Moliyaviy risklar va ularning tasniflanishi topshirdi: karimbekova a. R tekshirdi: xidirov n moliyaviy risklarning iqtisodiy mohiyati va tasniflanishi



Download 0,62 Mb.
Sana13.04.2020
Hajmi0,62 Mb.
#44401
Bog'liq
Moliyaviy risklar va ularning tasniflanishi

Moliyaviy risklar va ularning tasniflanishi

TOPSHIRDI: KARIMBEKOVA A.R

TEKSHIRDI: XIDIROV N

Moliyaviy risklarning iqtisodiy mohiyati va tasniflanishi

  • Har bir insoniy faoliyat xavf-xatarlardan xoli emas, xususan iqtisodiy faoliyat ham. Iqtisodiy faoliyatdan koʻzlangan maqsadlarga erishishga turli xil risklar bevosita oʻzining salbiy ta’sirini koʻrsatadi.
  • Korporativ tuzilmalarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati koʻp sonli moliyaviy risklardan holi emas. Korporativ tuzilmalarda moliyaviy risklar belgilangan maqsadlarni amalga oshirishning noaniqligi sharoitida moliyaviy faoliyatdan koʻzlangan maqsad natijalariga yoʻnaltirilgan mulkdorlar yoki moliyaviy menejerlar tomonidan qabul qilingan muqobil moliyaviy qarorlarni tanlashning iqtisodiy zararlar keltirish ehtimolini oʻzida aks ettiradi.

Risklarning asosiy belgilari boʻyicha tasniflanishini

Bunday belgilar boʻyicha tasniflash risklarni boshqarish jarayonidagi tabaqalanishning asosiy parametrlarida koʻzga tashlanadi. Bir vaqtning oʻzida risklarning aniq turi tavsifi ularning doimiy harakati haqidagi tasavvurni beradi va risklarning paydo boʻlish darajasini hamda ular boʻyicha mumkin boʻlgan moliyaviy yoʻqotishlar darajasini baholash imkonini beradi. Moliyaviy risklarning turlari boʻyicha xilma-xilligi ularni tasniflash tizimida keng diapazonda aks etadi. Shuni qayd etish kerakki, yangi moliyaviy texnologiyalarning yuzaga kelishi, yangi moliyaviy instrumentlardan va boshqa innovatsion omillardan foydalanish mos ravishda moliyaviy risklarning yangi koʻrinishlari yuzaga kelishiga sabab boʻladi.

  • Bunday belgilar boʻyicha tasniflash risklarni boshqarish jarayonidagi tabaqalanishning asosiy parametrlarida koʻzga tashlanadi. Bir vaqtning oʻzida risklarning aniq turi tavsifi ularning doimiy harakati haqidagi tasavvurni beradi va risklarning paydo boʻlish darajasini hamda ular boʻyicha mumkin boʻlgan moliyaviy yoʻqotishlar darajasini baholash imkonini beradi. Moliyaviy risklarning turlari boʻyicha xilma-xilligi ularni tasniflash tizimida keng diapazonda aks etadi. Shuni qayd etish kerakki, yangi moliyaviy texnologiyalarning yuzaga kelishi, yangi moliyaviy instrumentlardan va boshqa innovatsion omillardan foydalanish mos ravishda moliyaviy risklarning yangi koʻrinishlari yuzaga kelishiga sabab boʻladi.

moliyaviy risklarning asosiy turlari quyidagilar

Moliyaviy barqarorlik pasayish riski

  • Moliyaviy barqarorlik pasayish riski
  • Bu risk kapital tarkibi mukammal emasligi pul oqimlari kirimi va chiqib ketishining miqdor jihatdan oʻzaro balanslashmaganligi natijasida yuzaga keladi.

    Moliyaviy risklar tarkibida xavflilik darajasi boʻyicha bu risk turi yetakchi rol oʻynaydi.

  • Toʻlovga layoqatsizlik riski.
  • Bu risk korporativ tuzilmada pul oqimlari sinxronligi buzilishi natijasida aylanma aktivlar likvidlilik darajasi pasayishi oqibatida yuzaga keladi. Oʻz moliyaviy oqibati boʻyicha bu risk turi eng xavfli risklar qatoriga kiradi.

  • Investitsion risk.
  • U korporativ tuzilmaning investitsion faoliyatni amalga oshirishi jarayonida moliyaviy yoʻqotishlar paydo boʻlishi mumkinligini izohlaydi. Bu faoliyat turi bilan mos ravishda investitsion risklar real investitsiyalash risklariga va moliyaviy investitsiyalash risklariga ajratiladi.

  • Inflyatsion risk.
  • Inflyatsion iqtisodiyot sharoitida bunday risk turi moliyaviy risklarning mustaqil turi sifatida qaraladi. Inflyatsion risk kapitalning real qiymati, shuningdek, inflyatsiya sharoitida moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishdan kutilgan daromadlar qadrsizlanishi mumkinligi bilan tavsiflanadi.

  • Valyuta riski.
  • Bu risk turi tashqi iqtisodiy faoliyatda oʻziga xos boʻlgan korxonalarda (xomashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar import qiluvchi hamda tayyor mahsulot eksport qiluvchi korxonalarda) kuzatiladi. Valyuta riski korxona tashqi iqtisodiy operatsiyalarida foydalaniladigan xorijiy valyuta ayirboshlash kursining oʻzgarishi natijasida kutilgan daromadlarning olinmasligida koʻrinadi.

Foiz riski.

  • Foiz riski.
  • Bu risk turi moliya bozoridagi foiz stavkalarining kutilmagan oʻzgarishlari natijasida yuzaga keladi. Mazkur moliyaviy risk turi paydo boʻlish sabablari sifatida davlatning tartibga solish siyosati ta’siri ostida moliya bozori kon’yukturasi oʻzgarishi va boshqa omillar koʻrsatib oʻtiladi.

  • Depozit riski.
  • Bu risk depozit omonatlarining qaytmasligi mumkinligida aks etadi. Depozit risklari nisbatan kutilmaganda va korxona depozit operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat bankini notoʻgʻri baholash hamda muvaffaqiyatsiz tanlash bilan bogʻliq hollarda uchraydi.

  • Kredit riski.
  • Bu risk korxona moliyaviy faoliyatida xaridorlarga tijorat krediti yoki iste’mol krediti taqdim etilgan holatlarda uchraydi. Kredit riskining yuzaga kelish kreditga berilgan tayyor mahsulot uchun toʻlov amalga oshirilmasligida yoki oʻz vaqtida hisob-kitoblar qilinmasligida koʻzga tashlanadi.

  • Soliq riski.
  • Moliyaviy riskning bu turi quyidagilarda aks etadi: xoʻjalik faoliyatining alohida yoʻnalishlarini amalga oshirishga yangi soliqlar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar joriy etish ehtimoli, korxona xoʻjalik faoliyati sohasiga taqdim etilgan soliq imtiyozlarining bekor qilinishi, soliq tekshiruvlari va boshqalar.

Moliyaviy risklarni bartaraf etishning mexanizmlari

Korxonalar miqyosida moliyaviy risklarni bartaraf etishning ichki va tashqi mexanizmlari keng qoʻllaniladi. Bunda moliyaviy risklarni bartaraf qilishda ichki mexanizmlari sifatida risklardan qochish, moliyaviy operatsiyalar boʻyicha chegaralar belgilash, diversifikatsiyalash, risklarni taqsimlash va boshqa metodlarni keltirish mumkin.

Risklarni bartaraf etishda korxonada quyidagilarda e’tibor qaratiladi:

  • Risklilik darajasi yuqori boʻlgan moliyaviy operatsiyalardan voz kechish;
  • Shartnoma majburiyatlarini buzib kelayotgan hamkorlardan voz kechish;
  • Yuqori miqdordagi qarz kapitalidan foydalanishdan voz kechish;
  • Past likvidli aylanma aktivlardan foydalanishdan voz kechish;
  • Vaqtincha boʻsh pul mablagʻlaridan qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarda foydalanishdan voz kechish.
  • Diversifikatsiyalash amaliyoti bevosita risklarni taqsimlash imkoniyatini

    yuzaga keltiradi va bu jarayon quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin:

  • Moliyaviy faoliyat turlarini diversifikatsiyalash;
  • Risklarni investitsion loyiha ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash;
  • Xomashyo va materiallar boʻyicha risklarni yetkazib beruvchilar va xaridor oʻrtasida taqsimlash;
  • Lizing munosabatlarida asosiy vosita ma’naviy eskirishini lizing oluvchi va lizing beruvchi oʻrtasida taqsimlash.

Shuningdek, moliyaviy risklarni bartaraf etishda boshqa metodlar sifatida quyidagilarni ham keltirish mumkin:

  • Moliyaviy jarimalar yoki chegirmalar qoʻllash;
  • Kafolatlar olish;
  • Fors-major holatlari roʻyxatini qisqartirish.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
tashkil etish
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
bilan ishlash
O'zbekiston respublikasi
matematika fakulteti
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
saqlash vazirligi
moliya instituti
haqida umumiy
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
samarqand davlat
ishlab chiqarish
fanidan mustaqil
Toshkent axborot
universiteti fizika
fizika matematika
uzbekistan coronavirus
Darsning maqsadi
sinflar uchun
Buxoro davlat
coronavirus covid
Samarqand davlat
koronavirus covid
sog'liqni saqlash