7
So’z boshi
O'zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgandan buyon
barcha sohada bo'lgani kabi fan sohasida, qolaversa, chet tillar
bo'yicha ham talaygina yutuqlar qo'lga kiritildi. Respublikamizning
oliy o'quv yurtlaridagi yetakchi professor o'qituvchilari tomonidan
ko'plab yangi tipdagi, zamon talablariga javob beradigan darsliklar,
qo'llanmalar yaratildi.
Ushbu uslubiy qo`llanma ham yaratilgan yangi darsliklar va
qo'llanmalarning davomi sanalib, u "Nemis amaliy grammatikasi"
deb nomlandi. O`quv qo`llanma pedagogika institutlari va
universitetlarining
nemis
tili
fakultetlari
talabalari
uchun
mo'ljallangan. Mazkur o`quv qo`llanma grammatikaning
”Morfologiya“ bo'limini o'z ichiga olib, u nemis tili grammatikasini
o'qitish dasturi Davlat ta'lim standarti talablariga to'liq javob beradi.
O`quv qo`llanmada berilgan grammatik mavzular ona tilida
tushuntirilib, uning mazmunini mustahkamlovchi mashqlar bilan
to'ldirilib
berilgan.
Mashqlar
asosan
nemis
tili
amaliy
grammatikasini mukammal o'rganish uchun asos bo'la oladi. Bu
mashqlar so'nggi uch yil ichida pedagogika institutlarining xorijiy
tillar fakulteti talabalari (misolida) bilan sinov (aprobatsiya) dan
o'tkazildi va ijobiy natijalar ko'rsatdi.
Ushbu o`quv qo`llanma nemis tili grammatikasini o'rganishga
amaliy jihatdan asqotadi. O`quv qo`llanma nafaqat nemis tili
fakultetlari bakalavrlari uchun, balki nemis tilini o'rganuvchi
magistrlar, aspirantlar va chet tili o'qituvchilar, oliy o'quv yurtiga
kiruvchilar uchun ham mo'ljallangan.
Mazkur o`quv qo`llanmaning maqsadi nemis tilini o'rganuvchi
bakalavrlarga uning grammatikasi bilan yaqindan tanishtirish va
amaliy nazariy bilimlarini uyg'unlashtirgan holda ularning
bilimlarini oshirish, dunyoviy bilimlar bankiga ega bo'lish
imkoniyatini yaratishdan iboratdir. Bundan tashqari darslikning
o'zbek tili varianti lotin alifbosida yozilgani ham uning zamon
talablari asosida tuzilganligidan dalolat beradi.
Bu o`quv qo`llanmaning yaratilishida o'z maslahatlari bilan
yaqindan yordam bergan professor-o'qituvchilarga va barcha
o'rtoqlarga muallif samimiy minnatdorchiligini izhor etadi.
O`quv qo`llanmani takomillashtirish maqsadida bildiriladigan
qimmatli fikr va mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qilaman.
Muallif
8
Do'stlaringiz bilan baham: |