Moylar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi



Download 136,91 Kb.
Sana15.04.2020
Hajmi136,91 Kb.
#44925
Bog'liq
21-16 eldor



O’BEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
«Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi» rafedrasi
MOYLAR VA MAXSUS SUYUQLIKLAR TEXNOLOGIYASI

fanidan kurs ishi
Mavzu: Dezil fraksiyasini gidrotozalash qurulmasi.



BAJARDI:

21-16 guruhi tolibi Qurbonqulov. E



Rahbar: Rajabov R.N

Toshkent – 2020 y.

MUNDARIJA:

1. KIRISH

2. TEXNIK QISM (adabiy sharh):

3. TEXNOLOGIK QISM

4. HISOBLASH QISMI (moddiy balans)

5. XULOSA



6. ADABIYOTLAR RO’YXATI

KIRISH


Neftni qayta ishlash sanoati sohasida Oltiariq, Fargona va Buxoro neftni qaytaishlash zavodlari ishlab turibdi. Fargona zavodi surkov moylari va yonilgi ishlabchiqarishga ixtisoslashgan, ishlab chiqarish boyicha 30 dan ortiq texnologik

qurilmaga ega. Oltiariq neft zavodi esa yonilgi yunalishida, uning asosiy texnologik uskunalari 7 ta. Buxoro neft zavodi yaqinda, ya’ni 1997 yil 22 avgust kuni ishga tushirildi. Neft zavodi tola quvatda ishlaganda ulardan yuqori oktanli benzin, dizel yoqilgisi, koks, parafin, motor moylariga qushilmalar, ichki yonuv dvigatellari uchun motor va surkov moylari (kompressor, turbina, urchuq moylari), kerosin, bitum, mazut kabi neft mahsulotlar olindi.

Gaz sanoati – yoqilgi –energetika majmuasining eng rivojlangan tarmogi.

Uning respublikada qazib olinayotgan yoqilg’i balansidagi hissasi 82,2 % ni tashkil etadi. 1972- yilda Muborak gazni qayta ishlash zavodining birinchi navbatda ishga tushirilib, gazni magistral gazoprovodlarga uzatishdan oldin aralashmalardan tozalash imkoniyatilari yaratildi. Yaqinda Shortanda gaz-kimyo zavodi birinchi mahsulotlarini bera boshladi. Fargona neftni, Muborak gazni qayta ishlash zavodlari va Shortan gaz kompleksida, yiliga 100 ming tonnaga yaqin suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi. O`zbekiston Respublikasi mustaqil rivojlanish yo`li bilan dadil ketayapti. Bugun mamlakatimizda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi, tarkibiy o`zgarishlar dasturi amalga oshirilmoqda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish bilan birga tubdan qayta qurilmoqda, yangi sohalar yuzaga keltirilayapti. Iqtisodiyotni keyingi barqaror va dinamik o`sishi uchun kerakli poydevor va sharoitlar yaratilmoqda.



Prezidentimiz tashabbusi bilan iqtisodiyotni erkinlashtirish, uning barcha sohalarini, jumladan, neft-gaz tarmog’ini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan qulay sarmoyaviy muhit yaratishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Sohada yangi inshootlarni barpo etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ichki bozorda mahalliy mahsulotlar ulushini ko`paytirish, mahalliylashtirishni kengaytirish, korxonalarni rivojlanishi uchun qulay sharoit, imkoniyat va imtiyozlar yaratilmoqda. Bu o`lkaga tabiat mo`l-ko`l in`omlar berilgan. Amudaryo va Sirdaryo oralig’iga joylashgan O`zbekiston o`z tabiiy – iqlimiy sharoitlari bo`yicha Markaziy Osiyoning eng qulay regionlaridan biridir. O`zbekiston o`ta boy mineral- xom ashyo resurslariga, ham ega. Uning sahnida Mendeleev jadvalidagi hamma kimyoviy elementlar mavjud. Hozirgi vaqtda dunyoda neft’, tabiiy gaz, ko`mir va uran asosiy energiya manbalari hisoblanadi. Tinimsiz qazib olish hisobiga esa ularning zaxirasi yildanyil kamayib bormoqda. Olim va mutaxassislar shu tarzda ishlatilgan taqdirda, dunyodagi neft’ zaxiralari 45-50 yilga, tabiiy gaz zaxiralari 70-75 yilga, tosh ko`mir zaxiralari 165-170 yilga, qo`ng’ir ko`mir zaxiralari 450-500 yilga etishini ta`kidlashmoqda. Shunisi aniqki, bu konlar tugagach, ularni qayta tiklab bo`lmaydi. O`zbekiston qimmatli mineral-xom ashyo resurslariga juda boy bo`lib, uning sarhadlarida Mendeleev davriy jadvalidagi barcha kimyoviy elementlar mavjud. Vatanimiz hozirgi kunda oltin zahiralari bo`yicha jahonda 4 o`rinni, uni qazib olish bo`yicha – ettinchi, paxta tolasi ishlab chiqarish bo`yicha – birinchi, eksporti bo`yicha – ikkinchi o`rinlarni, uran zaxirasi bo`yicha ettinchi va mis zahirasi bo`yicha o`ninchi o`rinlarni egallaydi. O`zbekiston rangli va nodir – er metallari, neft, gaz, qurilish materiallari, fosforitlar, turli tuzlar, kvarts va boshqa foydali qazilmalarni katta zahiralariga ega bo`lib, hozirda ularni qayta ishlashda ko`plab ishlar amalga oshirilmoqda. Neft va gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotining etakchi tarmoqlaridandir. O`zbekiston dunyo mamlakatlari orasida tabiiy gaz qazib olish bo`yicha etakchi o`rinlardan birida turadi. Keyingi yillarda O`zbekiston neft va gaz sanoatida tub o`zgarishlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz gaz, polietilen va qayta ishlangan neft mahsulotlarining yirik eksportchisiga aylandi. Neft-gaz sanoati sohasida 2013 yilning o`zida 2,8 milliard AQSH dollaridan ziyod investitsiya o`zlashtirildi. Bu rejalashtirilgan ko`rsatkichlardan 11 foizga ko`pdir. Jahon miqyosidagi loyihalar ishlab chiqilib, hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda. Masalan, jahon neft-gaz sohasidagi eng yirik loyihalardan biri Surg’il koni negizida bunyod etilayotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasidir. Janubiy koreyalik hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyihaning umumiy qiymati 3,9 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Uning amalga oshirilishi yiliga 4,5 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlash hisobidan 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz benzini va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi.

Ozbekiston Mustaqillikka erishgach, mamlakatning neft va gaz mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini uz resurslari hisobga qondirish dolzarb masala bo’lib qoldi. O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, neft­-gaz sanoati sohasida ham qator o’zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi «Neft­-gaz sohasining boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi qarori bilan “O’zbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyati faoliyati takomillashtirildi. Keyingi ikki yilda sohada amalga oshirilgan islohotlar natijasida gaz qazib chiqarish hajmi 10 foizga ortdi, aholiga tabiiy gaz 15 foiz va suyultirilgan gaz 1,6 barobar koʻp yetkazib berildi. Shu davrda neftni qayta ishlash zavodlarida qoʻshimcha 204 ming tonna neft mahsulotlari ishlab chiqarilib, ichki bozorda benzin, dizel yoqilgʻisiga boʻlgan talab qondirib kelinmoqda. Shoʻrtan va Ustyurt gaz-kimyo majmualarida joriy yilning oʻzida gazga nisbatan qoʻshilgan qiymati 4 barobar koʻp boʻlgan qariyb 700 million dollarlik polietilen va polipropilen ishlab chiqariladi. Neft-gaz sohasini yanada rivojlantirish maqsadida 2030-yilgacha geologiya-qidiruv ishlari olib borish, uglevodorodlarni qazib chiqarish va chuqur qayta ishlash boʻyicha umumiy qiymati 36,5 milliard dollarlik 30 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilangan. Uglevodorodlar zaxirasini koʻpaytirish boʻyicha aniq choralar koʻrilmasa, yaqin 10-15 yilda mavjud zaxira 2 barobarga kamayadi.

Shu bois, yigʻilishda “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatiga geologiya-qidiruv ishlari va qazib olish hajmini oshirish, konlarni modernizatsiya qilish va yangilarini ochish, neft-gaz xomashyosini chuqur qayta ishlash, investitsiyalarni koʻpaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Jahon tajribasi asosida bu ishlarga investorlarni kengroq jalb etish, davlat va investorlar manfaatini himoya qilishni taʼminlaydigan yangi mexanizmlar ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. Shuningdek, 2017-2021 yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olish dasturining ikkinchi bosqichini amalga oshirish va uni moliyalashtirish boʻyicha joriy yil yakuniga qadar takliflar kiritish topshirildi. Magistral gaz quvurlari va gaz taqsimot tizimining asosiy qismi taʼmirtalab holga kelgan. Kelajakda isteʼmolchilarni kafolatlangan tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida magistral gaz transport tizimini modernizatsiya qilish hamda gaz oqimini boshqarish (SCADA) tizimini joriy etish boʻyicha 1,6 milliard dollarlik loyiha amalga oshiriladi.

Uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko’paytirishning 2021 yilgacha bo’lgan dasturi va uni amalga oshirish mexanizmlari tasdiqlandi.

Mamlakatimizda yer osti boyliklari ko’p. Ularni o’zlashtirish va qayta ishlash bo’yicha yangi tizim yaratildi.

Geologiya-qidiruv ishlari davlat dasturiga muvofiq, yangi konlar ochish orqali 2020 yilda tabiiy gaz zaxirasini 57 milliard kub metrga, neft­ va kondensat zaxirasini 3,6 million tonnaga ko’paytirish rejalashtirilgan. Joriy yilda 63 milliard kub metr tabiiy gaz, 3 million tonna neft­ va kondensat qazib olishni ta’minlash uchun 255 ta yangi quduq va 26 ta yangi texnologik ob’ektni qurish ishlarini yakunlandi.

“O’zbekneftgaz” AJ tomonidan 2 milliard 756 million dollarlik 24 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu mablag’lar Jizzax neftni qayta ishlash zavodini bunyod etish va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash, Qandim gazni qayta ishlash kompleksining 2-navbati va Qandim konlar guruhini jihozlash, Sho’rtan gaz-kimyo majmuasida sintetik suyuq yoqilg’i ishlab chiqarish, Surxondaryodagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida qidiruv ishlarini olib borish va texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish kabi loyihalarga yo’naltiriladi. Mazkur 24 yirik loyihaning 9 tasi bu yil amalga oshirildi.

Sohaning logistika yo’nalishlarini diversifikatsiya qilish, xomashyo importi va mahsulot eksporti narxlarining arzonroq bo’lishini kafolatlaydigan transport yo’laklari va tariflarini aniqlash, energiya iste’molini tejash va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.

Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda yuqori va o’rta bosimli gaz taqsimot tizimini rivojlantirish, shuningdek, iste’molchilarning energiya resurslaridan samarali foydalanish madaniyatini oshirish yuzasidan kupgina tadbirlar amalga oshirilmoqda. Neft­-gaz sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqildi, “O’zbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyatining kredit reytingini aniqlash ishlarini jadallashtirish bo’yicha ham vazifalar amalga oshirilmoqda.

NEFTDAN OLINADIGAN MOYLAR

Distillyat moy fraksiyalaridan qayta ishlab olingan surkov inoylari distillyat moylar deyiladi, gudrondan olinganlari-qoldiq nioylai deyiladi. Boshlang'ich moy fraksiyalaridan moy komponcntlarini olish murakkab ko'p bosqichlijarayondir. Har bir vazifasi moylarni ekspluatatsiya xususiyatini pasaytiradigan gruppalar birikmasidan tozalashdir. Neft fraksiyalaridan hamma kislotali xossaga ega bo'lgan birikmalarni, to’yinmagan uglcvodorodlarni, qisman oltingugurtli va smolali birikmalarni,qisqa yon zanjirli polisiklik aromatik uglevodorodlami, qattiq parafinlarni chiqarib tashlash kerak. Boshlang’ich moy fraksiyalaridan moy komponentlarini olish asosida yuqorida ko'rsatilgan zararli komponentlarni tozalash yotadi. Bu usullar fizik (erituvchilar bilan ekstraksiyalash), eritmadan past haroratda cho’ktirish, frzik-kimyoviy-adsorbsiya, kimyoviy usul Na2SO4 bilan tozalash va gidrotozalashdir.

Qoldiq moylarini ishlab chiqarish distillyat moylarni ishlab chiqarishga nisbatan murakkabdir, chunki gudronda asfalten-smolali birikmalar juda ko'p. Mazutni vakuum ostida haydalgandan keyingi qolgan qoldiqni-gudronni deasfaltizatsiya qilinib undagi bo'lgan smolali-asfaltenlarni chiqarib olinadi.

Deasfaltizat saylab tozalovchi eritmalar-fenol yoki furfurol bilan tozalanadi. Bundan maqsad-qolgan smola-asfaltenlarni va yonbosh zanjiri qisqa bo'lgan politsiklik aromatik uglevodorodlarni ajratib olish.

Selektiv (saylab) tozalangan rafinatdan erituvchilar atseton, dixlor etan yordamida qattiq parafinlarni cho’ktiriladi. Deparafinlangan mahsulotni adsorbsiya yoki gidrotozalash yordamida me'yoriga yetkaziladi. Distillyat moy fraksiyalari, odatda, deasfaltizatsiya qilinmaydi.

Distillyat va qoldiq moylarni umumiy texnologik sxemasishu bilan farq qiladi. Moy fraksiyalari tozalangandan so'ng moylarning rangi o'zgaradi, ular ancha rangsizlanadi. Smolali va polisiklik aromatik uglcvodorodlardan tozalash natijasida moylarni kokslanishi va yopishqoqlik indeksi ortadi. Smola va to'yinmagan uglevodoiodlardan tozalash moyni termo barqarorligini oshiradi. Kislota xususiyatiga ega bo'lgan uglevodorodlardan tozalash esa korroziya aktivligini pasaytiradi va qattiq uglevodorodlardan tozalash qotish haroratini pasaytiradi.
Moylarni tovar holatiga keltirib tayyorlash komponentlarni aralashtirish qurilmasida olib boriladi. Yengil, o’rta va og'ir distillyatlar va qoldiq komponentlar bo'lsa moylarni xohlagan navini tayyorlash mumkin.

Moylarni tozalash jarayonida saylovchi erituvchilaridan foydalanish. Saylovchi yoki selektiv erituvchilar suyuq modda bo'lib ma'lum haroratda aralashmadan faqat ma'lum komponentlarni (boshqalarini eritmasdan va ularda o'zi erimasdan) ajratib beradi. Ba'zan erituvchilar uglevodorodlarni yaxshi eritadilar va keraksiz komponent cho'kmaga tushadi, yengil ajratib olinadi. Deasfaltlash va deparfinlash ana shunga asoslangan.

Boshqa jarayonlarda, buni teskarisi bo'lib, erituvchilar keraksiz komponentlarni eritadi va qimmatbaho komponentlarni deyarli eritmaydi. Bu jarayonlarda fenol vafur furol selektiv tozalashda ishlatiladi. Tozalangan mahsulot va keraksiz komponentlar har bir jarayonda o’z nomiga ega.

Masalan: Deasfaltlashda tozalangan moy fraksiyasi deasfaltizat deyiladi, Smola asfaltenlarni konsentrasiyasi asfalt deyiladi. Deparafinlashda olingan moy rafinat, qattiq uglevodorodlarni konsentrati – gach yoki petrolatum deyiladi. Fenol va furfurol bilan tozalanganda moy rafinat va smolali, asfaltenli politsiklik aromatik uglevodorod konsentrati ekstrakt deyiladi.
Moylarni tozalash jarayonida tanlovchi erituvchilardan foydalanish

Moy fraksiyalari uglevodorodlarning har xil sifatlari va geterosiklik birikmalarining aralashmalaridan iboratdir. Uglevodorodlarning fizik xossalari ularni ma’lum sinflarga mansub ekanligiga va molekulyar massalariga bog’liqdir. Gitero siklik uglevodorodlarning fizik xossalari boshqalardan farqli bo’lib, ular har xil xaroratlarda, har xil tezlikda eriydilar.

Saylovchi yoki (selektiv) erituvchilar deb shunday suyuq moddalarga aytiladiki, ular ma’lum xaroratda neft maxsulotlari aralashmasidan faqat tutilgan komponentlarni ajratib olish msqsadida, bu jarayonga boshqa uglevodorodlarni eritmasidan va ularda erimasdan qoladigan moddaga aytiladi.

Tozalash maqsadlari uchun shunday erituvchilar tanlab olinadiki, ular bir biridan keskin farqlanadigan erkin xaroratda har xil moddalarni eritadigan bo’ladi.

Ba’zan erituvchilar uglevodorodlarni yahshi eritadi va keraksiz komponentlarni eritmalardan choktirilib, osongina ajratiladi. Shu ptinsipga asosan smola asfaltenli erituvchilarni selektiv ideal emas, yani erituvchi fazalardan birini to’liq, ikkinchisini qisman eritadi. Masalan: fenol polisiklik aromatik uglevodorodlarni yahshi va shu bilan birga moyning uglevodorodlarini eritadi. Shuning uchun fenolni tanlovchanligi pastdir, lekin umumiy erituvchanlik qobiliyati yuqoridir. Selektivlikning pastligi natijasida ekstrakt yoki gaz bilan birgalikda moyni qimmatbaxo komponentlarni ham olib chiqib ketiladi, deasfaltizatga esa smola va asfaltenlar o’tib ketadi.

Birinchi xodisada moyni chiqishi kamayadi, ikkinchisida esa deasfaltizatning sifati pasayadi.Erituvchilarga (fenol, furfurol, dixloretan, spirtlar va ketonlar) suv va benzol, toluol qo’shilsa ulurning sellektivligi va erituvchanlik qobilyatino’zgartirib yuboradi. Suv qo’shilganda erituvchining sellektivligi ortadi, lekin umumiy erituvchanlik qobilyatini pasaytiradi. Benzol va toluolni qoshish esa selektivlikni pasaytiradi va umumiy erituvchanlik qobilyatini ortiradi. Erituvchilar quydagi talablarga javob berishi kerek:



  1. Erituvchi keng xarorat oralig’ida o’zini tanlivchi – erituvchanlik qobilyatiga ega bo;lishi kerek.

  2. Erituvchi tozalanayotgan maxsulotda uzi erimasligi kerak.

  3. Fazalarni tez ajratib olish uchun erituvchini va moyni zichligidagi farq katta bo’lishi kerak.

  4. Erituvchi kimyoviy barqaror va inert bo’lishi kerak (xomashyoni nisbatan), zaharli bo’lmasligi va portlashga xavfsiz bo’lishi kerak.

  5. Erituvchi yengil va to’liq regenerasiya qilinishi kerak.

  6. Erituvchi past parlanish haroratiga ega bo’lishi kerak, chunki buning natijasida sovutishga berilayotgan suvning sarfi va umumanenergetik xarajatlar kamayadi.

  7. Erituvchi arzon va defitsit bo’lmasligikerak.

Moylarni tanlivchi erituvchilar bilan tozalash jarayoni uchun quyidagi faktorlar muhimdir:

1.Jarayonning harorati.

2.Moy fraksiyasini erituvchida eruvchanligining kritik harorati.

3.Xomashyo va erituvchiligining nisbati.

4.Erituvchini xomashyo bilan erituvchi sifatida ishlatilganda (propan, SO2 gaz) o’z ta’sirini korsatadi.

Erituvchini moy eritmasidan va kerak bo’lmagan komponentlar eritmasidan regenirlash bir necha bosqichda amalga oshiriladi:

a) Erituvchini oldin yuqori yoki atmosfera bosimida haydab
olinadi.

b) Suv pari bilan haydab olinadi

d) Vakuum ostida haydaladi

Tozalangan mahsulotda erituvchining qoldiq miqdori 0,005-0,02% dan ortiq bo'lmasligi kcrak.

Moylarning qimmat baho uglevodorodlari gach yoki ekstraktga o'tib ketishi mumkin.Bu asosan erituvchini yetarli darajasida selektiv bo'lmaganligi natijasidadir. Buning natijasida o'zining tuzilishi bilan qimmat baho va keraksiz komponentlar oralig’da turgan uglevodorodlar yo’qotiladi. Bu komponentlarni yana ichki rafinat deyiladi. Bu komponentlarning asosiy mahsulot chiqishini pasaytiradi.

Moylarni tozalash jarayonida saylovchi erituvchilaridan foydalanish. Saylovchi yoki selektiv erituvchilar suyuq modda bo'lib ma'lum haroratda aralashmadan faqat ma'lum komponentlarni (boshqalarini eritmasdan va ularda o'zi erimasdan) ajratib beradi. Ba'zan erituvchilar uglevodorodlarni yaxshi eritadilar va keraksiz komponent cho'kmaga tushadi, yengil ajratib olinadi.



Ichki (oraliq) rafinatlarni quyidagi texnologik usullar bilan ajratib olinadi.

1. Ekstrakt eritmasining haroratini pasaytirish bilan.

2. Ekstrakt eritmaga suv qo'shish bilan.

3. Ekstrakt eritmaga yana ekstrakt qo’shish bilan.

4. Yuqori haroratda erituvchini yangi miqdori bilanyuvish.

Buning natijasida birinchi uch usulni qo'llaganda erituvchini selektivligi ortadi va ekstrakt eritmadan oraliq rafinatni ajratib olinadi. To'rtinchi usulda esa moy gach va petrolatumdan ajratib olinadi. Qoldiq moylarni gudron va yarim gudronlardan ishlab ihlqarlladi. Bu fraksiyalarda ayniqsa smolali neftlardan olingan Iki'Isii, 50 % gacha smola va asfalten bo'ladi. Smola asfaltenli biilkmalaming murakkabligi selektiv erituvchhii qo‘llashga yo‘l iKMinaydi. Shuning uchun moyni qimmatbaho uglevodorodlari ti« hun erituvchi tanlanadi. Smola-asfaltenli birikmalar erituvchida ili’Varli erimasdan cho‘kmada qoladi. Erituvchi sifatida suyuq holida ishlatiladi.

Texnik adabiyotda “gidrogenizasion” atamasi turli jarayonlar uchun qo’llaniladi. Bu gidrotozalash, gidroboyitish, gidrooltingugurtsiz-lantirish, gidrodeparafinlash, gidroizomerlash, gidrodearomatlash, gidrogenlash, gidrokre- king, gidrokonversiya, gidrodemetallash, va boshqalar. Haqiqatda bu jarayonlarning barchasini ikki guruhga: gidrotozalash va gidrokrekingga bo’lish mumkin. Hammasi tushunarli bo’lganday: gidrotozalash bu gidrogenizasion jarayon bo’lib neft fraksiyalarini yoki qoldiqlarini zararli qo’shimchalar bo’lgan oltingugurt, azot, kislorod, to’yinmagan va Ko’phalqali aromatik uglevodorodlar, og’ir metallardan tozalashga ko’maklashadi, gidrokreking esa nafaqat neft fraksiyalarini zararli qo’shimchalardan tozalashga, balki uglevodorodlarning parchalanishi, destruksiyasiga ko’maklashadigan gidrogenizasion jarayondir. Ammo gidrotozalashda ham uglevodorodlarning destruksiyasi sodir bo’ladi, ammo katta bo’lmagan miqdorda. SHuning kelishganlaricha, agar dastlabki xom ashyoning destruksiya (konversiya) si 10 % (mas.) dan kam bo’lsa, bunday gidrogenizasion jarayon gidrotozalash deb ataladi. Agar konversiya 10-50 % (mas.) tashkil qilsa unda bunday jarayon yengil gidrokreking deb, agar 50 % (mas.) dan ko’p bo’lsa- chuqur gidrokreking deb ataladi (pastdagi sxemaga qarang).

Gidrotozalash jarayonlarini o’z navbatida distillyatlarni, neft qoldiqlarini gidrotozalashga va ikkilamchi kelib chiqishli distillyatlarni gidrogenlashga bo’ladilar .Neft qoldiqlarini gidrotozalash distillyatlarning gidrotoza-lashidan shu bilan farq qiladikim oltingugurt, azot, kisloroddan gidrotozalash bilan bir qatorda xom ashyoning demetallanish jarayoni boradi, ya'ni xom ashyoni undagi bo’lgan nikel, vanadiy va boshqa shunga o’xshagan og’ir metallardan tozalash. Ikkilamchi kelib chiqishi distillyatlarga bosim ostida termik kreking, kokslash, piroliz, katalitik kreking jarayonlarining benzinli, kerosin- li, dizelli va vakuumli fraksiyalari kiradi, ya'ni ko’p miqdorda to’yinmagan va aromatic uglevodorodlarni oladigan jarayonlar hisoblanadi.


TEXNOLOGIK QISM


Neft xom ashyosi deganda barcha distillyatli neft fraksiyalari va qoldiqlarini ko’zda tutadilar.Neft xom ashyosining oltingugurt, azot-kislorod saqlagan birikmalar, olefin va metallardan tozalash zarurligi neftni qayta ishlashda turli tozalash jarayonlarini yaratishni belgiladi. Vodorod va katalizator ishtirokida yuqori harorat va bosimda boradigan jarayonlar eng samarali bo’lib hisoblanadi. Hozirgi vaqtda faqat shu jarayonlar tovar mahsulotlarda geteroatomli birikmalar va to’yinmagan uglevodorodlar miqdori bo’yicha hozirgi talablarga to’g’ri keladigan neft mahsulotlarini olishga imkon beradi.

Neft xom ashyosini gidrotozalash jarayonining ximizmini ko’rib chiqamiz, bunda tozalashda metallar og’ir qoldiqlarda asosan koks va katalizatorlarda to’planib ularni zaharlanishiga e'tibor berish kerak. Gidrotozalash jarayonlarining ximizmi C-S, C-N, C-O va C-Me, S- oltingugurt, N-azot, O-kislorod, Me-metall, S-uglerod, bog’larning destruksiyalanishiga olib keladi va S-S bog’larga deyarli tegmaydi. Neftdagi oltingugurtli uglevodorodli birikmalar orasida merkaptanlar esa oson gidrogenlanadi, so’ngra sul’fid, disul’fid, tiofen, tiofan va nihoyat benz lar gidrogenlanadi.Geteroatomli birikmalar uglevodorodlarga qaraganda gidrogenolizga tezroq uchraydi, shuning uchun genroatomlar xom ashyodan vodorod sul’fid, ammiak va suv holida chiqarib yuboriladi. Oltingugurt eng oson ajralib chiqadi so’ngra kislorod turadi, azot eng barqaror metallar uglevodorodlardan chiqarilganda ular katalizatorni qoplab uning faolligini pasaytiradilar yoki jarayonning og’ir mahsulotlarida to’planadi.

Merkaptanlar vodorod sul’fid va tegishli uglevodorodlargacha

gidrogenlanadi. H - RH + S2H

sul’fidlar merkaptanlar hosil bo’lish orpqali vodorod sul’fidgacha va tegishli to’yingan uglevodorodgacha gidrogenlanadi:Disul’fidlar ham vodorodsul’fid va to’yingan uglevodorodlargacha gidrogenlanadi: Gidro tozalash jorayonida qo’llaniladigan alyumokobalt molibdenli katalizator yuqori tanlash qobiliyatiga ega. Uning ishtirokida S-S bog’larning uzilishi yoki aromatik halqalarning to’yinish reaksiyalari deyarli sodir bo’lmaydi. S-S bog’larning uzilish reaksiyalarida katalizator yuqori faolligi va yaxshi termik barqarorligi bilan harakterlanadi.

Bu katalizatorning muhim afzalligi uning potensial katalitik zaharlarga barqarorligidir. Bundan tashqari katalizator to’yinmagan birikmalarni to’yintirish, uglerod-azot, uglerod-kislorod bog’larning o’zilish reaksiyalarida ma'qul faollik bilan farq qiladi va amaliyotda barcha neft fraksiyalarini gidrotozalash uchun qo’llaniladi.Alyumonikel molibdenli katalizatorning to’yinmagan birik-malarni to’yintirish reaksiyalarida faolligi kamroq, ammo aromatik uglevodorodlarni to’yintirish jihatidan va azotli birikmalarni gidrogenlash jihatidan. SHu bilan birga u o’zining dastlabki yuqori faolligini tezroq yo’qotadi . Ochiq neft mahsulotlari gidrotozalashining hozirgi zamon katalizatorlari faolligini yo’qotmasdan 3-6 yilgacha ishlaydi.

Ishlagani sari katalizatorda koks ,katalizator massasidan 17-20 % va oltingugurt , katalizator massasidan 0,5-1,5 % to’planadi. Katalizatorning faolligi pasayadi. Bug’ yoki gaz havoli aralashma bilan koks va oltingugurtni kuydirib faollikni tiklash mumkin. Odatda gidrotozalash katalizatorlari uchtadan kam bo’lmagan regenerasiyaga bardosh beradi.Katalizatorning faolligi faol komponent yo’qolganda pasayishi mumkin. Bu harorat 6000C gacha ko’tarilganda va molibden uch oksidining bug’lanishi sodir bo’lganda regeneresiya paytida sodir bo’lishi mumkin. Harorat 760 0C dan yuqori bo’lganda faol alyuminiy oksidi faol bo’lmagan nikel alyuminatiga aylanadi, katalizatorning qizib biriktirilishi sodir bo’lib buning natijasida uning faol yuzasi kamayadi.

Gidrotozalashning eng yaxshi katalizatorlarini “Haldor Topsoe”, “Criterion”, “Chevron” va boshqa shunga o’xshash katalizatorli kompaniyalar ishlab chiqaradilar. Rossiyada uchta katalizatorli kompaniyalar TNK-VR- Ryazanda va OAO NK “Rosneft’” Angarsk va Novokuybishevskda) chet el katalizatorlari bilan raqobat qila oladilar gidrotozalash katalizatorlarini ishlab chiqaradilar.Gidrotozalash jarayoniga ta'sir etuvchi asosiy omillar. Ularga quyidagilar kiradi: katalizatorlarning ta'siri (ilgari ko’rib chiqilgan edi), xom ashyoning xossalari, harorat, bosim, VGS ning aylanib turish karraligi va issiqlik effekti yuqori.
Xom ashyo. Gidrotozalash qurilmasiga kelib tushayotgan xom ashyoda namlikning miqdori 0,02-0,03 % dan oshmasligi kerak. Namlik miqdorining ko’pligi katalizatorning mustahkamligiga ta'sir qiladi, korroziyaning jadallashuvini kuchaytiradi, barqarorlashtirivchi ustunning normal rejimini buzadi. Xom ashyoda mexanik qo’shimchalar bo’lmasligi kerak, chunki ular reaktorga tushib katalizatorda to’planadi va natijada uning ishlash samaradorligi pasayadi. Xom ashyoni havo kislorodi bilan muloqoti hisobiga uning tarkibidagi to’yinmagan va kislorodli birikmalarning.

Ko’p kondensasiyalanishini oldini olish maqsadida gidrotozalash qurilmalarining xom ashyo bilan ta'minlashni to’g’ri oziqlantirishni sxemasi bo’yicha tashkillashtirishni yoki uni oraliq xom ashyo parklarida rezervuarlarda inert gazli “yostiq” ostida saqlash kerak. Xom ashyoni havo kislorodi bilan muloqoti reaktor blokining sistemasida issiqlik almashtirgich, kompressor va reaktorlarda qatlamlar hosil bo’lishiga olib keladi. Harorat gidrotozalash reaksiyasi uchun optimal bo’lib 260-420 0C dagi harorat intervali hisoblanadi. 260 0C dan past haroratda oltigugurtsizlantirish reaksiyasi sekin boradi, 420 0C dan yuqori haroratda krekinglash va kokslanish reaksiyalari kuchayadi. Katalizatorning ishlash qobiliyati susayishining oxirida qurilma ishlab turganda yuqoriroq haroratni saqlab turadilar, chunki haroratning ko’tarilishi katalizator faollining pasayishini qoplaydi.



Bosim sistemada umumiy bosim 2,5 dan 6 MPa gacha bo’lgan bosim optimal bo’lib hisoblanadi, bunda vodorodning parsial bosimi 1,5-3,7 MPa gacha tashkil qiladi. Tozalanayotgan mahsulot qancha og’ir bo’lsa, undagi to’yinmagan uglevodorodlar qancha ko’p bo’lsa, reaktorga kirishdagi vodorod saqlagan gazdagi vodorodning parsial bosimi shuncha yuqori bo’lishi kerak. Vodorodning parsial bosimi oshishi bilan tozalash darajasi yaxshilanadi, koks hosil bo’lishi kamayadi, katalizatorning xizmat qilish muddati oshadi vodorodning sarfi. Gidrotozalashda vodorod gidrogenlash, eritish va puflashga sarflanadi. Gidrogenlashga vodorodning sarfi yuqori darajada xom ashyoga to’yinmaganlar hamda smolalarning miqdoriga bog’liq bo’ladi va to’g’ri haydalgan benzinga 0,1 % dan, kokslash benzini yoki vakuumli gazoylga 1,3 % gacha o’zgaradi. Suyuq mahsulotlarda eritishdagi vodorodni yo’qotishlar tozalanadigan mahsulot moleqo’lyar massasasining va sistemadagi umumiy bosimning ko’tarilishi bilan oshadi.

Gidrotozalash jarayonida toza vodorodni emas balki vodorodning hajmiy miqdori 50-95 % ni, qolgan qismi metan, etan, propan va butan tashkil qilgan gazni qo’llaydilar. Gidrotozalash reaksiyalarning natijasida vodorod yutiladi, uglevodorodni gazlar, vodorodsulfid va suv hosil bo’ladi. SHuning uchun vodorodning vodorod saqlagan gazdagi miqdori reaktorga kirishda chiqishdagiga qaraganda yuqori.

Distillyatlarni gidrotozalashning sanoat qurilmalari

Jarayonning vazifasi hozirgi zamon talablarining darajasiga javob beradigan geteroatomli birikmalar ayniqsa, oltingugurtli dan tozalashni o’tkazish. Distillyatlarni gidrotozalash qurilmasi quyidagi bloklarni o’z ichiga oladi, ular quyidagilar: reaktorli, VSG ni ajratish bilan gaz mahsulotli aralashmani separasiyalash, VSG ni vodorod sul’fiddan tozalash, kompressorli, gidrogenizatni barqarorlashtirish. Mazkur bobda misol tariqasida dizelfraksiyalar, vakuumli distillyat va parafinni gidrotozalash qurilmalarining tavsifi berilgan. Gidrotozalashning boshqa qurilmalari ko’rib chiqilmaydi, chunki ular asosan ko’rib chiqilganlar bilan bir xil.

Jarayon qo’zg’almas qatlamdagi alyumokobalt molibdenli katalizatorlar ishtirokida o’tkaziladi.

Xom ashyo 1-nasos yordamida berilib, 16-kompressordan kelayotgan vodorod saqlovchi gaz bilan aralashtiriladi. Aralashma 6-chi va 4-chi issiqlik almashtirgichlarda isitilgandan, so’ng 2-quvurli pechga va aralashma 380 - 4250C temperaturada 3-reaktorga tushadi. Aralashmani reaktorga kirish va chiqishdagi temperaturalar farqi 100C dan oshmasligi kerak.Reaksiya mahsulotlari 4, 5 va 6-chi issiqlik almashtirgichlarda 1600C gacha sovitiladi, bir vaqtda gaz xom ashyo aralashmasi, shuningdek, barqarorlashtirish kolonnasi xom ashyosi isitiladi. Gaz mahsulotli aralashmani keyingi sovutish 7- havoli sovutish jihozida, soviguncha (taxminan 380C gacha) 8-suvli sovutgichda amalga oshiriladi.

Beqaror gidrogenizat yuqori bosimli 9-seperatorda sirkulyalanuvchi gazdan ajratiladi. Gidrogenizat seperator pastidan chiqariladi, 10-issiqlik almashtirgichdan o’tishda 2400C gacha isitiladi, so’ngra 5-issiqlik almashtirgichga va 11-barqarorlashtiruvchi kolonnaga kiritiladi. Ayrim qurilmalarda gaz mahsulotli aralashmalar uchun yuqori temperaturali separaciyalash o’tkaziladi. Bunday hollarda aralashma 210 - 2300C temperaturada yuqori bosimlda qizdiriluvchi seperatorda ajratiladi, ya'ni separatorda ajratiladigan suyuqlik barqarorlashtirish kolonnasiga yuboriladi. Sirkulyatsiyalanuvchi vodorod saqlovchi gaz 18-absorberda vodorod sulfiddan monoetanolaminning suvli eritmasi yordamida tozalanib, 16- kompressor orqali tizimga qaytariladi.

Suv bug’i 11-kolonna pastiki qismidan kiritiladi. Benzin bug’lari, gaz va suv bug’lari 1350C temperatura atrofida kolonna yuqorisidan chiqib, havoli sovutkich 12 ga tushadi, so’ngra 13-separatorda gazning suyuq aralashma qismi ajratiladi. Separatorda ajralgan benzinning bir qismi 15-nasos yordamida 11- kolonna yuqorisiga «to’yintirish» sifatida qaytariladi. Balans miqdori esa qurilmadan chiqariladi. Uglevodorod gazlari 22- absorberda vodorod sulfiddan tozalanadi. Gidrogenizat 11-kolonna pastidan chiqariladi va 10-issiqlik almashtirgich- da, 4-havoli sovitkichda sovitilib, 500C temperaturada qurilmadan chiqariladi






Dizel yoqilg’isini gidrotozalash qurilmasi texnologik sxemasi:

1,15, 19, 21-nasoslar; 2-quvurli pech; 3-reaktor; 4, 5, 6,10-issiqlik almashtirgichlar; 7, 12, 14-havoli sovitish jihozlari; 8- suvli sovitkich; 9, 13, 17, 20-separatorlar; 16-markazdan qochma kompressor; 11-barqarorlashtiruvchi kolonna; 18, 22- absorberlar

HISOBLASH QISMI

Moddiy balans

Ko’rsatkichlar










Vodorod (100 % li H2)

100,0

100,0

100,0




0,9

0,9

0,9

Jami:

100,9

100,9

100,9

Olingan, % (mass.)

4,9

6,6

5, 6

Benzin

43,5

49,2

72,2

Dizel yoqilg’is

49,0

41,6

18,86

Qoldiq

2,5

2,6

3,24

Jami

1,0

1,0

1,0

Xulosa

Mening kurs ishi mavzusi Dezil fraksiyasini gidrotozalash qurulmasi.bo‘lib Buhora neftni qayta ishlash zavodiga keng qamrovli moylarni va benzin ,dezil yonilg’inilarini tarkibidan oltingugur birikmalaridan tozalab, avtomobillarga foydalanish uchun ishlab chiqarilayapti. Dezil fraksiyasini gidrotozalash qurulmasiga quydagi katalizatorlar ishlatiladi. Alyumonikel molibdenli katalizatorning to’yinmagan birik-malarni to’yintirish reaksiyalarida faolligi kamroq, ammo aromatik uglevodorodlarni to’yintirish jihatidan va azotli birikmalarni gidrogenlashga ishlatiladi. Gidrotozalashning eng yaxshi katalizatorlarini “Haldor Topsoe”, “Criterion”, “Chevron” va boshqa shunga o’xshash katalizatorli kompaniyalar ishlab chiqaradilar. Rossiyada uchta katalizatorli kompaniyalar TNK-VR- Ryazanda va OAO NK “Rosneft’” Angarsk va Novokuybishevskda) chet el katalizatorlari bilan raqobat qila oladilar gidrotozalash katalizatorlarini ishlab chiqaradilar.Avzalligi juda yuqori bo’lib oltih gugurt bilan birgalikda kislorod va azot birikmalari ham tozalanadi.

Texnika xavfsizligi mukammal ishlab chiqilganligi uchun uni amaliyotda qo‘llash mumkin

Foydalanilgan adabiyotlar.
1. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari

2. To‘raev T.B. Mengliev SH.SH. Ishlab chiqarish korxonalarini loyixalash asoslari fani bo‘yicha o‘quv uslubiy majmua. Toshkent-2013.

3. Nurullaev SH.N. Aripdjanov O.Yu. Yoqilg‘i va uglerodli moddalar kimyoviy texnologiyasi fani bo‘yicha o‘quv uslubiy majmua Toshkent-2013.

4. Bannov P.G. Protsessы pererabotki nefti. Izdat. Moskva-2000 Str.116.

5. Sovremennыe katalizatorы neftepererabotki. – SNIITE neftexim, 1999.

6. Boriov G.S. Brыkov V.P. Dыtnerskiy YU.I. Osnovnыe protsessы apparatы ximicheskoy texnologii: Posobie po proektirovaniyu. Ximiya, 1991. s.496.

7. Ponikarov.I.I. Ponikarov S.I. Rachkovskiy S.V. Raschetы mashin apparatov ximicheskix proizvodstv i neftegazopererabotki (primerы zadachi). Alfa-M, 2008. -720str.

8. Proskuryakov B.A., Drobkina A.E. «Ximiya nefti i gaza». – M.: Ximiya, 1995g.

9. I.A.Karimov Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari.//T.: O‘zbekiston.

10. Bannov P.G. Protsessы pererabotki nefti. Izdat. Moskva-2000 Str.116.

11. Reglamentы ustanovok kataliticheskogo riforminga. L-35-11/300, Lch-35-11/600.

12. Sredin V.V. Tarasenkov P.M. Oborudovanie i truboprovodы ustanovok kataliticheskogo riforminga i gidroochistki. 1963y.

13. Sovremennie katalizatori neftepererabotki. – SNIITE neftexim, 1999y.

14.Boriov G.S. Brikov V.P. Ditnerskiy YU.I. Osnovnie protsessi i apparati ximicheskoy texnologii: Posobie po proektirovaniyu. Ximiya, 1991y. 496s

15. .A.Farmazov. Ekspluatatsiya oborudovaniya neftepererabativayushix zavodov. Izdat. Ximiya 1969g.

16. Gazovye oborudovaniya, pribory i armatura: Spravochnoe posobiya. Pod red N.I.Ryabtseva. 3-e izd., pererab. i dop. M.: Nedra, 1985. -527 s.

17. Sbornik rukovodyashix ukazaniy po ispol­zovanie sjijennyx uglevodorodnyx gazov, 4-e izd, pererabi dop-M.: Nedra, 1984. –380 s.

18. Aymatov R., Boboev S., Alibekov J. Gaz ta’minoti ukuv qo’llanma. Toshkent. Abu Ali ibn Sino nomidagi nashriyot. 2003. - 176 b



  1. QMQ 2.04.08-96 . Gaz ta’minoti. Loyixa me’yorlari. Toshkent 1996.

  2. Pravila bezopasno v gazovom xozyaystve Respubliki Uzbekistan. Agenstvo «Sanoat kontexnazorat» Respubliki Uzbekistan. Tashkent 2004. 96 s.




21-16 Qurbonqulov E


Download 136,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish