Moliyaviy risklar nazariyasi



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana06.02.2020
Hajmi1,35 Mb.
#38865
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
UMK MRN 2018


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
“Moliya” kafedrasi 
 
 “MOLIYAVIY RISKLAR NAZARIYASI” 
fanidan 
O`QUV-USLUBIY MAJMUA 
 
 
 
Bilim sohalari: 
 
100000 

  Gumanitar soha; 
200000
 

  Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
 
 
Ta’lim sohasi: 
110000 

  Pedagogika; 
 
230000 

  Iqtisod  
 
Ta’lim yo’nalishi: 
5111000 

 Kasb ta`limi (5230600 - Moliya); 
 
5230600 

  Moliya 
 
 
 
 
TOSHKENT-2018 


 
Ushbu  O’quv  Uslubiy  Majmua  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  O’rta  Maxsus 
Ta’lim  Vazirligining  201__  -  yil  “___”  ____dagi  “____”-sonli  buyrug’i  bilan  tasdiqlangan 
fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. 
 
Tu
zuvchilar:  
Sh.Fozilchayev 
TMI, “Moliya” kafedrasi katta o’qituvchisi 
N.Xidirov 
TMI, “Moliya” kafedrasi o‘qituvchisi 
 
Taqrizchilar: 
M.Alimardonov
 
TDIU,  “Moliya  va  soliqlar”  kafedrasi  professori,iqtisod  fanlar 
doktori.
 
B.Sattorov
 
TMI, “Moliya” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlar nomzodi.
 
 
 
Fanning O’quv Uslubiy Majmuasi kafedraning 201__ yil “___” ____dagi “___”-sonli 
yig’ilishi muhokamasidan o’tkazilgan va fakultet Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya 
etilgan. 
 
Kafedra  mudiri 
T.Malikov 
   
 
 
FanningO’quvUslubiy 
Majmuasi 
“Moliya-iqtisod” 
fakulteti 
Kengashi 
muhokamasidan o’tkazilgan va fakultet Kengashida ko’rib chiqish uchun  tavsiya etilgan. 
(201___ - yil “___” ___dagi “__”-sonli qaror) 
 
“Moliya-Iqtisod”  fakulteti dekani 
D.Rustamov 
 
 
Kelishildi: 
 
O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i 
T.Baymuratov 
 
O’quv ishlari bo’yicha prorektor 
I. Qo`ziyev 
 
Fanning  O’quv  Uslubiy  Majmuasi    institut  o’quv-uslubiy  Kengashining  201__  -  yil 
“__” ___dagi “__”-sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqlash uchun tavsiya qilingan.  
 
Fanning O’quv Uslubiy Majmuasi institut Kengashining 201___ - yil “___” ___dagi 
“__” - sonli majlisi bayoni bilan ma’qullangan.
 


 
KIRISH  
Insoniyatning  yer  yuzida  paydo  bo`lishi  tarixiga  nazar  tashlansa,  moliya  sohasi  odamlar 
o`rtasidagi  boyliklarni  natural  tovar  sifatida  maqsadli  va  o`zaro  manfaatli  tarzda  oddiy 
almashinuvi  jarayonidan  boshlangan.  Hozirga  kelib  bozor  alohida  nazariyasiga  va  faoliyat 
mexanizmiga  ega,  yuqori  darajada  tartiblashgan  murakkab  infratuzilma  shaklida  namoyon 
bo`luvchi  dinamik  muhitga  aylangan  bo`lib,  zamonaviy  iqtisodiyot  rivojini  ob`ektiv  belgilaydi. 
Bozorning  dinamik  muhit  ekanligi  unda  tovarlar  hajmi  va  ularning  bahosi  vaqt  birligi  ichida 
talab va taklif asosida uzluksiz jarayon sifatida o`zgarib borib shakllanishi bilan belgilanadi.  
O`zbekiston  Respublikasida  iqtisodiyotni  erkinlashtirish  va  iqtisodiy  islohatlarni 
chuqurlashtirishda  davlat  moliyasi  va  uning  tarkibiy  qismi  bo`lgan  moliyaviy  risklari  alohida 
o`rin egallaydi.  
Biz  bilamizki,  2016-yilda  davlat  jami  xarajatlarining  asosiy  qismi,  ya`ni  qariyb  59,0  foizi 
ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga qaratildi
1

Shuningdek,  muhtaram  Prezidentimiz  Sh.M.Mirziyoyev  o`z  nutqlarida  -  “Makroiqtisodiy 
barqarorlikni  yanada  mustahkamlash  va  iqtisodiy  o`sishning  yuqori  sur`atlarini  saqlab  qolish, 
jumladan, davlat budjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi 
barqaror bo`lishini ta`minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir”
2
 – deya alohida ta`kidlab o`tdilar.  
Iqtisodiyotda  davlat  ishtirokini  kamaytirish,  xususiy  mulk  huquqini  himoya  qilish  va 
uning  ustuvor  mavqeini  yanada  kuchaytirish,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  rivojini 
rag`batlantirishga  qaratilgan  institutsional  va  tarkibiy  islohotlarni  davom  ettirish  maqsadida 
belgilangan  vazifalardan  biri  korporativ  boshqaruvning  zamonaviy  standart  va  usullarini  joriy 
etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish hisoblanadi
3
.  
Ayniqsa,  bugungi  iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  sharoiti  davrida    iqtisodiyotni  davlat 
tomonidan tartibga solish quroli  bo`lgan bozor asoslarining ahamiyati ortib  bormoqda.  Hozirda 
bozor  operatsiyalarini  amalga  oshirish  jarayonlarida  turli  risklarni  hisobga  olish,  baholash  va 
boshqarish  muhim  masalalardan  hisoblanadi.  Shuning  uchun  fanning  o`rni  oliy  malakali 
kadrlarni tayyorlashda ahamiyatlidir. “Moliyaviy risklar nazariyasi” fani bo`yicha o`quv-uslubiy 
materiallar  va  baholash  mezonlari  oldindan  berilib,  ma`ruza  va  amaliy  mashg`ulotlar  doirasida 
fanga  oid  boshlang`ich  nazariy  bilim  berish,  amaliy  ko`nikmalar  hosil  qilish  davomida  maxsus 
                                                           
1
www.mf.uz - O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi rasmiy sayti ma`lumotlaridan foydalanilgan. 
2
  Sh.M.Mirziyoyev:  “Tanqidiy  tahlil,  qat`iy  tartib-intizom  va  shahsiy  javobgarlik  –  har  bir  rahbar  faoliyatining 
kundalik qoidasi bo`lishi kerak”. –T.: “O`zbekiston”, 2017. 
3
O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-yil7-fevraldagi  2017-2021-yillarga  mo`jallangan  “O`zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi 4947-sonli Farmoni.O`zbekiston 
Respublikasi Qonun hujjatlari to`plami, 2017-yil, 6-son, 70-modda, 20-son, 354-modda. 
 


 
modellar,  usullar  va  uslubiyatlarni  tavsiflovchi  masalalar,  tahliliy  va  ko`rgazmali  materiallar 
qo`llanishiga  hamda  yangi  pedagogik  va  informatsion  texnologiyalar  asosida  mashg`ulotlar 
o`tkazishga alohida e`tibor qaratish zarur.  
Fanni  o`qitishdan  maqsad  –  talabalarda  moliyaviy  risklarni  tahlil  qilish,  baholash  va 
boshqarish bilan bog`liq zaruriy nazariy ko`nikma va malaka shakllantirish. 
Fanning vazifasi – talabalarga bozor risklarini baholash va boshqarish bilan bog`liq nazariy 
va amaliy bilimlarni o`rgatishdan iborat. 
“Moliyaviy risklar nazariyasi” tanlov fani hisoblanib, 5230600 – “Moliya” va 5111000 – 
“Kasb  ta`limi”  (5230600  –  “Moliya”)  mutaxassisligida  o`qitiladi.  Ushbu  fan  o`quv  rejadagi 
fanlar  bilan  uzviy  bog`liq  bo`lib,  talabalardan  yetarli  bilim  va  ko`nikmalarga  ega  bo`lishlikni 
talab etiladi. 
Shundan kelib chiqib: 
-talabalar fanni o`rganish davrida har bir o`tiladigan mavzu bo`yicha o`qituvchi tomonidan 
so`raladigan “tayanch” ibora, test savollariga javob berib, tegishli masalani yecha olishi; 
-o`qish davrida yozma nazorat ishlarini bajarishi va referatlar tayyorlashi; 
-fanni  o`zlashtirish  natijasida  va  kelajakda  talaba  bozor  faoliyatida  bo`ladigan 
o`zgarishlarni tahlil qilishni bilishi  lozim. 
 “Moliyaviy risklar nazariyasi” fani institutda o`rganiladigan o`quv rejasidagi gumanitar va 
ijtimoiy–iqtisodiy,  matematik  va  tabiiy-ilmiy,  umumkasbiy  va  ixtisoslik  fanlari  bilan  uzviy 
bog`liq. 
“Moliyaviy  risklar  nazariyasi”  fandan  amaliy  mashg`ulotlarni  o`tkazish  jarayonida  
kafedrada  mavjud  bo`lgan  videofilmlardan,  taqdimot  va  boshqa  o`quv  materiallaridan 
foydalaniladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
I.O’QUV MATERIALLARI 
MA’RUZALAR MATNI 
1-mavzu: Moliyaviy risklar nazariyasiga kirish 
Reja: 
1. 
“Moliyaviy  risklar  nazariyasi”  kursining  tarkibi  va  yo`nalishlari  hamda  boshqa 
iqtisodiy fanlar bilan aloqasi. 
2. 
Iqtisodiyotning turli bo`g`inlarida risklar. 
3. 
Risklar nazariyasi, fikrlar va muammolar. 
1.  Moliyaviy risklar nazariyasi” kursining tarkibi va yo`nalishlari hamda boshqa 
iqtisodiy fanlar bilan aloqasi 
“Moliyaviy risklar nazariyasi” fani moliya sohasida yuzaga keluvchi xavf-xatar va risklarni 
tasniflash  sohasida  kasbiy  bilim  beruvchi,  bo`lg`usi  moliyachilarni  mazkur  risklarni  bartaraf 
etish  chora-tadbirlarini  amalga  oshirishga  yo`naltiruvchi,  hamda  risklarni  baholash  va 
boshqarishning asosiy qonunlarini o`rgatuvchi fandir. 
Ma`lumki,  moliya  sohasida  risklarni  minimallashtirishga  risk  strategiyasini  ishlab  chiqish 
orqali erishish mumkin 
Moliyaviy risklarni boshqarish tizimi riskning yuzaga kelishini oldindan xom-cho`t qilish, 
risk  tufayli  yuzaga  keladigan  salbiy  xolatlarga  yo`l  qo`ymaslik  yoki  ularning  ta`sirini 
kamaytirish borasida chora-tadbirlar, usullar yig`indisini o`z ichiga oladi. 
Moliyaviy  risklarni  boshqarish  tizimining  ob`ekti  moliya  sektori  faoliyatida  yuzaga 
keluvchi  risklar  bo`lsa,  uning  sub`ekti  sifatida  riskga  o`z  ta`sirini  o`tkazuvchi  guruh,  moliya 
sohasi hodimi yoki menejeri hisoblanadi. 
Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish uchun bank faoliyatini chuqur 
bilish,  moliyaviy  korxonalari  bajaradigan  operatsiyalarning  samaradorligini  aniqlay  bilish, 
banklarning kredit, investitsiya, valyuta siyosati va boshqa faoliyatlari bo`yicha optimal qarorlar 
qabul  qilishga  erishish,  mijozlarning  xo`jalik  faoliyati  va  ularning  moliyaviy  ahvoli,  tarmoqlar 
faoliyatining xususiyatlari va boshqalarni bilish lozim. 
Moliyaviy  risklarni  boshqarish  strategiyasi  xo`jalik  yurituvchi  sub`ektlarning  barcha 
imkoniyatlaridan  to`la  foydalanish,  korxonalarni  rivojlantirish  istiqbollarini  belgilab  berish  va 
moliyaviy risklarni oldini olib banklar faoliyatining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. 
Hozirgi  paytda  O`zbekistonda  ijtimoiy  yo`naltirilgan  bozor  iqtisodiyotini  shakllantirish 
jarayoni  moliya-bank  sektorini  barqaror  faoliyat  yurituvchi  tizimini  yaratishni  ko`zda  tutadi. 
Chunki  moliya-bank  sektori  bozor  infratuzilmasining  muhim  tarkibiy  qismlaridan  biri 
hisoblanadi. Ularning barqarorligi davlat ahamiyatiga egadir. 


 
Markazlashgan  iqtisodiyot  sharoitida  barcha  xo`jalik  sub`ektlari  qat`iy  yo`riqnomalar, 
buyruqlar,  me`yoriy  xujjatlar  bo`yicha  faoliyat  olib  borganligi  uchun  risk  va  uning  darajasini 
o`ylashga  to`g`ri  kelmasdi.  Oldindan  qancha  foyda  olish  yoki  zarar  ko`rish  mumkinligi  aniq 
bo`lar edi. Ko`rilgan zarar odatda, korxonaning yuqori tashkiloti yoki vazirlik tomonidan, ba`zi 
xollarda turli xil yo`qotishlar bilan birga budjet mablag`lari hisobidan qoplanardi. 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  faoliyat  ko`rsatish  korxonalardan  faoliyatning  yuqorida 
keltirilgan  tamoyillarini  o`zgartirishni  talab  qiladi.  Zamonaviy  moliya-bank  tizimini  risksiz 
tasavvur qilib  bo`lmaydi. Moliya sohasini  risksiz operatsiyasi  yo`q, uning  barcha operatsiyalari 
risk  bilan  bog`liq  bo`lib,  ularning  darajasi  operatsiya  turiga  qarab  har  xil  bo`lishi  mumkin. 
Moliya-bank amaliyotida riskni  umuman  yo`q qilish  mumkin  emasligi  bois,  uni  oldindan ko`ra 
bilish, uni kamaytirish choralarini ko`rish lozim. 
Shunday  qilib,  yuqorida  bayon  etilgan  fikrlar  kursning  asosiy  yo`nalishlarini  tashkil  etib, 
ushbu  yo`nalishlarning  mazmun  va  mohiyatini  chuqur  o`rganish  va  bo`lg`usi  moliyachilargaa 
o`rgatish “Moliyaviy risklar nazariyasi” fanining asosiy maqsadini tashkil etadi. 
“Moliyaviy risklar nazariyasi” fani moliya-bank sohasi faoliyatida yuzaga keluvchi risklar, 
ularning  turlari,  tahlili  va  ularni  hisoblash  yo`llari,  tijorat  banklari  kredit  siyosati  va  uning 
mezonlari,  tijorat  banklarining  kreditlash  jarayoni  bilan  bog`liq  risklar,  mijozning  kreditga 
layoqatlilik  ko`rsatkichlari  va  ularni  takomillashtirish  yo`llari,  moliya  sohasi  korxonalari 
faoliyatida yuzaga keluvchi boshka risklar va ularni boshqarish masalalarini o`z ichiga olgan. 
2.  Iqtisodiyotning turli bo`g`inlarida risklar 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  risk  bu  –  tadbirkorlik  faoliyatiga  ta`sir  etuvchi  eng  asosiy 
elementlaridan  biri  hisoblanadi.  Riskning  o`ziga  xos  xususiyatlari  bu  -  noaniqlik,  kutilmagan 
xolat, ishonchsizlik va tahmin. Siyosiy va iqtisodiy nobarqarorlik sharoitida risk darajasi oshadi. 
Riskning ikkita funksiyasi bor: rag`batlantiruvchi va himoyalovchi. 
Riskning  rag`batlanturuvchi  funksiyasining  ikkita  jihati  bor,  ya`ni  konstruktiv  va 
destruktiv. Konstruktiv jihati shunday bir holatda yuzaga keladiki, bunda risk iqtisodiy qarorlarni 
hal  qilishda  katalizator  rolini  o`ynaydi,  ayniqsa  innovatsion,  investitsion  qarorlarni  qabul 
qilishda. Destruktiv ko`rinishi  esa asoslanmagan  risk bilan qabul  qilingan va amalga oshirilgan 
qarorlar natijasida yuzaga keladi. 
Riskning  himoyalovchi  funksiyasi  ham  ikki  jihatga  ega:  tarixiy-genetik  va  ijtimoiy  - 
huquqiy.  Tarixiy-genetik  jihati  shundan  iboratki,  insonlar  doimo  stixiyali  tarzda  kutilmagan 
noxush  voqealardan  o`zlarini  asrash  shakllari  va  vositalarini  izlaydilar.  Amaliyotda  bu 
sug`urtalangan  rezerv  fondlarini  tashkil  etish,  tadbirkorlik  risklarini  sug`urtalash  kabi 
ko`rinishlarda  namoyon  bo`ladi.  Ijtimoiy-huquqiy  jihati  esa,  xo`jalik,  mehnat,  jinoiy  qonun 


 
hujjatlari to`plamida risk kategoriyalarini joriy qilishda namoyon bo`ladi. 
Bulardan  tashqari  riskning  yana  quyidagi  xususiyatlari  mavjud  bo`lib,  ular  qarama- 
qarshilik, alternativlilik va noaniqliklardir. 
Qarama-qarshiliklar  quyidagilarda  namoyon  bo`ladilar:  risk  bir  tomonlama  muhim 
iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy-ahloqiy natijalarga olib keladi, ya`ni ijtimoiy, texnik rivojlanishni 
tezlashtiradi, jamiyatning fikr va ma`naviy muhitiga ijobiy ta`sir qiladi. Ikkinchi tomonlama esa, 
aksincha ta`sir qilishi mumkin, ya`ni risk ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy rivojlanishga to`sqinlik 
qilishi mumkin. 
Alternativlilik,  bu  bir  yoki  bir  qancha  ko`rinishdagi  qarorlarni  tezlik  bilan  tanlashda 
namoyon bo`ladi. Tanlash lozim bo`lmagan joyda riskli jarayonlar ham vujudga kelmaydi va risk 
bo`lmaydi. 
Noaniqlilik,  bu  albatta  noaniq,  ya`ni  kutilmagan  xolatlar  bilan  bog`liq.  Uning  yuzaga 
kelish va tus olish shakli noaniq bo`lib qolaveradi. A.Marshal, Dj.fon Neyman, 
O.Morgenshtern,  F.Naytlar  riskga  quyidagicha  yondashganlar:  “Risk  va  noaniqlilik 
kategoriyasi  iqtisodiy  munosabatlarda  katta  rol  o`ynaydi.  Xo`jalik  faoliyatining  ajralmas  qismi 
bo`lgan  noaniqlilik  barcha  murakkab  va  muxim  iqtisodiy  xodisalarning  asosida  yotadi. 
Noaniqlilik mohiyati riskda namoyon bo`ladi”. 
O`tgan  asrning  20-yillarida  F.Nayt  birinchilardan  bo`lib  daromad  doim  noaniqlilik  bilan 
bog`liq  degan  fikrni  olg`a  suradi.  P.Samuelson  esa,  quyidagilarni  ta`kidlagan:  “Noaniqlilik 
qarama-qarshiliklar  natijasida  kelib  chiqadi,  ya`ni  insonlar  nimalarni  kutmoqdalar-u,  nimalar 
sodir bo`lmoqda, buning natijasi esa foyda yoki zararda namoyon bo`ladi”. 
Samarali tashkil qilingan bozor iqtisodiyotida mahsulot ishlab chiqarish kam xarajat qilish 
bilan,  uning  taqsimoti  esa  bozor  talabiga  asosan  amalga  oshiriladi.  Raqobat  korxonalarning 
xarajatlarini  iloji  boricha  minimum  darajagacha  kamaytirishga,  tovarlar  ishlab  chiqarishni 
strategik rejalashtirishga va faqat bozor talabiga mos keluvchi tovarlar ishlab chiqarishga majbur 
qiladi. 
Ma`lumki, faqat iqtisodiy erkinlik, mulkchilik xuquqi, raqobat va boshqa bozor atributlari 
mavjud bo`lgan xolda iqtisodiyot samarali bo`lishi mumkin. 
Bozorning  eng  muhim  atributlaridan  biri  -  bu  iqtisodiy  erkinlik  hisoblanadi.  Bozor 
munosabatlari  sharoitida  iqtisodiy  erkinlik  asosida  faoliyat  ko`rsatish  makro,  mezo  va  mikro 
darajada turli xil risklarga bog`liq bo`ladi. Agar O`zbekistonda davlat taktikasini shartli ravishda: 

   davlat boshqaruvi bilan bozor mexanizmining samarali bog`lanishi bo`yicha; 

  ichki  ijtimoiy-siyosiy  barqarorlikni  saqlab  qolgan  holda  raqobatbardosh  soxalarni 
rivojlantirish, tadbirkorlik yo`lini tanlash; 

  aholi  daromadlarini  adolatli  taqsimlash  yo`nalishini  bosh  yo`nalish  deb  tanlash  kabilar 


 
bo`yicha o`tkazilishini inobatga oladigan bo`lsak, shu ochiq maqsadli siyosat modelida ham bir 
necha guruh risklar - ijtimoiy-siyosiy, fiskal-monetar va iqtisodiy risklarning bo`lishi muqarrar. 
Risk tadbirkorlik faoliyatining eng asosiy elementlaridan biri hisoblanib, u keng ma`noga 
ega bo`lgan ko`p qirrali tushuncha. Shuning uchun bank faoliyatining samaradorligiga erishish, 
uning  moliyaviy  barqarorligini  ta`minlash  uchun  iqtisodiyotdagi  mavjud  risklar,  ularning  bank 
faoliyatiga ta`sir qilish tomonlarini chuqur o`rganib chiqish zarur. 
Iqtisodiyotning tabaqalashgan darajasida risklarni quyidagicha ta`riflash mumkin: 
  iqtisodiy risk; 
   ijtimoiy-siyosiy risk; 
   fiskal-monetar risk. 
Iqtisodiy risk  deganda, umumiy  yirik tizim va uning tarkibi  rivojlanishida, shu  jumladan, 
agar  bunday  tizimning  umumiqtisodiy  muvozanatini  va  uning  YaIMning  o`sish  sur`atini  jahon 
bozorida raqobatbardosh mahsulotni chiqarish orqali o`rnatish maqsadi qo`yilgan bo`lsa, u holda 
ishlab chiqarish  shakllarini  oqilona uyg`unlashuvini  tanlashda  yuzaga keladigan risklar majmui 
tushuniladi,  davlatning  antitsiklik  usullar  va  boshqalardan  foydalanib  samarali  chora-tadbirlar 
o`tkazishini taqozo qiladi. 
Ijtimoiy-siyosiy  risk  deganda,  umuman  yirik  tizim  va  uning  tarkibi  rivojlanishida,  shu 
jumladan,  davlatning  narxni  shakllantirish  siyosatiga,  shuningdek,  mulk  va  intellektual  boylik 
jamg`armalarining manbalarini: 
- aholining barcha guruhini umumiy tavsifdagi risklardan ijtimoiy himoyani ta`minlashga; 
- daromadlarning adolatli taqsimlanishiga; 
-  ishsizlikni qisqartirishga; 
-  taklif  yoki  talabning  jismoniy  hajmlarini  narx  va  boshqalar  orqali  tartibga  solishga 
safarbar etish  va jamlash bo`yicha masalalarni  yechishga  aralashuvida  yuzaga keladigan  risklar 
majmui tushuniladi. 
Siyosiy  risk  -  bu  korxonalar  va  tashkilotlar  faoliyatiga  siyosiy  ahvoldagi  o`zgarishlar 
ta`siridir,  bunga  chegaralarning  bekilishi,  boshqa  davlatlarga  mahsulot,  xom  ashyo  olib  chiqish 
taqiqlanishi  va  aksincha  boshqa  davlatlardan  mahsulot,  xom  ashyo  olib  kirili  shining 
ta`qiqlanishi. 
Fiskal-monetar risk davlat o`tkazayotgan moliyaviy va byudjet siyosati yordamida, narhlar 
darajasini  barqarorlashtirish  va  optimal  soliq  me`yorlarini,  pul  massasining  ta`minoti  va 
kon`yukturasini  tartibga  solish  bo`yicha  Markaziy  bankning  samarali  aralashuvi  va  boshqalar 
orqali  yirik,  murakkab  tizimlar  barqarorligi  va  iqtisodiy  o`sishini  ta`minlash  bo`yicha 
masalalarni echishda yuzaga keladigan risklar majmuidan iborat. 
Tarmoqlar  riski  ham  mavjud  bo`lib,  u  ma`lum  bir  tarmoqning  iqtisodiy-moliyaviy 


 
faoliyatidagi  boshqa  tarmoqlarga  nisbatan  o`zgarib  turish  darajasi  bilan  tug`ridan-tug`ri 
bog`liqdir. Tarmoqriskiniboshqarishdaquyidagilarnie`tiborgaolishkerakbo`ladi: 
- alternativ  tarmoqlar  faoliyati  qay  darajada,  tarmoqlar  natijalari  o`rtasidagi  farq  va 
sabablari; 
-  yaxshi  faoliyat  ko`rsatib  kelayotgan  tarmoqda  keskin  o`zgarishlar  bor  bo`lsa,  sababi 
nimadan iborat; 
- bank  mablag`idan  foydalanmoqchi  bo`lgan  korxonaning  moliyaviy  natijasi  bilan  o`z 
tarmog`i ichidagi o`xshash korxonalar moliyaviy natijalari o`rtasidagi farq. 
Tarmoq  riskini  boshqarishda  ishlatiladigan  tushuncha  bu  sistematik  risk  deb  yuritiladi.  U 
orqali  tarmoqlarda  yuz  berayotgan  tebranishlar  darajasi  butun  iqtisodda  yuz  berayotgan 
tebranishlar darajasiga nisbatan solishtiriladi. 
3.  Risklar nazariyasi, fikrlar va muammolar 
Risk  insoniyat  faoliyatining  barcha  bosqichlarida  mavjud  bo`lgan  tarixiy  va  iqtisodiy 
kategoriya  bo`lib,  u  kishilar  faoliyatida  yoki  tabiiy  hodisalarda  mumkin  bo`lgan  yuqotishlar 
salmog`ini bildirgan, hamda tarixan jamiyat  rivojlanishi bilan odamlarning halokatdan qo`rqish 
darajasiga moslashib turgan. 
Tovar-pul  munosabatlarining  rivojlanishi  riskning  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  yuzaga 
kelishiga  va  sub`ektlar  faoliyatida  mustahkam  o`rnashib  olishiga  imkoniyat  yaratdi.  Shuning 
uchun ham risklar bizni tunu-kun, har yer va har joyda o`rab kelmoqda. U bizning hayotimizda 
har doim ham qochib bo`lmaydigan va echish lozim bo`lgan bir jarayon bo`lib biror-bir natijani 
yuzaga  kelishiga  asos  bo`ladi.  Bunday  natija  salbiy  va  ijobiy  bo`lishi  mumkin.  Riskning 
sinonimi  sifatida biz ishonchizlikni, imkoniyatsizlikni,  bir voqea bo`lish  bo`lmasligini oldindan 
aytib bera olmaslik kabilarni misol qilib ko`rsatishimiz ham mumkin. 
Insoniyat tabiatan riskdan qochishga intiladi. Agar biz riskni nazorat qila olmasak, odatda, 
undan  qochishga  harakat  qilamiz.  Chunki,  har  qanday  ishonchsizlik  o`ziga  xos  tarzda  ma`lum 
darajadagi yo`qotishlarga olib kelishi mumkin. 
Endi riskning tub mohiyatini ko`rib chiqadigan bo`lsak, “risk” so`zi ispancha - portugalcha 
so`zdan  olingan  bo`lib,  “suv  ostidagi  qoya”  degan  ma`noni  bildiradi.  Shuning  uchun  ham  risk 
xavf  tug`dirish  ehtimoli  mavjudligini  ifoda  qiladi.  Taniqli  lug`atchi  S.N.Ojegovning  rus  tili 
lug`atida  “risk”  bu  “muvaffaqiyatga  intilish,  baxtli  hodisa,  umid”  degan  ma`noni  anglatadi 
deyilsa,  mashhur  Vebstera  lug`atida  riskga  “havf,  zarar  yoki  talofat  ko`rish  ehtimoli”,  deb 
qaralgan.  V.T.Sevruk  “risk  -  bu  zarar  ko`rish  yoki  manfaatni  qo`ldan  chiqarish  bilan  bog`liq 
ehtimollar o`lchamidir” degan ta`rif beradi. 
Professor  V.M.Usoskin  “Risk  doimo  noaniqlik  bilan  birga  kelib,  oxirgi  o`z  navbatida 

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish