Moliyaviy injiniring atamasini qo’llash dastlab, 1997 yilda Nobel mukofoti laureatlari M. Shoulz va F. Bleklar ishlarida yoritildi. Ularning fikricha: moliyaviy injiniring moliyaviy derivativlar orqali amalga oshirilgan



Download 31,9 Kb.
Sana31.10.2020
Hajmi31,9 Kb.
#51704
Bog'liq
kmmmmmmmmmmm


O’zbekiston banklarida yuqoridagi operastiyalar yoki mahsulotlar moliyaviy innovastiyalar sifatida bosqichma-bosqich joriy qilinishiga qaramasdan, ularda bank moliya injiniringining jahon amaliyoti imkoniyatlaridan amaliyotda yetarlicha foydalanmayapti. Bunday holat esa tijorat banklarimizda bank-moliya injiniringi ilmiy-metodologik asoslarining to’liq shakllantirilmaganligi, natijada jahon bank injiniringi metodologiyasini O’zbekiston uchun maqbul shart-sharoitlarda qo’llashni takomillashtirish masalasi o’zining samarali yechimiga muhtoj ekanligidan dalolat beradi

  • Moliyaviy injiniring–bu yangi moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarni yaratish asosida, moliyaviy institutlar orqali makro va makroiqtisodiy holatlarni o’zgarishi va mijozlarni moliyaviy talablarini o’rganish orqali pul resurslari, risk, likvidli daromad va axborotlarni qayta taqsimlashga tushuniladi (Suetin A.A., 2007). Z.A. Vorob’evning fikricha: ...moliyaviy injiniring – investor va emitentlarning talablari asosida yangi turli shakldagi obligastiya va boshqa moliyaviy vositalarni yaratish jarayoni bo’lib, ularning likvidliligi va daromadiga ta’sir qiladigan moliyaviy va boshqa risklarning darajasini pasaytirish bo’yicha maxsus strategiya ishlab chiqishga tushuniladi (Vorob’ev Z.A., 2012).

  • Moliyaviy injiniring atamasini qo’llash dastlab, 1997 yilda Nobel mukofoti laureatlari M.Shoulz va F.Bleklar ishlarida yoritildi. Ularning fikricha: ...moliyaviy injiniring moliyaviy derivativlar orqali amalga oshirilgan. Ularning tadqiqotlari opstion bozorida moliyaviy injiniringni qo’llash imkoniyatlariga qaratiladi (Black F., Sholes M.,1973). Rivojlanayotgan davlatlar bozorida moliyaviy risklarning yuqoriligi, investistiyalarga talabning va moliya bozoridagi muammolarning mavjudligi, moliyaviy injiniringdan qimmatli qog’ozlar bozorini doim nazorat uning investistiya salohiyatini oshirishni va bozorda yangi moliyaviy mahsulotlarni kiritishni ta’minlash zarur bo’ladi (Cuthertson K., Nitzsche D., 2001).

  • Moliyaviy injiniring – shunday muhim moliyaviy vosita-ki undan kompaniya qarzlarini qoplashda, uning kapitalini oshirishda va ishlab chiqarishni rivojlantirishda qo’llash mumkin. Nigma Internet saytida moliyaviy injiniringga, yangi moliyaviy maҳsulotni yaratishda mavjudmoliyaviy vositalarni birlashtirish va ajratish deb ta’rif beriladi. Ayrim olimlar, Bodi, Keyn, Markuslar moliyaviy injiniringni 2 ta muhim tushunchaga bo’lishadilar:

- qimmatli qog’ozlarni o’rash (bundling);

- qimmatli qog’ozlarni ochish (unbundling);



  • Moliyaviy injiniring amaliyotida juda ko’p sohalarni qamrab oladi. Jumladan, akstionerlik kompaniya moliyasi, savdo, qisqa va uzoq muddatli pul oqimlarini boshqarishni, risklarni boshqarish va korporativ moliyaning eng muhim elementi, bu qimmatli qog’ozlar va hosilaviy (derivativ) instrumentlari savdosi hisoblanadi. Hozirgi kunda moliyaviy injiniring qisqa va uzoq muddatli investistiyalarni boshqarishda muhim rol o’ynamoqda.

Yana bir muhim elementi moliyaviy risklarni bosharish masalalari bilan shug’ullanmoқda. Shuning uchun ko’p adabiyotlar “moliyaviy injiniring” va “moliyaviy risk” o’rtasida farq yo’qligini, bu ikki tushuncha bitta narsani anglatishini aytib o’tadilar. Shuning uchun 80 yillarda “moliyaviy injiniring” asosida London banklari tomonidan risklarni boshqarish bo’limlari yaratiladi. Aynan, moliyaviy riskni boshqarish asosida yangi “moliyaviy injiniring” tushunchasi yuzaga keldi va fan olamida “moliyaviy injiniring”ni aniqlashda turlicha qarashlar shakllana boshladi. Ayrimlar moliya sohasida yuzaga keladigan muammolarni juda qiyin matematik tenglamalar, ya’ni kvantlar (quant jocks) bilan yechishni taklif etishsa, ikkinchi toifa olimlari yuzaga kelgan holatdan ijobiy foydalanish asosida uni daromad olishga intilish deb hisoblaydilar

  • Moliyaviy injiniring eng ko’p qo’llanishini savdo sohasi strategiyasida, yirik moliyaviy operastiyalarni amalga oshirayotgan investistion institutlar va tijorat banklarida kuzatish mumkin. Moliyaviy injiniring mahsulotlari asosan yirik tijorat banklari va investistion banklarda yaratilishiga qaramasdan, ushbu soha mutaxassislariga korporastiya tomonidan ham ularga talab oshib bormoqda.

  • xassislariga korporastiya tomonidan ham ularga talab oshib bormoqda. Ma’lumki har bir kredit tashkilotining menedjerlari tayyor algoritmlar asosida tashkilotni aktiv va passivlarini boshqaradi. Boshqaruv jarayonida tashkilotning faqat ichki faoliyatinigina emas balki, tashqi faoliyatini ham inobatga olish zarur bo’ladi. Hozirgi kunda kredit tashkilotlari moliyaviy siyosatini yurgizishda moliya injiniring to’liq shakllantirilmagan. Ilmiy adabiyotlarda ham moliya injiniringi tushunchasi ta’rifida g’alizlik yoki noaniqliklar uchraydi. Ilmiy adabiyotlarda ham deyarli o’rganilmagan. Ayrim olimlarning ushbu tadqiqot bo’yicha o’z qarashlari mavjud bo’lib, ulardagi fikrlarni quyidagicha sharhlash mumkin.

V.A. Chernovning fikricha, ... “moliyaviy injiniring” tushunchasi – bu risklarni kompleks boshqarishni o’rgatadi. Bu moliya fanining maxsus bo’limi bo’lib, unda risklarni boshqarish usullari o’rganiladi (Chernov V.A., 2003). Demak, V.Chernov moliyaviy maxsus instrumentlar orqali risklarni boshqarish usulini moliya injiniringi o’rganadi deb hisoblaydi. Xuddi shunday fikrni yoki qarashlarni B.M.Raporto va A.I.Subchenko ishlarida ham uchratish mumkin. Ularning fikricha “moliyaviy injiniring – bu moliyani boshqarish va moliyaviy risklarni minimallashtirish tizimini ishlab chiqishdir” (Raporto B.M., Subchenko A.I., 2001).

  • Dj. Finnerti o’z ilmiy tadqiqotlarida “moliyaviy injiniring – o’zida loyihalarni, innovastion moliyaviy instrumentlarni va jarayonlarni ishlab chiqish hamda tatbiq etishni, moliya yo’nalishidagi muammolarni yechimini topishda yangicha yondashuvlarni izlab topishini aks ettiradi”-deb yozadi (Marshall Dj.F. Bansal V.K, 1998). Olimlarning fikrini muxtasar qilganda, moliya injiniringida innovastion jarayonlarni qo’llash, faqat risklarni boshqarish emas, balki kredit tashkilotlari daromadini oshirishga va ishlab chiqarishni rivojlantirishga ham xizmat qilishi keltiriladi. I.A. Blank “Moliyaviy menedjment” lug’atida ...moliyaviy injiniring – bu yangi moliyaviy instrumentlarni yaratishga qaratilgan maqsadli yo’nalish jarayoni yoki moliyaviy operastiyalarni yangi sxemalarini ishlab chiqishga qaratilgan... deb ta’rif berib o’tadi (Blank I.A. 1998).

  • “Moliyaviy injiniring tashkilotlarda moliyaviy faoliyatni boshqarish hamda yangi texnologik moliyaviy modellar va instrumentlar yaratishiga ixtisoslashgan jarayondir” (Bocharov V.V., 2004). Olib borilgan ayrim tadqiqotlarda moliya injiniringi, amaldagi moliya instrumentlarining birlashishi va ajralishi sifatida baholanadi. G’arb iqtisodchilari Bodi, Keyn va Markuslar: moliyaviy injiniringni 2 ta tushuncha orqali ta’riflashgan: qimmatli qog’ozlarni o’rash (bundling) va qimmatli qog’ozlarni taqsimlash (unbundling). Moliyaviy injiniring – innovatorlar talabi asosida oldindan dasturlashtirilgan qimmatli qog’ozlar yaratish va ishlab chiqish jarayoni hisoblanadi.

2. Moliyaviy injineriyani rivojlantirish omillari.

  • Bugungi kunda moliyaviy injiniringning eng ko’p mahsuloti bu innovastiyalar hisoblanadi. Har qanday sohada yangi innovastion g’oyalarni kiritilishi uning rivojlanishi uchun muhim manba hisoblanadi. Hozirgi kunda innovastion g’oyalarni yaratish uchun sarflanadigan harajatlar ko’lami ortib bormoqda. Jumladan, 2010 yildan 2015 yilga o’zgarishi 54% dan 59% gacha o’zgargan. 2020 yilga borib ushbu ko’rsatkich 63% ga chiqishi tahmin qilinmoқda1 .

  • Yaratilgan innovastion g’oyalardan kelib tushgan tushumlar miqdori 2016 yilga nisbatan 2017 yilga 2,5% ga kamaygan bo’lsa, 2018 yilda o’sish sur’ati 2017 yilga nisbatan 11,4% ni tashkil etgan. 2018 yilda taqdim etilgan innovastion g’oyalardan kelib tushgan tushum oshganini kuzatish mumkin.

  • Jumladan, Turkiya davlatining DenizBank 2018 yil yakuniga ko’ra “Eng yangi mahsulot yoki xizmat” bo’yicha “To’ldirilgan qishloq xo’jalik banki” g’oyasi uchun taqdirlangan. Ushbu xizmatning qulayligi bank tomonidan fermerlarga barcha qulayliklar yaratish orqali masofadan turib barcha operastiya va xizmatlarni vaqt yo’qotmasdan raqamli mobil aloqalari orqali amalga oshirish imkonini beradi. Polsha davlatining Idea Bank tomonidan taqdim etilgan "Idea Hub Express” xizmati yoki mahsuloti.

  • Bu xizmatni amalga oshirish uchun bank xodimlari maxsus vagonlarni bankning barcha ishlash tizimi bilan bezatadilar. Ushbu vagonga chiqqanlar barchasi bankning innovastion g’oyalariga ishtirok etish orqali o’zlarini fikrini berib qolmasdan balki, biznes uchun sharoit yaratish yoki ochish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Bu yerda ham barcha amalga oshiriladigan loyihalar 6 Muallif tomonidan internet ma’lumotlari asosida tayyorlanadi.. Xuddi shunday xizmatlardan Rossiya davlatining eng yirik banki Sberbank tomonidan taklif etilgan “Sovety” va “Sberbank Online” keltirib o’tish mumkin. Maslahatlar raqamli yordamchilar Siri tomonidan, moliyaviy xizmatalar Mint dasturiy ta’minotlar orqali yetkazilgan. Belgiya davlatining KBC Bank (Belgiya) banki tomonidan taklif etilgan «My car», xizmati blokcheyn texnologiyasi orqali masofadan vaqtdan unumli foydalanish orqali amalga oshirish taklif etilgan. Polsha davlatining mBank (Polsha) banki tomonidan «mPower Business Starter» xizmati taklif etilib, bunda davlat, bank va buxgalterlik xaizmatlari birlashtirilib, yangi biznes-mijozlar uchun 10 kunda amalga oshiriladigan ishlarni 10 minutda amalga oshirish imkoniyatini yaratadi

  • Italiya davlatining Intesa Sanpaolo (Italiya) banki tomonidan Netflix kompaniyasi bilan ҳamkorlikda xodimlarni raqamli portal orqali o’qitish tizimi asosida malakasini oshirish yoki doimiy ravishda bilimini oshirib borish taklif etilgan. Buyuk Britaniyaning Barclaycard banki tomonidan «Grab + Go» xizmati chuntak kassasi bo’lib, xaridor sotib oladigan mahsulotini skayner qilib sotuvchiga jo’natadi. Xaridor mahsulotni olib savdo shahobchasida uzun navbatda pul to’lash uchun navbatga turmasdan chiqib ketaveradi. Singapur davlatining DBS Bank (Singapur) banki mini-seriyu DBS Sparks mijozlarning hozirgi tarixini ko’rsatib beruvchi mini-servis xizmati. Bunda ham marketing faoliyati raqamli mahsulotlardan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Germaniya davlatining N26 (Germaniya) banki tomonidan taqdim etilgan Challenger innovastion mahsuloti. Ispaniya davlatining BBVA (Ispaniya) API-platforma BBVA API Market mahsulotlari. BBVA API Market mahsuloti orqali bank mijozlariga yangi bank xizmatlarini ko’rsatish va qo’shimcha qulayliklar yaratishda muhim o’rin egallaydi. APIinterfeys xizmati to’lovlarni tekshirish va boshqarishda hamda boshqa ko’plab qulayliklar yaratishda muhim rol o’ynaydi.

Accenture Distribution and Marketing Services direktori Per Karlo Gera hozirgi o’zgarishlarni yaratilayotgan innovastion g’oyalarni bank sohasida qo’llash bo’yicha o’z fikrini bildirib o’tadi:”...banklar tomonidan raqamli texnologiyalar asosida yaratilayotgan yoki taqdim etilayotgan innovastiyalarning barchasi bank mijozlariga qulayliklar yaratishga – banklarga bozorda o’z ulushiga ega bo’lishga-daromadini oshirish asosida mijozlar ishonchini oqlashga hamda xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi. Hozirgi kunda raqobatning oshib borishi raqamli texnologiyalar asosida bozorga kirib borish, mijozlar ishonchini oqlash qiyin kechmoqda. Shuning uchun innovastiya chegara bilmas muhim tushunchadir” deb ta’kidlaydi. Yuqoridagi tahlillardan xulosa qilish mumkinki moliyaviy injiniring mahsulotlari asosida bank tizimini rivojlantirish muhim omillardan sanaladi. Respublikamiz bank tizimimizda ham keyingi yillarda shunday mahsulotlardan foydalanish tizimi keng qo’llanila boshladi. Jumladan, respublikamiz yirik banklaridan biri “O’zsanoatqurilishbank” da qo’llanilayotgan yangi texnologiyalar bilan tanishib chiqamiz. Bankda korporativ sayt va «UzPSB Mobile» ilovasi to’liq qayta ishlab chiqildi. Jismoniy shaxslar uchun yangi on-layn konversiya, mikroқarz kabi xizmatlari joriy қilindi. IABT dasturiy majmuida mijozlarga ҳisobvaraqlarni uzluksiz boshqarish imkonini beruvchi «24/7» ish tartibi joriy qilinishi asosiy yangiliklardan biri bo’ldi.

  • Mazkur jihat Bankning va o’z navbatida mijozlarning kuchli raqobatbardosh ustunligi bo’lib xizmat qiladi.“Bank mijoz”, “SMS-banking” va “Internet-banking” xizmatlaridan foydalanuvchilar soni ortib bormoqda. 2019 yilning 1-yanvar holatiga yuridik shaxslar uchun “Internetbanking” dasturiy majmuasining web-shaklidan foydalanuvchilar soni 7741 tani, mobile-shaklidan foydalanuvchilar soni 3735 tani tashkil qildi. “Mobil banking” dasturidan 55 626 ta, “Internet banking” tizimidan 66 924 ta jismoniy shaxslar foydalanmoqda. “SMSbanking” xizmatlaridan 6766 ta yuridik va 83 179 ta jismoniy shaxslar foydalanmoqda, masofadan boshqarish tizimidan foydalanuvchilarning umumiy soni 223 971 tani tashkil qildi

  • Xuddi shunday holatlarni boshqa banklarda ham kuzatish mumkin. Umuman olganda hali respublikamiz tijorat banklarida yangi innovastion bank mahsulotlarini qo’llash, yoki ishlab chiqarish bo’yicha yetarlicha ishlar amalga oshirilgani yo’q. Shuning uchun birinchi navbatda jahonda yaratilayotgan yangi bank mahsulotlarini qo’llash bo’yicha aniq strategiyalarni ishlab chiqish. Ikkinchidan esa, har bir bank raqobat bozorida ustunligini ta’minlash uchun yangi bank mahsulotlarini yaratish bo’yicha konstepstiya ishlab chiqish. Uchinchidan, banklar tomonidan “yangi g’oya - yangi mahsulot – yangi xizmat” tizimini keng joriy etish.

Download 31,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish