Muhammad al-xoramiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Download 38,24 Kb.
bet1/3
Sana24.06.2022
Hajmi38,24 Kb.
#700467
  1   2   3
Bog'liq
Tarmoq xavfsizligi (1-MI)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Tarmoq xavfsizligi fanidan


1-MUSTAQIL ISH
Bajardi: Turdimuratov Dauletiyar
Guruh: NWS007
Tekshirdi: Mavlonov Obid

TOSHKENT – 2021




Mavzu: Tarmoqda axborot xavfsizligi muammolari va ularning yechimlari

Reja

  1. Tarmoqda axborot xavfsizligi muammolari.

  2. Tarmoq xavsizligiga tahdidlar tahlili.

  3. Tarmoqda axborot xavfsizligini ta’minlash.

Tajribadan ma’lumki, xavfni bartaraf etishning eng oson yо‘li, shu xavfni oldindan aniqlab, unga qarshi ehtiyot choralarini qо‘llash hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, tarmoqda axborot xavfsizligini ta’minlash borasida ham sohaga nisbatan potensial tahdid manbalarini aniqlash va himoya choralarini qо‘llash birlamchi vazifalardan hisoblanadi.
Tarmoqda axborot xavfsizligiga tahdid manbalari ichki va tashqi manbalarga bо‘linadi. Mutaxassislarning e’tirof etishicha, axborot xavfsizligining dolzarb muammoga aylanishiga asosan tashqi manbalar sabab bо‘lgan. Chunki, bugun zamonaviy dunyoga egalik qilish uchun kurashning asosiy vositasi sifatida axborot tilga olinmoqda. Bunday vaziyatda axborot texnologiyalari va axborot boshqaruvi yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlar о‘zidagi bu ustunlikdan ijtimoiy ongga ta’sir kо‘rsatish yо‘lida foydalanishdan tom ma’noda manfaatdor hisoblanadi.
Axborot xavfsizligiga tahdidning tashqi manbalari:

  • chet el josuslik va maxsus xizmatlarining faoliyati;

  • chet el ommaviy axborot va global kommunikatsiya vositalari;

  • xalqaro guruhlar, tuzilmalar va alohida shaxslarning noqonuniy harakatlari;

  • axborot tarqatish va foydalanish bо‘yicha xorijiy davlatlar siyosatining amalga oshirilishi

  • tabiiy ofatlar va fojealar.

Axborot xavfsizligiga tahdidning ichki manbalari:

  • siyosiy, iqtisodiy va jamoat tashkilotlarining, alohida shaxslar va guruhlarning axborot tо‘plash, tarqatish va foydalanish sohasidagi noqonuniy faoliyatlari;

  • axborot sohasida fuqarolar va tashkilotlar huquqlarining buzilishiga olib keluvchi davlat tizimlarining qonuniy harakatlari va kо‘zda tutilmagan xatolari;

  • axborot tizimlarining dasturiy-texnik vositalarining bazaviy texnologiyalarini yaratish, sinash va ishlab chiqarish bо‘yicha mahalliy sanoatning talab darajasida emasligi.

Axborot makonining vujudga kelishi nafaqat uni bо‘lib olish, balki unda kechayotgan jarayonlarni nazorat qilish va boshqarishni hoxlovchi tomonlarning paydo bо‘lishiga olib keldi. Bu guruhlarning kurash vositasi ham aynan axborot qurolidir. Tahlilchilar axborot quroli deganda odamlarga ruhiy ta’sir kо‘rsatadigan va ularning ustidan nazorat qilish imkonini beruvchi vositalarni, kompyuter viruslarini, mantiqiy bomba, telekommunikatsiya tarmoqlarida axborot almashinuvini bostiruvchi moslamalarni, davlat va harbiy sohalarni boshqarishda axborotlarni soxtalashtirish kabi harakatlarni nazarda tutishadi.
Axborot xavfsizligiga nisbatan tahdidlarning asosiy ta’sir vositasi bir martalik tashviqot aksiyalari, uzoq muddatli targ‘ibot kampaniyalari, mafkuraviy tazyiq, madaniy ekspansiya, axborot blokadasi kabi ruhiy- informatsion ta’sir vositalari hisoblanadi.
Ruhiy-informatsion ta’sir asosan quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi:

  • diskreditatsiya – voqeaning ahamiyatini pasaytirib berish;

  • dezinformatsiya – axborotning ma’nosini о‘zgartirgan holda taqdim etish;

  • tuhmat;

  • e’tiborni chalg‘itish;

  • faktlarni manfaat uchun buzib talqin qilish.

Ruhiy-informatsion ta’sir ommaviy axborot va global kommunikatsiya vositalari orqali amalga oshiriladi hamda davlatning ichki siyosatiga ishonchsizlik uyg‘otish, ichki ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, muxolif kayfiyatlarni qо‘zg‘otish, hattoki isyonga undash kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Globallashgan axborot maydonida ruhiy-informatsion ta’sir vositalarini tо‘liq cheklash yoki nazorat qilish imkonsiz. Demokratik boshqaruv, fikrlar xilma-xilligi bunga yо‘l qо‘ymaydi. Aslida tarqatilayotgan har bir axborot qayta-qayta tekshirilgan bо‘lishi kerak. Ammo reallik bu sarobni amalga oshirishga yо‘l qо‘ymaydi. Shuning uchun muammoning boshqa yechimlarini izlagan ma’qul.

Download 38,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish