Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti tbta va dt kafedrasi Mikroprotsessor fani bo’yicha



Download 1.44 Mb.
bet1/9
Sana22.05.2021
Hajmi1.44 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

O'ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI


TBTA va DT kafedrasi

Mikroprotsessor fani bo’yicha

KURS ISHI

Mavzu:Lift harakatini boshqarish



Topshirdi:

Qabul qildi:

Toshkent 2020

MUNDARIJA

I

Kirish ...................................................................




II

 Ishning maqsadi va vazifasi ............................




III

Ta’rif. Ishning amaliy tavsifi ...............................

 

3.1

PIC oilasidan mikrokontrollerni tanlash ..............

 

3.2

Proteus muhitida mikrokontroller tizimining modelini ishlab chiqish......................................................................... ...

 

 


3.3

Dastur algoritmi blok-sxemasini ishlab chiqish.....................

 

3.4

C dasturlash tilida mikrokontroller tizimi dasturini yaratish….

 

3.5

Tizimning yuklanishi va natijalarining tavsifi .....................

 

IV

Xulosa ................................................................

 

V

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ................................

 

 


I. Kirish

Mikroprotsessorlar kursining maqsadi mikroprotsessor tizimlarining tuzilish prinsipi va turli funksional murakkab, ya’ni mikroprotsessorlar va mikrokontrollerlar asosida boshqariladigan qurilmalarning ishlatilishini o‘rganishdir. Mikroprotsessorlar kursi dasturga mos ravishda nazariy materiallar, nazorat ishlari, laboratoriya ishlari va kurs ishlarini o‘z ichiga oladi. Bu o’quv jarayoniga elektron qurilmalarni professonal loyihalovchisining PROTEUS nomli avtomatlashtirilgan ish o’rni tizimini kiritilganligi munosabati bilan ana shu tizim asosida talabalar zamonaviy mikrokontrollerlar va ularni dasturlash vositalari bilan tanishtirish imkoniyatiga hamda loyihalash jarayonida kompyuter va zamonaviy orgtexnika vositalaridan foydalanishning amaliy ko’nikmalariga ega bo’ladilar. ISIS dasturiy majmuasida turli mikrokontrollerlar uchun “C/C++” tilida tayyorlangan dasturni tarjima qilib beruvchi translyatorlar mavjud. Ushbu traslyatorlar yordamida dastlabki dastur faylidan mikrokontroller uchun ishchi dasturni tayyorlab olamiz. Buning uchun ISIS ishchi oynasida Sourse menyusi tarkibidagi Add/Remove Sourse files menyusi bilan loyihadagi mikrokontrollerga yuklanishi lozim bo’lgan dastur faylini va kerakli mikrokontrollerni xamda translyatorni tanlash lozim. Shundan so’ng translyatsiya qilinsa va dasturda hech qanday xato bo’lmasa, translyatsiya natijasida hosil bo’lgan (*.hex yoki *.cof) loyihadagi fayl yuklanadi.Agar loyiha dasturi C tilida tayyorlangan bo’lsa va bu dastur C translyatori bilan translyatsiya qilinsa va dasturda hech qanday xato bo’lmasa, translyatsiya natijasida hosil bo’lgan (*.hex yoki *.cof) fayl loyihadagi mikrokontrollerning dastur xotirasiga alohida yuklanishi lozim. Dastlabki dastur matnini tayyorlashda tanlangan Atmega mikrokontrollerining komandalar tizimidan hamda ushbu loyihada ishlatilgan DS130t mikrokontrolleri komandalaridan foydalanamiz. AVR mikrokontrollerlari Atmel korporatsiyasining nisbatan kenja mahsulotlaridan biridir. Ushbu tur mikrokontrollerlar kundan kun rivojlanib bormoqda, yangidan yangi kristallar kashf qilinmoqda, mavjud mikrosxema chiplarini qo’llab quvvatlaydigan dasturiy ta’minotlar takomillashtirilib kengaymoqda. Atmel firmasining AVR mikrokontrollerlari rasmiy katalogi nashri 1997-yil mayida birinchi marta e’lon qilingan edi. Ushbu katalogdan atiga to’rtta dastlabki AVR "classic" oilasiga mansub AT90S mikrokontrollerlari joy olgan edi. Navbatdagi kengaytirilgan ikkinchi katalogi nashri 1999-yil avgustda chiqqan bo’lib, unda AVR mikrokontrollerlarining uchta oilasi, ya’ni "tiny", "classic" va "mega" oilalari joy olgan edi. Ana shundan beri Atmel firmasi mikrokontrollerlarining yangi katalogi jurnal ko’rinishida nashr qilinmagan. Ammo, Atmel firmasi mikrokontrollerlarning elektron ko’rinishdagi (Data Sheet) texnik ma’lumotlarini doimo internetdagi www.atmel.com/atmel/products/prod23.htm. informatsion saytida e’lon qilib boradi. Hozirda barcha AVR mikrokontrollerlari dastur yozishga mo’ljallangan Flash-xotirasiga ega. Ushbu xotiraga oddiy programmator qurilmasi yoki mikrokontroller SPI-interfeysi orqali to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish mumkin. Mikrokontroller Flash-xotirasiga 1000 martagacha dasturlarni qayta yozish mumkin. 2001-2002 yillarda ishlab chiqarilgan "AVR-mega" oilasi mikrokontrollerlari o’z-o’zini dasturlash hususiyatiga ega. Bu mikrokontroller kristali mustaqil ravishda hech qanday tashqi programmator qurilmalarisiz Flash-xotirasida yozilgan dasturni o’zgartirish mumkinligini anglatadi. Ya’ni yangi AVR mikrokontrollerlari o’ziga yozilgan dastrurni va ishlash algoritmlarini o’zgartirishi hamda keyinchalik ushbu o’zgargan algoritm yoki dastur bo’yicha ishlashi mumkin. Masalan, bir qancha ishchi dasturlar yozish va saqlash hamda zaruriyat yuzasidan almashtirish mumkin. Shuningdek barcha AVR mikrokontrollerlari energiyaga bog’liq bo’lmagan EEPROM-xotiraga ega. Ushbu tur xotiraga mikrokontroller o’ziga yozilgan dastur bajarilayotganda murojaat qilishi mumkin. SHuningdek vaqtinchalik saqlanuvchi ma’lumotlarni, turli xil o’zgarmaslarni, qayta kodlash tizimi jadvallarini, kalibrovkalovchi Noeffitsientlarni va shunga o’xshash ma’lumotlarni saqlashga qulay. EEPROM-xotira ham SPI interfeysi yoki programmator orqali yuklanishi mumkin. Mikrokontroller EEPROM -xotirasiga 1000 martagacha ma’lumotlarni qayta yozish mumkin.


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat