Muallim olamning yorug chirog`i



Download 3,22 Mb.
Sana31.12.2021
Hajmi3,22 Mb.
#276002
Bog'liq
1oktyabr bayram ssenariysi
-Sho’royi Ulamo- -Birlik va taraqqiyot- partiyasi a’zolarining y (1), A big idea, Документ Microsoft Word, @yosh ustozlar informatika mavzular 20-04 25-05, Informatika online darslar va vazifalar, Luģat 2, Reading and writing tasks, AMAZON, сугдда танга зарби, men ham namoz uqiyman, 2.Joldasbayeva Z Telekom 303-18, 1-Maruza, The history of American football, al lab3, proektirovanie i bezopasnost okonnyx konstruktsij




“Muallim olamning yorug chirog`i “
(tadbir ssenariysi)

Tadbir maktab zalida yoki sinf xonasida o‘tkaziladi. Sahna ustozlarni sharaflovchi hikmatli so‘zlar, maqollar, hadislardan na’munalar yozilgan plakatlar, sharlar va turfa gullar, rango-rang bayroqchalar bilan nihoyatda chiroyli bezatiladi.Tadbirga ustozlar, ota-onalar va boshqa mehmonlar taklif etiladi.Ustoz-muallimlarni ulug ‘lo vchi "Ustozlar" qo‘shig‘i ohista taraladi. Tad bir qatnashchilari birin-ketin sahnaga chiqishadi. Bayram boshlovchilar kirish so‘zi bilan boshlanadi.

1-boshlovchi: Qo‘limizni ko`ksimizga qo‘yib, hurmat ila deymiz:
Hamma: Assalomu - alaykum.

2-boshlovchi: Bilim chashmasini simirib, ehtiromla deymiz:

Hamma: Siz bor bo‘ling, muallim!

1-boshlovchi:


Assalomu alaykum ustoz, muallim!
Ta’limning me’mori, zarning zargari,
Muqaddas kasbingiz asrlarga muhr,
Hayotning eng asl noyob gavhari.

Hamma:
Bugungi tantana, bu shodiyona,


Sizga bag‘ishlanur muallim, mana!

O‘quvchilar ijrosida "Muallimim" qo‘shig‘i kuylanadi. Shundan so‘ng "Ona va qizaloq" nomli kichik sahna kurinishi namoyish etiladi.

Sahnada ona va qizaloq o‘zaro suhbatlashmoqda.

Qizaloq: Oyi, oyijon, aytaqoling, Vatan nima?


Ona:Vatan - kindik qoning to‘kilgan muqaddas tuproq, seni, sen kabi aziz farzandlarini asraguvchi mehribon quchoq, serquyosh zamin, bolajonim. Sen bu haqda o‘rtoqlaringdan ham so‘rab ko`rchi, ular qanday fikr bildirishar ekan?

Qizaloq do‘stlari oldiga boradi. Ular savolga shunday javob berishadi.

1-o’quvchi: Vatan bu - tugilgan makonim.
2-o’quvchi: Vatan bu - sizu bizga dahldor zamin.

3-o’quvchi: Vatan bu - muqaddas beshigim.

4-o’quvchi: Vatan bu - ostonayu eshigim.

5-o’quvchi: Vatan bu - onamning aytgan allasi.

6-o’quvchi: Vatan bu- padarimning qilgan duosi.

Hamma:
Senga fido bolsin jon-tanim,


O‘zbekiston, mening Vatanim!

7-o’quvchi:


Hayot charog`ondir ilm nuridan
Ustoz go`yo ziyo sochg`uvchi Quyosh.
Nomingiz hamisha dillar to‘rida
Siz ibrat, iroda, siz sabr- bardosh.

8-o’quvchi:


To dunyo bor ekan bor bo’ling bardam,
Sermashaqqat yo`lda yengmasin charchoq.
Otash qalbingiz-la yorug` dir olam,
Ko`ngillar siz tutgan qog`ozdek oppoq.

Hamma:
Aziz ustozlarim , muallimlarim,


Bir umr sog’inchlik salomim sizga.
Qo’llarim ko`ksimda aylagum ta’zim,
Cheksiz hurmat to`la kalomim sizga.

Bolalar ijrosida "O‘zbekistonim" qo‘shig‘i yangraydi.


Qiziar va o‘g‘il bolalar raqsga tushishadi.
Sahnada yana o‘quvchilar.

1-o’quvchi: Ustoz yosh qalblarni olam-olam ziyoga yo‘llaydigan zot! Ular tufayli biz "Vatan" so‘zining teran mazmunini, jozibasini angladik. Eng go‘zal tuyg‘ularni, buyuk muhabbatni qalbimizga jo qilgan bu aziz zotlar bizlarni mustaqil O‘zbekistonning haqiqiy farzandlari, barkamol avlodlar bo‘lib kamol topishimiz, uchun o‘z mehri, bor bilimini ayamagan qalbi daryo insonlardir.


2-o’quvchi:
Siz, muallim inson uchun,
Har bir ilmu urfon uchun,
Rahnamosiz bizlar uchun,
Qalbi daryo muallimlar.

3-o’quvchi:


Ko‘klar sari parvozimiz,
Dong taratgan ovozimiz.
Siz tufayli qalblar osmon,
Dil guliston muallimlar.
4-o’quvchi:
Navnihol bog’larning bog‘boni,
Niholga fidodir ming joni.
Ilm talab karvonning sarboni,
O‘zingiz mehribon ustozlar!
Hamma:
Tasannolar aytamiz ustoz,muallimlarga,
Tashakkur sizga bo‘lsin, ham zafar yor sizlarga.

Qizlar "Ustozlarim, bor bo‘ling" qo‘shig ‘ini kuylashadi.

(Kichik sahna ko‘rinishi)
Nuroniy bog`bon siymosidagi bola daraxt ko‘chatini ekish bilan mashg‘ul. Yo‘l-yo‘lakay uning ishini kuzatib kelayotgan bir kishi bog‘bonga qarata debdi: Ota, yoshingiz anchaga borib qolibdi, bu nihollar qachon meva beradiyu, siz ularning mevalaridan bahramand bo‘lasiz? Shunda bog‘bon debdi: Bu ko‘chatlarni faqat o‘zim uchun ekkanim yo‘q. Ularning mevasini barcha birdek baham ko‘rsin deyman. Eng muhimi, men ekkan daraxtlar keyingi avlodlarga naf keltirsin, foyda bersin. Haligi kishi o‘rinsiz so‘zi uchun uyalib bog‘bondan kechirim so‘rabdi.

5-o’quvchi: Ha,ustozlarimiz ham xuddi bog‘u chamanzorlar bunyod etuvchi beminnat va caxiy bo‘gbonga o‘xshaydilar.


Hamma:
Ustozimiz yaratgan bog‘idir bizlar,
Vatan suyanchig’i, tog’idir bizlar!

1-boshlovchi: Bizlarni kamol topishimizda ustozlarimiz kabi ota-onalarimizning ham o‘rni beqiyosdir. Ustoz va ota-ona, ular biz uchun doim parvona.

2-boshlovchi: Hazrat Navoiydek ulug‘ zot ham munis onalarimizga bo‘lgan behad hurmatini quyidagicha tarannum etganlar:
Onalarning oyog‘i ostidadir,
Ravzai jannatu jinon bog‘i.
Ravza bog! visolin istar esang,
Bo‘l onaning oyog’in tufrog’i.

1-boshlovchi: Bobomiz ustozlarni ham ko‘klarga ko‘tarib, ulug‘laganlar:


Haq yolida kim senga bir harf o‘rgatmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqqing yuz ganj ila.

1-o’quvchi:


Umr chamanini bilimlar bezar,
Olamda zahmatla topmoqdasiz nom.
Ko‘ngilning tubida tilaklar kezar,
Mo‘tabar ustozim, sizga ehtirom!

2-o’quvchi:

Olimu fozillar, oqillar bo‘lmas,
Agarchi dunyoda ustoz bo‘lmasa.
Aziz avliyolar, shayx, mashoyixlar
Bo‘lmasdi dunyoda ustoz bolmasa

3-o’quvchi:Ilk maktabga qadam qo‘ygan kunimizdan ustozlarimiz ko‘magida buyuk bobolarimizni tanidik. Ularning ezgu ishlarini, xizmatlarini o‘qib, o‘rgandik. (Bobolarimiz timsolida, o‘sha davrga xos kiyingan o‘quvchilar sekin-asta sahnadan birin-ketin o‘tadilar.)

4-o’quvchi:Biz Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek kabi ulug’ ajdodlarimizning munosib avlodlarimiz. Biz Vatanning ertasi, yorqin kelajagi hamda uning himoyachilarimiz.

Muhtaram Prezidentimiz ham zahmatkash kasb egalari bo‘lgan ustozlarimiz haqida o‘zlarining "Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch" asarida shunday deganlar: "Maktab ulug‘ dargoh, ustoz buyuk zot. Inson qalbiga yo‘l avvalo ta’lim va tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bolsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir!"

1-o’quvchi :
Ota-ona vujud me’mori bo‘lsa,
Muallim qalb me’moridir.
Ustoz qayda bolsa ulug‘lik bo‘lar,
Bilim qayda bolsa, buyuklik bo’lar.

Vatan haqida qo‘shiq kuylanadi.

2-o’quvchi :
Shoirga dedilar: Siz baxtli inson,
Xalqingiz ardoqlar, hamma taniydi.
Shoir javob qildi: menda bir armon,
Muallim desalar, meni qaniydi.

3-o’quvchi:


Ko‘ksimizda qo‘limiz,
Qilamiz qulluq, ta’zim.
Ravon hayot yo’limiz,
Rahmat, sizga, muallim!

4-o’quvchi:


Qo‘limga qalamni ushlatdi ilk bor,
Shu ondan qalbimda boshlandi bahor.
Undan-da ulug‘roq, buyukroq kim bor,

Hamma: Ustozim, ustozim, sizga ming ta’zim!

5-o’quvchi:
Barcha ilmlarning kaliti sizda,
Saxovat nuri bor bu qalbingizda.
Otasiz, onasiz har o‘gil-qizga,

Hamma: Ustozim, ustozim, sizga ming ta’zim!


6-o’quvchi:
O‘qishni o‘rgatib, ko‘zni ochdingiz,
Ilm sirlarini qalbga sochdingiz.
Otadek ulug‘siz, kelajak sizsiz,

Hamma: Ustozim, ustozim, sizga ming ta’zim!

O‘quvchilar ustozlarga ta’zim qilishadi.

Yuqori sinf o‘quvchilaridan biri (gullar bilan):

Ustoz, sizga tutay ajib guldasta,
Guldastaki, chamanzordan topilmas.
To‘fonlarda so‘lib qolmas bir pasda,

Bir g‘unchaki, xazon uni yopolmas.


Uni ekdim qalbimning eng to‘riga,
Unga mehr bilan payvand berdingiz.
Yetaklabon ilm-fanning yo‘liga,
Murg‘ak dilga mehr solib qo‘ydingiz.

Gullarini ustozlariga taqdim etadi.


Barcha "Barkamol avlod" qoshig‘ini kuylashadi. O‘quvchilar raqsga tushadilar.

1-boshlovchi: Aziz mehmonlar, shuning bilan, bugungi bayram tadbirimiz o‘z poyoniga yetdi, Shuni faxr bilan aytamizki, ustoz va murabbiylarimiz doimo qalbimiz ardog‘ida. Ular bilan bu olam nurafshon, bu hayot bo‘ston.

2-boshlovchi: Qadrli ustozlar, shu qisqa fursat ichida sizga bo‘lgan cheksiz hurmatimizni, mehrimizni oz bo‘lsada namoyon eta olgan bo‘lsak, biz naqadar baxtiyormiz.

"Ustozlar" qo‘shig‘inig davomi yangraydi va tadbir yakunlanadi.



Qo’limga ilk bora qalam tutqazgan, Dildagi mehrini payvasta qilgan, Onamdek mehribon,ustozim bo`lgan, Sizsiz- muallim, dilkash muallim !
Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti