Mm-74 iq guruh talabasi Azimov Islombek



Download 11,13 Kb.
Sana13.04.2021
Hajmi11,13 Kb.
#63313
Bog'liq
#AZIMOV SOLIQ


MM-74 iq guruh talabasi

Azimov Islombek



Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-xatarlar davrida makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni

rag’batlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlik sub’yektlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yaxshilash, ishbilarmonlik muhitiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni yumshatish, aholini samarali ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, mamlakat aholisi daromadlari keskin pasayib ketishini oldini olishda soliqlar va bojxona to’lovlari bo’yicha berilgan imtiyozlarning samarali amal qilish mexanizmi muhim hisoblanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020 -yil 26 -mart kuni koronavirus

infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishni kuchaytirish masalalariga bag’ishlangan

videoselektor yig’ilishida davlatimiz rahbari biznes vakillarining fikrini inobatga olgan holda, ularga yana qo’shimcha yengilliklar berish zarurligini alohida ta’kidladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi davrida respublika

iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo’llab-quvvatlash va ularning barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan 2020-yil 19-martdagi ―Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida gi PF-5969-sonli Farmoni o’z ijobiy samarasini bera boshladi.

Farmonga ko’ra, 2020-yil 1 apreldan 1-oktyabrgacha:

- yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 50 foizga qadar ijtimoiy soliqning oylik eng kam summasi bazaviy hisoblash miqdorini kamaytirish ruhsat etildi;

- umumiy ovqatlanish korxonalari uchun alkogolь mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yig’imlar miqdori belgilangan miqdorlardan 25 foizga kamaytirilishi;

- alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug’ullanuvchi korxonalar ham rag’batlantirilib, ularning ajratmalari miqdori 5 foizdan 3 foizga pasaytirilishi belgilandi;

Shuningdek, 2020-yil 1-apreldan 1-iyulgacha bo’lgan davrda mehmonxona yig’imini hisoblash va to’lash to’xtatildi.

Qishloq xo’jaligidagi yerlarni sug’orish uchun foydalaniladigan hajmlar bo’yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020-yilda o’rnatilgan stavkalardan 50 foizga pasaytirib berildi.

Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to’g’risidagi deklaratsiyani (2019-yil uchun) taqdim etish muddati 2020-yil 1-avgustgacha uzaytirib berildi. Shuningdek, jismoniy shaxslarning mol-mulk solig’i va yer solig’ini to’lash muddati 2020-yil 15-oktyabrga qadar uzaytirildi. Jismoniy shaxslar tomonidan xayriya tashkilotlaridan moddiy naf tarzida olinadigan daromadlarini soliqqa tortishdan ozod qilindi (2020-yil 1-apreldan).

Yakka tartibdagi tadbirkorlar turizm sohasi faoliyati bilan shug’ullansalar,

ular uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining qat’iy belgilangan summalari 30 foizga kamaytirildi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan xo’jalik yurituvchi

sub’yektlarga mol-mulk solig’i, yer solig’i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to’lash bo’yicha foizlarni undirmasdan 6 oyga kechiktirish (bo’lib-bo’lib to’lash) ruhsat berildi.

Tashqi savdo operatsiyalari bo’yicha muddati o’tgan debitor qarzdorlik uchun 2020-yil 1-oktyabrigacha xo’jalik yurituvchi sub’yektlarga jarimalar qo’llash to’xtatildi. Ushbu tartib joriy qilinishidan oldin ta’sir choralari kechikish muddatiga bog’liq bo’lgan. Bunda operatsiya boshlangandan 120 kun o’tgandan so’ng, muddati o’tgan debitor qarzdorlik miqdorining 10, 20 yoki 70 foizigacha ekvivalentida jarimalar qo’llanilgan. Mazkur me’yoriy hujjatga asosan soliq organlari tomonidan 2542 ta xo’jalik yurituvchi sub’yektga nisbatan davlat byudjetiga to’lanishi lozim bo’lgan 716,9 mlrd. so’m miqdoridagi jarimalar qo’llanilmaganligini ta’kidlash mumkin (soliq.uz, 2020).

Shuningdek, soliq organlari vaqtincha qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan

xo’jalik yurituvchi sub’yektlarga mol-mulk solig’i, yer solig’i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha penyalar hisoblanishini to’xtatildi, hamda soliq qarzini majburiy undirish choralarini ko’rmaslik belgilab berildi. Bugungi kunda soliq qarzi to’lov muddatini uzaytirish bo’yicha 2170 ta ariza ko’rib chiqilmoqda. Ularning umumiy miqdori 682 mlrd. so’mni tashkil qilmoqda (soliq.uz, 2020).

O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash hamda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishga



ixtisoslashgan kompaniyalarni jalb qilish yo’li bilan soliq hisobotlarini tayyorlash va taqdim etishda «Soliq xizmati» DUK orqali soliq to’lovchilarga yordam ko’rsatish va soliq to’lovchilarning davlat soliq xizmati organlariga tashrif buyurmasdan soliq majburiyatlarini bajarishi uchun ularga masofadan xizmat ko’rsatishni kengaytirish choralarini ko’rish vazifalari belgilandi. Natijada DSQ va uning barcha hududiy tuzilmalari xodimlaridan iborat maxsus shtablar tashkil etildi, joylardagi savdo markazlari va bozorlarga soliq organi xodimlari biriktirildi. Bundan tashqari, 7/24 rejimida ishlovchi DSQ ―Ishonch telefoni va ―Call-markazi‖ga aholidan kelayotgan murojaatlar ham tezda nazoratga olinib, ular asosida o’rganish va tegishli nazorat tadbirlari olib borish yo’lga qo’yildi (soliq.uz, 2020).
Download 11,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish