Муҳаммад ал-хоразмий номидаги тошкент ахборот технологиялари университети



Download 22,24 Kb.
Sana03.05.2020
Hajmi22,24 Kb.
#48848
Bog'liq
1 Maruza boyicha nazorat savollari (2)


ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ВА КОММУНИКАЦИЯЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ВАЗИРЛИГИ
МУҲАММАД АЛ-ХОРАЗМИЙ НОМИДАГИ

ТОШКЕНТ АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ УНИВЕРСИТЕТИ

“Ахборот кутубхона тизимлари” кафедраси

АХБОРОТ МАЪЛУМОТ ХИЗМАТИ”

ФАНИДАН

МУСТАҚИЛ ИШИ
Мавзу: “Биринчи маъруза юзасидан саволларга жавоблар”

Бажарди: Абдурахмонова Ш


Қабул қилди: Рахимова Ш

Тошкент 2020

Nazorat savollari:

1. “Axborot ma'lumot xizmati”fanining maqsadi nimadan iborat?

2. “Axborot yetkazish xizmati” atamasiga ta'rif bering.

3. Qanday axborot yetkazish xizmat turlarini bilasiz?

4. Ma'lumot olish bilan bog‘liq savollarga javob berishda nimalarga e'tibor berish kerak?

5. Kitobxonga maslahat berish xizmati qay yo‘sinda amalga oshiriladi?

Javoblar:

1. Axborot ma'lumot xizmatining asosiy maqsadi O‘zbekiston va xorijda faoliyat ko‘rsatayotgan axborot kutubxona muassasalardagi a'nanaviy va zamonaviy axborot ma'lumot xizmat turlarining metodologik va amaliy jixatlari o‘rganish va taxlil qilishdan iborat.

Kutubxona foydalanuvchilariga axborot ma'lumot xizmati ko‘rsatishning o‘ziga xos maqsadi va vazifalari iste'molchilar talabini o‘rgangan holda, ularning extiyojini qondirishdan iborat. Kutubxona foydalanuvchilariga axborot ma'lumot xizmati ko‘rsatishning vazifalari qanchalik relevant bo‘lsa, xizmat sifati shunchalik baland bo’ladi.

2. Axborot yetkazish xizmati kutubxona foydalanuvchilariga, ularning muayyan savoli, qiziqishi, vazifasi yoki muammosiga javob berishi mumkin bo‘lgan axborot manbalarini aniqlashda yordam ko’rsatish jarayonidir.

Foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini ta'minlash maqsadidagi axborot maslahati bo‘lib, bunda kutubxona xodimlari axborot manbalarini taklif qilish, tahlil qilish, baholash va yoki ulardan foydalanish bilan mashg‘ul bo‘ladi.

3. Axborot yetkazish xizmatining turli ko’rinishlari mavjud. Mazkur ma'lumot yetkazish jarayoni yuzma-yuz yoki telefon, elektron pochta yoki boshqa virtual texnologiyalar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, kutubxonachilar tomonidan veb-saytlar, javoblar arxivlari, «ko‘p beriluvchi savollar»ning javoblariga havolalar ham yaratilmoqdaki, ular foydalanuvchilarning savollarini oldindan ko‘ra bilgan holda odamlar axborotni mustaqil ravishda topa olishi uchun zarur imkoniyatlarni yaratishni maqsad qilgan.

4. Ma'lumot olish bilan bog‘liq savollarga javob berish bir muncha noaniqliklarga sabab bo’lishi mumkin. Avvalambor savollar uch turga ya’ni, ular aniq ma'lumot olishga qaratilgan savollar, tadqiqot mazmunidagi savollar va bibliografik tasdiqlash mazmunidagi savollardan iborat.

Aniq ma’lumot olishga qaratilgan savollarga javob berish bir muncha oson hisoblanadi, lekin kutubxonachi kitobxonga tayyor javobni berib qo’ygandan ko’ra unga ma’lumotni izlab topishi mumkin bo’lgan manbaalarni ko’rsatishi mumkin, bu ham vaziyatga bog’liq albatta. Agar ma’lumot juda zarur va tezda kerak bo’lsa unda kutubxonachining o’zi savolga javob berib qo’ya qolgani afzal.

Tadqiqotga oid savollar bir muncha murakkab bo’lib, ularga javob berish uchun ko‘proq vaqt va axborot manbalari talab qilinishi mumkin. Bu turdagi savollar foydalanuvchini turli manbalar va fikrlarni o‘rganishga va xulosa yasashga turtki beradi. Shu bois kutubxonachilar foydalanuvchilarga adabiyotlar ro‘yxatlarini, ko‘chirmalardan va shu kabi manbalardan foydalanishni o‘rgatishi lozim. Shu o‘rinda mushkul savolni o‘rtaga tashlagan foydalanuvchilar o‘zlari uchun zarur bulgan maqolalarning to‘liq matnini topishga odatlanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Negaki, elektron ma'lumot bazalarida maqolalarning faqat ko‘chirma va qisqacha sharhlari beriladi, xolos. Agar foydalanuvchi o‘ziga zarur bo‘lgan ma'lumotning qanday bo‘lishi kerakligini bilmasa, kutubxonachi undan qo‘shimcha savollarni so‘rab, izlanayotgan ma'lumotning parametrlarini aniqlab olishi lozim bo‘ladi. Masalan, kutubxonachi o‘quvchiga qancha hajm va qaysi darajadagi axborot kerakligini va qaysi manbalardan foydalanganligiga aniqlik kiritishi lozim bo‘ladi.

Kutubxona foydalanuvchisi bibliografik tasdiq mazmunidagi axborotni qidirishi mumkin. Bu holat foydalanuvchi o‘ziga zarur bo‘lgan axborotni topgach, uning aynan o‘sha manbalardan olinganini tasdiqlashi kerak bo‘lganida yuzaga keladi. Ba'zida bu xizmat faktlarni tekshirishda kerak bo‘lsa, ayrim hollarda foydalanuvchilar o‘z tadqiqotini tugatgan, lekin ulardan ko‘chirmalar lozim bo‘lganda qo‘l keladi. O‘quvchilar ma'lumot olishda asosan elektron ko‘rinishdagi axborot bazalaridan foydalanayogganini inobatga oladigan bo‘lsak, bibliografik ko‘chirmalarni tuzish birmuncha osonlashmoqda. Veb-sahifalardan topilgan materialni tasdiqlash va undan ko‘chirma olish esa, biroz qiyin jarayon hisoblanadi. Negaki, ko‘chirma olinishi kerak bo‘lgan axborot manbai har doim ham osonlik bilan topilavermaydi.

5. Kitobxonga maslahat berish xizmati ba'zan axborot xizmatining bir turi sifatida qaralib, u, aslida, kerakli kitobni o‘z o‘quvchisiga yetkazish borasidagi say-harakatdan iboratdir. Garchi hech narsa shaxsiy bilim va tajribaning o‘rnini bosa olmasa-da, yangi texnologiyalar o‘quvchiga maslahat berish xizmatining ishini avvalgidan ko‘ra birmuncha osonlashtirmoqda. Masalan, ko‘plab onlayn ma'lumot bazalari bir kitobni yoktirgan o‘quvchiga, boshqa shunga o‘xshash kitoblarni avtomatik tarzda taklif qilish xizmatiga ega. Boshqalari esa, asarni janr bo‘yicha qidirish imkonini beruvchi ro‘yxatlarga ega bo‘lib, o‘quvchi o‘zi izlagan kitobni boshqa asarlar bilan solishtirish imkoniyatiga ega. Shu o‘rinda unutmaslik kerakki, kitobxonga maslaxat berish xizmati hali-hanuz kutubxonachi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot asosida qurilib, to‘g‘ri savollar berish, foydalanuvchining savolini dikqat bilan eshitish va unga samarali yordam ko‘rsatish yuqori darajadagi va tom ma'nodagi foydali maslahat xizmatining asosiy vazifasidir.



Kitobxonga maslahat berish xizmati, odatda, ijtimoiy kutubxonalar bilan bog‘liqbo‘lib, undan ko‘proq badiiy kitoblarni qidirayotgan o‘quvchilar foydalanadi.

Yuqori malakali kutubxonachilar o‘quvchilarga maslahat berish jarayonida turli savollar berish orqali ularning naqadar o‘qimishli ekani, tili yoki ta'lim darajasini bilib olish imkoniyatiga ham ega. Bu kabi kutubxonachilar badiiy va hujjatli adabiyotning turli janrlari bilan tanish bo‘lishi hamda kutubxona kolleksiyasida qanday asarlar borligi haqida to‘liq ma'lumotga ega bo‘lishi talab etiladi. Shu bilan birga, ular o‘z bilimini do‘stona va muloyim tarzda yetkazib bera olishi ham o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Download 22,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish