Муќаддима


Chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar



Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/105
Sana21.05.2021
Hajmi1.88 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105
Chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar. 
 
Birinchi marotaba o`tgan asrning 50-chi yillarida rus olimlari akad. N.N. Semyonov 
va  I.V.Petryanovlar  ―chiqindisiz  texnologiya‖  atamasini  fanga  kiritgan  edilar.  Hozirgi 
paytda  ―chiqindisiz  va  kam  chiqindili  texnologiyalar‖  atamalari  o`rniga  ―toza  yoki 
birmuncha  toza texnologiyalar‖ atamalari ham qo`llaniladi. 


31 
 
Chiqindisiz texnologiya – insoniyat ehtiyojini qondirish maqsadida bilimlar, usullar 
va  vositalarining  amalda  tadbiq  etish,  tabiiy  resurslardan  va  energiyadan  samarali 
foydalanish ta`minlash va atrof – muhitni muhofazalashdir.   
Chiqindisiz  texnologiya  –  mahsulot  ishlab  chiqarishning  shunday  samarali  usuliki, 
unda ―xom-ashyo - ishlab chiqarish – iste`mol qilish – ikkilamchi xom-ashyo resurslari‖ 
ciklida  xom-ashyolardan  va  energiyadan  unumli  va  kompleks  ravishda  qo`llaniladi  va 
tabiiy  atrof-muhitga  etkazilgan  har  qanday  ta`sir  uning  normal  holatidan  chiqara 
olmaydi. 
Ushbu ta`rifda 3 ta sharf mavjud: 
1.  Chiqindisiz  ishlab  chiqarish  negizini  inson  tomonidan  ongli  ravishda  tashkil 
etilgan va rostlangan moddalarning texnogen aylanishi tashkil yetadi. 
2.  Xom-ashyo  tarkibida  mavjud  bo`lgan  barcha  komponentlardan  samarali 
foydalanish va energiya resurslari potencialidan to`liq foydalanishning majburiyligi. 
3.  Chiqindisiz  texnologiyaning  tabiiy  atrof-muhitga  va  uning  normal  ishlashiga 
ta`sir etmasligi. 
―Fizika‖  kursidan  ma`lumki,  termodinamikaning  II  –  chi  qonuniga  asosan,  davriy 
ishlaydigan  mashinalarning  foydali  ish  koefficenti  (FIK)  ni  quyidagi  formulalar 
yordamida hisoblash mumkin: 
 
 
 
Demak, sovutgichdan olinadigan issiqlik miqdori Q

= 0 yoki sovutgichning harorati 
T

=  0  bo`lgandagina,  davriy  ishlaydigan  mashinaning  FIK  100%  ga  teng  bo`la  oladi. 
Ammo Nerist ko`rsatganidek, absalyut nol haroratni olish mumkin emas. Demak, davriy 
ishlaydigan  mashinalarning  FIK  100%  ga  teng  bo`lgan  mashinani  yasab  bo`lmaydi, 
yoki  isitgichdan  Q
1
 issiqlik  miqdorini olib, bu issiqlikni to`liq  termodinamikaning II  – 
chi  qonunini  ifodalaydi.  Ushbu  qonunning  quyidagicha  ta`riflash  mumkin:  faqat  bitta 
issiqlik manbai bilan ishlaydigan mashinani yasab bo`lmaydi. 
FIK  100%  ga  teng  bo`lgan  mashinalarga  perpetium  mobilening  ikkinchi  turi  deb 
ataydilar  va  termodinamikaning  II  –  chi  qonunini  perpetium  mobileni  ikkinchi  turini 
yasash mumkin emas, deb ta`riflaydilar. 
Termodinamikaning  II  –  chi  qonuniga  asosan,  nazariy  jihatdan  100%  chiqindisiz 
texnologiyani  yaratish  mumkin.  Ammo  amalda  (real  hayotda)  ishlab  chiqarish 
jarayonlarida  energiya  isrofi  bo`ladi,  ya`ni  energiyaning  ma`lum  bir  miqdori 
mashinaning isib ketishiga mumkin. Shuning uchun ―chiqindisiz texnologiya‖ atamasi 
shartli  bo`lib,  uning  o`rniga  ―ekologik  toza  texnologiya‖  yoki  ―ekologiya  zararsiz 
texnologiya‖ atamalari qo`llaniladi. 
Kam  chiqindili  texnologiya  –  mahsulot  ishlab  chiqarishning  shunday  usuliki,  unda 
tabiiy  atrof-muhitga  etkazilgan  har  qanday  ta`sir  ruxsat  etilgan  sanitariya  –  gigienik 
me`yorlaridan  oshmaydi.  Bunda  tashkiliy,  texnik  va  iktisodiy  sabablarga  kura,  xom 
ashyoning m`lum bir kichik mikdori chikindi bulib kolishi mumkin. 
Kam  chikindili    ishlab  chikarishni  tashkil  etishning  asosiy  shartifoydalanishga 
yaroksiz bulib chikindilarni, xususan, zaxarli moddalarni zararsizlantirish sistemasining 
mavjudligidir.  Bunda  chikindilarning  tabiiy  atrof  -  muxitga    etkaziladigan  ta`siri 


32 
 
ularningruxsat etilgan chegaraviy koncentraciyalaridan oshib ketmasligi kerak. 
Shuni  aloxida  ta`kidlash  kerakki,  «  chikindisiz    va  kam  chikindili  texnologiyalar» 
atamalari «tabiiy resurslar», «xom – ashyolarga kompleks ishlov berish»,  «resurslardan 
samarali  foydalanish»,  «kushimcha  mahsulotlar»,  «ishlab  chikarish  chikindilari», 
«foydalanishga  yaroksiz  chikindilar»,  «ikkilamchi  materiallar  resurslari»,  «ikkilamchi 
energetik resurslar», «iktisodiy zarar» kabi atamlar bilan uzviy boglikdir. 
Tabiiy  resurslar.  Suv,  er,  mineral  resurslar,  xayvonot  va  usimliklarresursi,  Kuyosh 
energiyasi,  er  ka`ridan  olinadigan  energiyalar  (  masalan,  minerallashgan  issik  suv 
energiyasi ) va boshkalar tabiiyresurslar deb ataladi. 
Mineral resurslar. Bu er ka`ridagi mineral xom – ashyo ( ko’mir, neft, gaz, ma`danli 
va ma`dansiz kazilmalar ) zahiralarining majmundir. 
Xom  –  ashelardan  kompleks  foydalanish.  Bu  xom  –  ashyo  va  ishlab  chikarish 
chikindilari  tarkibida  mavjud  bulgan  foydali  komponentlardan  tulik  foydalanish 
demakdir.  
Shuni  aloxida  ta`kidlash  kerakki,  xom  –  ashe  tarkibidagi  kimmatbaxo 
komponentlarni    ajratib  olish  darajasi  va  ulardan  samarali  foydalanish  texnika 
tarakkiyotiga  va  jamiyatning  ularga  bulgan  ehtiyojiga  boglikdir.  Xom  –  ashyolardan 
xama  tomonlama  kompleks  ravishda  foydalanish  ishlab  chikarish  samaradorligini 
oshiradi,mahsulot turlari va xajmining kupayishini ta`minlaydi, olingan mahsulotlarning 
narxini  pasaytiradi,  xom  –  ashyo  zahiralarini  yaratish  uchun  sarflanadigan  xarajatlarni 
kamaytiradi  va,  eng  muximi,  tabiiy  atrof  –  muxit  ifloslanishining  oldini  olishga  kata 
yordam beradi. 
Shuni  xam  yodda  tutish  kerakki,  amalda  xom  –  ashyolaga  fizik  –  kimyoviy  ishlov 
berish  paytida  asosiy  ishlab  chikarish  mahsuloti  Bilan  birga  kushimcha  oralik  yoki 
yulakay  mahsulotlar  (  masalan,  changlar,  tutunlar,  gazlarning  aralashmasi,  okova 
suvlari, Bug, kalta tolalar, kukonlar, toshkollar, kuykumlar va boshkalar ) paydo bulishi 
mumkin.  Masalan,  paxtadan  tola  olish  paytida  turli  kimyoviy  tarkibga  ega  bulgan 
changlar,  kalta-kalta  tolagalar,  lint  va  momiklar  paydo  buladi.  Yoki  metallurgiya 
korxonalarida  ma`danlardan  mis,  nikel,  rux,  kobalt  va  boshka  kimmatbaxo  metallarni 
ajratib  olish  paytida oltin  gugurt  ajralib  chikadi. Oltin  gugurt neft  va  tabiiy  gazlarning 
tarkibida  xam  mavjud.  Ammo  oltin  gugurt  takibida  magimush,  tellur,  selen 
kabielementlar  xam  mavjud.  Yoki  alyuminiy  ishlab  chikarishda  tabiiy  atrof  –  muxitni 
ifloslantiruvchi  ftor  birikmalari  ajralib  chikadi.  Agar  tola,  mis,  nikel,  rux,  kobalt, 
alyuminiy  neft  va  gaz  asosiy  mahsulot  xisoblansa,  ularning  ishlab  chikarishda  paydo 
bulgan  changlar,  kalta-kalta  tolachalar,  lint  va  momiklar,  oltingugurut,  margimush, 
tellur, selen va ftor birikmalari kushimcha oralik yoki yulakay mahsulotlar xisoblanadi. 
Ularning  paydo  bulishi  ishlab  chikarish  jarayonining  asosiy  maksadi  emas,  lekin 
ulardan  xom-ashyo  yoki  tayyor  mahsulot  sifatida  foydalanish  mumkin.  Masalan,  1 
tonna  oltingugurtda  3  tonna  sulfat  kislotasi,  oltingugurt  kush  oksida  (SO2)  va  boshka 
mahsulotlar  ishlab  chikariladi.  Bundan  tashkari,  oltingugurt  mineral  ugitlar  (sulfat 
kislotasi  sifatida),  kogoz  (SO2  sifatida),  rezina  mahsulotlari,  kir  yuvish  kukunlari  va 
kurilish materiallari ishlab chikarishda nixoyattda kimmatbaxo xom-ashyo xisoblanadi. 
Tellur va selen yarimutkazgichlar ishlab chikarishda asosiy xom-ashyo xisoblanadi. Ftor 
birikmalari, ftorid kislotasi ishlab chikarishda asosiy xom-ashyo xisoblanadi. 
Ishlab  chikarish  korxonalarida  esa,  bunday  kushimcha  oralik  yoki  yulakay 


33 
 
mahsulotlar uchun davlat andozalari (DAVANlar), tarmok andozalari, texnik me`yorlar 
va  tasdiklangan  narxlar  buladi.  Agar  kushimcha  oralik  yoki  yulakay  mahsulotlarning 
ajralib  chikishi  yoki  ularga  kayta  ishlov  berish  ektisodiy  nuktam  nazardan  maksadga 
muvofik deb topilmasa, unda ulardan yonilgi sifatida foydalanish mumkin. 
Ishlab  chikarish  chikindilari.  Bu  xom-ashyo  koldiklari,  kisman  yoki  tulik  sifatini 
yukotgan  va  davlat  andozalariga  mos  kelmaydigan  materiallar  va  yarimmahsulotlar 
(polufabrikatlar)  dir.  Bunday  chikindilarga  ishlov  bermasdan  yoki  dastlabki  ishlov 
berib,  kayta  ishlab  chikarishda  foydalanish  mumkin.  Masalan,  plastmassadan 
tayyorlangan  mahsulotlar  (  idishlar,  kuvurlar,  plenkalar,  uy-ruzgor  buyumlari    va 
boshkalar),  rangini,  andozalarini  yukotgan,  bir  marotaba  ishlatiladigan  mahsulotlar 
(shipriclar)ning  sifat  kursatgichlari  davlat  andozalariga  mos  kelmasa,  ular  ishlab 
chikarish chikindilari xisoblanishi mumkin. 
Iste`molga  yaroksiz  chikindilar.  Bu  dastlabki  xossalarini  tiklab  bulmaydigan, 
kullash muddatini utab bulgan materiallar yoki turli eskirgan buyumlardir. 
Ikkilamchi  materiallar  resursi.  Bu  ishlab  chikarish  chikindilari  va  iste`molgan 
yaroksiz  chikindilarning  majmui  bulib,  shu  guruhga  kushimcha  oralik  yoki  yulakay 
mahsulotlani  xam  kiritish  mumkin.  Ulardan  mahsulot  ishlab  chikarishda  asosiy  xom-
ashyo  sifatida  yoki  yordamchi  material  sifatida  foydalanish  mumkin.  Bunday 
chikindilar  sanoat  korxonalari  uchun  materiallar  resursining  potencial  zahirasi 
xisoblanadi.  Masalan,  eskirgan  yoki  kullash  muddatini  utab  bulgan  materiallar-
plenkalar,  idishlar,  va  shunga  uxshagan  materiallardan  ishlab  chikarishda  foydalanish 
katta iktisodiy foyda garovidir. 
Ikkilamchi  energetik  resurslar.  Bu  mahsulotlar,  chikindilar,  kushimcha  oralik  yoki 
yulakay  ajralib  chikadigan  moddalarning    energetik  potenciali  bulib,  ular  texnologik 
jarayonlarning  kechishi  paytida  paydo  buladi.  Ularda  korxonaning  uzida  yoki 
korxonadan  tashkari  iste`molchilarni  energiya  bilan  ta`minlashida  kisman  eki  tulik 
foydalaniladi. 
Ikkilamchi energetik resurslar 3 xil bulishi mumkin: 
1.   Enilgi sifatida kullaniladigan ikkilamchi energetik resurslar. 
2.   Issiklik sifatida kullaniladigan ikkilamchi energetik resurslar. 
3.   Mexanik ikkilamchi energetik resurslar. 
            Yonilgi  ikkilamchi  energetik  resurslar  guruhiga  shunday  chikindilar, 
tashlanmalar, axlatlar yoki kushimcha oralik mahsulotlar kiradiki, ulardan fakat yonilgi 
sifatida  foydalanish  mumkin.  Masalan,  chikindilar,  tashlanmalar  va  axlatlarni 
zararsizlantirish  maksadida,  kupincha  ular  maxsus  uchoklarda  yondirilib  yuboriladi. 
Mana  shu  jarayonda  xosil  bulgan  energiya  yonilgi  ikkilamchi  energetik  resurslarga 
kiradi. 
            Issiklik ikkilamchi energetik resurslar guruhiga uchoklardan chikadigan tutunlar, 
gazlar  va  ularning  mexanik  aralashmalarining  fizik  issikligi,  moddalar  okimining 
issikligi,  suvning  issikligi  va  boshkalar  kiradi.  Masalan,  ishlab  chikarish  jarayonida 
paydo  buladigan  yukori  xaroratli  buglar  bilan  korxonadagi  binolarni  isitish  mumkin 
yoki  korxonadan  tashkari  istimolchilarning  ehtiyojini  kondirish  mumkin.  Yoki 
korxonada xosil bulgan okova suvlari yordamida kurilma va asbob-anjomlarni sovutish 
mumkin.  Bu  esa,  nafakat  katta  iktisodiy  foyda  keltiradi,  balki  tabiiy  atrof-muxid 
susaffologini ta`milashda katta yordam beradi. 


34 
 
            Mexanik  ikkilamchi  energetik  resurslar.  Guruhiga  texnologik  jarayonlardan 
paydo buladigan issikliklar yoki sikilgan gazlarning energiyasi va boshkalar kiradi. 
   Shuni xam  aloxida  eslatib  utish kerakki,  sanoat  korxonalari orasida  alyuminiy  ishlab 
chikarish  zavodlari  eng  kun  elektr  energiyasini  sarflaydi.  Bir  tonna  alyuminiy  ishlab 
chikarish  uchun  15-16  ming  kVt.  soat  elektr  energiyasi  sarflanadi.  Demak,  chikindisiz 
ishlab chikarishni joriy etishning yagona maksadi fakatgina xoll-ashyo va chikindilarda 
samarali foydalanishdan iborat emas, balki energiya turlaridan va ikkilamchi energetik 
resurslardan  samarali  foydalanishni,  shuningdek,  energiya  tejovchi  texnologiyalar 
yaratishni xam takozo yetadi. 
 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat