Муќаддима


Atmosfera havosining tabiiy tozalanishi va uni muhofaza qilishga



Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/105
Sana21.05.2021
Hajmi1.88 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   105
 
Atmosfera havosining tabiiy tozalanishi va uni muhofaza qilishga 
qaratilgan tadbir 
Atmosfera havosi o’z-o’zini tabiiy tozalash xususiyatiga ega. Yong’ingarchiliklar 
havo  tarkibidagi  iflos  moddalarni  yuvib  turadi,  shamol  esa  ifloslovchi  moddalarni  bir 
joydan  ikkinchi  joyga  ko’chiradi.  Tuproqqa  va  suv  tarkibiga  tushib  qolgan  iflos 
moddalar  ma’lum  vaqt  o’tgandan  so’ng  reaksiyaga  kirib,  natijada  neytrallashib  qoladi 
.Bu jarayonlarning barchasi tabiiy holda kechadi. Agar atmosferada o’z-o’zini tozalash 
jarayoni  bo’lmaganda  edi,  er  sharida  havo  juda  ifloslanib,  hayot  kechirish  uchun  katta 
xavf vujudga kelgan bo’lar edi. 
Atmosfera  havosi  tarkibini  sekin  yoqqan  yomg’ir  (soatiga  2  mm)  28%  ga, 
o’simliklar 70% ga, qor esa 80-90% ga tozalaydi. 
Bir  pushtali  daraxtzorlar  atmosfera  havosini  10%  ga,  ikki  pushtali  daraxtzorlar 
esa, 65% ga tozalaydi. Bir gektar o’rmon daraxtlarining barglari atmosfera havosini 2 t 
ammiakdan  va  80  t  oltingugurt  oksidi  (SO
2
)  dan  tozalash  qobiliyatiga  ega.  Atmosfera 
havosini tozalashda tol daraxtlari eng yaxshi tozalagich hisoblanadi. Bir gektar tolzorlar 
3-4  gektar  sanavbar  (sosna)  va  archazorlarning  tozalash  qobilyatlarita  teng  tozalash 
qobiliyatiga ega. 
YAshil  o’simliklar  iflos  havoni  filtirlaydi,  barglari  changni  ushlab  qoladi,  havo 
haroratini  pasaytiradi  va  eng  muhimi  karbonat  angidridi  (SO
2
)  ni  yutib,  fotosintez 
jarayoni  tufayli  kislorod  ishlab  beradi.  YAshil  o’simliklar,  shu  jumladan,  daraxtzorlar 
80% changni va 60% sulfat angidridini ushlab qolish qobilyatiga ega. 


53 
 
Bo’yi 25 metrli 80-100 yoshli bitta buk daraxti soatiga 2 kg SO
2
 ni yutib, 2kg O
2
 
ishlab  beradi.  Bir  gektar  qarag’ayzor  687  t  SO
2
  ni  yutib,  18  mln  m
2
  havoni  tozalash 
qobiliyatiga ega. 30 tup archa 10 kishini, 1 gektar archazor esa, 300 kishini sof kislorod 
bilan  ta’minlaydi.  Bir  gektar  archazor  katta  bir  shahar  aholisi  nafas  oladigan  havoni 
tozalashga  yetadigan  fitonsid  fermentini  ishlab  chiqaradi.  Fitonsid  fermenti  yuqumli 
kasalliklarni  tarqatuvchi  mikroblar  va  bakteriyalarni  yo’qotish  xususiyatiga  ega.  Agar 
o’rmon havosining 1 m
2
 da 100-300 ta mikroblar va bakteriyalar mavjud bo’lsa, sanoat 
korxonalari  atrofidagi  havo  tarkibida  ularning  miqdori  6000-10000  tani  tashkil  etishi 
mumkin. 
Archa  o’zidan  xushbo’y  hid  tarqatish  bilan  birga  fitonsid  fermentini  ajratib 
chiqaradi  va  havo  tarkibini  turli  mikroblardan  yaxshi  tozalaydi.  SHuning  uchun 
archazorlarning  havosi  sanoati  rivojlangan  shaharlarning  havosiga  qaraganda  200 
marotaba tozaroqdir. 
SHuni alohida ta’kidlash joizki, yashil o’simliklar atmosfera havosini tozalashdan 
tashqari, insonga psixofiziologik ta’sir etib, unga estetik zavq ham bag’ishlaydi. 
Hozirgi  paytda  Buxoro  viloyatining  barcha  tumanlarida,  xususan  Peshku  va 
Romitan  tumanlari  markazida  archazorlar  barpo  etildi.  ―Universiada-2000‖  yoshlar 
sporti  o’yinlarini  Buxoroda  o’tqazilishi  munosabati  bilan  1999-2000  yillar  davomida 
shaharda archazorlarni barpo etishga kirishildi. 
Tuproq  tarkibida  yashovchi  mikroorganizmlar  ham  atmosfera  havosini  zaharli 
chiqindilardan tozalash xususiyatiga ega. 
Bir  gektar  maydonda  yashovchi  mana  shunday  mmkroorganizmlar  8  t  gacha 
uglerod,  azot  va  oltiigugurt  oksidlarini  zararsizlantirish  qobiliyatiga  ega.  Ammo  shuni 
ham  alohida  ta’kidlash  joizki,  hozirgi  paytda  atmosfera  havosining  sun’iy  ifloslanishi 
uning  tabiiy  tozalanishiga  nisbatan  ustunlik  qilmoqda.  ―Atmosfera  havosi  o’z-o’zini 
tabiiy  holda  tozalanar  ekan!‖  deb,  xotirjam  bo’lish  nihoyatda  katta  salbiy  oqibatlarga 
keltirishi mumkin. SHuning uchun atmosfera havosini sun’iy ifloslanishidan saqlash va 
uning  tozalash  yo’llarini  amalga  joriy  etish  bugungi  kunnning  eng  dolzarb  va 
kechiktirib bo’lmayditgan vazifalaridan bo’lib qolmoqda. 
Atmosfera  havosining  sun’iy  ifloslanishini  oldini  olish  uchun  quyidagi  chora-
tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. 
1. Sanoat korxonalarida yangi zamonaviy tozalash qurilmalarini joriy etish. 
Hozirgi  paytda  respublikamiz  miqyosida  mingdan  ortiq  katta-kichik  sanoat 
korxonalari  mavjud.  Ammo  ko’pgina  korxonalarda  tozalash  qurilmalari  (siklonlar, 
skruberlar,  filtrlar,  adsorbentlar,  katalizatorlar)  eskirib  qolganligi  va  to’la  quvvat  bilan 
ishlamaganligi  tufayli  atmosfera  havosiga  qimmatbaho  xom  ashyolar  chiqarilib 
tashlanadi. Masalan, kimyo sanoati ishlab chiqarish korxonalaridan yiliga 20-25 ming t 
oltingugurt va azot oksidlari, 40-50 ming t uglerod oksidi va 120 ming t uglevodorodlar 
atmosfera  havosiga  chiqariladi.  Ma’lumotlarga  qaraganda,  Olmaliq  va  Bekobod 
metallurgiya korxonalaridan yiliga atmosfera havosiga 220 ming t ifloslovchi moddalar 
chiqarilmoqda, uning 90% oltingugurt oksididir. Hol buki, 1 t oltingugurtdan 3 t sulfat 
kislotasi va boshqa mahsulotlar olish mumkin. 
Viloyatimizdaga  un  kombinatlari  150  t  un  changlarini,  gaz  sanoati  korxonalari 
100  mln  m
2
  tabiiy  gaz,  paxta  tozalash  korxonalari  qariyb  500  t  chang  va  kalta  tolalar, 
gips  zavodi  esa  3000  t  gips  changlarini  atmosfera  havosiga  chiqarayapti.  Agar  ushbu 


54 
 
xom ashyolar ushlab qolinsa, nafaqat iqtisodiy foyda ko’rish mumkin, balki atrof-muhit 
musaffoligaga ham zarar etkazilmaydi. 
2.  Metallurgiya  va  isitish  tarmoqlaridagi  o’choqlarda  ko’mir,  mazut  va  boshqa 
yoqilg’i  turlarining  o’rniga  elektr  energiya  va  gazlardan  foydalanish  maqsadga 
muvofiqdir.  Ma’lumotlarga  qaraganda,  ko’mir  bilan  ishlovchi  korxonalar  gazga 
o’tkazilsa,  atmosfera.  havosiga  chiqariladigan  azot  oksidi  5  marotaba,  uglerod  oksidi 
2000  marotaba  va  oltingugurt  oksidi  10  ming  marotaba  kamayadi.  Qurum,  chang  va 
tutunlar miqdori keskin kamayadi. 
3. Sanoat korxonalaridagi dudburonlar (murilar)ni balandroq, qurish va sanitara-
himoya mintaqasini ko’kalamzorlashtirish maqsadga muvofiqdir. 
Ma’lumki,  atmosfera  havosi  tarkibidagi  zararli  moddalar  konsentrasiyasini 
kamaytirish  vositalaridan  biri  –  atmosferaning  yuqori  qatlamlariga  baland  mo’rilar 
orqali zararli chiqindilarni chiqarib tashlashdir. Mo’ridan chiqadigan aralashma gazlar, 
aerozollar, tutunlar shamol ta’sirida, turbulent diffuziya va gravitasion kuchlar ta’sirida 
er  sathiga  kelib  tushadi.  Quvurning  balandliga  yuqori  bo’lsa,  undan  chiqib  erga 
tushadigan  aralashmalarning  konsentradiyasi  shuncha  kam  bo’ladi.  Ma’lumotlarga 
qaraganda, balandligi 100 m bo’lgan mo’ridan chiqayotgan aralashma gazlar radiusi 20 
km  bo’lgan  mintaqada  tarqalsa,  balandligi  100  m  bo’lgan  mo’ridai  chiqadigan 
aralashma gazlar radiusi 75 km mintaqaga tarqaladi. 
4.  Atmosfera  havosini  tioza  saqlash  maqsadida  avtotransport  vositalaridan 
chiqadigan  zararli  gazlar  miqdorini  kamaytirish,  benzin  o’rniga  gazdan  foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. 
Ma’lumotlarga  qaraganda,  1990  yilda  Toshkent  shahrida  avtotransport 
chiqindilari 90% ni tashkil etgan. 
5.  Sanoat  korxonalarida  kam  chiqindili,  chiqindisiz  va  energiya  tejovchi 
texnologiyalarni  joriy  etish  atmosfera  havosi  musaffoligini  saqlashda  katta  yordam 
beradi. 
6.  Sanoat  korxonalarida  amaldagi  me’yoriy  xujjatlar,  davlat  andozalari,  tarmoq 
andozalari  va  xususan,  hukumat  tomonidan  qabul  qilingan  qonun  va  qarorlarning 
amalga bajarilishini ta’minlashga katta yordam beradi. 
Masalan,  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  1994  yil  8  dekabrda 
―Mamlakatda sanoat terakzorlari barpo  etish‖ to’g’risida qaror qabul  qildi.  1994-1996 
yillar davomida terakzorlar tashkil qilish Sirdaryo viloyatida 31,6% ga, Surxondaryoda 
35,2% ga, Buxoroda 48,9% ga va Jizzaxda 49,3% ga bajarildiyu xolos. Bundan tashqari 
tolash  qurilmalarining  eskirib  qolganligi  va  ularning  ishlab  chiqarishi  respublikamizda 
yo’lga  qo’yilmaganligi  tufayli  zararli  moddalarning  me’yoriy  hujjatlarda  ko’rsatilgan 
miqdori  darajasida  kamaytirish  ancha  qiyin  bo’lyapti.  Har  holda  atmosfera  havosi 
musaffoligini saqlash har birimizning muqaddas burchimiz bo’lmog’i lozim! 
 


55 
 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
nomidagi samarqand
bilan ishlash
Darsning maqsadi
fanining predmeti
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanlar fakulteti
o’rta ta’lim
Toshkent axborot
Alisher navoiy
haqida umumiy
fizika matematika
Ishdan maqsad
moliya instituti
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
махсус таълим
respublikasi axborot
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
nazorat savollari