Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Download 0.5 Mb.
bet1/2
Sana20.09.2019
Hajmi0.5 Mb.
  1   2

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI



BITIRUV OLDI AMALIYOTI BO’YICHA


HISOBOT
Amaliyotchi: 711-15 guruh talabasi

Davlatov U.



Amaliyot rahbari: Allanov O.

TOSHKENT-2019


MUNDARIJA:



KIRISH

I. Bitiruv oldi amaliyotini o’tash joyi haqida umumiy ma’lumotlar

    1. Amaliyot o’tash joyi Toshkent Viloyat Hokimligi bilan tanishish

    2. Tashkilotda texnika xavfsizligi qoida va talablari

    3. Toshkent Viloyat Hokimligi faoliyati va vazifalari

II. Tashkilotda bitiruv oldi amaliyoti bo’yicha berilgan topshiriqlarning bajarilishi

2.1. Biometrik xarakteristikalarga asoslangan autentifikasiyalash tahlili

2.2. Barmoq izlari va yuz tuzilishi bo’yicha autentifikasiyalash texnologiyalari

2.3. Biometrik xarakteristikalarga asoslangan autentifikasiyalashning afzalliklari va kamchiliklari



XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI

KIRISH

Respublika telekommunikatsiya tarmoqlarida magistral hamda zona ichi telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchliligi va barqarorligini ta`minlash, iste`molchilar talablari asosida tarmoqni optimallashtirish, xizmatlar ko`rsatish sifatini yaxshilash hamda tarmoq boshqaruvini yanada takomillashtirish bo`yicha keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yurtimizda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va ma`lumot uzatish tarmoqlari, internet xizmatlarini rivojlantirish va zamonaviylashtirish, ularni dunyo standartlariga etkazish va shu asosda “Global axborotlashgan jamiyat” sari ildam borish maqsadida keng ko`lamli ishlar olib borilmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborotlashgan jamiyat barpo etish O`zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy siyosatining muhim yo`nalishlaridan biriga aylangan.

Zamonaviy axborot-texnologiyalarini mamlakatimiz hayotiga kiritish ijtimoiy ishlab chiqarish va rivojlanish samaradorligini oshirish vazifalarini echishga yo`naltirilgan respublika hukumati faoliyatining ustuvor vazifalaridan biridir.

2012 yil 10 mayda O`zbekiston Respublikasi prezidentining PQ-1754-sonli “2012-2016 yillarda O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to`g`risida” gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda asosan xizmat ko`rsatish sohasi tarkibini yanada takomillashtirish, aholi talabgor bo`lgan zamonaviy xizmat turlari bilan bozorni jadal rivojlantirish va to`ldirishga hamda, shahar va qishloq aholi punktlari hududlarining qurilishini rejalashtirishda tasdiqlangan me`yorlardan kelib chiqqan holda, mintaqalar aholisiga turli ijtimoiy va kommunal-maishiy xizmat ko`rsatish sifatini oshirish va ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga qaratilgan.

2012-yil 21-martda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1730-sonli “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari” to`g`risida qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda quyidagilar axborotkommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilangan:



  • davlat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar axborot tizimlarining bosqichma-bosqich integratsiyalashuvi asosida Milliy axborot tizimini shakllantirishni ta`minlash;

  • davlat organlarining o`z funktsiyalarini bajarishda tezkorlik va sifatni oshirishga imkon beruvchi faoliyatini avtomatlashtirish axborot tizimlarini yaratish;

  • davlat organlari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlari va aholiga ko`rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari ro`yxatini kengaytirish va sifatini yaxshilash, tegishli axborot resurslaridan keng ko`lamda, shu jumladan, qishloq joylarda foydalanishni ta`minlash;

  • axborot resurslari, texnologiyalari va tizimlarini, shu jumladan axborot xavfsizligini ta`minlash tizimlarini rivojlantirish holatini hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish;

  • Milliy axborot tizimining axborot xavfsizligini, uning axborot tizimlari va resurslari himoya qilinishini ta`minlash.

I. Bitiruv oldi amaliyotini o’tash joyi haqida umumiy ma’lumotlar



1.1 Amaliyot o’tash joyi Toshkent Viloyat Hokimligi bilan tanishish

Toshkent viloyat hokimligi (Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li 90 uy) – mahalliy davlat boshqaruv organi.

Toshkent viloyat hokimligi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi qonunga muvofiq faoliyat yuritadi.

Mazkur huquqiy hujjatlarga binoan viloyat hokimligi davlat, xo'jalik va ijtimoiy-madaniy qurilishga rahbarlik qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejalarini va mahalliy byudjetni tasdiqlaydi, o'ziga bo'ysungan korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, qonunlarga rioya etilishini, davlat va jamoat tartibini, fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilinishini ta'minlaydi.

Hokimlik boshqarma, bo'lim va turli bo'linmalardan iborat bo'lib, ularning tarkibi, tashkiliy tuzilmasi va faoliyati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Nizom bilan belgilanadi.

Toshkent viloyat ijroiya hokimiyati tuzilmasi va xodimlari soni Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan byudjet chegarasida Hokim tomonidan o'rnatiladi va o'zgartiriladi.

Toshkent viloyat hokimi viloyatning oliy mansabdor shaxsi hisoblanadi va bir vaqtda viloyat hududida vakillik va ijroiya hokimiyatni boshqaradi.

Hokim O'zbekiston Prezidenti va Xalq deputatlari viloyat Kengashiga bo'ysunadi. Hokim O'zbekiston Prezidenti tomonidan tayinlanadi, ozod etiladi va Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Hokimning vakolat muddati – 5 yil.

Prezidentning 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-sonli farmoni, 2018 yil 19 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3549-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent viloyat hokimligi tomonidan 2018 yil 18 may kuni “Toshkent viloyat “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi 783-sonli qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi “Kompyuterlashtirish markazi” DUK qayta tashkil etilib, unga “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUK maqomi berildi.

Toshkent viloyati “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi”ning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

Toshkent viloyat va tuman hokimliklarida ishlarni rejalashtirish, tahlil va nazorat qilish, qabul qilinayotgan qarorlarning samarali amalga oshirilishini monitoring qilish, hisobotlarni elektron shakllantirishni o‘z ichiga olgan “elektron hokimiyat” kompleks axborot tizimini joriy etish;

Toshkent viloyat hokimliklarining axborot tizimlari, resurslari va ma'lumotlar bazalarini rivojlantirish, ularni boshqa davlat organlarining tizimlari bilan integratsiya qilish;

Toshkent viloyat va tuman hokimliklarining axborotlashtirish obektlarida axborot xavfsizligiga tahdidlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga qarshi kurashish, axborot xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan nazorat va monitoringni amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy-texnik choralarni amalga oshirish;

Toshkent viloyatidagi shahar va tuman hokimliklari o‘rtasida o‘zaro elektron axborot almashinuvini tashkil etish;

Toshkent viloyatidagi shahar va tuman hokimliklari, bosh boshqarma, boshqarma, korxona va tashkilotlarga hamda ularning hududiy bo‘linmalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida dasturlash va telekommunikatsiya yo‘nalishlari bilan bir qatorda, zamonaviy xizmatlarni (autsorsing, konsalting, biznes jarayonlari va boshqaruvni maqbullashtirish) ko‘rsatish.



1.2. Tashkilotda texnika xavfsizligi qoida va talablari

Toshkent Viloyat Hokimligi va uning barcha strukturalari o’z ish faoliyatini O’zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun asosida olib boradi va unga qat’iy bo’ysunadi. Hokimlik va unga tegishli barcha Hokimlik strukturalari, markazlar, kotibiyatlar va hududiy bo’linmalar ishchi-xodimlari ish faoliyatida xodimlarni tegishli tartibda ichki texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtiriladi va dastlabki yo’riqnoma taqdim etiladi.

Kirish уo‘riqnomasini tashkilotdagi xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandis korxona rahbari yoki bosh muhandis hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tasdiq-langan dastur asosida o‘tkazadi. Uni mehnat muhofazasiga oid zamonaviy vositalar va ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlangan meh-nat muhofazasi xonalarida o‘tkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Kirish уo‘riqnomasi quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi:

– korxonaning ish rejimi va ichki tartib-qoidalari bilan tanishtirish;

– mehnat intizomi va uni mehnat xavfsizligiga ta’siri;

– mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoa shartnomalari;

– korxonada sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va ularni kelib chiqish sabablari;

– yong‘inning oldini olish tadbir1ari;

– elektr xavfsizligining asosiy qoidalari;

– yuklarni ko‘tarish va tushirishdagi, ximikatlar va kislotalar bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidalari;

– ishga kelish yoki ishdan qaytishdagi xavfsizlik qoidalari;

– maxsus kiyim-boshlar va saqlash qurilmalaridan foydalanish qoidalari;

– jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartib- qoidalari;

– ichkilikbozlikka qarshi kurash tadbirlari;

– jamoa o‘rtasida ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar.

Kirish уo‘riqnomasi dasturiga kiritilishi lozim bo‘lgan masalalar mahalliy sharoitlar, ishlab chiqarish xususiyati va ishga qabul qilingan ishchining kasbiga bog‘liq holda

qo‘shimcha tadbirlar bilan to‘ldirilishi mumkin. Ushbu уo‘riqnoma maxsus jurnalga qayd etilishi lozim.

Ish joyidagi birlamchi уo‘riqnoma. Ushbu уo‘riqnoma ham korxona rahbari (yoki bosh muhandis) va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida o‘tkaziladi.

Ish joyidagi birlamchi уo‘riqnoma dasturiga asosan quyidagilar kiritilishi mumkin:

– ish joyidagi texnologik jarayonlar va tashkiliy-texnik qoidalar; ish joyini tashkil etishga qo‘yilgan talablar;

– mashina yoki qurilmaning tuzilishi, ishlash tartibi, texnik ma’lumotlari va uning xavfli zonalari;

– ishni bajarishdagi xavfsizlik qoidalari;

– mashina yoki qurilmalardan foydalanishning xavfsiz usullari;

– elektr jihozlari va ular bilan ishlash qoidalari;

– ish joyining yoki ish maydonining xavfli zonalari;

– ish joyidagi «signalizatsiya» va undan foydalanish qoidalari.

Yuqorida qayd etilgan masalalardan tashqari bu уo‘riqnoma, ishning turiga va ishchining malakasiga bog‘liq holda boshqa tadbirlar bilan ham to‘ldirilishi mumkin.



Navbatdagi (rejadagi) уo‘riqnoma xususiyati va xavflilik darajasiga bog‘liq holda ish joyidagi birlamchi уo‘riqnomadan 3 yoki 6 оу o‘tgach o‘tkaziladi. Ushbu

уo‘riqnoma ishchilarni mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bilimlarini oshirish hamda tekshirish maqsadida o‘tkaziladi. Yo‘riqnomani o‘tkazishda ish joyidagi birlamchi уo‘riqnoma dasturi asos qilib olinadi.



Navbatdan (rejadan) tashqari уo‘riqnoma ishlab chiqarish texnologiyalari o‘zgarganda, yangi texnika vositalari joriy etilganda, ishchi bir ishdan boshqa. ishga

o‘tkazilganda, baxtsiz hodisa ro‘у berganda yoki xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilgan vaqtlarda o‘tkaziladi.



Davriy (mavsumiy) yo’riqnoma. Ayrim ishlab chiqarish sohalari mavsumiy xususiyatga egaligi sababli mavsumiy уo‘riqnoma o‘tkaziladi.

Кurs o‘qishlari. Ishlab chiqarish jarayoni davrida bajariladigan ishning turiga va xususiyatiga bog‘liq holda ishchilar va texnik xodimlar mehnat muhofazasi bo‘yicha

kurs o‘qishlariga yuboriladilar. Kurs o‘qishlari oliy o‘quv yurtlari qoshidagi malaka oshirish kurslari yoki fakultetlarida hamda ilmiy tekshirish institutlarida maxsus dastur asosida olib boriladi. Mehnat muhofazasi bo‘yicha kurs o‘qishlaridan o‘tagan ishchi-xodimlarga guvohnоmа beriladi.

Mehnat xavfsizligi xizmatining asosiy vazifasi ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan jarohatlanish va boshqa baxtsizliklarni keltirib chiqaradigan sabablarni bartaraf qilish va tashkilot ma’muriyatining ishchi-xizmatchilarga ish sharoitini yaxshilab borishi ustidan nazorat qilib turish, fan va texnika yutuqlarini joriy etish asosida mehnat xavfsizligi va himoya vositalarini muttasil takomillashtirish, mehnat

madaniyatini oshirish, baxtsizliklarni oldini olishga qaratilgan tashkiliy va texnik hamda sanitariya tadbirlarini ishlab chiqish va ularni joriy qilishdan iboratdir.

Mehnat xavfsizligini boshqarish tizimining birdan bir maqsadi, mehnat muhofazasi qonun-qoidalariga ishchi va xizmatchilarning e’tiborini oshirish, sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini yaratishni yagona, to‘g‘ri yechimini aniqlash hamda uni ishlab chiqarishda tatbiq etishga tavsiya qilishdir.

Mehnat xavfsizligini boshqarish – bu bir qator, tashkiliy, texnikaviy va sanitar-gigiyenik hamda iqtisodiy tadbirlar tizimini tayyorlash va joriy qilish asosida amalga oshiriladi.

Xavfsizlikni ta’minlovchi vositalar – bu xavfsizlik tamoyillari va uslublarini amalga oshirishdagi konstruktiv, tashkiliy namda material mujassamlikdir. Tamoyillar, uslub va vosita – bu xavfsizlikni ta’minlovchi mantiqiy bosqichdir. Ularni tanlash faoliyatning aniq shart- sharoitlariga, xavf darajasiga, iqtisodiy ko‘rsatkichlarga va shu kabi bir qancha mezonlarga bog‘liq bo‘ladi.

Xavfsizlikni ta’minlovchi vositalar jamoa himoya vositalari (JHV) va shaxsiy himoya vositalariga (ShHV) bo‘linadi. 0'z o‘rnida JHV va ShHVlar ham xavfning

xususiyati, amalga oshish tartibi, ishlatilish sohasi va shu kabi ko‘rsatkichlarga bog‘liq holda bir necha guruhlarga bo‘linadi. O‘zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati aniq o‘z aksini topgan. Unda «Tashkilotning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘ligi ustuvorligi» ta’kidlangan.


1.3. Toshkent Viloyat Hokimligi faoliyati va vazifalari

Toshkent Viloyat Hokimligi boshqaruv strukturalari va ularning faoliyati.

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi 2018 yil 17 avgustdagi PF-5515-sonli Farmoniga muvofiq, Toshkent viloyat hokimligi boshqaruv apparatlarining (keyingi o‘rinlarda - boshqaruv apparati deb ataladi) vazifalari, funktsiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. Boshqaruv apparati o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari Kengashining va hokimning hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi. Boshqaruv apparati hokimlik faoliyatini axborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy-texnik va moliyaviy-xo‘jalik jihatidan ta’minlaydi, xalq deputatlari Kengashi majlislarini uning reglamentiga muvofiq tayyorlaydi, xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ijroni muntazam ravishda tekshiradi. Boshqaruv apparati xalq deputatlari Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnik va boshqa xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlaydi. Boshqaruv apparati o‘z faoliyatini hokimning rahbarligida amalga oshiradi. Boshqaruv apparati o‘ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli xizmatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.

Hokimlik vazifalari va funktsiyalari quyidagilar boshqaruv apparatining vazifalari hisoblanadi: 

Hokimning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunida va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqatashkilotlar bilan birgalikda ta’minlash;

Toshkent viloyat va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendentsiyalarini kompleks tahlil qilish, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi, tarkibiy va institutsional o‘zgartirishlar, mahalliy byudjetlar ijrosining tizimli monitoringini olib borish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan eng muhim ustuvor vazifalarga muvofiq Toshkent viloyatini, tumanlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

Toshkent viloyatida, tumanlarda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash, iqtisodiyotda, eng avvalo, sanoatda tarkibiy o‘zgartirishlarga doir tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabulqilingan hujjatlarda belgilanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiqhududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlarni ijrosini ta’minlash;

Shahar va tumanlarning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, investitsiya, xizmat ko‘rsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uni samarali ijrosini tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarni yuzaga kelishini oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etish;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, ularniig huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini ta’minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish, respublika va mahalliy byudjetga tushumlar hajmini oshirish hisobiga mahalliy byudjet subventsiyasi hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish va bartaraf etish;

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, hududiy sanoat mahsulotlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqish, dunyodagi narx kon’yukturasini o‘rganib tahlil qilib borish va yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish hamda ularni yangi bozorlarda eksport qilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

Inson manfaatlarini ta’minlash, aholining hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbaalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga naqd pul to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirishni yangi mexanizmi va tizimini joriy qilish.

Yoshlar, ya’ni o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar, xususan, ta’lim bilan qamrab olingan yoshlar, uyushmagan yoshlar, yosh mutaxassislar, tadbirkor yoshlar, yosh fermerlar, yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘quv jarayoni sifatini, o‘quvchi-talabalarning davomatini ta’minlash yuzasidan aniq choralarni ko‘rish va nazorat qilish, bu borada ta’lim muassasasi, mahalla, nodavlat va notijorat tashkilotlari, profilaktika inspektorlari va ota-onalarni o‘zaro hamkorlikdagi ishlarini muvofiqlashtirish;

Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish, hayot va mehnat faoliyati, malakali tibbiy yordam olish, madaniy meroslardan bahramand bo‘lish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, dam olishini tashkil etish uchun qulay tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish hamda sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

Aholi o‘rtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yunalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari ahamiyatining targ‘ibot va tashviqotini tashkil qilish;

aholining ma’naviy muammo va ehtiyojlarini o‘rganib borish asosida hududda ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlash, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar barcha tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;

Hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da’vat etish, yoshlarda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan samarali targ‘ibot tizimini yo‘lga qo‘yish;

Aholi orasida diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” tahdidlaridan ogoh qilishga qaratilgan profilaktik ma’rifiy, tarbiyaviy chora-tadbirlarga rahbarlik qilish;

Aholi orasida mehr-oqibat, mehr-shafqat, muruvvat va himmat, insofu diyonat, vijdoniylik, ahillik va totuvlik, fidoyilik, vatanparvarlik, olijanoblik va boshqa fazilatlarni targ‘ib qilish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishda mahalla institutining o‘rni va rolini oshirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;

Mamlakatda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, hududda tashkil etiladigan chora-tadbirlar mazmuni, samaradorligini tahlil qilish, sohalarning tizimli faoliyatini tashkil qilish.
II. Tashkilotda bitiruv oldi amaliyoti bo’yicha berilgan topshiriqlarning bajarilishi

2.1. Biometrik xarakteristikalarga asoslangan autentifikasiyalash tahlili

Foydalanuvchilarni biometrik autentifikasiyalash korxona tashkilotning qay darajada maxfiyligi xavfsizligi jihatdan va uning iqtisod tomonlama qanchalik qoniqtira olishiga qarab biometrik autentifikasiya qilish usullari tanlanadi. Xavfsizlik jihatidan biometrik autentifktasiyalash usullari yuqori darajali hioblangani bois uni davlat miqyosida ommalashtirish ichki va tashqi taьsirlarni bir xil ushlashga yordam beradi. Biometrik autentifikasiyalash usullarini muassasalarda qo`llayotgan paytda foydalanuvchi belgilarining natijalari faqat “HA” yoki “YoQ” natijalari bilan amalga oshiriladi. ”HA” natijasi asosida foydalanuvchi mussasaga kirishi mumkin, agarda uning belgilarida o'zgarish bo'ladigan bo'lsa yoki boshqa shaxs bo'lsa “YoQ” natija yoki biometrik eshik ochilmasligidan bilish mumkin.


Barmoq izlari yordamida autentifikasiyalash.

2.2. Barmoq izlari va yuz tuzilishi bo’yicha autentifikasiyalash texnologiyalari

“Barmoq izlari buyicha insonni idetifikasiyalash” hozirda eng keng tarqalgan usul bo'lib, axborotni himoyalash biometrik tizimlarida keng qo'llanilmoqda. Bu usul o'tgan asrlarda ham keng qo'llanilganligi xech kimga yangilik emas. Hozirgi kunga kelib barmoq izlari bo'yicha identifikasiyalashning uchta asosiy texnologiyasi mavjud. Ularning birinchisi ko'pchilikka ma'lum optik skanerlardan foydalanishdir. Ushbu qurilmadan foydalanish prinsipi odatiy skanerdan foydalanish bilan bir xil. Bu erda asosiy ishni ichki nur manbai, bir nechta prizma va linzalar amalga oshiradi. Optik skanerlarni qo'llashning e'tiborli tomoni uning arzonligidir. Lekin, kamchilik tomonlari bir muncha ko'p. Ushbu qurilmalar tez ishdan chiquvchi hisoblanadi. Chu sababli foydalanuvchidan avaylab ishlatish talab etiladi. Ushbu qurilmaga tushgan chang, turli xil chiziqlar shaxsni aniqlashda xatolikka olib keladi, ya'ni foydalanuvchining tizimga kirishiga to'sqinlik qiladi. Bundan tashqari, optik skanerda tasviri olingan barmoq izi foydalanuvchi terisining holatiga bog'liq. Ya'ni, foydalanuvchi terisining yog'liligi yoki quruqligi shaxsni aniqlashga xalaqit beradi. Barmoq izlari bo'yicha identifikasiyalashning ikkinchi texnologiyasi elektron skanerlarni qo'llashdir. Ushbu qurilmadan foydalanish uchun foydalanuvchi 90 ming kondensator plastinkalaridan tashkil topgan, kremniy moddasi bilan qoplangan mahsus plastinkaga barmog'ini qo'yadi. Bunda o'ziga xos kondensator hosil qilinadi.Biometrik autentifikasiyalash tizimlarning ichida eng ko'p va ommaviy tarqalgani barmoq yordamida identifikasiyalash va uni autentifikasiyalash. Bu tizim biometrik autentifikasiya qilishda “Daktiloskopik” usuli deb aytiladi.




2.1-rasm. Barmoq izini skanerlash.

Bugungi kunda 3 xil barmoq izlarini olish texnologiyasi bor ular quyidagicha:


-ultratovushlar yordamida ;

-optik nurlar yordamida (ftir);

-yarim o`tkazgich yordamida;

Barmoq izlarining skanerlari. Barmoq izlarini skanerlovchi an`anaviy qurilmalarda asosiy element sifatida barmoqning xarakterli rasmini yozuvchi kichkina optik kamera ishlatiladi.



2.2-rasm. Barmoq izini skanerlash apparat qurilmasi.

Biometrik autentifikasiya qilish tizimining apparat qurilmalari orasida eng ishonchli hamda ommabopligi bilan ajralib turadigani “BIOLINK” komponiyasining biometrik autentifikasiya qilish apparat qurilmasidir.

Barmoq izlarini skanerlashda ishlatiladigan daktiloskop qurilmalarini ishlab chiqaruvchilarning ko'p qismi asosan intergral sxemalarda foydalanmoqda. Bunday texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar barmoq izlarini olishda xar xil turdagi elektrik, elektromagnit va boshqa usullar orqali amalga oshiradilar. Buning asosiy sababi barmoq izini olish vaqtida teri qismlarining sig'im qarshiligi olinadi va tahlil qilinadi. Tahlil vaqtida Daktiloskopik qurilmasi esa yarimo`tkazgichli datchik orqali sig`im qarshiligini aniqlash maqsadida barcha axborotlarni yig'iladi.


Yuzning to'zilishi bo'yicha autentifikasiyalovchi tizimlar.
Yuzning to'zilishi bo'yicha autentifikasiya qilish hamma tamonlama yaьni arzon va barcha kompyuterlarning video xususiyatga ega ekanligi bois bu tizim hamma joyda ishlatila olishi bilan farq qiladi. Bu tizim asosan masofaviy identifikasiya qilish vaqtida ishlatiladi. Quyida (2.3-rasm) dagi nuqtalar asosida yuzning o'lchamlari hisoblanadi. Ushbu nuqtalar yuzning semirganini hisobiga ham o'zgarib turadi. Ammo yuz semirgan paytda ham ozgan paytda ham uning tuzulishi geometrik o'lchamlari va burchagi o'zgarmaydi. Shu bois bu tizim eng ishonchlilaridan biri hisoblanadi. Bunda uning quyidagi nuqtalari o'lchamlari olinadi:
-lab to'zilishi uning burchagi ;

-burun uchi va o'lchamlari ;

-ko'zning markazi va ko'z burchagi ;

Bunda uning o'lchamlari maьlumotlar omboridagi shaxslarning o'lchamlari bilan solishtirilib uning haqiqatda muassasada ishlaydigan shaxs yoki shaxs emasligini ko'rsatadi. Ammo bu tizimga halaqit beradigan omillar ham yetarli: Ko'zoynak, soqol, yuzga bezak berish kabilar.



2.3-rasm. Yuz tuzilishi bo'yicha autentifikasiyalash.

Rasmdagi holatda asosan ko'z, burun lab o'lchamlari olinadi va identifikasiyalanadi. Yuz to'zilishini aniqlovchi qurilmalarni ishlab chiqaruvchilar foydalanuvchini identifikasiyalashda xususiy matematik algoritmlardan foydalanadilar.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat