Mirobod tumani Xalq ta`limi bo`limiga qarashli 213- o`rta umum ta`lim maktabi qoshidagi “G`uncha” nomli 1- guruh



Download 44,5 Kb.
Sana03.03.2017
Hajmi44,5 Kb.
#3721
Ma’naviyat, ma’rifat va san’at bo’yicha mediaresurs bo’limi sho`ba mudiri M.Alimovaning

Bayonnomasi

6 iyun 2012 yil Toshkent shahri

Qatnashchilar:

Mirobod tumani Xalq ta`limi bo`limiga qarashli 213- o`rta umum ta`lim maktabi qoshidagi “G`uncha” nomli 1- guruh


Guruh rahbari: Toshpo`latova Sanobar.

Jami: 28 ta dam oluvchilar.

Kun tartibi:

Milliy xalq cholg’u asbobi tarixi” mavzusidagi musiqiy suhbat



Boshlovchi: M.Alimova

Assalomu alaykum aziz bolajonlar! Sizlar bilan ko’rishib turganimizdan bag’oyatda hursandmiz. O`qishlarni a`lo baholarga tugatib, ta`tillaringizni boshlab oldingizmi? Ta`tillar qanday o`tyapti, ta`tilda kitob o`qishni sedan chiqarmang. Biz ta`tillaringiz yanada mazmunli o`tishi uchun sizlarga musiqa san`ati xaqida sozlab bermoqchimiz. Bugungi musiqiy suhbatimiz “Milliy xalq cholg’u asboblari” mavzusida bo`lib o`tadi.

Bugun sizlar bilan ajoyib, sehrli musiqa olamiga sayohat qilishlaringizni, musiqa bilan do’st bo’lish, uni sevib qolish uchun uni diqqat bilan eshitishingiz lozimligini aytib o’tamiz. Musiqa har bir insonga estetik, tarbiya, ma’naviy ozuqa berishda katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidlaymiz.

Musiqa- ezgulik elchisi, millatning qalbi, ezguliklar olamiga yetaklovchi ma’naviy vosita hisoblanadi. “Musiqa deb atalmish ilohiy bu mo’jizada shunday bir sehr mujassamki, uni tushunish, ta’sirini sezish uchun hech qanday tarjimonning keragi yo’q”. O’zbek xalqi o’zining yuksak musiqiy salohiyati, musiqa san’atiga ulkan muhabbati bilan azaldan jahon ahlining e’tiborini qozongan. Yurtimizda o’z musiqachisi, o’z san’atkori bo’lmagan qishloq yoki mahallani topish qiyin. Har bir o’zbekning mehmonxonasida dutor yoki tanbur kabi biron – bir cholg’uning doimo osig’liq turishi ham halqimizning ana shu san’atga cheksiz hurmati va ixlosidan darak beradi. Yoshligidan musiqa san’atiga qiziqqan, ustozlar sabog’ini olgan bola qalbi ezgu tuyg’ular bilan band bo’ladi.

O’quvchilar keeling endi o’zbek xalq cholg’u asboblari bilan yaqindan tanishsak. Ulardan “Tanbur”, “Dutor”, “Doira”, “G’ichchak” va “Rubob” haqida so’z yuritamiz.

TANBUR


Manbalarda kelishicha Tanbur so`zi - forscha yurakni tirnovchi yani tan - yurak,

bur-tirnash degan ma'noni anglatadi yoki tanbur so`zi yunoncha tanbura so`zidan paydo bo`lgan deb yoziladi Ammo bu fikrlar naqadar haqiqatligi aniq emas. Fitratning tarificha esa Tanbur O`rta Osiyo xalqlari cholg`usi -do`nbra tanburni qadimiy bir ko`rinishi ekanligini va u judayam qadimiy cholg`u ekanligi ma`lum bo`ladi. Darvish Alining yozishicha qadimda Tanbur ikki torli bolib unga keyinchalik uchinchi tor qoshilgan, shundan bolsa kerak Tanburni ba`zi kitoblarda Setor ya`ni uchta torli deb nomlanganligi ham e'tiborga loyiqdir.

Tanbur bizning milliy cholgularimizning eng asosiysi hisoblanadi. Chunki qadimda bizning maqomlarimiz aynan Tanbur cholgusida ijro etilgan.

Tanbur pardalarining joylashuvi maqom asarlarimizning asosi ya'ni tovush qatorini mezoni hisoblanib uning ijro imkoniyati esa ohanglarimiz talqinida betakror o`rin egallaydi.

Tanbur tut yog`ochidan yasaladi. Kosasi (bosh qismi) nok shaklida o`yilib unga uzun dasta ornatiladi. Kosasi yupqa yog`och qopqoq bilah yopiladi Dastasiga yo`g`on ichak pardalar bog`lanib yuqori tovushlar uchun qopqog`iga xas pardalar yopishtiriladi. Pardalarining yo`g`onligi ijroda simlarni ezib maqomlarda uchrovchi mayda intervallarni ifoda etishda ota qulay va tanburga hos nola va mungli sadolanishni ta’minlashda muhim hisoblanadi. Tanburni jezdan to`rtta simi bo`ladi. 1,2,4 torlari unison 3 chisi kvarta kvinta sozlanadi, qadimda esa tanburni yana boshqa sozlash tartibi bo`lib u maqomlarga mahsus moslangan bo`lgan. Tanburni asosan katta oktavadagi fa, sol tuvushlariga sozlanadi. Ovoz hajmi ikki yarim oktavaga yaqin.

Tanbur o`ng qo`lning ko`rsatgich barmog`iga mahsus temir nohun kiyib chalinadi. Chalinganda faqat birinchi simi chertib chalinadi, qolganlari esa sadolanib turish uchun hizmat qiladi. Maqom ijrochiligida Tanbur yakka holda kuy yo`llarini ijro etishda, yoki, hofizlarning qo`llarida yetakchi cholg`u sifatida keng qo`llanilib kelingan.

Tanbur sozi tarixda uch xil sozlangan, ya’ni Rost maqomida 3 chi simi kvinta past qilingan Buzruk, Dugoh, Iroqda kvarta past, Navo va Segohda sekunda pasaytirib sozlangan. Hozirda esa Tanbur asosan kvarta, ba`zan kvinta qilib sozlanadi. Tanbur asosan maqom yo`lidagi asarlarni ijro etishga mo`ljallangan cholgu sozi hisoblanadi.

DUTOR


Dutor - forscha "ikkita tor" degan ma`noni anglatadi. Dutor eng qadimiy cholgulardan hisoblanib hatto tanburning ibtidoiy ko` rinishidan darak beruvchi cholg`u degan tahminlar ham uchraydi. Hatto shunday rivoyat ham bor:

“Tunda Aflotun shogirdlaridan pinhona o`z hujrasida bir cholg`u sozini yasayotgan vaqtida , uni qanday soz yasayotganini o`rganib olish uchun shogirdi Arastu ohista tuynukdan mo`ralaydi ammo unga cholg`u ko`rinmaydi shunda u cholg`uni devorga sham nuridan tushayotgan soyasidagi shaklga qarab, tonggacha u ham pinhona bir musiqiy cholg`uni yasashga kirishadi. Tongda Arastu yasagan cholgusini ustozi Aflotunga olib borganda shu narsa ma`lum boladiki tunda Aflotun kosasi katta dastasi ingichka cholg`u yasagan bo`ladi Arastu esa aksincha soyada ko`ziga dastasi yo`g`on, kosasi kichkina ko`ringan shakldagi cholg`uni yasagan bo`ladi. Shundan Aflotun yasagan ingichka dasta katta kosali cholg`u -Dutor, Arastu, uni soyasidan qarab yasagan kosasi kichik, dastasi yo`g`on cholg`u esa Tanbur bolib qolgan ekan.

O`tmish risolalarda Dutor haqida yetarli ma`lumotlar kam. Dutor Tanburga nisbatan yengil ijro etilganligi sababli xalq ichida eng ommaviy cholg`u bo`lib kelgan. Pardalarining pastligi, soni jihatidan kamligi tufayli uni ko`pincha ayollar qo`llab kelganlar va honaki, yengil kuy qo`shiq ijrosida , folklor yollarida foydalanganlar.

Dutor kosasi tut, dastasi o`rik daraxtlaridan yasaladi. Kosasi yupqa qovurg`alardan yeg`ib bir-biriga yopishtirib ishlanadi. Dasta bilan kosaxonasini esa bo`g`iz ulab turadi. Dastasi ingichka, uzun bo`lib ingichka bog`lama pardalar bog`langan bo`ladi. Ipakdan qilingan ikki torlari kvarta, kvinta, unison ba`zan oktava qilib sozlanadi. Asosiy sozlanish Munojot (kvinta), Tanovor (kvarta) deyiladi.

Dutor bizning cholg`ularimiz ichida ikkala torini barmoqlar bilan barobar bosib, birinchi torga ikkinchi torni jo`r qilib chalinadigan yagona qo`sh ovozli cholg`u hisoblanadi. Past ammo o`ta mayin yoqimli ovozi bor, dutor xalq yo`lidagi kichik hajmli kuy qo`shiqlar ijrosiga mo`ljallangan. Xalq musiqalarini ichida dutor uchun mahsus kuylar koplab uchraydi. "Qo`shtor", "Dutor navosi", "Dutor bayoti" va h k.

G’ichchak

G’ichchak cholg’usi ham o’zbek halqining sevimli cholg’ularidan biridir. G’ichchakda ijro etiladigan asarlar o’zining jozibadorligi bilan ajralib turadi.

G’ichchak cholg’usida ijro etiladigan san’atkor juda ham mohir sozanda bo’lishi kerak. G’ichchakning ovozi mayinligi bilan inson yuragini jalb etadi. IX-XVI asrlarda yashab ijod etgan bobokalonlarimiz tomonidan yaratilgan, ammo keyinchalik unutilib ketgan tarixiy mumtoz musiqa asboblari nushalari hozirga kelib qayta tiklanmoqda, shulardan biri G’ichchagi Boburiy deb nomlanadi.

RUBOB

Osiyoning ayrim xalqlari (xususan o`zbeklar, tojiklar) o`rtasida qadimdan keng tarqalgan torli tirnama cholg`u asbobi. O`rta osiyo xalqlariga nisbatan janubiy Xitoyning Sintzyan viloyatida yashovchi uyg`urlar o`rtasida keng tarqalgan turi Qashqar Rubobi deyiladi.



Buxoro, Tojikiston va Afg`onistonda tarqalgan Rubobning yana bir turi – Afg`on rubobi, tojik rubobi yoki Buxoro Rubobi deb ham ataladi. Bunda asosiy tordan tashqari rezonans beruvchi qo`shimcha torlar ham bor.

DOIRA


(childirma, chirmanda)

Doira (childirma, chirmanda) – o`zbek, tojik va uyg`ur xalqlari orasida keng tarqalgan. Doira ansambl va yakka holda ham ijro etiladi. Doira jo`rligidagi raqslar o`zbek va tojik xalqlari orasida juda keng tarqalgan. Shashmaqom doira usulisiz ijro qilinmaydi. Buxoroda har bir maqom aytuvchi hofiz, maqom usullarini doirada ustalik bilan o`zlashtirganlar va o`z ashulalariga jo`r bo`lganlar. Shashmaqomdagi har bir kuyning o`ziga xos usuli bor. Shunga ko`ra, usullar shu kuy nomi bilan yuritiladi. Masalan: “Usuli Muhammas” (Muhammas usuli), “Usuli Talqin”, ”Usuli Tasnif” va boshqalar.

Tadbir juda qiziqarli o’tdi. Tadbirni o’tkazishdan maqsad o`quvchilarni milliy cholg’u asboblarimiz bilan yana bir bor tanishtirish va ularda halq kuy, qo’shiqlarini ijro etish, musiqa savodxonligini joriy qilshdir. San’at va nafosatga, go’zallikga intilish tuyg’ularini shakillantirishdir.

Musiqa insonni go’zallikga, ezgulikga yetaklashi, inson qalbi, ma’naviy dunyosini boyitish, dunyoqarashini o’zgartirish qudratiga ega.



Bayonnoma yurituvchi: M.A. Alimova

Maktab raxbari: N.R. Inoyatova

Oromgoh raxbari: S. Toshpo`latova
Download 44,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish