Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
Sana28.11.2019
Hajmi0,67 Mb.
#27503

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI  

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI  

FARG‘ONA FILIALI  

 

 



 

 

DASTURLASH FANIDAN 



 

 

MUSTAQIL ISHI 



 

      Bajardi:                                            731-18-guruh talabasi     

                                                                 М. Muхammadsidiqov 

 

      Qabul qildi:                                      Х. Musayev   

  

 



Farg‘ona-2019 

Mavzu:  Dasturlash tiliga kirish. Zamonaviy dasturlash tillari. Dasturlashda sanok 

sistemalarining o‘rni, ularning turlari va ular ustida amallar. 

 

Reja: 

1.  Dasturlash tillari xakida tushuncha. 

2.  Zamonaviy dasturlash tillari va ularning xayotimizda tutgan o‘rni. 

3.  Dasturlashda sanok sistemalaridan foydalanishning axamiyati. 

4.  Sanoq sistemalari turlari. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Dasturlash tillari xakida tushuncha. 

Hozirgi kunda juda ko‘p    algoritmik tillar  mavjud. Bular ichida  Java  va  C++  

dasturlash    tillari    universal    tillar    hisoblanib,    boshqa      tillarga    qaraganda  

imkoniyatlari    kengroqdir.    So‘ngi    yillarda  Java    va    C++    dasturlash    tillari    juda  

takomillashib,    tobora    ommalashib    bormoqda.    Mazkur    tillardagi    vositalar  

zamonaviy  kompyuter  texnologiyasining  hamma talablarini o‘z ichiga olgan va unda 

dastur tuzuvchi uchun ko‘pgina  qulayliklar yaratilgan. 

C++  1980  yillar  boshida  Bjarne  Stroustrup  tomonidan    tili ga  asoslangan  

tarzda  tuzildi.  C++  juda  ko‘p  qo‘shimchalarni  o‘z  ichiga  olgan,  lekin eng asosiysi 

u obektlar bilan dasturlashga imkon beradi. 

Dasturlarni  tez  va  sifatli  yozish  hozirgi  kunda  katta  ahamiyat  kasb  

etmoqda.  Buni  ta’minlash  uchun  obektli  dasturlash  g‘oyasi  ilgari  surildi.  

Huddi  1970  yillar  boshida  struktu rali  dasturlash  kabi,  dasturlarni  hayotdagi  

jismlarni  modellashtiruvchi  ob yektlat  orqali  tuzish  dasturlash  sohasida inqilob qildi. 

S++    dan    tashqari    boshqa    ko‘p    obektli    dasturlshga    yo‘naltirilgan    tillar    paydo  

bo‘ldi.  SHulardan  eng  ko‘zga  tashlanadigani  Xerox  ning  Palo  Altoda  joylashgan  

ilmiy  -  qidiruv    markazida    (PAR)    tuzilgan    Smalltalk  dasturlash  tilidir.  Smalltalk  da 

hamma narsa  obektlarga asoslangan.  C++ esa  gibrid  tildir.  Unda    tiliga  o‘ hshab  

strukturali    dasturlash    obektlar    bilan  dasturlash  mumkin.  C++    funksiya    va  

obektlarning  juda  boy  kutubhonasiga  ega.  Yani  C++  dasturlash  tili da  dasturlashni  

o‘rganish    ikki    qismga    bo‘  linadi.    Birinchisi    bu    C++    tili  ni    o‘zini    o‘rganish,  

ikkinchisi    esa    C++    ning    standart    kutubhonasidagi  tayyor  obekt    va  funksiyalarni  

qo‘llashni o‘rganishdir.    

 

Zamonaviy dasturlash tillari va ularning xayotimizda tutgan o‘rni. 

 

Kompyuterda  dasturlash  bu  –  kompyuter  mikroprotsessori  uchun  turli  buyruqlar 



berish, qachon, qayerda nimani  o‘zgartirish va nimalarni kiritish yoki chiqarish haqida 

buyruqlar  berishdir.  Kompyuter  dunyosida  ko‘plab  dasturlash  tillari  mavjud  bo‘lib, 

dasturlash va unga qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Bir xil turdagi ishni bajaradigan 


dasturlarni  Basic,  Pascal,  Ci  va  boshqa  tillarda  yozish  mumkin.  Pascal,  Fortran  va 

Kobol tillari universal tillar hisoblanadi, Ci va Assembler tillari mashi tiliga ancha yaqin 

tillar  bo‘lib,  quyi  yoki  o‘rta  darajali  tillardir.  Algoritmik  til  inson  tillariga  qanchalik 

yaqin  bo‘lsa,  u  tilga  yuqori  darajali  til  deyiladi.  Mashina  tili  esa  eng  pastki  darajali 

tildir. Mashina tili bu sonlardan iboratdir, Masalan: 010110100010101 Dasturlash tillari 

2  ta  katta  guruhlarga  bo‘linadi,  Quyi  va  Yuqori  darajali  dasturlash  tili.  Quyi  darajali 

dasturlash tili ancha murakkab bo‘lib ular juda maxsus sohalarda ishlatiladi va ularning 

mutaxassislari  ham  juda  kam.  Chunki  quyi  dasturlash  tillari  (masalan:  assembler) 

ko‘pincha  miktoprotsessorlar  bilan  ishlashda  kerak  bo‘lishi  mumkin.  Odatda  turli 

dasturlash  ishlari  uchun  yuqori  darajali  dasturlash  tilidan  keng  foydalaniladi.  EHM 

(Elektron  Hisoblash  Mashinasi)  endi  yuzaga  kelgan  paytda  programma  tuzishda, faqat 

mashina  tillarida,  ya'ni  sonlar  yordamida  EHM  bajarishi  kerak  bo‘lgan  amallarning 

kodlarida kiritilgan. Bu holda mashina uchun tushinarli sanoq, sistemasi sifatida 2 lik, 6 

lik,  8  lik  sanoq  sistemalari  bo‘lgan.  Programma  mazkur  sanoq  sistemasidagi  sonlar 

vositasida  kiritilgan.  Yuqori  darajali  dasturlashda,  mashina  tillariga  qaraganda 

mashinaga  moslashgan  (yo‘naltirilgan)  belgili  kodlardagi  tillar  hisoblanadi.  Belgilar 

kodlashtirilgan tillarning asosiy tamoyillari shundaki, unda mashina kodlari ularga mos 

belgilar  bilan  belgilanadi,  hamda  xotirani  avtomatik  taqsimlash  va  xatolarni  tashhis 

qilish  kiritilgan.  Bunday  mashina  moslashgan  til  -  ASSEMBLER  tili  nomini  oldi. 

Odatda  dasturlash  yuqori  saviyali  dasturlash  tillari  (Delphi,  Java,  C++,  Python) 

vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi 

tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi. Ko‘p ishlatiladigan dasturlash tillari. 

Biz  hozir  biladigan  va  ishlatadigan  tillarning  barchasi  shu  guruhga  mansub.  Ular 

insonga  "tushunarli"  tilda  yoziladi.  Ingliz  tilini  yaxshi  biluvchilar  programma  kodini 

qiynalmasdan  tushunishlari  mumkin.  Bu  guruhga  Fortran,  Algol,  C,  Pascal,  Cobol  va 

h.k. tillar kiradi (ko`pchiligi hozirda deyarli qo`llanilmaydi). Eng birinchi paydo bo`lgan 

tillardan  to  hozirgi  zamonaviy  tillargacha  ishlatish  mumkin.  Lekin,  hozirgi  web 

texnologiya  orqali  ishlaydigan  tillarda  (PHP,  ASP.NET,  JSP)  bunday  dasturlar 

tuzilmaydi.  Chunki  bunday  dasturlarning  ishlashi  uchun  yana  bir  amaliy  dastur  ishlab 

turishi  kerak.  Hozirda,  amaliy  dasturlar,  asosan,  Visual  C++,  C#,  Borland  Delphi, 

Borland C++, Java, Phyhon kabi tillarda tuziladi.  

O`zbekistonda  ko`pchilik  Delphi  dan  foydalanadi.  Buning  asosiy  sababi: 

soddaligi,  komponentlarning  ko`pligi,  interfeysining  tushunarliligi  va  h.k.  Delphida 

birinchi ishlagan odam ham qanaqadir dastur tuzishi oson kechadi. Lekin, Windows da 

dasturning asosiy ishlash mohiyatini ancha keyin biladi (komponentlarning ko`pligi va 

API  funksiyalari  dasturda  ko`rsatilmasligi  uchun).  Yana  bir  tarafi,  Delphi(Pascal) 

operativ xotirani tejashga kelganda ancha oqsaydi. Unda o`zgaruvchilarni oldindan e'lon 

qilib qo`yish evaziga ishlatilmaydigan o`zgaruvchilar va massivlar ham joy olib turadi. 

Eng  keng  tarqalgan  dasturlash  tili  (Windows  OS  ida)  Microsoft  Visual  C++  tilidir. 

Ko`pchilik  dasturlar  hozirda  shu  tilda  tuziladi.  Umuman  olganda,  C  ga  o`xshash  (C-

подобный)  tillar  hozirda  dasturlashda  yetakchi.  Deyarli  hamma  zamonaviy  tillarning 


asosida  C  yotadi.  Bundan  tashqari,  Turli  komputer  o‘yinlari  tuzishda  yoki  kichik 

hajmdagi  dasturlar  tayyorlashda  LUA  script  yoki  JavaScript  tillari  ham  keng 

ishlatilmoqda.  Biz  sizga  xozirgi  kunda  keng  tarqalgan  desktop  dasturlashda 

ishlatiladigan dasturlash tillaridan bazilari haqida aytib o‘tamiz: Delphi (talaff. délfi) — 

dasturlash  tillaridan  biri.  Borland  firmasi  tomonidan  ishlab  chiqarilgan.  Delphi 

dasturlash  tili  ishlatiladi  va  avvaldan  Borland  Delphi  paketi  tarkibiga  kiritilgan.  Shu 

bilan  bir  qatorda  2003-yildan  hozirgacha  qoʻllanilayotgan  shu  nomga  ega  bulgan. 

Object  Pascal  —  Pascal  tilidan  bir  qancha  kengaytirishlar  va  toʻldirishlar  orqali  kelib 

chiqqan  boʻlib,  u  ob'yektga  yoʻnaltirilgan  dasturlash  tili  hisoblanadi.  Avvaldan  ushbu 

dasturlash  muhiti  faqatgina  Microsoft  Windows  amaliyot  tizimi  uchun  dasturlar 

yaratishga  mo‘ljallangan,  keyinchalik  esa  GNU/Linux  hamda  Kylix  tizimlari  uchun 

moslashtirildi, lekin 2002-yilgi Kylix 3 sonidan so‘ng ishlab chiqarish to‘xtatildi, ko‘p 

o‘tmay esa Microsoft.NET tizimini qo‘llab quvvatlashi to‘g‘risida e'lon qilindi. 

 Lazarus  proekti  amaliyotidagi  (Free  Pascal)  dasturlash  tili  Delphi  dasturlash 

muhitida  GNU/Linux,  Mac  OS  X  va  Windows  CE  platformalari  uchun  dasturlar 

yaratishga  imkoniyat  beradi.  Visual  Basic  (talaffuzi:  "Vijual  Beysik")  –  Microsoft 

korporatsiydan  dasturlash  tili  va  uning  uchun  dasturlash  muhitdir.  U  BASICdan  ko`p 

tushunchalar  oldi  va  tez  rasmli  interfeys  bilan  dasturlar  taraqqiyot  ta`minlaydi.  Oxirgi 

versiya 6.0 1998 yilda reliz kelishdi.  Microsoftdan voris Visual Basic.NET 2002 yilda 

paydo  bo`ldi.  Java  dasturlash  tili  -  eng  yaxshi  dasturlash  tillaridan  biri  bo‘lib  unda 

korporativ darajadagi mahsulotlarni(dasturlarni) yaratish mumkin.Bu dasturlash tili Oak 

dasturlash  tili  asosida  paydo  bo‘ldi.  Oak  dasturlash  tili  90-yillarning  boshida  Sun 

Microsystems  tomonidan  platformaga(Operatsion  tizimga)  bog‘liq  bo‘lmagan  holda 

ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. 

Bunga  erishish  uchun  Sun  hodimlari  C++  ni  ishlatishni  rejalashtirdilar,  lekin  ba'zi 

sabablarga  ko‘ra  bu  fikridan  voz  kechishdi.Oak  muvofaqiyatsiz  chiqdi  va  1995-yilda 

Sun uning nomini Java ga almashtirdi, va uni WWW rivojlanishiga hizmat qilishi uchun 

ma'lum  o‘zgarishlar  qilishdi.  Java  Obyektga  Yo‘naltirilgan  Dasturlash(OOP-object 

oriented  programming)  tili  va  u  C++  ga  ancha  o‘xshash.Eng  ko‘p  yo‘l  qo‘yildigan 

xatolarga  sabab  bo‘luvchi  qismalari  olib  tashlanib,  Java  dasturlash  tili  ancha 

soddalashtirildi. Java kod yozilgan fayllar(*.java bilan nihoyalanuvchi) kompilatsiyadan 

keyin  bayt  kod(bytecode)  ga  o‘tadi  va  bu  bayt  kod  interpretator  tomonidan  o‘qib 

yurgizdiriladi.  C++  (talaffuzi:  si  plyus  plyus)  —  turli  maqsadlar  uchun  moʻljallangan 

dasturlash tili. 1979-yili Bell Labsda Biyarne Stroustrup tomonidan C dasturlash tilining 

imkoniyatlarini  kengaytirish  va  OOP(object  Oriented  Programming)  xususiyatini 

kiritish maqsadida ishlab chiqarilgan. Boshida „C with Classes" deb atalgan, 1983-yili 

hozirgi  nom  bilan  yaʼni  C++  deb  oʻzgartirilgan.  C++  C  da  yozilgan  dasturlarni 

kompilyatsiya  qila  oladi,  ammo  C  kompilyatori  bu  xususiyatga  ega  emas.  C++  tili 

operatsiyon  tizimlarga  aloqador  qisimlarni,  klient-server  dasturlarni,  EHM  oʻyinlarini, 

kundalik  ehtiyojda  qoʻllaniladigan  dasturlarni  va  shu  kabi  turli  maqsadlarda 



ishlatiladigan  dasturlarni  ishlab  chiqarishda  qoʻllaniladi.  Quyidagi  jadvalda 

programmalash tillari haqida ma'lumotlar keltirilgan. 

 

Internet.  Web  Server.  Web  dasturlash  vositalari  (tillari)  Ma`lumki,  yuqori 



darajadagi  dasturlash  tillarida  yozilgan  dasturlarni  kompyuterga  tushuntirish  uchun 

kompilyator  degan  qo‘shimcha  dastur  kerak  bo‘ladi.  Web  dasturlashda  ham  huddi 

shunday  jarayon  sodir  bo‘ladi.  Siz  internetdagi  saytlarni  ko‘rishlik  uchun 

ishlatadiganingiz  Brauzerlar  -  web  dasturlash  tillarining  bazilarini  kompilyatori 

hisoblanadi.  Web  dasturlashda  yana  shunday  tillar  ham  borki  ularni  brouzer 

kompyuterga  tarjima  qilib  tushuntirib  bera  olmaydi,  lekin  bunday  tillar  web  saytni 

asosini tashkil etadi. Ana shunday tillarni brouzer tushunadigan qilib berish uchun ham 


Web  server  ga  o‘xshagan  dasturlar  (kompilyator  yoki  interpretatorlar)  to‘plami  kerak 

bo‘ladi. Bunday dasturlar esa sayt joylashgan serverlarda turadi, qachonki unga so‘rov 

yuborganingizda  (istalgan  biror  ssilkani  bosganingizda,  birinchi  marta  saytni 

ochganingizda  va  hokazo...)  shu  sayt  joylashgan  serverdagi  Web  server  dasturlari 

sizning brauzeringizga saytni brauzer tushunmaydigan tillarda yozilgan joylarini tarjima 

qilib  jo‘natadi.  Shunday  qilib  klient  -  yani  siz  tomondagi  web  saytni  kodlarini 

kompyuteringizga tushuntirib beradigan tarjimon  bu  -  Brauzer, server tomonidagi web 

saytni  sizning  brauzeringiz  tushunmaydigan  joylarini  unga  tarjima  qilib  jo‘natadigan 

tarjimon bu Web Server hisoblanadi. Quyida web serverni 

Bu  yerda  Klient  yani  siz  tomonda 

sizning Brauzer va u tushunadigan 

web 


dasturlash 

tillari 


(HTML,CSS,Java  Script)  turgan 

bo‘lsa,  server  tomonda  Apache  -> 

Web  server,  PHP  ->  PHP  tili 

uchun 


interpretator 

va 


ma`lumotlar  ombori  bilan  ishlash 

uchun  vosita  (bu  MYSQL,  Oracle 

va  boshqalar  bo‘lishi  mumkin) 

turibdi.  Bundan  tashqari  server 

tomonida  yana  boshqa  tillar  ham 

bo‘lishi  mumkin.  Hullas,  siz 

qachonki  brauzerdan  kerakli  sayt 

nomini 


kiritganingizda 

bu 


so‘rovingiz  DNS serverdan  saytga 

mos  IP  bo‘yicha  kerakli  serverga 

boradi, 

so‘rovingiz 

Brauzerda 

kiritilgani  uchun  ham  ko‘pincha 

standart  HTTP  protokoli  bo‘yicha  yuborilgani  uchun  uni  Web  server  kutib  oladi  va 

so‘rovingizga mos papkadan index faylni qidirib topadi. Undagi bog‘lanishlardan kelib 

chiqib kerakli fayllarni yuklaydi, bu fayllarni kengaytmasiga qaraydi, agar kengaytmasi 

.html  bo‘lsa  uni  shundoq,  aks  holda  masalan  .php  bo‘lsa  PHP  serverdagi  interpretator 

orqali  brauzer  tushunadigan  tilga  tarjima  qildiradi(shuni  ichida  ma`lumotlar  bazasidan 

ham kerakli ma`lumotlar yuklab olinadi) va natijani sizni brauzeringizga jo‘natadi. PHP 

dasturlash  tili  yordamida  sayt  yaratish  uchun  avvalo  o‘z  shaxsiy  komputeringizda 

Virtual  server  o‘rnatishingiz  lozim.  Masalan  Denwer,  yoki  XAMPP  yoki  WAMPP 

Brauzeringiz o‘zi tushunadigan tilda kelgan sayt kodlarini natijasini ekraningizda sizga 

ko‘rsatib  beradi  va  siz  tayyor  saytni  ko‘rasiz.  Demak,  agar  web  dasturlash  bilan 

shug‘ullanaman  deydigan  bo‘lsangiz,  minimum:  HTML,CSS,JavaScript,PHP,MySQL 

larni  bilishingiz  kerak  ekan.  Bunda  HTML->  Sayt  karkasini  yasaydi,  CSS-  saytni 



pardozini(dizaynini)  amalga  oshiradi,  Javascript  -  saytni  dinamikasi(haraktlarini) 

ta`minlaydi, PHP - saytni mantiqiy amallarini bajaradi(masalan siz login bo‘lganmisiz, 

yoki  yo‘qmi,  login  bo‘lgan  bo‘lsangiz  sizda  nimalar  chiqadi,  aks  xolda  nimalar...), 

MySQL  -  PHP  bilan  hamkorlikda  saytga  ma`lumotlar  bazasidan  ma`lumotlarni  o‘qib 

olish,  yozish,  o‘zgartirish  uchun  xizmat  qiladi.  Programmani  yaratish  jarayonidagi 

uning nomlari Beta versiya - bu versiya programmani ommaga havola qilinib, ularning 

fikri  bo`yicha  programmaga  turli  o`zgartirishlar  kiritiluvchi  versiyasi.  Programmaning 

bu versiyasi, odatda, tekin bo`lib, ko`pchilik hukmiga havola etiladi. Programmaning bu 

versiyasi  orqali  sizga  yetkazilgan  ziyon  qoplanmaydi(fayllaringizning  o`chib  ketishi, 

OS  ning  buzilishi  va  h.k.).  Hozirda  ko`pchilik  firmalar  o`z  mahsulotlarini  Beta 

versiyasini  chiqarib,  o`z  mahsulotlarini  takomillashtirib  bormoqdalar.  Bundan, 

programma  ishlab  chiqarish  bo`yicha  yetakchi  bo`lgan  Microsoft  korporatsiyasi  ham 

mustasno emas(Windows Vista, Office 2007, Exchange Server 2007, Internet Explorer 

7 va h.k.). Release Candidate(versiya nomzodi)  - bu versiyaning nomidan ma'lumki, u 

haqiqiy,  sotuvga  chiqariladigan  versiyaga  kandidat(nomzod)dir.  Bu  kabi  versiyalar 

qisqacha  RC  deb  ataladi.  Shu  turdagi  versiyalar  esa,  RC1,  RC2  kabi  nomlanadi. 

Ko`pchilik  RC  versiyalar  sotuvga  chiqariladi,  chunki  bu  versiya  o`zida  ma'lum  bir 

imkoniyatlarni  jamlagan  bo`ladi  va  bu  versiya  orqali  yetkazilgan  zarar  programmani 

yaratgan  firma  tomonidan  qoplanadi.  Final  Release(so`nggi  versiya)  -  programmani 

yaratishda  qo`yilgan  maqsadni  "to`liq"  amalga  oshiruvchi  versiya.  Bu  versiyani  "alfa" 

versiya  deb  ham  atashadi.  Bu  versiya  o`z  bahosida  sotiladi,  unga  ko`rsatiluvchi 

xizmatlarning  barchasi  programma  yaratuvchisi  tomonidan  ko`rsatiladi.  Build  XXXX 

(XXXX  -  qurish)  -  bu,  odatda,  versiya  hisoblanmaydi.  XXXX  ning  o`rnida  biror  son 

keladi.  Bu  son  programmaning  kompilyatsiya(programmalash  tilidan  haqiqiy 

bajariluvchi  kodga  o`tkazish)  sonini  bildiradi.  Programma  yadrosi(qo`shimchalarsiz, 

asosiy  qism)ga  nisbatan  yuritiladi.  Masalan,  Windows  Vista  Beta  2  Build  5308  - 

Windows  Vistaning  Beta  2  versiyasi  turkumida  5308-kompilyatsiya(OSga  nisbatan 

"kompilyatsiya"ni  ishlatish  noo`rinroq:)).  Update(yangilash)  -  programmaning  biror 

teshigini(biror  kichik  xato,  kamchiligi)  tuzatuvchi  kichik  yordamchi  programma.  Bu 

yordamchi  programmaning  hajmi,  odatda,  kichik  bo`lib,  faqat  o`sha  kamchilikni 

tuzatishgagina  xizmat  qiladi.  Ya'ni  bu  programmacha  biror  *.dll  faylni  yoki 

programmaishlatuvchi  funksiyalardan  birortasini  "tuzatib"  qo`yadi,  xolos.  Bunday 

Update("qarz")lar  har  doim  tekin  bo`ladi.  Service  Pack(xizmat  paketi)  -  o`zida  bir 

qancha  Update  lar  bajaruvchi  amallarni  saqlovchi  paket.  Uning  qisqacha  nomi  SP. 

Programmaning  haqiqiy  versiyasi  yoki  avvalgi  SP  dan  shu  paytgacha  bo`lgan 

xatoliklarni birdaniga tuzatuvchi programma. Ya'ni, u bir qancha Update lar ishini o`zi 

bajaradi.  Masalan,  Windows  XP  chiqqanidan  so`ng,  taxminan  bir  yildan  keyin  SP1 

chiqdi.  Bundan  kelib  chiqadiki,  Windows  XP  SP1  bir  yil  davomidagi  xatoliklarni 

tuzatuvchi paket hisoblanadi. SP ham programma ishlab chiqaruvchi firmaning xatolari 

tufayli  kelib  chiqqan  xatolarni  tuzatgani  uchun  tekin  bo`ladi.  Trial(yoki  demo)-

versiya(vaqtinchalik)  -  bu  versiya,  programma  sotuvga  chiqarilgandan  so`ng  tekin 


tarqatila  boshlaydi.  Bu  versiyaning  asosiy  maqsadi  foydalanuvchilarni  ushbu 

programmani  sotib  olishga  jalb  qilish  va  ularni  programma  bilan  tanishtirish.  Trial 

versiyalar,  odatda,  ikki  xil  bo`ladi:  a)  vaqt  bo`yicha  chegalangan;  b)  imkoniyatlar 

bo`yicha.  Vaqt  bo`yicha  chegaralangan  versiya  ma'lum  muddat,  masalan,  30  kun 

ishlaydi  va  shundan  so`ng  boshqa  ishga  tushmaydi.  Bu  holatda  siz  programmani  sotib 

olishingiz  kerak.  Odatda,  vaqt  bo`yicha  trial-versiyalar  programmaning  hamma 

imkoniyatlarini o`zida saqlaydi. Imkoniyatlar bo`yicha versiya esa programmaning sotib 

olingan  versiyasining  nechadir  foiz  imkoniyatlarini  o`zida  saqlaydi  yoki  ma'lum 

cheklanishlar  qo`yilgan  bo`ladi.  Bu  versiyaning  ishlash  muddati  chegaralanmaydi. 

Yuqo`ridagi  ikki  holatdan  tashqari  yana  bir  holat  bor.  Bunda  programmaning  hamma 

imkoniyati  saqlanadi,  muddat  ham  berilmaydi,  faqat  foydalanuvchiga  programmani 

sotib  olish  haqida  eslatib  turiladi.  Bu  esa  ko`pchilikning  jig`iga  tegishi  mumkin. 

Ko`pchilikka  ma'lum  Total  Commander  programmasi  shu  kabi  programmadan  biri,  u 

har  ishga  tushganida  1,  2,  3  deb  nomlangan  knopkalardan  birini  bosishingizni  talab 

qiladi.  Dasturlashni  o‘rganishni  nimadan  boshlash  kerak?  Eng  avvalo  insonda  kuchli 

qiziqish  bo‘lishi  kerak.  Lekin  bu  hammasi  emas.  Dasturchi  bo‘lish  uchun  matematika 

yoki geometriya fanlarini ham yaxshi o‘qigan bo‘lishingiz kerak deb o‘ylaymiz. Aslida 

dasturlash  uchun  matematika  yoki  geometriya  unchalik  ishlatilmasligi  mumkin. 

Aytmoqchimizki  aniq  fanlarni  yaxhsi  tushunaolgan  inson  dasturchi  bo‘lishi  ham  oson 

bo‘ladi.  Agar  dasturchi  bo‘lishga  qaror  qilgan  bo‘lsangiz,  Dastlab  eng  sodda  tildan 

boshlash kerak 1-navbat HTML tilini o‘rganasiz. 2-navbat CSS va Javascript asoslarini 

o‘rganasiz.  3-navbat  Delphi  yoki  Java  asoslarini  o‘rganasiz.  Yana  Mobile  telefonlar 

(Android, iOS) uchun dastur tuzish usullari bilan qiziqib ko‘rasiz Endi oldingizda 3 ta 

katta yo‘l chiqadi. Siz esa shu yo‘lning biridan yurishingiz kerak. 1-yo‘l. Web App yoki 

web  dasturlash  yo‘nalishi.  asosan  internet  bilan  ishlaydigan  dasturlar  yaratish  2-yo‘l 

Win, Linux App ya'ni Faqat Komputer uchun dasturlar tuzish 3-yo‘l Mobile dasturlash 

ya'ni Hozirda ommabop Android, iOS (Iphone) uchun dasturlar tuzish Agar 3 ta yo‘lni 

ham  o‘rganaman  desangiz  katta  natijaga  erishish  qiyin.  Chunki  ularning  har  biri  katta 

bir olam misolidir.  

Dasturlashda sanok sistemalaridan foydalanishning axamiyati 

Barcha mavjud tillar kabi sonlar tili ham mavjud bo‘lib, u ham o‘z alifbosiga ega. 

Mazkur  alifbo  hozir  jahonda  qo‘llanilayotgan  0  dan  9  gacha  bo‘lgan  o‘nta  arab 

raqamlaridir,  ya’ni:  0,1,2,3,4,5,6,7,8,9.  Bu  tilda  o‘nta  belgi  (raqam)  bo‘lganligi  uchun 

ham, bu til o‘nlik sanoq sistemasi deb ataladi. 

Bizning kundalik hayotimizda qo‘llanilayotgan o‘nlik sanoq sistemasi hozirgidek 

yuqori  ko‘rsatkichni  tez  egallamagan.  Turli  davrlarda  turli  xalqlar  bir-biridan  keskin 

farqlanuvchan sanoq sistemalaridan foydalanganlar. 

Hozirgi kunda ishlatilib kelayotgan 1, 2, 3,..., 9, 0 raqamdan iborat o‘nlik sanoq 

sistemasi  axborotni  kodlashning  yana  bir  usuli  hisoblanadi.  Yurtdoshimiz  Muhammad 

al-Xorazmiy 0 raqamini kiritib bu arab (to‘g‘rirog‘i, hind) raqamlarining sondagi turgan 


o‘rniga  bog‘liq  holda  amallar  bajarish  tartibini  yagona  tizimga  birlashtirgan.  Shuning 

uchun  ham  bu  kodlash  sistemasi  ustida  qo‘shish,  ayirish,  ko‘paytirish  va  bo‘lish  kabi 

arifmetik amallarni bajarish juda oson. 

Masalan,  12  lik  sanoq  sistemasi  juda  keng  qo‘llanilgan.  Uning  kelib  chiqishida 

albatta  tabiiy  hisoblash  vositasi  -  qo‘limizning  ahamiyati  katta.  Bosh  barmog‘imizdan 

farqli  qolgan  to‘rttala  barmog‘imizning  har  biri  3  tadan,  ya’ni  hammasi  bo‘lib  12  ta 

bo‘g‘indan iboratdir. Mazkur sanoq sistema izlari hanuzgacha saqlanib qolgan. 

Masalan, inglizlarda 

uzunlikni o‘lchash birligi: 

1  fut = 12 dyum=30 sm, 

pul birligi 

1  shilling = 12 pens. 

Qadimgi  Bobilda  ancha  murakkab  bo‘lgan  sanoq  sistemasi  -  60lik  sanoq  sistemasi 

qo‘llanilgan. Bu sanoq sistemasining qoldiqlari hozir ham bor. Masalan: 

1  soat = 60 minut 

1  minut = 60 sekund 

XVI  -  XVII  asrlargacha  Amerika  qit’asining  katta  qismini  egallagan  atstek  va 

mayyalarda  20  lik  sanoq  sistemasi  qo‘llanilgan.  Bunday  misollarni  ko‘plab  keltirish 

mumkin. 

Biz  asosan  o‘nlik  sanoq  sistemasidan  foydalanamiz.  Lekin,  o‘nlik  sanoq  sistemasidan 

kichik  sanoq  sistemalarida  sonlarni  belgilash  uchun  arab  raqami  belgilaridan 

foydalaniladi. Masalan, beshlik sanoq sistemasida 0, 1, 2, 3, 4 raqamlari, yettilik sanoq 

sistemasida esa 0, 1,2,3,4, 5, 6 raqamlaridan foydalaniladi. 

Hisoblash  texnikasida  va  dasturlashda  asosi  2,  8  va  16  ga  teng  bo‘lgan  sanoq 

sistemalari qo‘llaniladi. 

O‘n  ikkilik,  o‘n  oltilik  sanoq  sistemalarida  qanday  belgilardan  foydalaniladi?- 

degan  savolga  javob  aniq:  raqamlardan  keyin  lotin  alifbosidagi  bosh  harflardan 

foydalaniladi. 

Shunday qilib, o‘n ikkilik sanoq sistemasida raqamlar 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, A, 

B kabi; o‘n oltilik sanoq sistemasida esa 0, 1, 2, 3, 4, 6, 7, 8, 9, A, B, C, D, E, F kabi 

yoziladi. 

Kompyuterlarda  boshqa  sanoq  sistemalaridan  quyidagi  imkoniyatlari  bilan 

farqlanuvchi ikkilik sanoq sistemasidan foydalaniladi: 

- uni ishlashini tashkil etish uchun ikki turg‘un holatli qurilmalar zarur ( tok bor - tok 

yo‘q, magnitlangan yoki magnitlanmagan); 

- axborotni ikki holat orqali tasvirlash ishonchli va ta’sirlarga chidamli

- ikkilikdagi arifmetika boshqalaridan sodda. 

Ikkilik  sanoq  sistemasining  asosiy  kamchiligi  -  sonlardagi  xona(razryad)larning 

juda  tez  ortib  ketishidir.  O‘nlik  sanoq  sistemasidan  ikkilikka  va  teskari  o‘tkazishlarni 

kompyuterning  o‘zi  bajaradi.  Lekin  kompyuterning  imkoniyatlaridan  oqilona 



foydalanish  uchun  uning  tilini  tushunish  zarur  bo‘ladi.  Shular  sababli  sakkizlik  va  o‘n 

oltilik sanoq sistemalari ishlab chiqilgan. 

Bu  sistemalardagi  sonlar  o‘nlik  sanoq  sistemasi  kabi  oson  o‘qiladi,  lekin  ikkilik 

sanoq sistemasidagi sondan 3 (sakkizlikda) va 4 (o‘n oltilikda) marta kam razryad talab 

qiladi, chunki 8 = 2

3

 va 16 = 2



4

Ikkilik  sanoq  sistemasida  ifodalangan  sonlar  ustida  ham  barcha  arifmetik 



amallarni bajarish mumkin. EHM da saqlanadigan eng kichik axborot o‘lchov birligi bit 

deb  qabul  qilingan,  bo‘lib,  bit  ikkilik  sanoq  sistemasidagi  0  va  1  raqami  bo‘lishi 

mumkin. Sakkiz bitdan iborat ketma - ketlik bayt deyiladi. Ikki bitlik ketma - ketlikdan 

foydalanib nechta sonni ifodalash mumkin? Bu sonlar quyidagilar: 00 - 0, 01 - 1, 10 - 2, 

11 - 3. 

Demak ikki bitdan foydalanib to‘rtta sonni ifodalash mumkin. Umuman, n bitdan 

foydalanib 2ning n darajasidagi sonni ifodalash mumkin. 

"Bayt" birligi uchun quyidagi hosilot birliklari mavjud: 

1024 bayt = 2 bayt = 1 kb (kilobayt) 

1024 kb = 2 bayt = 1048576 bayt = 1 mb (megobayt) 

Matn ko‘rinishidagi axborotlarning tashkil etuvchilari xarflar, tinish belgilari, riyoziyot 

belgilari turli maxsus belgilardir. 

 

Ikkilik sanoq sistemasida 

O‘nlik sanoq sistemasida 



10 



2(2ning 1-darajasi) 

11 


100 


4(2ning 2-darajasi) 

101 


110 


111 


1000 


8(2ning 3-darajasi) 

1001 




 

Sanoq sistemalari turlari 

Ma'lumki,  harflardan  iborat  alifboni  qollashda  bir  qancha  qonun  va  qoidalarga 

amal  qilinadi.  Sonli  alifbodagi  belgilardan  foydalanishda  ham  o‘ziga  xos  qoidalardan 

foydalaniladi. Bu qoidalar turli alifbolar uchun turlicha bo‘lib, mazkur alifboning kelib 

chiqish tarixi bilan bog‘liq. O‘z ichiga o‘nta raqamni olganligi uchun bu alifbo o‘zining 

barcha  qoidalari  bilan  birgalikda  o‘n  raqamli  sanoq  sistemasi  yoki  qisqacha  о  'nlik 

sanoq sistemasi deb ataladi. 

Sonlar sistemasidagi raqamlar soni shu sistemaning asosi deb yuritiladi. 



Sonlar alifbosiga kiritilgan (bir xonali) belgilar raqamlar va ular yordamida hosil 

qilingan  boshqa  (ko‘p  xonali)  belgilar  sonlar  deb  yuritiladi.  Masalan,  o‘nlik  sanoq 

sistemasida  5,  6,  8  -  bu  raqamlar,  ammo  568  -  bu  son.  O‘nlik  sanoq  sistemasida 

birliklar,  yuzliklar,  mingliklar  va  boshqalar  har  biri  o‘ntadan  belgilardan  iborat 

guruhlarga bo‘lingan: 0, 1, ... , 9; 0 ta, 1 ta,..., 9 ta 10; 0 ta, 1 ta,..., 9 ta 100,.... Boshqa 

asosli  sanoq  sistemalardagi  belgilar  shu  sistema  asosi  nechaga  teng  bo‘lsa,  shuncha 

belgilardan iborat guruhlarga ajratiladi. 

O‘nlik sanoq sistemasida raqamlar o‘zi turgan o‘rniga (razryadiga) ko‘ra turlicha 

miqdorni anglatadi. 

Masalan:  

a) 999: 9 (to‘qqiz) - birlik; 90 (to‘qson) - o‘nlik; 900 (to‘qqiz yuz) - yuzlik; 

b) 1991: 1 (bir) - birlik; 90 (to‘qson) - o‘nlik; 900 (to‘qqiz yuz) - yuzlik; 1 (ming) 

- minglik. 

Shu  bois  ham  bu  sistema  raqamlari  o‘z  pozitsiyasi  (turgan  o‘rni)  ga  bog‘liq 

bo‘lgan sistema deb ham yuritiladi. 

Sanoq  sistemalari  shu  xossasiga  ko‘ra  raqamlarining  pozitsiyasiga  bog‘liq 

bo‘lgan  va  raqamlarining  pozitsiyasiga  bog‘liq  bo‘lmagan  sanoq  sistemalariga 

(qisqacha pozitsiyali va pozitsiyali bo‘lmagan sanoq sistemalariga) bo‘linadi. Pozitsiyali 

bolmagan sanoq sistemasiga rim sanoq sistemasi misol bo‘ladi. 

Sizga ma'lumki, pozitsiyali sanoq sistemasi bo‘lgan o‘nlik sanoq sistemasida arifmetik 

amallar  bajarish  juda  qulay,  lekin,  pozitsiyali  bo‘lmagan  sanoq  sistemasi  bo‘lgan  rim 

sanoq  sistemasida  arifmetik  amallar  bajarish  juda  murakkab.  Shuning  uchun  ham 

ajdodlarimiz  raqamlar  va  sonlarni  aniq  bir  shakllar  tizimiga  keltirish  masalasiga  katta 

e'tibor qaratganlar. 

Sanoq sistemasi bu - sonlarni o‘qish va arifmetik amallarni bajarish uchun qulay 

ko‘rinishda yozish usuli. 

Qadimda  hisob  ishlarida  ko‘proq  barmoqlardan  foydalanilgan.  Shu  sababli 

narsalarni  5  yoki  10  tadan  taqsimlashgan.  Keyinchalik  o‘nta  o‘nlik  maxsus  nom  - 

yuzlik,  o‘nta  yuzlik  -  minglik  nomini  olgan  va  h.k.  Yozuv  qulay  bo‘lishi  uchun  bu 

muhim sonlar maxsus belgilar bilan ifodalana boshlagan. Agar hisoblashda 2 ta yuzlik, 

7  ta  o‘nlik,  yana  4  ta  birlik  bo‘lsa,  u  holda  yuzlikning  belgisini  ikki  marta,  o‘nlik 

belgisini  yetti  marta,  birlik  belgisini  to‘rt  marta  takrorlashgan.  Birlik,  o‘nlik  va 

yuzliklarning  belgisi  bir-biriga  o‘xshash  bo‘lmagan.  Sonlarni  bunday  yozganda 

belgilarni  ixtiyoriy  tartibda  joylashtirish  mumkin  bo‘lgan,  chunki  yozilgan  sonning 

qiymati  tartibga  bog‘liq  emas.  Bunday  yozuvda  belgi  holatining  ahamiyati 

bo‘lmaganidan,  mos  sanoq  sistemasi  nopozitsion  sistema  deb  ataladi.  Qadimgi 

misrliklar,  yunonlar  va  rimliklarning  sanoq  sistemasi  nopozitsion  edi.  Nopozitsion 

sanoq  sistemasi  qo‘shish  va  ayirish  amallari  uchun  ozgina  yarasada,  ko‘paytirish  va 

bo‘lish  uchun  butunlay  yaroqsiz  edi.  Ishni  osonlashtirish  maqsadida  hisob  taxtalari  - 

abaklar ishlatilar edi. Hozirgi zamon cho‘tlari abakning o‘zgargan ko‘rinishidir. 



Qadimgi bobilliklarning sanoq sistemasi dastlab nopozitsion edi, keyinchalik ular 

belgilarni  yozish  tartibida  ham  informatsiya  borligini  sezishib,  undan  foydalanishga 

o‘rganishdi  va  pozitsion  sanoq  sistemasiga  o‘tishdi.  Bunda  biz  hozir  qo‘llayotgan 

sistemadan  (raqamning  o‘rni  bir  xonaga  siljitilganda  uning  qiymati  10  martaga 

o‘zgaradigan o‘nli sanoq sistemadan) farqli, bobilliklarda belgi bir xonaga siljitilganda 

sonning  qiymati  60  marta  o‘zgarar  edi  (bunday  sanoq  sistemasi  oltmishli  sistema  deb 

ataladi).  Uzoq  vaqtgacha  Bobilning  sanoq  sistemasida  nol  belgisi,  ya’ni  bo‘sh  qolgan 

xonaning  belgisi  yo‘q  edi.  Odatda,  sonlarning  tartibi  ma’lum  bo‘lganidan  bu  noqulay 

emas  edi.  Ammo  keng  ko‘lamli  matematik  va  astronomik  jadvallar  tuzish 

boshlanganda,  ana  shunday  belgiga  ehtiyoj  tug‘ildi.  Bu  belgi  keyinchalik  mixxat 

yozuvlarda va eramizning boshida Iskandariyada tuzilgan jadvallarda uchraydi. IX asrda 

nol  uchun  maxsus  belgi  paydo  boldi.  O‘nli  sanoq  sistemasida  sonlar  ustida  amallar 

bajarish qoidasi ishlab chiqildi. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy tomonidan yozilgan 

“Hind  hisobi”  nomli  risola  tufayli  o‘nli  sanoq  sistemasi  Yevropaga,  keyin  esa  butun 

dunyoga tarqaldi. 

Sanoq sistemasining asosi uchun na faqat 10 va 60 ni, balki birdan katta ihtiyoriy 



p natural sonni olish mumkin. 

Sanoq sistemalarini tashkil etilishi deyarli  bir  xil. Biror  p soni -  sanoq sistemasi 

asosi sifatida qabul qilinib, ixtiyoriy N soni quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi: 

N =a

n

 p

n

 + a

n-1

 p

n-1

+ ... + a

1

 p

1

 + a

0

 p

0

 + a

-1

 p

-1

 + ... + a

-m

 p"

m

 

Ko‘phad ko‘rinishida ifodalangan shu sonni 



Q'n-1 • • • O‘! O‘Q O‘-! • • • )p kabi yozish ham mumkin (n va m - sonning butun 

va kasr qismi honalari (razryadlari) soni). 

Sonning  bu kabi  ifodalanishida  har  bir  raqam  qiymati  o‘z  o‘rniga  qarab  turli  xil 

bo‘ladi.  Masalan,  o‘nlik  sanoq  sistemasida  98327  sonida  7  -  raqami  birlikni,  2  - 

o‘nlikni,  3  -  yuzlikni,  8  -  minglikni,  9  -  o‘n  minglikni ifodalaydi  (bu  hoi  faqat  o‘nlik 

sanoq sistemasida): 98327 = 9 □□□ 10



4

 + 8 П П П 1 0

3

  +   З П П П 1 0

2

  +   2 П П П 1 0

1

 

+ 7 П П П Ю

0

 . 

Biror  boshqap  -  asosli  sanoq  sistemasida  a



0

,  a

h

  a

2

  ...  raqamlar  a



0

,  a

1

p,  a

2

p  ,... 

qiymatlarni bildiradi. 



Ошибка! Источник ссылки не найден. 

Bunday ko‘rinishda tuzilgan sanoq sistemalari pozitsiyali sanoq sistemalari deyiladi. 

Ma’lumki,  sanoq  sistemasidagi  raqamlar  tartiblangan  bo‘ladi.  Raqamni  surish 

deganda  uni  sonlar  alifbosida  o‘zidan  keyin  kelgan  raqamga  almashtirsh  tushuniladi. 

Masalan,  1ni  surishda  2ga,  2ni  surishda  3ga,  va  hokazo,  almashtiriladi.  Eng  katta 

raqamni  surih  (masalan,  o‘nlik  sanoq  sistemasidagi  9ni)  deganda  0ga  almashtirish 

tushuniladi. Ikkilik sanoq sistemasida 0ni surishda 1ga, 1ni surishda 0ga almashtiriladi. 

Pozitsiyali  sanoq  sistemasida  butun  sonlarni  quyidagi  qonuniyat  asosida  hosil 

qilinadi:  keyingi  son  oldingi  sonning  o‘ngdagi  oxirgi  raqamini  surish  orqali  hosil 


qilinadi; agar surishda biror raqam 0ga aylansa, u holda bu raqamdan chapda turgan 

raqam suriladi. 

Shu qonuniyatdan foydalanib, birinchi 10 ta butun sonni hosil qilamiz: 

Ikkilik sanoq sistemasida : 0, 1, 10, 11,  100, 101,  110, 111, 1000, 1001;  Uchlik 

sanoq sistemasida : 0, 1, 2, 10, 11, 12, 20, 21, 22, 100; 

Beshlik sanoq sistemasida : 0, 1, 2, 3, 4, 10, 11, 12, 13, 14; 

Sakkizlik sanoq sistemasida : 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 10, 11. 

Pozitsion sanoq sistemasi o‘zining qulayligi bilan hayotda keng qo‘llanilmoqda. 

Boshqa  usulda  tuziladigan  sanoq  sistemalari  ham  mavjud.  Ular  pozitsiyaga 

bog‘liq  bo‘lmagan  sanoq  sistemalari  deyiladi.  Masalan  rim  raqamlari.  Mazkur 

sistemada  maxsus  belgilar  to‘plami  kiritilgan  bo‘lib,  ixtiyoriy  son  shu  belgilar  ketma-

ketligidan iborat bo‘ladi. 

Rim sanoq sistemasida 



Bir (1) 

I belgi bilan; 

Besh(5) 

V belgi bilan; 

O‘n (10) 

X belgi bilan; 

Ellik(50) 

L belgi bilan; 

Yuz (100)  C belgi bilan; 

Besh yuz (500) 

D belgi bilan; 

Ming (1000) 

M bilan belgilanadi. 

Bu  belgilar  va  ularning  kombinatsiyasi  yordamida  turli  sonlarni  hosil  qilinadi. 

Masalan, 1 dan 3 gacha - I, II, III kabi, to‘rt (4) - IV , 5 - V tarzida ifodalanadi. Bu yerda 

4  sonini  yozish uchun  5 sonidan  1 sonini  ayirib  yoziladi,  ya’ni  I belgi  V  dan oldinga 

qo‘yilsa ayirish ma’nosini, agar keyinga qo‘yilsa qo‘shishni anglatadi. Umumiy holda: 

6 - VI, 7 - VII, 400 - CD, 600 - DC ko‘rinishda ifodalanadi. 

Rim  sanoq  sistemasida  yozilgan  sonlarni  o‘nlik  sanoq  sistemasiga  quyidagicha 

o‘tkazish mumkin: 



V I D V D I D 5  + 1 = 6 

IV □ (I □ V)? □ 5 - 1  = 4 

XIX □ X + (I □ X)? □ 10 + (10-1) =19 

XCIX □ (X □ С)? + (I □ X)? □ (100-10) + (10-1) =99 

MCMLXIII □ M+(C □ M)?+L+X+I+I+I □ 1000+(1000- 100)+50+1+1+1 =1963. 

Demak,  bu  sistemada  har  bir  belgining  ma’nosi  va  qiymati  uning  turgan 

pozitsiyasiga  bog‘liq  emas.  Shuning  uchun  rim  raqamlarini  hayotda  keng  qo‘llash 

imkoniyati  bo‘lmagan.  Ammo  ularni  kitoblar  bobini  qo‘yishda,  soatlarni  yozuvida  va 

boshqalarda qo‘llab turamiz. 

Misol. Qaysi sanoq sistemasida 21+24 = 100 bo‘ladi? 

Yechish: x - qidirilayotgan sanoq sistemasini asosi bo‘lsin. U holda 100x = 1-x

2

 + 



0-x

1

 + 0x°, 21x = 2-x



1

 + 1x°, 24x = 2x' + 4x° bo‘ladi. Demak, x = 2x + 2x + 5 yoki x - 

4x - 5 = 0 bo‘ladi. Bu tenglamaning musbat yechimi x=5 bo‘ladi. Demak, sonlar beshlik 

sanoq sistemasida berilgan ekan. 



Sanoq sistemalarida amallar bajarish 

2 lik sanoq sistemasi (0 va 1) - sonlardan iborat bo‘ladi. 

lik sanoq sistemasida qo‘shish amali quyidagicha bajariladi. 



Masalan  A=1011011101  ga  teng,  V=111100101  bo‘lsa  u  holda  A  va  V  sonlarini 

yi^indisi quyidagicha bo‘ladi: 

+ А=1011011101 В= 111100101 С=100И000010 

lik  sanoq  sistemasida  ayrish  amali  quyidagicha  bajariladi.  Masalan:  A=1011, 



11001  ga  teng,  V=110,  011111  bo‘lsa  u  holda  A  va  V  sonlarini  ayirmasi  quyidagicha 

bo‘ladi. 

-A=1011,11001 B= 110,01111 С= 101,01010 

lik sanoq sistemasida ko‘paytirishamali quyidagicha bo‘ladi. Masalan A=11,11 ga 



teng V=111 bo‘lsa, u holda A va B sonlarini ko‘paytmasi quyidagicha bo‘ladi. 

A=11, 11 

B=111 1111 1111 1111 11010,01 



 

lik  sanoq  sistemasida,  bo‘lish  quyidagicha  bajariladi.  Masalan  A=1000  ga  teng, 



B=100 teng bo‘lsin u holda A va B sonlarini bo‘linmasi quyidagicha bo‘ladi. 

А= 1000 B= 100 C= 10 

8 lik sanoq sistemasida = (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7) gacha. 

10 lik sanoq sistemasida = (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9) gacha. 

16 lik sanoq sistemasida = (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9) gacha sonlar va 10 dan 15 gacha 

lotin xarflarida (A, B, C, D, E, F) ifodalanadi. 

Belgilarning EHMda kodlanishi 

Yagona sistemadagi elektron hisoblash mashinalarida 4 ta kod mavjud. 

Kod KOI - 7 (7 - bitli axborotlarni almashtiruvchi kod) 



Kod KOI - 8 (8 - bitli axborotlarni almashtiruvchi kod) 

Kod DKOI - (ikkilik axborotni almashtiruvchi kod) 



Kod KPK - 12 (perfokartali kod) 

 

Bir sanoq sistemasidan boshqa sanoq sistemasiga o‘tkazish 

Butun  sonni  bir  sanoq  sistemasidan  boshqasiga  o‘tkazish  uchun  berilgan  sonni 

o‘tilayotgan  sanoq  sistemasining  asosiga  bo‘lib  borish  kerak.  Bo‘lish  jarayoni, 

bo‘lishdan hosil bo‘ladigan sonning butun qismi 0 ga teng bo‘lguncha davom ettiriladi. 

Yangi  sanoq  sistemasidagi  son  bo‘lishdan  hosil  bo‘ladigan  qoldiqlarni  ketma-ket 

yozishdan hosil bo‘ladi. 

Shuni ta'kidlash lozimki, barcha amallar o‘nlik sanoq sistemasida bajariladi. 

 

 



 

Odamlar  o‘rtasida  muomala  vositasi bo‘lmish  til kabi sonlarning o‘z  tili  mavjud 

bo‘lib,  u  ham  o‘z  alifbosiga  ega.  Bu  alifbo  raqamlar  va  sonlarni  ifodalash  uchun 

qo‘llaniladigan  belgilardan  iboratdir.  Masalan,  kundalik  hayotimizda  qo‘llaniladigan 

arab  raqamlari  0,  1,  2,  ...,  9  yoki  rim  raqamlari  I,  V,  X,  L,  C,  D,  M,  H,…sonlar 



alifbosining elementlari hisoblanadi.Turli davrlarda turoi halqlar, qabilalar raqamlar va 

sonlarni ifodalashda turlicha belgilardan foydalanganlar.  

Ma’lumki,  harflardan  iborat  alifboni  qo‘llashda  ma’lum  qonun  va  qoidalarga 

amal  qilinadi. Sonli alifbosidagi belgilardan foydalanishda ham o‘ziga xos qoidalardan 

foydalaniladi. Bu qoidalar turli alifbolar uchun turlicha bo‘lib, mazkur alifboning kelib 

chiqish  tarixi  bilan  bog‘liq.  Masalan,  biz  kundalik  hayotimizda  qo‘llayotgan  sonlar 

alifbosi  o‘nta  arab  raqamini  o‘z  ichiga  olgan  bo‘lib,  uning  kelib  chiqishida  va 

qo‘llanilishida  tabiiy  hisoblash  vositasi  bo‘lmish  qo‘l  barmoqlarimiz  asossiy    o‘rin 

tutadi. O‘z ichiga o‘nta raqamni olganligi uchun ham bu alifbo o‘zining barcha qoidalari 

bilan  birgalikda  o‘n  raqamli  (o‘nlik)  sanoq  sistemasi  deb  ataladi.Bundan  tashqari  biz 

kundalik  hayotimizda    o‘nlik  sanoq  sistemasidan  tashqari  oltmishlik,  yigirma  to‘rtlik, 

o‘n  ikkilik  sanoq  sistemalaridan  foydalaniladi.  Sanoq  sistemalar  pozitsiyali  va 

pozitsiyasiz sanoq  sistemalarga  bo‘linadi.  Sanoq  sistemalarida  qo‘llaniladigan qoidalar 

turlicha  bo‘lsa  –  da,  ular  bir  xil  tamoyil  asosida  qurilgan.  Mazkur  tamoyilga  ko‘ra 

ixtiyoriy natural N sonni p asosli sanoq sistemada quyidagicha ifodalash mumkin: 

0

0

1

1

1

k

1

k

k

k

p

a

p

a

...

p

a

p

a

N





 



Sonni 2 lik sanoq sistemasiga o‘tkazish 

Birinchi  navbatda  2  lik  sanoq  sistemasi  bilan  tanishib  chiqsak.  2  lik  sanoq 

sistemasida 0 va 1 raqamlari qatnashadi. Bu sanoq sistemasiga o‘tish uchun 10 lik sanoq 

sistemasidagi  sonni  olib,  2  soniga  bo‘lib  chiqamiz.  Masalan,  23

(10)

  sonni  2  lik  sanoq 



sistemasiga o‘tkazamiz.  

 

Sonni 8 lik sanoq sistemasiga o‘tkazish 

8  lik  sanoq  sistemasida  0,  1,  2,  3,  4,  5,  6  va  7  raqamlari  qatnashadi.  Bu  sanoq 

sistemasiga  o‘tish  uchun  10  lik  sanoq  sistemasidagi  sonni  olib,  8  soniga  bo‘lib 

chiqamiz. Masalan, 853

(10)


 sonni 8 lik sanoq sistemasiga o‘tkazamiz. 

 

Sonni16 lik sanoq sistemasiga o‘tkazish 

16 lik sanoq sistemasida 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 va 9 raqamlari, qolgan 10 dan 15 

gacha bo‘lgan sonlarga lotin harflarining A, B, , D, E, F harflari qatnashadi. Bu sanoq 

sistemasiga  o‘tish  uchun  10  lik  sanoq  sistemasidagi  sonni  olib,  16  soniga  bo‘lib 

chiqamiz. Masalan, 1507

(10)


 sonni 16 lik sanoq sistemasiga o‘tkazamiz. 

 

Tetrada va triada usuli yordamida ishlash 

Tetrada  va  triada  usullari  2  lik  sanoq  sistemasidan  8  lik  va  16  lik  sanoq 

sistemalariga  to‘g‘ridan  –  to‘g‘ri  o‘tishda  foydalaniladi.  Bu  usullarning  jadvallari 

quyida  keltirilgan.Bu  usullar  yordamida  10  lik  sanoq  sistemasiga  o‘tish  shart  emas. 

Chunki, bu usullar bizga vaqtdan tejashga xizmat qiladi. 

1  - жадвал 

 

2 - жадвал 



8 lik 

Triada 

 

16 lik 

Tetrada 

16 lik 

Tetrada 

000 



 

0000 



1000 


001 


 

0001 



1001 


010 


 

0010 



1010 


011 


 

0011 



1011 


100 


 

0100 



1100 


101 


 

0101 



1101 


110 


 

0110 



1110 


111 


 

0111 



1111 


 

Misol.   173

(8)


 X

(16)   



o‘tkаzing. 

Echish:  Bu  misolni  echishdа  triаdа  vа  tetrаdа  usullаridаn  foydаlаnimiz.  8  lik 

sаnoq sistemаsidаn 16 lik sаnoq sistemаsigа to‘g‘ridаn to‘g‘ri o‘tish usuli mаvjud emаs. 

SHuning  uchun,  8  lik  sаnoq  sistemаsidаn  2  lik  sаnoq  sistemаsigа  triаdа  usulidаn 

foydаlаnаmiz. 2 lik sаnoq sistemаsidа hosil bo‘lgаn sonni tetrаdа usuli yordаmidа 16 lik 

sаnoq sistemаsigа o‘tkаzаmiz. 





001 

111 


011 

173


(8)

= 1111011

(2) 

xosil bo‘lаdi. 



0111 

1011 


 



 

Demаk, 173

(8)

 8 lik sаnok sistemаsidаgi son 16 lik sаnok sistemаsidа  7B



(16)

 teng 


ekаn. 

Nаtijа: 173

(8)


= 7B

(16)


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Xulosa 

 

Hozirgi davrda O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya jarayonini jahon talablari darajasiga 

yetkazish borasida aql-zakovatli, mustaqil fikrlay oladigan, intellektual salohiyatga ega 

yoshlarni tarbiyalashga  alohida  e’tibor berilayapti.  Bu o‘z  navbatida ta’lim  jarayoniga 

katta  e’tibor  qaratish  kerakligi,  ta’lim  jarayonining  samaradorligini  oshirish  fan  va 

texnika sirlarini chuqur egallashga yo‘llaydi. 

Bugungi  kunda  ta’lim  muasasalarida  «Dasturlash  tillarini”  o‘qitish  eng  dolzarb 

muammolardan biri hisoblanadi. Uni hal qilish uchun ushbu tadqiqot ishida Dasturlash 

tillarini o‘qitish uslubiyoti ishlab chiqildi. Jumladan quyidagi ishlar amalga oshirildi: 

1.Paskal dasturlash tilini o‘qitishning asosiy shakli va mazmuni ko‘ rsatib berildi; 

2.Delphi dasturlash tilini o‘qitishning asosiy shakli va mazmuni ko‘rsatib berildi; 

3.C++ dasturlash tilini o‘qitishning asosiy shakli va mazmuni ko‘rsatib berildi; 

4.Paskal,  Delphi,  C++  dasturlash  tillarini  bo‘yicha  asoslangan  tavsiyalar  ishlab 

chiqildi; 

5.Paskal,  Delphi,  C++  dasturlash  tillarini  o‘qitish  bo‘yicha  bitta  elektron  darslik 

yaratildi. 

Dissertatsiyada dasturlash texnologiyalarini o‘qitish va uning ahamiyatlari haqida 

ma’lumotlar  hamda  tavsiyalar  berib  o‘tdik.  Mavzuni  o‘rganish  uchun  dissertatsiyani 

uchta  bobga  ajratdik.  Birinchi  bobda  dasturlash  vositalarining  zamonaviy 

texnologiyalari,  dasturlash  tillarining  tarixi,  muammolari  yechimlari  hamda  algoritmik 

til  elementlari,  algoritm  tushunchalari,  ob’ektga  mo‘ljallangan  algoritmlar  haqida 

ma’lumot  berib  o‘tdik.  Ikkinchi  bobda  Paskal,  Delphi,  C++  dasturlash  tillarining 

imkoniyatlari  haqida  ma’lumot  berib  o‘tdik.  Uchunchi  bobda  Paskal,  Delphi,  C++ 

dasturlash tillarini o‘qitish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tildi. 

Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkin  dissertatsiyada  keltirib  o‘tilgan  dasturlash 

texnologiyalarini  o‘qitish  bo‘yicha  tavsiyalardan  foydalanilsa  dasturlash  tillarini 

o‘rgatishga yordam bo‘lar edi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 

 

1.  O  .T.Haitmatov  va  b.  Informatika  va  axborot  texnologiyalari.  O‘quv  qo‘llanma.  T. 



TKTI. 2005 y. 

2.  O‘.T.Haitmatov  va  b.  Informatika  va  axborot  texnologiyalari  fanidan  laboratoriya 

ishlarini bajarish ushun uslubiy qo‘llanma. T. TKTI. 2005 y. 

3. Faronov V.V. Turbo Paskal 7.0. Uchebnoe posobie. M.: Nolidj., 2002g. 

4. Aripov M., Xaydarov A. Informatika asoslari T. “Oqituvchi” 2002y. 

5. Holmatov T.X.,Toyloqov N.I. Amaliy matematika,dasturlash va kompyuterning dasturiy 



ta’minoti. T.Mexnat, 2000 y. 

 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish