardan boxabar bo'lgani holda, dars jarayonini qiziqarli olib borishi lozim.

.Boshlang'ich sinflarda axborot texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarning

kayfiyati,qiziqishlari, hayot tarzi, dunyoqarashi, tafakkuri, aqliy va kasbiy ko'nikmalarini namoyon qiladi.Internet texnologiyalarining kirib kelishi o'quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko'nikmalarni egallash va mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar beradi, ta'limning yangi shakllari va metodlarini amalga oshirishga sharoit yaratadi.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining asosiy talablaridan biri axborot texnologiyalarini ta'lim jarayoniga keng tatbiq etib, o'quvchilarni mustaqil bilim olishga, erkin fikrlashga o'rgatishdan iboratdir.

Boshlang'ich ta'lim jarayonida multimediyadan foydalanish o'qituvchiga:

- darsni zamonaviy tarzda modellashtirish;

- bilimlarni chuqurlashtirish uchun qo'shimcha ma'lumot va axborotlarga ega bo'lish;

- nazariy va mustaqil ishlashni tayyorlash imkonini beradi.

Boshlang'ich ta'lim jarayonida multimediyadan foydalanish o'quvchilarga:

- fanga qiziqish uyg'otish, o'z bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash;

- ensiklopedik ko'rinishdagi axborotlarni tezkor olish;

- mavzuni o'rganishda o'zi uchun qulay bo'lgan tezlik va o'zlashtirish darajasini

tanlash;


- zamonaviy axborot - kommunikatsion texnologiyalarga jalb qilish, uni egallash va

unga doimiy ishlashga bo'lgan ehtiyojni shakllantirish imkoniyatlarni beradi.

Multimedia - bu obyekt va jarayonlarni an'anaviy matn shaklida emas, balki fotorasm,video, chizma, animatsiya, ovoz yordamida namoyish qilishdir

.

Multimediali darslar quyidagi didaktik masalalarni hal qilishga yordam beradi:



- fan bo'yicha asosiy bilimlarni o'zlashtirish;

- o'zlashtirilgan bilimlar izchilligini ta'minlash;

-o'z - o'zini nazorat ko'nikmasini shakllantirish;

- bilim olishga bo'lgan ehtiyojini rivojlantirish;

- o'quvchilarni o'quv materiali ustida mustaqil ish olib borishlarida o'quv - metodik

yordam ko'rsatish.

Boshlang'ich sinflarda fanlarni multimedia texnologiyalari asosida o'qitish katta

samara beradi. Buning uchun esa mashg'ulotlarning har bir mavzusi bo'yicha dars

ishlanmalari yaratilishi lozim. Ana shu ishlanma asosida barcha mavzularga oid axborot texnologiyalari vositalari yordamida bayon etilishi lozim bo'lgan nazariy va amaliy materiallarning electron taqdimoti shakli tayyorlanadi. Dars ishlanmalariga taqdimot slaydlar tayyorlanib,videoproyektorlar orqali o'quvchilarga tushuntirilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Multimediali taqdimot nafaqat matnli va ko'rgazmali balki ovozli, animatsiyali bo'lishi o'quvchilartomonidan mavzuni mukammal o'zlashtirishda katta ahamiyatga ega bo'ladi.

Axborot - kommunikatsiya texnologiyalarining ta'lim jarayoniga joriy etilishidan

asosiy maqsad - aynan zamonaviy axborot muhiti uchun xarakterli bo'lgan o'quv

faoliyatlariningyangi turlarini yaratishdir.

Xulosa qilib shuni aytish joyizki, ta'lim-tarbiya jarayonini tubdan isloh qilishdan

ko'zlangan bosh maqsadimiz- barkamol insonni shakllantirish orqali o'z kelajagimizni ta'minlashdan iboratdir. Darhaqiqat, kelajagimiz egalari bo'lmish yosh avlodni tarbiyalash, biz pedagoglardan ma'suliyat talab qiladi. Ayniqsa, kelajak avlodda mustaqil fikrlash, mantiqiy fikr yuritish kabi ko'nikmalarni hosil qilish bugungi kun o'qituvchisining asosiy vazifasidir



Download 343.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
guruh talabasi
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
samarqand davlat
toshkent davlat
navoiy nomidagi
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
matematika fakulteti
tashkil etish
Darsning maqsadi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
bilan ishlash
fanining predmeti
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fizika matematika
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
sinflar uchun
universiteti fizika
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
tibbiyot akademiyasi
pedagogika fakulteti
umumiy o’rta
Samarqand davlat